1-Mustaqil ish Tabiiy resurslar tasnifi
Savol: tiklanadigan resurslar tiklanmay tugab qolishi mumkinmi?
Download 484.69 Kb. Pdf ko'rish
|
Ekologiyadan mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savol: qazilma boyliklar o`zlashtirishda konlarning umrini qanday o`zaytirish mumkin
Savol: tiklanadigan resurslar tiklanmay tugab qolishi mumkinmi?
Javob: bu muammoning qay darajada yechilishi inson omiliga bog`liq. Inson o`z faoliyati bilan ularning tiklanishini tezlashtirishi, sekinlashtirishi yoki butunlay to`xtatib qo`yishi mumkin. Tiklanish tezligi turli resurslarda turlicha bo`ladi. Masalan, agar kesib tashlangan o`rmonni qayta tiklash 60-80 yilni talab qilsa, unumdorligi yo`qolib, kuchli zaharlangan yerning tuprog`ini tiklash yuzlab, minglab yillarni talab qiladi. Ehtiyotsizlik qilinganda tiklanadigan resurslar tiklanmaydigan resursga aylanishi mumkin. b)tiklanmaydigan resurslarga qazilma boyliklar misol bo`ladi. Bularning tiklanish jarayoni ularni o`zlashtirish tezligidan ming va million martalab sekin kechadi. Shuning uchun ham bu xildagi resurslardan foydalanishda ularning potentsial miqdorini hisoblab chiqish va shunga qarab ish tutish lozim. Tiklanadigan va tiklanmaydigan resurslardan foydalanish printsipi bir- biridan tubdan farq qiladi. Tiklanadigan resurslardan foydalanganda ulardan chala foydalanish ya'ni ularni foydalanilgan joylarda ma'lum miqdorda qoldirish zarur. Qayta tiklanmaydigan resurslardan foydalanilganda esa buning teskarisi. Savol: qazilma boyliklar o`zlashtirishda konlarning umrini qanday o`zaytirish mumkin? Javob: Yer osti qazilma boyliklarini o`zlashtirishda konni to`liq o`zlashtirish zarur. Bu esa yangi konlardan foydalanish zaruriyatini orqaga suradi. Shuni aytish kerakki konchilik sanoatida va metallurgiyada qazib olinayotgan xom ashyoning yo`qotilish foyizi dunyo buyicha yuqori - u qora va rangli metallarni qazib olishda o`rtacha 15-25 %, toshko`mir shaxtalarida 40 % va neft olishda 56 % ni tashkil qiladi. 6-Mustaqil ish Ekologik omillar va ularning xilma xilligi Omillar atamasi bilan muhit, atrofdagi organizm yoki ularning jamoasini sharoit va elementlarining vaqt va makonda dinamik xilma-xilligi tavsiflanadi. Omil-jarayon yoki uning sharoitini, jarayonga ta‘sir etuvchi harakat kuchini yoki qandaydir jarayon yoki hodisaning mavjudlik shart-sharoitini ifodalaydi. Ekologik omillar tasnifi. Ekologik omillar odatda jonsiz (abiotik) tabiat omillari, jonli (biotik) tabiat omillari turkumga bo’linadi. Muhitning ekologik omillarini batafsil tasniflash I.N. Ponomaryova (1978) tomonidan taklif etilgan. Bu taklif 3.1 jadvalda keltirilgan. Ba‘zi mualliflar antropogen omillarni (ularning muhimligi va o’ziga xosligidan kelib chiqib) alohida turkumga ajratishadi. 3.1 – jadvalda keltirilgan tasniflash biogeotsenozni ekotop va biogeotsenozga hamda uning komponentlarini tuzuvchilarga bo’lishga to’liq mos keladi. Ekologik omil – muhitning har qayday elementi (yoki sharoiti) bo’lib, tirik organizmlarning hech bo’lmaganda bir rivojlanish fazasiga bevosita yoki bilvosita ta‘sir ko’rsatish qobiliyatiga ega. Ekologik omilga nisbatan tirik organizmlar moslashishiga harakat qiladi. 3 Abiotik omillar. Muhitning muhim (asosiy) abiotik omillari iqlim (harorat, yorug’lik, havo, bosim), tuproq, muhitning kimyoviy tarkibi va tabiiy, oziq-ovqat resurslarining mavjudligidir. Lekin aslida epitet g’oyatda shartli ravishda «muhim» hisoblanadi, shunday qilib, qayd etilgan abiotik omillar shu ma‘noda teng huquqligi, hattoki ulardan birontasi bo’lmasa tirik organizmlar uchun halokat hisoblanadi (istisno tariqasida: masalan, geterotrof - o’simliklar yorug’lik bo’lmasa ham rivojlanadi). Ekologik omillar yig’indisi organizmlarning o’sishi, rivojlanishi, yashab qolishi, organizmlarning ko’payishiga sabab bo’ladi, ularning mavjudlik sharoitini tavsiflaydi. Harorat omili misolida organizmlarning hayot faoliyati va yashashi uchun muhitning abiogen omillari ahamiyatini ko’rib chiqamiz. Hayot birinchi navbatda fermentli oqsillarning faoliyati va tuzilishini, xossalarini namoyon qiladigan haroratda saqlanadi. Bu haroratning o’rtacha 0 dan 500S oralig’ini tashkil qiladi, lekin ko’pgina organizmlar uchun hayot faoliyati oralig’i keng. Ushbu belgilar bo’yicha organizmlarning ekologik turlari quyidagicha farqlanadi: termofil, kriofil va mezoterm. Termofillar jumlasiga haroratning yuqori shartli chegarasidan past haroratda yashay olmaydigan va ko’paya olmaydigan organizmlar kiradi (ko’pincha haroratning shunday chegarasi 18-200S qabul qilinadi). Kriofillar jumlasiga (yoki termofoblar) teskari, faqat nisbatan past haroratda (100S baland bo’lmagan) yashash va ko’payish qobiliyatiga ega bo’lgan organizmlar kiradi. Mezoterm organizmlar o’rtacha qiymatdagi haroratli omillarda yashay oladi. Mezotermlarga mo’tadil kenglikdagi bir qancha turlar kiradi. Organizmlarning asosiy massasi aktiv termoregulyatsiya faoliyatiga ega bo’lmaydi. Uning aktivligi tashqi tomondan oladigan issiqlikka, tanasining harorati esa atrof muhit haroratiga bog’liq. Ana shunday organizmlar poykiloterm yoki ekzoterm deb ataladi. Qushlar va ko’pincha sut emizuvchilar atrof - muhitni o’rab turgan haroratga bog’liq bo’lmagan holda doimiy haroratni ushlab turish qobiliyatiga ega (biokimyoviy reaktsiyalarning issiqligi hisobiga. Ana shunday organizmlar gomoyoterm (yoki) endoterm nomlarini olgan. Abiogen omillarni chuqurroq o’rganishga qiziquvchilar (Odum, 1986; Svetnik va boshq. 1987; Dedyu, 1990 va boshqalar) monografiya va ma‘lumotnomalar orqali tanishish mumkin. 7-Mustaqil ish Atmosferani muhofaza qilish Download 484.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling