1-Mustaqil ish Tabiiy resurslar tasnifi


Download 484.69 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana25.01.2023
Hajmi484.69 Kb.
#1120354
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ekologiyadan mustaqil ish

 
Taksonlar 
Turlar 
Kenja 
turlar 
Jami 
Umumiy turlar 
soniga nisbatan % 
hisobida 

Sut emizuvchilar 
227 
93 
320 
6,2 

Qushlar 
264 
167 
431 
4,6 

Sudralib yuruvchilar 
74 
61 
135 
1,8 

Amfibiyalar 
34 

41 
2,8 

Chuchuk suvdagi 
baliqlar 
169 
25 
194 
3,5 

Yuksak o’simliklar 
25000 dan kam emas 
10 dan kam emas 
Dunyoda umumiy qushlar va hayvonlarning 1/4 qismi tabiiy sabablar 
natijasida yo’qolgan bo’lsa, 3/4 qismi esa inson ta'sirida yo’qolgandir. Oldin bu 
raqamlarni faqat biologiya mutaxassislari bilishsa, endi esa millionlab odamlarga 
ham ayon bo’ldi va insonlar oldida savol tug’ildi: Inson, sen nima qilyapsan? 
To’xta - sen o’z uyingni buzyapsan!
Hayvon va o’simlik dunyosini asrashda ko’pgina amaliy ishlar qilinib va 
ularni hisobga olib har qaysi davlat, viloyat, tuman va mintaqalarda o’z Qizil 
Kitoblari tashkil etilyapdi. O’zbekiston Qizil Kitobi ham 1984 yi ld a tashkil 
topgan. Unda ko’pgina o ’s i ml i k turlari va hayvon zotlari kiritilgan. Masalan, 
o’simliklardan lolaning barcha turlari, anzur piyozi, boychechak va h.z. 
4-Mustaqil ish 
Orol dengizi qurishi oqibatida kelib chiqayotgan ekologik muammolar 
«Orol fojiasining ilk sabablari nimada? Men bu masalada ko‘plab mutaxassislar, 
olimlar va ekspertlarning fikri bilan tanishman. Aytish lozimki, bu — nihoyatda 
murakkab mavzu. Ba’zan ushbu masala bo‘yicha bahs boshlansa, his-tuyg‘ularga 
berilib ketish ham kuzatiladi. O‘z vaqtida u, menimcha, haddan tashqari 
siyosiylashtirib yuborilgan edi. 
Xo‘sh, fojiaga o‘zi nima olib keldi? Buni tushunish uchun, keling, his-tuyg‘ularni 
bir chetga surib, oddiy dalillarga murojaat qilaylik. Xaritaga qarang. Sirdaryoni 
olsak, u Tojikiston, O‘zbekiston va Qozog‘iston hududlaridan oqib o‘tadi. Lekin 
daryo oqimining deyarli to‘rtdan uch qismi Қирғизистонda shakllanadi, ya’ni 


muzliklar erishidan hosil bo‘lgan Qoradaryo va Norin daryolarining qo‘shilishidan 
Sirdaryo tashkil topadi. Amudaryo oqimining 80 foizi esa Tojikiston 
va Afg‘onistondagi tog‘larda vujudga keladi. Shundan keyin bu daryo O‘zbekiston 
va Afg‘oniston chegarasi bo‘ylab oqadi, Turkmanistonning shimoli-sharqiy 
qismini kesib o‘tib, yana O‘zbekiston hududida oqishni davom ettiradi. Hattoki, 
bugungi global isish va muzliklar erishi sharoitida ham Orolni to‘ldirib turgan 
bu ikki daryoning suvi uni saqlab qolish uchun yetgan bo‘lar edi", — dedi u. 
«Endi tarixga nazar tashlasak. O‘tgan asrning 60-yillarida O‘rta Osiyoning barcha 
respublikalari va Qozog‘istonda jadal sur’atlar bilan cho‘llarni o‘zlashtirish 
boshlandi. Yiliga 70 — 80 ming gektar yer o‘zlashtirilar edi. Bir gektar maydonni 
qishloq xo‘jaligida foydalanish uchun tayyorlash, u yerda hosil yetishtirishga hech 
bo‘lmaganda o‘n va undan ortiq ming kub metr suv kerak bo‘ladi. Shunday qilib, 
cho‘lni o‘zlashtirish uchun har yili 600 — 700 million, ba’zan bir milliard kub 
metrgacha suv sarflanar edi. Sirdaryo va Amudaryodan suv olish hajmi yildan-
yilga ortib bordi. Vaqti kelib, daryolar endi Orolga yetib bormay qo‘ydi, bunday 
holat keyingi yillarda yuz berdi. 
Xo‘sh, biz Orolni yo‘qotib qo‘yishimiz mumkinligini qachon tushunib yetdik? 
Aslida cho‘l yerlarni keng ko‘lamda o‘zlashtirish natijasida daryolar suvi Orolga 
yetib bormasligi avvaldan ma’lum edi. Shuni bilgan holda, nega bo‘lmasa, 
bunchalik tez o‘zlashtirish va ko‘p suv sarfiga yo‘l qo‘yildi? 
Bunga bir nechta sabab bor edi. Shulardan asosiy ikkitasini keltirib o‘taman. 
Birinchi galda — O‘rta Osiyo respublikalarida aholi sonining yiliga 2 — 2,5 
foizgacha o‘sishi. Shu o‘rinda qator savollar paydo bo‘ladi. Mabodo, o‘sha vaqtda 
sug‘oriladigan yerlar maydoni 1,8 milliondan 4,3 million gektargacha 
yetkazilmaganida, bugun O‘zbekiston o‘zining 33 milliondan ziyod aholisini boqa 
olarmidi? To‘g‘ri, yerlar, asosan, paxta ekish maqsadida o‘zlashtirilgan va 
ko‘pgina oziq-ovqat mahsulotlari O‘zbekistonga boshqa respublikalardan 
keltirilgan. Bu — sobiq ittifoq markazining o‘sha davrdagi siyosati edi. Lekin agar 
o‘shanda yerlar o‘zlashtirilgan bo‘lmaganida, ittifoq parchalanib ketganidan keyin 
qanday ahvolga tushib qolardik — buni endi tasavvur qilish qiyin emas. Oziq-
ovqat mahsulotlarini chetdan valyutaga sotib olishga to‘g‘ri kelgan bo‘lardi, 
mustaqil respublikada esa valyuta yetishmasdi. Shu yerda O‘zbekiston 
suverenitetga erishgan dastlabki kunlarda bor-yo‘g‘i bir haftaga yetadigan bug‘doy 
zaxirasi mavjud bo‘lganini eslashning o‘zi kifoya. O‘shanda va undan keyin ham 
valyuta, asosan, paxta tolasini eksport qilish hisobiga topilgan va unga oziq-ovqat 
mahsulotlari, eng avvalo, don xarid qilingan. 
Orol uchun salbiy oqibatlarga olib kelishini bilgan holda, baribir nimaga cho‘l 
o‘zlashtirishga zo‘r berib, Sirdaryo va Amudaryoning suv zaxiralari ko‘p sarf 
qilinavergan? Endi buning ikkinchi sababiga kelsak. Bu O‘zbekistonni ham, 
qo‘shni respublikalarni ham rivojlantirish bilan bog‘liq.
5-Mustaqil ish 


Tabiiy resurslar klassifikatsiyasi 
Tabiiy resurslar ulardan foydalanish vaqtiga ko`ra 2 ga bo`linadi: real 
va 
potentsial 
resurslar. 
Real 
resurslarga 
inson 
hozirgi 
vaqtda 
foydalanayotgan resurslar kiradi. Potentsial resurslar esa inson ayrim 
sabablarga ko`ra hozircha foydalanmayotgan, ammo kelajakda foydalanishi 
mumkin bo`lgan resurslardir. 
Tabiiy resurslar o`zlarining tarkibiy tuzilishiga ko`ra ham 2 ga 
bo`linadi: elementar (sodda) va kompleks (murakkab) resurslar. 
Elementar 
resurslarga 
misol 
qilib 
Mendeleyevning 
davriy 
sistemasidagi barcha kimyoviy elementlarni, shuningdek shamol energiyasi 
va turli xildagi nurlarni keltirish mumkin. 
Kompelks resurslarga kimyoviy elementlarning birlashmalarini (m., 
toshko`mir, suv, havo, turli xildagi rudalar va h.k.z) kiritish mumkin. 
Demak, kompleks resurslar elementar resurslardan tashkil topadi. 
Elementar va kompleks resurslar tushunchasini jonli tabiatga nisbatan ham 
qo`llash mumkin. Bu o`rinda elementar resurslarga misol qilib ma'lum bir 
maydondagi o`simlik yoki hayvon populyatsiyasini olish mumkin. Shu 
maydondagi biotsenozni esa kompleks resurs deyish mumkin. 
Tabiiy resurslar o`zlarining chekli va cheksizligiga ko`ra 2 guruhga 
bo`linadi: tugaydigan va tugamaydigan resurslar.
1.Tugaydigan resurslar 2 xil bo`ladi: 
a)tiklanadigan resurslarga - bularga tuproq, hayvonot va o`simliklar 
olami misol bo`ladi. Agar biror sababga ko`ra bu resurslarga nisbatan ma'lum vaqt 
noto`g`ri munosabatda bo`linsa ular zaiflashib va kamayib qoladi, keyinchalik 
to`g`ri munosabatda bo`linganida ular son va sifat jihatidan qayta tiklanishi 
mumkin. 

Download 484.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling