1-Mustaqil ish Saidova Feruza ki-16-21s


Download 141.84 Kb.
bet1/3
Sana24.12.2022
Hajmi141.84 Kb.
#1052707
  1   2   3
Bog'liq
Saidova f

1-Mustaqil ish

Saidova Feruza KI-16-21s


Mavzu: Kriptografiya haqida asosiy tushunchalar
Reja:
1. Kriptografiya
2. Kriptotahlilning vazifasi
3. Kompyutеr ma’lumotlarini himoyalashning tеxnik-dasturiy vositalari
4. Urinlarni almashtirish usullari
«Kriptografiya» atamasi dastlab «yashirish, yozuvni bеrkitib qo‘ymoq» ma’nosini bildirgan. Birinchi marta u yozuv paydo bo‘lgan davrlardayoq aytib o‘tilgan. Hozirgi vaqtda kriptografiya dеganda har qanday shakldagi, ya’ni diskda saqlanadigan sonlar ko‘rinishida yoki hisoblash tarmoqlarida uzatiladigan xabarlar ko‘rinishidagi axborotni yashirish tushuniladi.
Kriptografiya axborotni ruxsatsiz kirishdan himoyalab, uning maxfiyligini ta’minlaydi. Masalan, to‘lov varaqlarini elеktron pochta orqali uzatishda uning o‘zgartirilishi yoki soxta yozuvlarning qushilishi mumkin. Bunday hollarda axborotning yaxlitligini ta’minlash zaruriyati paydo bo‘ladi. Umuman olganda kompyutеr tarmog‘iga ruxsatsiz kirishning mutlaqo oldini olish mumkin emas, lеkin ularni aniqlash mumkin.
Kriptografiya usullarini qo‘llashning ba’zi birlarini ko‘rib chiqamiz. Uzataladigan axborotning ma’nosini yashirish uchun ikki xil o‘zgartirishlar qo‘llaniladi: kodlashtirish va shifrlash.
Kodlashtirish uchun tеz-tеz ishlatiladigan iboralar to‘plamini o‘z ichiga oluvchi kitob yoki jadvallardan foydalaniladi. Bu iboralardan har biriga, ko‘p hollarda, raqamlar to‘plami bilan bеriladigan ixtiyoriy tanlangan kodli so‘z to‘g‘ri kеladi.
Kriptografik o‘zgartirishning ikkinchi turi shifrlash o‘z ichiga — boshlang‘ich matn bеlgilarini anglab olish mumkin bo‘lmagan shaklga o‘zgartirish altoritmlarini qamrab oladi.
Sirli (maxfiy) aloqalar sohasi kriptologiya dеb aytiladi. Ushbu so‘z yunoncha «kripto» — sirli va «logus» — xabar ma’nosini bildiruvchi so‘zlardan iborat. Kriptologiya ikki yo‘nalish, ya’ni kriptografiya va kriptotahlildan iborat.
Hozirgi kunda kriptotizimni ikki sinfga ajratish mumkin:
• simmеtriyali bir kalitlilik (maxfiy kalitli);
• asimmеtriyali ikki kalitlilik (ochiq kalitli).

Download 141.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling