1-Mustaqil ta’lim Andijon viloyati kichik shaharlari


Download 23.22 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi23.22 Kb.
#1505170
Bog'liq
1-Mustaqil ta’lim 1.9-javob


1-Mustaqil ta’lim


9.Andijon viloyati kichik shaharlari.

Andijon viloyati mamlakatning eng sharqiy viloyatidir. Viloyatning g‘arbi tekislik, sharqi qir-adirlardan iborat bo‘lib, tog‘ tizmalariga tutashgan.


Maydoni 4,2 ming km.kv. Aholisi 3 million 66 ming 900 kishidan ortiq. Andijon viloyatida hozirgi vaqtda 14 ta tuman 11 ta shahar va 78 ta shaharchalar mavjud bo‘lib, ulaming barchasida 1551,7 ming kishi yashaydi. Ulardan eng kattasi viloyatning ma’muriy, iqtisodiy va madaniy markazi Andijon bo‘lib, unda 421,9 ming aholi istiqomat qiladi. Mintaqaning shaharlar tarkibi deyarli to‘liq. Bu ishlab chiqarish va aholini hududiy tashkil etish, mintaqa hududiy mujassamlashuv darajasining o‘ziga xosligidan dalolat beradi.
Shuningdek, viloyat markazi Andijon - yirik, Shahrixon, Asaka - o‘rta shaharlar guruhiga kiradi. Viloyat shaharlar ierarxik pog‘onasida katta shahar yo‘q. Shahrixon tobora “yuzminglik” shaharlar ostonasiga yaqinlashib kelmoqda. Aholisi 20-50 ming kishi, ya’ni “yarim o‘rta” shaharlar soni 13 ta bo‘lib, shaharlar tizimining 14,6 foizini egallaydi.
Andijonda shahar tashkil etuvchi tarmoqlar tor ixtisoslashuvga ega. Asaka va Shahrixon sanoat markazlari sifatida, savdo va transport infratuzilmasining rivojlanishi asosida Qorasuv, Xonobod shaharlari vujudga keldi. Janubiy Olamushuk, Polvontosh, Andijon kabi “resurs” shaharlaming shakllanishida tabiiy boyliklardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etgan.
Viloyatdagi mavjud shahar joylaming tashkil topishi va funksional xususiyatiga turli omillar ta’sir ko‘rsatgan. Xususan, zamonaviy Andijon ko‘p fimksiyali, iqtisodiy, siyosiy, fan va madaniyat markazi vazifasini bajaradi.
Qadimiy Andijon shahri (IX asr) azaldan demografik, madaniy va ma’muriy salohiyati, qulay transport-geografik o‘mi, savdo va hunarmandchilik markazi sanalgan. Ayniqsa, Temuriylar davrida shahar Farg‘ona vodiysining iqtisodiy va siyosiy poytaxti funksiyasini bajargan. Vatandoshimiz Zahiriddin Muhammad Bobur mazkur shaharga “Movarounnahrda Samarqand va Keshdan keyin Andijondan kattaroq istehkom yo‘q”, deya ta’rif bergan.
O‘sish qutb va markazi hisoblangan - Asaka shahridan (1937-1991-yillarda Leninsk) poytaxtga o‘tgan temir yo‘l (1899-y.) va avtomobil trakti uni muhim transport tuguniga aylantirdi. Shahar viloyat markaziga yaqin masofada Shahrixonsoy sohilida, dengiz sathidan 495 m balandlikda qad rostlagan.
XVIII asr oxirida qurilgan Shahrixonsoy kanali shahaming sanoatlashuvida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Shundan so‘ng paxta tozalash va yog‘ zavodi, motor ta’mirlash zavodi, issiqlik elektr markazi korxonalari qurib ishga tushirildi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda shahar yaqinidagi Andijon va Polvontosh neft konlari, Xo‘jaobod gaz koni ochilishi bilan ishlab chiqarish kuchlarining salmog‘i ortdi. 1960-yildan sanoat korxonalari qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslasha boshladi.
Shaharlari. Andijon obikor dehqonchilik markazida joylashgan. Neft, gaz va binokorlik materiallari konlari shaharning shundoq yonida.
Shaharda og‘ir, yengil hamda oziq-ovqat sanoatiga tegishli 40 taga yaqin korxona ishlab turibdi. Ulardan paxta zavodi, to‘qimachilik hamda trikotaj fabrikalari mamlakat miqyosidagi yirik korxonalar hisoblanadi. Shoyi to‘qish korxona-lari viloyat pillakorlari tomonidan pilla bilan ta’minlab turiladi. Shaharda Andijon davlat universiteti, tibbiyot, qishloq xo‘jalik, mashinasozlik institutlari bor. Ko‘plab teatrlar, kutubxonalar, sport maydonchalari, istirohat va botanika bog‘lari mavjud. Boburiylar davrida ham Andijon xo‘jaligi, ilmma’rifati va madaniyati o‘z davriga nisbatan ravnaq topgan shahar bo‘lgan. Bobur bu haqda «Boburnoma» asarida yozib qoldirgan. Asaka mamlakatning avtomobilsozlik markazidir. Bu yerda «Lacetti», «Chevrolet Tracker», «Chevrolet Captiva», «Malibu», «Kobolt» rusumli yangi avtomashinalarni ham ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
Asaka shahri Shahrixonsoy daryosi oqib chiqadigan adirlik etagida joylashgan. Shaharni paxta dalalari, bog‘lar, tokzorlar o‘rab olgan. Shaharda
avtomobil zavodidan tashqari, paxta-moy zavodlari, yengil va oziq-ovqat sanoatining boshqa korxonalari, shisha va kislorod zavodlari, binokorlik materiallari ishlab chiqaradigan korxonalar bor. Ko‘pgina madaniyma’rifiy muassasalar ishlab turibdi. Shahar Andijon, Farg‘ona va Marg‘ilon yo‘nalishidagi yo‘llar ustida joylashgan.



Download 23.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling