1-Mustaqil ta’lim Qarshi shahrining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi


Download 27.58 Kb.
bet2/2
Sana16.06.2023
Hajmi27.58 Kb.
#1490671
1   2
Bog'liq
1-Mustaqil ta’lim 1.7- javob

Qarshi aeroporti xalqaro maqomga ega aeroportlardan biri. Aeroportdan Qarshi-Toshkent, Qarshi-Moskva yoʻnalishlariga aviaqatnovlar tashkil etilgan. Aeroportda 2019-yil 1-oktabrdan boshlab "beshinchi havo erkinligi" qoʻllangan holda "Ochiq osmon" rejimi qoʻllanib kelinadi.
Qarshi temir yoʻl vokzali Oʻzbekiston temir yoʻllari aksiyadorlik jamiyatiga tegishli boʻlgan temir yoʻl vokzali. Qarshi vokzali orqali respublikaning Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz, Andijon shaharlariga temir yoʻlda borish mumkin. Qarshi-Toshkent (kuniga 2-marta), Termiz-Toshkent (har kuni), Uzun-Toshkent (har kuni), Termiz-Andijon, Termiz-Xiva yoʻnalishlarida qatnovchi poyezdlar Qarshi vokzalida toʻxtab oʻtadi. Toshkent-Qarshi yoʻnalishida Afrosiyob tezyurar poyezdi qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Aarsgi vokzali 2015-yilda kapital ta'mirdan chiqarilib, hozirgi koʻrinishga keltirilgan.
Qarshida, shuningdek, shaharlararo yoʻnalishda qatnaydigan Qarshi-Toshkent zamonaviy avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Shahar ichida jamoat transporti unchalik rivojlanmagan. Bugungi kunda Jamoat transporti avtobuslardan iborat boʻlib, avtobus parkining katta qismi Isuzu HC 40 avtobuslaridan tashkil topgan va jamoat transporti kengayayotgan Qarshini toʻla qamrab olmaydi. 2020-yilning 22-avgust kuni Qarshi shahriga Xitoydan Golden Dragon rusumli avtobuslar olib kelinib, 1-yoʻnalish (Temir yoʻl vokzali - Yerqoʻrgʻon bozori), 2- va 7-yoʻnalishlarda aholiga xizmat koʻrsatmoqda.
Qarshi (Naxshab, Navtaka, Nasaf, Behbudiy — 1926—1937-yillarda) — Oʻzbekiston Respublikasining Qashqadaryo viloyatidagi shahar (1926-yildan), viloyat markazi (1943-yildan).
Qashqadaryo vohasining markazida, Qashqadaryo boʻyida, xalqaro temir yoʻl va avtomobil yoʻllari kesishgan joyda. Maydoni 7,5 ming gektar. Aholisi 275 ming kishi (2021). Qarshi Oʻzbekistonning qadimiy shaharlaridan biri. U turli davrlarda Bolo, Nashebolo, Naxshap, Nasaf, nomlari bilan yuritilib, XIV asrdan Qarshi deb atala boshlagan.
Qarshi shahrining oʻzbek tarixida oʻziga xos oʻrni bor. Birinchidan, Qarshi — Movarounnahrdagi birinchi yirik turkiy tilli shahar. U payti Xorazmda (Urganch), Fargʻonada (Andijon), Shosh vohasida (Toshkent), Sirdaryo boʻylarida bir qancha yirik shaharlarda turkiy til hukmron edi, lekin Movarounnahrda bunday shahar yoʻq edi. Qarshining qurilishi bilan bu yerda turli-tuman aholi joylashdi, ammo turkiy shaharda hukmron tilga aylandi. U payti moʻgʻullarning oʻzi ham allaqachon turkiy tilda gapirardi. Xususan, Kebakxonning ona tili turkiy til boʻlganini arab sayyohi Ibn Battuta qayd etgan. Chigʻatoy ulusi, undan keyin Temuriylar davrida turkiy til rasmiy yozishmalar tili boʻlib xizmat qildi.
Hozirda Qarshi shahrida paxta tozalash, yogʻ-ekstraksiya, sut, motor taʼmirlash, taʼmirlashmexanika, uysozlik, plastmassa buyumlari zavodlari, goʻsht va un kombinatlari, tikuvchilik fabrikasi, qurilish materiallari, temir yoʻl transporti, toʻqimachilik korxonalari bor. Shaharda 6 ta bozor, 17 ta bank filiali aholiga xizmat koʻrsatmoqda. Qarshi davlat universiteti, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Toshkent axborot texnologiyalari instituti Qarshi filiali, Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti Qarshi filiali, tibbiyot, pedagogika va boshqa jami 13 kasb-hunar kolleji, 3 akademik litsey, 9 litsey va litsey-internat, 2 gimnaziya, 46 umumiy taʼlim, shuningdek, bolalar musiqa maktablari, 4 teatr (shu jumladan, viloyat musiqali drama teatri, viloyat qoʻgʻirchoq teatri va boshqalar), viloyat oʻlkashunoslik muzeyi, filarmoniya, 13 kutubxona, 3 madaniyat va istirohat bogʻi faoliyat koʻrsatadi. 22 kasalxona, ambulatoriya-poliklinika va boshqalar tibbiy muassasalar bor. Qarshidan Toshkent, Samarqand, Buxoro, Andijon, Termiz kabi shahaarga avtobus, poyezd qatnovlari, Qarshi aeroportidan Qarshi — Moskva, Qarshi — Toshkent yoʻnalishlaridagi havo yoʻllarida samolyotlar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Qarshida Koʻkgumbaz masjidi (XVI asr), qadimiy hammom (XVI asr), Qashqadaryo ustidagi qadimiy koʻprik (1583), Sharofboy madrasasi (XVIII asr boshlarida), Charmgar masjidi (XIX asr oʻrtalari), Bektemir madrasasi (1905), Xoja Abdulaziz madrasasi (XIX asr), Qilichbek madrasasi (XIX asr) va boshqa meʼmoriy obidalar saqlanib qolgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 29-sentabrdagi „Qarshi shahrining 2700-yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish toʻgʻrisida“gi qarori va Uzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 26-iyuldagi „Qarshi shahrining 2700-yilligini nishonlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida“gi qaroridan keyin shaharda keng koʻlamda tayyorgarlik ishlari boshlab yuborildi.
Koʻkgumbaz masjidi, tarixiy koʻprik va boshqalar meʼmoriy obidalar taʼmirlandi. Shaharda Nasaf, Geolog sport majmualari, tennis korti, yopiq suzish havzasi, sport-sogʻlomlashtirish inshootlari, Qarshi "Markaziy" stadioni (20 ming oʻrinlik), Olimpiya zaxiralari sport kolleji va boshqalar qurilgan. Viloyat teleradiokompaniyasi, Qarshi jamoatchilik va Qashqadaryo kabel televideniyelari ishlab turibdi.
Qarshidan Nasafiy taxallusi bilan koʻplab olimlar, shoirlar yetishib chiqqan. Shulardan Alisher Navoiyning „Majolis unnafois“ asarida tilga olingan Mavlono Soyiliy, Mavlono Mir Qarshiy, undan tashqari, Mahmud Nasafiy (musiqa va sanʼat sohasida), Qusam Shayxlar (diniy ilmlar sohasida) shuhrat qozonganlar.
Qadimiy Qarshi shahri 2006-yilda YuNESKO shafeligida 2700-yillik yubileyini nishonladi.



Download 27.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling