1. Mutahassislikka kirish fanining maqsadi va vazifalari Mutahassislikka kirish fanining fanning asosiy manbalari


Mavzu: Bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik faoliyatga tayyorlashda sog‘lom turmush madaniyatini tarkib toptirish


Download 352.49 Kb.
bet17/29
Sana02.06.2024
Hajmi352.49 Kb.
#1838955
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29
Bog'liq
1. Mutahassislikka kirish fanining maqsadi va vazifalari Mutahas-fayllar.org

18. Mavzu: Bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik faoliyatga tayyorlashda sog‘lom turmush madaniyatini tarkib toptirish
Reja:
  1. Bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik faoliyatga tayyorlash


  2. Sog’lom turmush tarsi


Bo‘lajak o‘qituvchi o‘zining faoliyatida malakali va tajribali, chuqur bilimga ega bo‘lishi, davlat va chet tillarni, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni va o‘qitishning innovatsion uslublarini bilishi, klaster metodi asosida boshqa tashkilotlar, yirik kompaniya va birlashmalar bilan aloqada bo‘lishi asosida ta’lim mazmunini takomillashtirishi zarur. Shuningdek, u milliy va jahon adabiyoti, musiqa, kino, haykaltaroshlik, amaliy san’at va boshqa ijodiy yo‘nalishlardagi bilimlarga ega bo‘lishi ham foydadan xoli bo‘lmaydi. Bundan tashqari, u ta’lim jarayonida axborot yangiliklarini joriy etish, zamonaviy talablarni hisobga olgan holda va tasdiqlangan me’yorlardan kelib chiqib, yangi o‘quv-laboratoriya, ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishda ham faol bo‘lmog‘i darkor.Shu bilan birga, o‘quvchilar o‘rtasida ijodiy tanlovlar, test va boshqa sinovlar o‘tkazib, ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini, iste’dodini rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlar olib borishi ta’lim-tarbiya samaradorligini oshiradi.


Albatta, bunda o‘qituvchining malakali bo‘lishi, o‘quvchi-yoshlarga hozirgi kunda dunyoda ro‘y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarni ularning ongi va qalbiga yetkazishi muhim hisoblanadi. Ushbu jarayonda o‘qituvchi O‘zbekiston xalqining tarixiy va milliy an’analari, ma’naviy qadriyatlari hamda jahon madaniyati yutuqlari bilan o‘quvchilarni tanishtirishi, ularda ilmiy, texnikaviy va badiiy ijodkorlikni rivojlantirishi, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashi va o‘zaro munosabatlar orqali bir-biriga ishonch, o‘ziga va o‘zgalarga halol, haqiqat bilan qarashi, o‘z oldidagi ma’suliyatini to‘laqonli his eta olishga tayyorlashi kerak.
O‘qituvchi tarbiya jarayonida o‘quvchi shaxsini o‘rganishi, ularning ishonchini qozonishi, o‘zaro tushu­nishga erishishda to‘g‘ri yondashuvni qo‘llashi, o‘z munosabatlarini ifodalashi, his-tuyg‘ularini sezishi va ularga ko‘mak berishda zamo­naviy va oqilona tizim yaratishi darkor. Bu orqali o‘qituvchi ta’lim-tarbiya oluvchilarda ijodiy fikrlash, hayotda faol ishtirok etish va tashabbus ko‘rsatishga oid ijtimoiy-psixologik munosabatni qaror toptiradi.Shu jihatdan ham o‘qituvchi jamiyat, davlat va oila oldida o‘z ma’suliyatini his etadigan, davlatning ichki va tashqi siyosatini to‘g‘ri anglaydigan vatanparvar va xalqparvar shaxsni shakllantirshga e’tibor qaratishi birlamchi masalalardan.
Darvoqe, pedagogning o‘quvchi faoliyatini ziyraklik va diqqat bilan kuzatishi, ularga yordam berishi, muammolarni muhokama qilishi, to‘g‘ri qarorlar qabul qilishi jarayonida suhbatlar, so‘rovnomalar, testlar o‘tkazishi ular­ning fikri, dunyoqarashini o‘rga­nish, xato va kamchiliklarini aniqlash imkoniyatini beradi. Ushbu jarayonda ta’lim-tarbiya natijalarini o‘rganish, xulosalar tayyorlashda o‘qituvchining nazariy, uslubiy tayyorgarlik darajasi, pedagogik mahorati va shaxsiy sifatlari muhim o‘rin tutadi.

Bo‘lajak o‘qituvchilar tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda o‘z vazifasini puxta va halol bajarishi o‘quvchilarning ma’suliyati va ma’naviyatini yuksaltirishda o‘z samarasini ko‘rsatadi.O‘qituvchining kasb mahorati va zamo­naviy tafakkurga ega bo‘lishi, tarbiya jarayonini boshqarishda har tomonlama to‘g‘ri qarorlar qabul qila olishi, belgilangan maqsadlarga erishishda aniq vazifalarni belgilab beradi. O‘qituvchi nafaqat ta’lim-tarbiya ishlarini olib borishda, balki jamiyatning taraqqiy etishida katta vazifani bajaradi. Shuning uchun har qanday o‘qituvchi, avvalo, o‘z o‘quvchilarining hayotiy darajalarini puxta bilishi va bu sohada iloji boricha katta tajriba hosil qilishi muhim.Shuni alohida ta’kidlash kerakki, o‘quvchilar ko‘p jihatdan o‘qituvchilariga taqlid qiladilar. Ushbu jarayonda o‘qituvchi to‘g‘ri yo‘l tutsa, o‘quvchilar ham to‘g‘ri yo‘l tutadi.Tarbiya jarayonini boshqarishning eng samarali usullaridan biri o‘qituvchi o‘z nuqtayi nazarini ko‘rgazmali shaklda, rang-barang, kutilmagan, hayotdan olingan voqealar va misollar bilan taqdim etishidir.


Har bir o‘qituvchining o‘ziga xos tarbiya usullari bor. O‘qituvchining xulq-atvori, orzulari, maqsad va yutuqlari o‘quvchining o‘ziga xos bo‘lib yetishishiga ta’sir qiladi. O‘quvchidagi kamchilik va xatolarni aniqlashda dastlab o‘qituvchi uning muomalasini o‘rganishi sezilarli natija beradi. Bola o‘zida aynan ota-onasining fazilatlarini mujassamlashtirmasa-da, tarbiya jarayonida o‘qituvchi o‘quvchilarga mehr berib, ularni qo‘llab-quvvatlash, ko‘maklashish, sevish va sevilish kabi go‘zal tuyg‘ularni rivojlantiradi. Tarbiya esa o‘quvchilarga bilimlar, qoidalar, qad­riyatlar, shaxsning ijtimoiylashuvi uchun kerak bo‘lgan barcha an’analarni beradi.
Sog’lom turmush tarzi – bu sog’liqni saqlash va mustahkamlashga, ish qobiliyatining yuqori darajasini ta’minlashga, faol uzoq umr ko’rishga qaratilgan, ilmiy asoslangan tibbiy va gigienik me’yorlarga asoslangan gigienik xulq-atvor, ya’ni odamlarning sog’lig’ini saqlash va mustahkamlashga qaratilgan turmush tarzi.
Sog’lom turmush tarzining asosiy aspektlari:
salomatlikni mustahkamlovchi turmush tarzi, jismoniy va ruhiy zo’riqish o’rtasidagi mutanosiblik;

jismoniy tarbiya va chiniqish;


muvozanatli ovqatlanish;
odamlar o’rtasidagi uyg’un munosabatlar;
to’g’ri jinsiy aloqa;
ish va turmush tarzida shaxsiy gigiena va mas’uliyatli gigienik xatti -harakatlar;
yomon odatlarga salbiy munosabat.
Sog’lom turmush tarziga rioya qilish istisnosiz hamma odamlarga taalluqlidir: ham sog’lom, ham sog’lig’ida ayrim nuqsonlari bo’lganlarga
Insonning o’zi sog’lom turmush tarziga rioya qilish orqali sog’lig’ini mustahkamlashi mumkin, lekin tana o’sishi va qarishi bilan zarur harakatlar oshib boradi. Afsuski, sog’lik, u yoki bu maqsadga erishishning muhim hayotiy ehtiyoji sifatida, qarilik yaqin haqiqatga aylanganda, odam tomonidan anglab yetiladi
Har qanday harakatning qiymati maqsadning ahamiyati, unga erishish ehtimoli va tatarbiyasi bilan belgilanadi. Insonning xulq-atvori yoki turmush tarzi qoniqtirilishi lozim bo’lgan biologik va ijtimoiy ehtiyojlarga bog’liq (masalan, ochlik va chanqoqlikni qondirish, ish topshirig’ini bajarish, dam olish, oila qurish, bolalarni tarbiyalash va hok)
Ma’lumki, zamonaviy odamning kasalliklari, birinchi navbatda, uning turmush tarzi va kundalik xatti-harakatlariga bog’liq. Hozirgi vaqtda sog’lom turmush tarzi kasalliklarning oldini olishning asosi hisoblanadi.Sog’lom turmush tarzining shakllanishi odam tomonidan tashqaridan olingan ma’lumotlar orqali, turmush tarzini teskari aloqa, o’z his-tuyg’ularini, ob’ektiv morfofunktsional ko’rsatkichlar dinamikasini, ega bo’lgan valeologik bilimlar bilan o’zaro munosabatini tahlil qilish yordamida to’grilash orqali amalga oshiriladi.Sog’lom turmush tarzini shakllantirish juda uzoq davom etadigan jarayon bo’lib, butun umr davom etishi mumkin. Sog’lom turmush tarziga rioya qilish natijasida tanada sodir bo’ladigan o’zgarishlardan kelib chiqadigan teskari aloqa darhol ish bermaydi, ratsional turmush tarziga o’tishning ijobiy ta’siri ba’zan yillar davomida kechiktiriladi.
Sog’lom turmush tarzi odatiy hol bo’lib qolgan ko’plab yoqimli hayot sharoitlaridan voz kechishni (ortiqcha ovqatlanish, qulaylik, spirtli ichimliklar va hok) va aksincha, ularga o’rganmagan odam uchun doimiy va muntazam zo’riqishlarni va qattiq cheklovlar mavjud bo’lgan turmush tarzini ko’zda tutadi. Sog’lom turmush tarziga o’tishning birinchi davrida odamning intilishlarini qo’llab-quvvatlash, uning sog’lig’i, funktsional ko’rsatkichlaridagi ijobiy o’zgarishlarni ko’rsatish uchun zarur maslahatlar berish o’ta muhimdir.Shaxsning sog’lom turmush tarziga o’tishida quyidagilar kelib chiqsa samaradorligini bildiradi:
ijobiy va samarali tarzda xavf omillarining ta’sirini, kasallanishini kamaytirganda yoki yo’q qilganda va natijada davolanish xarajatlarini kamaytirganda;
inson hayotining sog’lom va bardoshli bo’lishiga hissa qo’shganda;
yaxshi oilaviy munosabatlar, bolalar salomatligi va baxtini ta’minlaganda;
shaxsning o’zini o’zi anglash ehtiyojini qondirish uchun asos bo’lib, yuqori ijtimoiy faollik va ijtimoiy muvaffaqiyatni ta’minlaganda;
shaxsning yuqori ish qobiliyatini, ishda charchoqning kamayishini, yuqori mehnat unumdorligini va shu asosda katta moddiy boylikka olib kelganda;
yomon odatlardan voz kechish, faol dam olish vositalari va usullaridan unumli foydalanish bilan vaqt byudjetini oqilona tashkil etish va taqsimlash imkonini berganda;
quvnoqlik, yaxshi kayfiyat va optimizmni ta’minlaganda.
Inson salomatligi ko’p omillarga va aksariya hollarda insonning turmush tarziga bog’liq:
genetik omillar – 15-20%;
atrof-muhit holati – 20-25%;
tibbiy ta’minot – 10-15%;
odamlarning yashash sharoitlari va turmush tarzi – 50-55%.
Xavf omillarining odamga ta’siri faqat individualdir va ma’lum bir kasallikning rivojlanish ehtimoli organizmning moslashish qobiliyatiga bog’liq.

Download 352.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling