1-Mustaqil ta’lim 16. Namangan viloyati katta va o‘rta shaharlari
Download 8.41 Kb.
|
1-Mustaqil ta’lim 1.16-javob
1-Mustaqil ta’lim 16.Namangan viloyati katta va o‘rta shaharlari. Mamlakat shahrlar geografiyasida Namangan viloyati o‘ziga xos o‘rinni egallaydi. Mintaqa Farg‘ona vodiysining chekka shimolida, iqtisodiy rayonning Toshkent bilan tutash qismida joylashgan. Ma’lumki, qadimda daryolarning quyilish qismida yoki deltasida suv miqdoriga mos holda shaharlar paydo bo‘lgan, ko‘pgina soylar o‘zlarining shaharlari, vohalari bilan ajralib turgan. Darhaqiqat, viloyat shahar manzilgohlari va aholi joylashuvida Chortoqsoy, Namangansoy, Kosonsoy hamda Katta Namangan, Shimoliy Farg‘ona, Katta Farg‘ona kanallari nihoyatda ahamiyatli. Shuningdek, viloyat shahar hosil qiluvchi omillardan tabiiy resurslar (polimetall va qimmatbaxo metallar neft, qurilish materiallari, shifobaxsh suvlar)ga boyligi bilan qo'shni Andijon va Fargona viloyatlaridan ajralib turadi. Mintaqa xo‘jaligining tarkibi, ixtisoslashuvi, shaharlar to‘ri va tizimida o‘z aksini topadi. Tahlil etilayotgan hudud shaharlashuv darajasi respublika ko‘rsatkichidan biroz yuqoriroq. Vaholanki, sanoatlashuv va urbanizatsiyalashuv ko‘rsatkichi bir-biriga unchalik mos kelmaydi. 2017-yil ma’lumotlariga ko‘ra Namangan 0 ‘zbekistonda eng yuqori urbanizatsiyalashgan mintaqadir (urbanizatsiya darajasi 64,7 foiz). Mazkur yilda hududda jami 128 ta shahar aholi manzilgohi bo‘lgan va ularda 1,7 mln. dan ortiq aholi yashagan. Ulaming 124 tasi kichik, 3 tasi o‘rta, 1 ta yirik shaharlardan iborat bo‘lgan. Viloyatning urbanistik tarkibida bitta katta shahar - Namangan bor, xolos. Viloyat markazida 2017-yil boshida 590,2 ming aholi bo‘lgan. Viloyatning “ikkinchi” shahri Chustda 71,6 ming atrofida, Chortoqda 55 ming, Kosonsoyda 52,5 ming aholi istiqomat qiladi. “Yarim o‘rta” shaharlar guruhi Pop, To‘raqo‘rg‘on, Uchqo‘rg‘on, Uychi, Yangiqo‘rg‘onda 20,0-50,0 ming kishi atrofida. Qolgan shahar va shaharchalaming aholisi kichik shaharlar sinfiga mansub. Ko‘rinib turibdiki, Namangan viloyati shaharlar guruhida kichik va o‘rta shaharlar ko‘proq rivojlangan. Kosonsoy shahri viloyatning chekka shimoli-g‘arbiy qismida Kosonsoy daryosi bo‘yida vujudga kelgan. Shahar aholi zich joylashgan hududda shakllangan bo‘lib, qadimda Fargona vodiysida harbiysiyosiy markaz vazifasini ham bajargan. U 1934-yilda shahar posyolkasi sifatida paydo bo‘lgan bo‘lsa, uning keyingi taraqqiyotini nazarda tutib, 1973-yilda shahar maqomi berildi. Hozirda shaharda bir nechta qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan korxonalar ishlab turibdi. Chortoq shahrining etimologiyasi to‘rt tomoni tog‘likdan iborat degan ma’noni anglatadi. Mazkur hududdan shifobaxsh mineral suvning ochilishi bilan shahaming ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yanada tezlashdi. 1976-yilda unga tumanga bo‘ysinuvchi shahar maqomi berildi. Sirdaryoning o'ng sohilida tog‘ oldi zonasida joylashgan Pop azaldan Fargona vodiysidagi eng yirik aholi manzilgohlaridan biri sanalgan. Shahar hududidan respublikamizning mintaqalarini bog‘lab turuvchi Angren-Pop temir yo‘li va avtomobil yo'llarining kesib o'tganligi uning iqtisodiy va madaniy yuksalishiga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatadi. Ayni paytda Pop shahri sanoat korxonalari tarkibida o‘zining yalpi sanoat mahsuloti bo‘yicha yengil va oziq-ovqat tarmoqlari yetakchi o‘rinda turadi. Viloyat markazi Namanganning qulay iqtisodiy geografik o‘mi, Sirdaryo sohilida joylashganligi, uning tez rivojlanishiga, mintaqaning eng yirik markazlaridan biriga aylanishiga olib keldi. 1910-yilda Namangan rasman shahar maqomini oldi va mintaqaning yengil sanoat markazi sifatida rivojlanib bordi. Uning atrofida Chust, Oqtosh, Chortoq, Uchqo‘rg‘on kabi yo‘ldosh shahar va qishloqlar shakllana boshladi. Aytish joizki, Namangan shaxri aholisi respublikaning boshqa viloyat markazlariga qaraganda tezlik bilan ortib bormoqda. Shaharning bunday «tezligi» tabiiy ko‘payish va qisman shahar hududining kengayishi hisobiga ro‘y bermoqda. Umuman olganda mintaqa shaharlari aholisining o'sishida eng avvalo hududdagi tug‘ilish va tabiiy ko‘payish jarayonlari muhim rol o‘ynaydi. Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, viloyat markazi iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi jihatdan ikkinchi bosqich shaharlaridan ancha ilgarilab ketgan. Bunda eng avvalo Chust shahri iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash, To'raqo'rg'on, Kosonsoy, Uchqo‘rg‘on kabi shaharlami o'sish qutb-lari sifatida rivojlanishiga katta urg‘u berish maqsadga muvofiqdir. Download 8.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling