1-mustaqil ta’lim topshiriqlari


Download 21.03 Kb.
Sana28.03.2023
Hajmi21.03 Kb.
#1304664
Bog'liq
1-mustaqil ta'lim topshiriqlari


1-mustaqil ta’lim topshiriqlari
Mustaqil yechish uchun berilgan quyidalarni bajarish kerak:
1. Berilgan algoritm bo’yicha dasturni yarating.
2. Dasturdagi operatorlar, amallar va operandlarni hisoblab, dastur lug’atini shakllantiring.
3. Lug’atni na’munada ko’rsatilgani kabi jadval ko’rinishida tasvirlang.
4. Xolsted o’lchovlarini keltiring(dastur uzunligi, dasturning nazariy uzunligi, dastur hajmi, dasturning potensial hajmi).
5. Hosil bo’lgan hisoblash natijalariga asoslangan holda dastur tahlilini keltiring.
TOPSHIRIQ VARIANTLARI
1. Berilgan satr elementlarini teskari tartibda ekranga chiqaruvchi dastur tuzilsin va testlansin. Testlash natijalari ko’rsatilsin.
2. N natural soni berilgan. Mazkur natural son raqamlarini teskari tartibda yozilishidan hosil bo’lgan sonni ekranga chiqaruvchi dastur tuzilsin va testlansin. Testlash natijalari ko’rsatilsin. Masalan, N=63 sondan 36 soni hosil qilinsin.
3. Butun sonli matritsaning har bir satrining minimal elementlari sonini hisoblovchi dastur tuzilsin va testlansin.
4. Quyidagi formulaning qiymatini hisoblovchi dastur tuzilsin va testlansin.

5. X[20], Y[20] massivlarning berilgan qiymatlarida quyidagini hisoblang:

6. Sakkizlik sanoq sistemasida berilgan sonni o’nlik sanoq sistemasidagi songa o’giruvchi dastur tuzilsin va testlansin.
7. Shunday minmax(x,y) deb nomlangan funkisyani yaratingki, bu funksiya argumentlari eng kattasini x o’zgaruvchiga, eng kichigini y o’zgaruvchiga ta’minlasin. Bu funksiyadan foydalanib, A,B,C o’zgaruvchilarni tartibda ekranga chiqarsin.
8. Ikkita kvadrat matritsa berilgan. Diagonal elementlari yig’indisi eng kichik bo’lgan bo’lgan matritsani ekranga chiqarish dasturi tuzilsin va testlansin.
9. Quyidagi funksiyani qiymatini hisoblash dasturi tuzilsin va testlansin:

10. Berilgan satrdagi probellarni o’chiradigan compress() deb nomlangan funksiya yaratilsin va testlansin.
11. Berilgan satrda ko’rsatilgan belgi necha marta uchrashini ifodalovchi dastur tuzilsin va testlansin.
12. Massivdan moduli bo’yicha eng minimal bo’lgan elementni topuvchi va uni tartib raqami toq son bo’lgan elementlarga ta’minlovchi dastur tuzilsin va testlansin.
13. Kvadrat matrisa berilgan. Berilgan matrisaning j-satri elementlari yig’indisini hisoblovchi dastur tuzilsin va testlansin.
14. Berilgan natural sonning raqamlari sonini va yig’insini hisoblovchi dastur tuzilsin va testlansin.
15. Belgilar va raqamlar aralashmasidan iborat Str satr berilgan. Elementlari Str satrdan olingan raqamlardan iborat yangi satrni hosil qiluvchi dastur tuzilsin va testlansin.
16. Berilgan massivdagi musbat sonlar miqdorini hisoblovchi dastur tuzilsin va testlansin.
17. funksiya qiymatini quyidagi iteratsion formula bo’yicha hisoblovchi dastur tuzilsin va testlansin:

Boshlang’ich yaqinlashish . Iteratsiya quyidagi shartga yetganda to’xtaydi:

18. Berilgan satrdagi “:” belgisini “.” belgisiga almashtiradigan dastur tuzilsin va testlansin.
19. Berilgan [n,m] kesmada nechta tubson borligini aniqlovchi dastur tuzilsin.
20. Uchlari kordinatalari berilgan uchburchakning yuzasini hisoblovchi dastur tuzilsin va testlansin.
21. Berilgan kvadrat matritsada elementlari yig’indisi eng katta bo’lgan satr tartib raqamini aniqlovchi dastur tuzilsin va testlansin.
22. Ikkilik sanoq tizimida berilgan sonni o’nlik sanoq tizimiga o’giruvchi dastur tuzilsin va testlansin.
23. Berilgan ikkita haqiqiy sonli matritsalar yig’insini va ayirmasini hisoblovchi dastur tuzilsin. Dastur testlansin.
24. O’n oltilik sanoq sistemasida berilgan sonni o’nlik sanoq sistemasidagi songa o’giruvchi dastur tuzilsin va testlansin.
Download 21.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling