1-Mustaqil ish Tabiiy resurslar tasnifi
Download 484.69 Kb. Pdf ko'rish
|
Ekologiyadan mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuproq resursi
Tuproq zararlanishi
Hosildor yerlar o’simlik unib chiqishi uchun zarur hisoblanadi. Hosildor yerlar shakllanishi yuz ming yillarga borib taqaladi. Yomg’ir yog’ib, yerni bo’shatib, uning ustki qismini oqizib ketadi, shamol ham uning ustki qismini ozi bilan uchirib ketadi. Tuproqning bir joydan ikkinchi joyga ko’chib harakatlanishi- Eroziya deb ataladi. Eroziyaga uchragan yerlar daryo va kichik daryolar tomonidan yuvilib turiladi va quyosh nuriga to’sqinlik qilib fotosintez jarayoniini sekinlashtiradi. Bu esa baliqlar, molyuskalarga va boshqa organizmlarga talofat keltiradi. Eroziya tabiiy jarayon, lekin u insoniyat tasiri ostida kuchayib boradi, ekinzorlar haydalib, o’rmonlar kesilishi oqibatida yerlar ochiq holga kelib qolmoqda. Ochiq holdagi yerlarni esa shamol va yomg’ir osonlik bilan yuvib oqizib ketadi. Tuproq resursi Tuproq yer qobig’ining yuza unumdor qismidan iborat bo’lib, tabiiy tarixiy jismdir. Uning qalinligi o’rtacha 18-20 sm ni tashkil etib, Yer yuzasining turli joylarida bir necha mm dan 1,5-2 metrgacha bo’ladi. Tuproqning hosil bo’lish jarayoni bir necha ming yillarni o’z ichiga oladi. Bunda tuproq hosil qiluvchi tog’ jinsi bilan, suv, havo, harorat, o’simlik va hayvon organizmlari, ayniqsa mikroorganizmlar o’zaro ta’sirda bo’ladi. Tuproqning eng muhim hossasi, uning unumdorligi hisoblanadi, ya’ni o’simlikni suv havo va ozuqa moddalar bilan ta’minlash hususiyatiga ega. Tuproq barcha elementlarni o’zida saqlab, ularni suv bilan yuvilib ketishidan asraydi. Tuproqning gumusi, uning umumiy unumdorligini belgilab beradi. Tuproq inson omilining ko’pgina ta’sirlariga nihoyatda sezgir. Tuproqning unumdorligi ko’pincha inson faoliyatiga bog’liq. Tuproq barcha moddiy farovonligimiz manbaidir, u oziq-ovqat mahsulotlari, chorva uchun yem-xashak, kiyim-kechak uchun tola, yog’och materiallari va boshqalarni beradi. Tuproq noyob tabiiy resurs hisoblanadi. O’zbekistonda umumiy yer fondining atigi 10%i sug’oriladigan yerlar hisoblanadi. Sug’oriladigan qishloq xo’jalik maydonlari 4,2%ni tashkil etadi. Mamlakatimizning yalpi qishloq xo’jalik maxsulotlarining 95%i ana shu sug’oriladigan yerlardan olinadi. Yerlarning o’zlashtirilishi va foydalanilishi natijasida sho’rlanishning darajasi ortib bordi. Paxta maydonlari ko’pchilikni tashkil etib, bu soha tuproq unumdorligini pasayishiga, tuproq xossalarini o’zgarishi va eroziyani kuchayishiga olib keldi. Shuning uchun tuproq resursidan foydalanganda, uning meliorativ xolatini yaxshilash, eroziyaga qarshi kompleks chora-tadbirlarni sistemali ravishda olib borish kerak. Haydalma erlardan samarali foydalanish va uni muhofaza qilishda ekologik nuqtai nazardan asoslangan ekinlardan foydalanish, tuproq gumus miqdorini saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Tuproq unumdorligin qayta tiklash va ekinlarni ekishni keng qo’llashda, yem-xashak va don ekinlarini navbatlab ekish, yaxshi samara beradi. Respublikamizda paxta ekin maydonlari qisqartirilib, g’alla ekin maydonlari ortib bormoqda. 11-mustaqil ish Orol dengizi va orol bo’yi ekologik muammolari Hozirgi kunda sayyoramizda inson faoliyatining salbiy ta’siri natijasida atrof muhitda sezilarli o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Jumladan, iqlim o‘zgarishlari, turli xildagi tabiiy ofatlar yer sayyorasining barcha kengliklarida sezilmoqda. Oqibatda o’rmon bilan qoplangan maydonlar qisqarmoqda, atmosfera, suv va litosfera ifloslanmoqda. Tabiiy muhit holatining inson ta’sirida o‘zgarishi, jonli va jonsiz komponentlarga kuchli antropogen ta’sir mahalliy, mintaqaviy va umumjahon ekologik muammolarni keltirib chiqaradi. Jumladan, shu kabi ta’sirlar natijasida mintaqadagi ekologik inkirozning eng xavfli nuqtasi hisoblangan "Orol muammosi” vujudga keldi. Bu haqda quyidagi ma’lumotlar fikrimizni isbotlaydi. Oxirgi 40-45 yil davomida Orol dengizi sathi 22 metrga pasayib ketdi, akvatoriya maydoni 4 martadan ziyodga kamaydi, suv hajmi 10 baravargacha (1064 kub km dan 70 kub km) kamaydi, suv tarkibidagi tuz miqdori 112 g/l gacha, Orolning sharqiy qismida esa 280 g/l gacha yetdi. Orol dengizi deyarli "o’lik” dengizga aylandi. Qurib qolgan tubi maydoni 4,2 mln. gektarni tashkil etib, tutash hududlarga chang, qum-tuzli aerozollarini tarqatish manbaiga aylandi. Bu yerda har yili atmosfera havosiga 80 dan 100 mln. tonnagacha chang ko‘tariladi. Shu bilan bir vaqtda, Amudaryo va Sirdaryoning deltalarida yerlarning tanazzulga uchrashi va cho‘llashish sur’atlari o‘sib bormoqda. Orol va Orolbo‘yi muammosini yechishdagi uchta asosiy yo‘nalishlar ya’ni, birinchidan, ichimlik suvini quvurlar orqali aholiga yetkazib berish bilan hududning sanitar-epidemologik ahvolini yaxshilashga, shuningdek, yer osti chuchuk suvidan foydalanishga ham e’tibor qaratildi. Sog‘liqni saqlash va sanitariya xizmati darajasini keskin yuqoriga ko‘tarish zarurligi uqtirildi; ikkinchidan, dengizning qurigan janubiy qirgoqlarida sun’iy damba qurib, delta eksosistemasini doimiy suvlashtirish yo‘li bilan "Yashil kamar” hosil qilish; uchinchidan, dengizni o‘zini sahlash. Uni saqlash uchun unga sistematik ravishda ko‘p miqdorda suv yuborib turish kerakligi va bundan tashqari Orolni qurigan tubida saksovulzorlar barpo etish natijasida qum ko‘chishi, chang ko‘tarilishini oldini olinishi mutaxassislar tomonidan ta’kidlandi. 12-Mustaqil ish Foydali qazilma boyliklardan foydalanish Qazilma boyliklarning asosiy turlaridan foydalanish hajmi va sur'atlarini taxlil qilish insoniyatning bu boyliklarga «ishtahasi» misli qurilmagan darajada o`sib borayotganini ko`rsatadi. Masalan, 1950-1968 yillar orasida aholisi atigi 38% ga oshgani xolida ko`mir va temir rudasini qazib olish 2 baravarga, neft olish esa qariyb 3,5 baravarga ortgan. 1913 yilda qazilma boyliklardan foydalanish Yer yuzi aholisining jon boshiga o`rtacha 5 tonnacha to`g`ri kelgan bo`lsa, bu miqdor 1940 yilda 7,4 tonna, 1960 yilda 14,3 tonna, 1990 yilda 25 tonnaga yetdi, ya'ni keyingi 80 yil orasida 5 baravarga ko`paydi. Hozir dunyoda har yili 150 mlrd tonna mineral xomashyo qazib olinmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkilotining ma'lumotlariga ko`ra dunyoda yiliga 32 mlrd. tonna ko`mir, 2,6 mlrd. tonna neft, 6 mlrd. tonna temir rudasi, 3,6 mln. tonna xrom rudasi, 7,3 mln. tonna mis rudasi, 3,4 mln. tonna qo`rg`oshin rudasi, 159 mln. tonna osh tuzi, 120 mln. tonna fosfatlar, 1,2 mln. tonna uran, simob, molibden, nikel, kumush, oltin va platina rudalari qazib olinmoqda. Ba'zi ma'lumotlarga ko`ra, qazilma boyliklardan shu sur'atda foydalanilsa oltinning zahirasi yana 30-35 yilga, rux-36 yilga, simob va surma-70 yilga, uran-47 yilga, mis-66 yilga, ko`mir, neft va gaz zahiralari-150 yilga yetadi xolos. Boshqa ma'lumotlarga ko`ra alyuminiy zahirasi yana 570 yilga, mis-292 yilga, rux- 232 yilga, temir-150 yilga yetishishi oltin, kumush va platina zahiralari esa 1990 yilda tugashi kerak edi. Xomcho`tga asoslangan bu qarama-qarshi fikrlar, garchi ular kelajak kartinasini aniq qilib ko`rsataolmasada, har holda qazilma boyliklar zahirasi cheklanganligini tasdiqlaydi. Bu esa mutaxassislar oldiga litosfera bag`rini yanada chuqurroq o`rganish, yangi zahiralarni axtarib topish, boyliklardan foydalanishda noan'anaviy usullarni qo`llash va rudalardan maksimal foydalanish, ularning chiqindilarini qayta ishlab, kerakli elementlarni ajratib olish texnologiyasini yaratish vazifasini qo`yadi. Ana shunday izlanishlar natijasida o`laroq hozirgi paytda 30 dan ortiq mamlakatda neft va tabiiy gaz dengiz ostidan qazib olinadi. qidiruv ishlari ko`rsatishicha dengiz ostidagi neft zahirasi dunyo bo`yicha 150 mlrd. tonnani tashkil qiladi. Dengiz suvi tagidan shuningdek ko`mir, temir rudasi, oltingugurt va boshqa minerallar ham qazib olinmoqda. Angliyada qazib olinayotgan jami ko`mirning 1 10 qismi, Yaponiyada esa 2 5 qismi dengiz tubi zahiralariga to`g`ri keladi. Keyingi yillarda o`tkazilayotgan kosmik tadqiqotlar okeanlar tubida katta miqdordagi mineral boyliklar zahirasi mavjudligini ko`rsatmoqda. Umumiy maydoni taxminan 1000 mln. kv. km. bo`lgan ekvatoriyaning tubi tarkibida alyuminiy, mis, nikel, kobalt va marganets bo`lgan qizg`ish loy bilan qoplangan. Hozirgi kunda Dunyo okeanlari tubida 1500 mlrd. tonna murakkab tarkibli temir va marganets rudalari borligi taxmin qilinmoqda. Yaponiyalik mutaxassislar fikricha okean tubidagi metall konkretsiyalari hisobiga dunyo sanoatini hozirgi iste'mol darajasida mis bilan yana 2000 yil, nikel bilan 70 000 yil, marganets bilan esa 140 000 yil ta'minlash mumkin. Ko`pgina mamlakatlarning kon sanoati hozircha litosfera qobig`ining yuqori qatlamini o`rtacha 500m. chuqurlikkacha «o`zlashtirgan». Lekin bundan chuqurda ham konlar va shaxtalar mavjud. Masalan, Germaniya va Belgiyada ko`mir 1300 m. chuqurlikdan qazib olinadi. Hindistonda oltin konlari 3800 m. chuqurlikda joylashgan. Janubiy Afrikaning oltin konlari esa bundan ham 100-150 m. chuqurroqda joylashgandirlar. Fan va texnikaning hozirgi davridagi rivoji va ishlab chiqarish qurol- aslahalarining takomillashganligi Yer sharidagi qazilma boyliklarni qayerda va qanday chuqurlikda joylashganidan qat'iy nazar ularni tadqik kilib topish va qazib olish imkonini berayotir. Bu, o`z navbatida, qazilma boyliklardan tobora ko`proq foydalanish bilan ularning zahirasini kamaytiriga va shu bilan birga ularning qoldiqlari bilan atrof muhitni tobora ko`p ifloslashiga olib kelmoqda. 13-Mustaqil ish Sanoat korxonalaridan ajralib chiqadigan zaharli gazlar miqdorini aniqlash Hozirga qadar er qaridan 100 mlrd. tonnadan ortiq ko'mir, neft, torf kabilar qazib olingan. Ularning yoqilg'i sifatida ishlatilishi natijasida 3,8 mlrd. tonna kul, chang atmosferaga tarqalgan. Shu kul va chang bilan birgalikda 1,9 mlrd. mish'yak, va 1,2 mlrd. tonna zaxarli surma, sink, 68 mln t. rux, 4 mln t. qurg'oshin, kadmiy 20-22 ming t., nikel 50 ming t., ftor 4 ming t., fosfor (R 2 O 5 ) 35 mln t., smob 15-48 ming t., pestisidlar 3.2 mln t., polixlorbifenil 500 ming t., benzopiren 8 ming t., ftor uglevodorodlari 710 ming t., mis: atmosferaga 65 ming t.; qattiq chiqindi sifatida 80 ming t.; 100 ming t. o'g'it sifatida tabiatga ya'niy havo, tuproq va suvga tushgan.havo, tuproq va suvga tashlanmoqda. Bu esa o'z navbatida tabiatdagi moddalar harikati natijasida deyarli barcha hayot muhitlarida to'planadi va tabiiy muvozanatni izdan chiqishiga olib keladi. Sanoat korxanalaridan atrof muhitga tashlanadigan va ishlab chiqariladigan kimyoviy moddalar. Atrof-muhitga 7 mlrd. tonnaga yaqin tushadigan sanoat korxonalari chiqindilariga asosan: uglerod oksidlari (SO, SO 2 ); oltingurgut oksidlari (SO, SO 2 ); vodorod oltingurguti (H 2 S); azot oksidlari (NO, NOx); ammiak (NH 3 ); inert gazlardan: frionlar (SN 3 ClF, C 2 H 4 ClF); vodorod ftorid (HF); uglevodorodlar (CH4, SnN 2+2n ), og'ir metallar temir (Fe), qurg'oshin (Pb), nikel (Ni), simob va boshqalar. Ularni birnecha mingdan ortiq turlari mavjud. Atrof- muhitganga ta'siri bo'yicha sanoat korxonalari chiqindilarini miqdori bo'yicha: energetika (31%); avtomobilsozlik (24%); qora metallurgiya (14%); qurilish materiallari sanoati (11%); rangli metallurgiya (7%); neftni qaytaishlash (5%); kimyo sanoati (4%) va qolganlari boshqa tarmoqlarga tug'ri keladi. Atrofmuhitni ifloslantiruvchi yana bir kimyoviy moddalardan biri bu – zaharli kimyoviy preparatlar va kimyoviy o'g'itlar hmsoblanadi. Zaharli kimyoviy preparatlarni biz pestisidlar (lotincha suz pestis- zahar va cid- o'ldirmoq) deb ataymiz. Ularni kimyoviy tarkibiga ko'ra uch guruxga bo'lamiz: 1. anorganik birikmalar (margimush, mis, rux, ftor, bariy, simob, oltingurgut birikmalari, xloratlar va boshqa birikmalar); 2. o'simlik, zamburug', bakteriyalardan olinadigan (pirstiroidlar, anabazin, nikotin, bakterial preparatlar, antibiotiklar va boshqalar) kimyoviy moddalar; 3. organik birikmalar, ular ta'siri jihatidan aktiv moddalar hisoblanadilar. 14-Mustaqil ish Global va mintaqaviy ekologik muammolar Global ekologik oʻzgarishlarning salbiy oqibatlari nimalarda aks etadi? Mamlakatlarning iqtisodiy va siyosiy hukmronlikka intilib, ulkan obroʻ qozonish maqsadida mamlakat ishlab chiqarishiga alohida urgʻu berib kelayotganligi global ekologik inqirozni keltirib chiqarmayaptimikan? Yoki bu muammolarga biz insonlarning yashash tarzimiz sabab boʻla oladimi? Oʻtgan asrga nisbatan insoniyat yashash tarzi shunchalik darajada oʻzgardiki, insoniyat sivilizatsiyasida hali mutlaqo kuzatilmagan global isish, dengiz va yer ekotizimlarining misli koʻrilmagan darajada kamayib borishiyu, yer yuzining turli mintaqalarida qurgʻoqchilik, suv toshqinlari kabi bir qator salbiy holatlar ham yuz berayotganligi barchamizga birdek ayondir. Bir soʻz bilan aytganda insonning tabiatga aralashuvi aqlga sigʻmaydigan darajaga yetishga ulgurdi. Xoʻsh, bizda muammolar bor, lekin ularga yechimlar-chi? Nahotki hozirgi dunyoning global ekologik holati hech kimni zarrachalik qiziqtirmasa? Biz oʻzimidan keyingi avlodga qanday kelajakni meros qilib qoldirmoqdamiz? Har safar bunday ogʻriqli savollar bizni qachongacha qiynab keladi? Nahotki dunyoning hozirgi qiyofasi kundan kunga bundan-da yomonlashib boraveradiyu, biz insonlar shunchaki bir oddiy hodisadek qarab turaveramiz? Mamlakat rahbarlariniyu, hukumat vakillarini, butun insoniyatni boylik orttirish, iqtisodiy oʻsish, siyosiy hukmronlik, mamlakatlar oʻrtasida ulkan obroʻga ega boʻlishdan boshqa hech narsa qiziqtirmasa?! Ha, albatta biz bunga koʻnikib, yashab kelmoqdamiz! 15-Mustaqil ish Mahalliy ekologik muammolar Xalq xo'jaligining barcha tarmoqlari, ayniqsa, sanoatda va transportdan «chiqindi» deb nom olgan qo'shimcha maћsulot ajralib chiqadi. Bu maћsulotlar Respublikamizning ba'zi bir ћududlarida ko'p chiqarilmoqda va natijada tabiatni bulg’ab, barcha tirik organizmlar, xususan inson salomatligi uchun zarar keltirmoqda. Ana shunday atmosfera ћavosini buzadigan chiqindilarga tutun va ћar xil zaћarli gazlar kirib, ular ko'pincha Olmaliq, Angren, Farg’ona, Qarshi, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Toshkent, Chirchiq, Bekabod va shu kabi sanoati rivojlangan, transport qatnovi katta bo'lgan shaћarlar ћavosini ifloslantirmoqda. Havodagi ifloslanishlarning 70 – 80 % avtomashinalarga to‘g’ri keladi. Yu.V.Novekov, Beknazarovlarning (1983) yozishicha avtomobillar ћavoga 200 dan ortiq turli aerozol zarrachalarni chiqaradi. Har bir avtomobilga bir yilda 200 kg (asosan benzin) va 300 ming kg ћavo sarflanadi. Ana shu yoqilg’idan bitta avtomobil ћavoga bir yilda 700 kg uglerod oksidi, 230 kg yonmagan uglevodlar, 30 kg azot oksidi va 2 – 5 kg qattiq moddalar chiqaradi. Markaziy Osiyo antropogen landshaftlarining eng muћim komponentlaridan biri bo'lgan ichki suvlari ћam yildan – yilga kuchli ifloslanib bormoqda. Bu ћol ayniqsa, agrolandshaftlarning tarkibiy qismi bo'lgan paxta va sholi ekin maydonlarida va ћokazo geotizimlarning tevarak atroflarida yaqqol ko'zga tashlanmoqda. Yerlarning sho'rini yuvishda foydalaniladigan suvlar zovur va kollektorlarda to'plangan 30 km3 miqdordagi kuchli minerallashgan qaytar suvlar ћar yili daryolarga, kanallarga, voћalarning tevarak atrofidagi pastqam joylarga va cho'kmalarga tashlanmoqda. Natijada voћalar va agrolandshaftlar atrofida sho'r ko'llar va botqoqliklar intensiv ravishda rivojlanmoqda. Ekologik vaziyatning bunday ћolatdagi buzilishi, ayniqsa, Xorazm voћasi uchun xosdir. Shu sababli obikor deћqonchilik rivojlangan ћududlarda kuchli minerallashgan kollektor – zovur suvlarini chuchuklashtirish muammosi gidromelioratorlar oldida turgan o'lkan vazifalardan biridir. Download 484.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling