1. Mutahassislikka kirish fanining maqsadi va vazifalari Mutahassislikka kirish fanining fanning asosiy manbalari
Mavzu: Bo‘lajak o‘qituvchilarda axborot madaniyatini shakllantirish
Download 352.49 Kb.
|
1. Mutahassislikka kirish fanining maqsadi va vazifalari Mutahas-fayllar.org
23.Mavzu: Bo‘lajak o‘qituvchilarda axborot madaniyatini shakllantirish
Reja: Axborot madaniyati Talabalarda internet madaniyatini shakllantirishaxborot xavfsizligi garovi Bugun biz tez suratlar bilan o’zgarib borayotgan,insoniyat hozirga qadar boshdan kechirgan davrlardan tubdan farq qiladigan o’ta shiddatli va murakkab bir zamonda yashamoqdamiz.Davlat va siyosat arboblari,faylasuflar va jamiyatshunos olimlar,sharhlovchi jurnalistlar bu davrni turlicha ta’riflab, har xil nomlar bilan atamoqdalar.Kimdir yuksak texnalogiyalar zamoni desa,kimdir tafakkur asri,yana birov yalpi axborot davri sifatida izohlamoqda.Albatta, bu fikrlarning barchasida ham ma’lum ma’noda haqiqat,ratsional mag’iz bor.Chunki ularning har biri o’zida bugungi serqirra va rang-barang hayotning qaysidir belgi alomatini aks ettirishi tabiiy.Ammo ko’pchilikning ongida bu davr globallashuv davri tariqasida taassurot uyg’otmoqda.Globallashuv jarayoni hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelayotganing asosiy omili va sababi xususida gapirganda shuni obektiv tan olish kerak-bugungi kunda har qaysi davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qo’shnilar, balki jahon miqyosida boshqa mintaqa va hududlar bilan shunday chambarchas bog’lanib boryaptiki,biron mamlakatning bu jarayondan chetda turishi ijobiy natijalarga olib kelmasligini tushunish,anglash qiyin emas. Shu ma’noda,globallashuv-bu avvalo hayot sur’atlarining beqiyos darajada tezlashuvi demakdir.Har bir ijtimoiy xodisaning ijobiy va salbiy tomoni bo’lgani singari,globallashuv jarayoni ham bundan mustasno emas.Hozirgi paytda uning g’oyat va keng qamrovli ta’sirini deyarli barcha sohalarda ko’rish,hiz etish mumkin. Mamkakatimiz yoshlariga zamon talabiga mos ta’limtarbiya berish jarayoniga yangi zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalari tizimi va internet tarmog‘i imkoniyatlarining tadbiq etilishi o‘zining samarani oshirish omili ekanligini allaqachon namoyon etmoqda. Jahonda shiddat bilan taraqqiy etib borayotgan AKT tizimi va internet tarmog‘idan samarali foydalanish yoshlarda ijodiy tafakkurlarini rivojlantirib, o‘zligini namoyish etishlariga imkon berayotganligi ham yangi zamonaviy texnologiyalarning afzalliklaridan bo‘lib hisoblanadi. Mazkur afzalliklardan foydalanib, yoshlarimiz o‘z intellektual salohiyatlari va qobiliyatlari, iste’dodlarini namoyon etishlari uchun shart sharoitlar yaratib berilmoqda, ularning barkamol avlod bo‘lib yetishishlari maqsadida ta’limtarbiya jarayoni zamon talabiga muvofiq tashkil etilib, barcha zarur texnika vositalari bilan ta’minlanmoqda. Shu bilan bir qatorda, olimlar, mutaxassislar, shifokorlar, pedagoglar va boshqalar tomonidan mazkur yangi texnologiyalar bolalar va yoshlar tarbiyasiga salbiy internetdan ta’sirga egaligi Ma’lumki, ham ta’kidlanmoqda. foydalanuvchilarning ko‘pchilik qismini yoshlar tashkil etadi. Yoshlarmizni AKT va internet tarmog‘idagi salbiy mazmunga ega axborotlardan himoya qilish, ularda Internet taqdim etadigan axborotdan to‘g‘ri foydalanish madaniyatini shakllantirish, mamlakatimiz taraqqiyotini ko‘zlovchi, xalqimiz tarixi, urfodatlarini qadrlovchi, milliy qadriyatlarga sodiq, ma’naviy yetuk inson bo‘lib, kamol topishi, barkamol shaxs sifatida tarbiyalanishida axborot muhitidagi salbiy ta’sirlar hamda tahdidlardan asrash, shuningdek, tarmoqdan ayrim xorijiy axborot oqimi orqali kirib kelayotgan yovuz niyatli g‘oyalarning oldini olish va ta’sir kuchini kamaytirish, axborotdan xavfsiz foydalanishlarini ta’minlash bugungi kunning dolzarb vazifalariga aylangan. Bugungi kunda internet — inson hayotining ilk bosqichidanoq uning ajralmas qismiga aylanib qolgani bois, bolalarni uning xavfidan himoyalash masalasi bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi va mazkur muammo global miqyosda hal etilishi taqozo etiladi. Internet bolalar tarbiyasida o‘ta muhim o‘rin egallaydi. Chunki, bola tarbiyaga oid xulqatvor ko‘nikmasi, hayot tamoyillari, fikrlash va olam manzarasini ko‘proq aynan internet yordamida o‘rganish imkoniyatiga ega. Ayrim otaonalar farzandining kompyuter qarshisida bo‘lgan vaqtida hech qanday xavotirga o‘rin yo‘q, deb o‘ylaydi. Biroq virtual olamda ham ularni muayyan xavfxatarlar va tahdidlar kutib turgan bo‘lishi mumkin. Axborot xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislar tomonidan tahlikali sharoitlarda qay tarzda o‘zini muhofaza qilish, xavfxatarlar va tahdidlardan himoyalanish mumkinligini anglash uchun murakkab bo‘lmagan qoida va tavsiyalar ishlab chiqilgan bo‘lib, internetda ishlash paytida ularni esda tutish va e’tibor qaratish so‘raladi. Yoshlarni internetdan himoya qilishni nazarda tutgan holda, internet xavfsizligiga oid bir nechta oddiy maslahatlarni tavsiya qilmoqchimiz. Biroq, har bir bola o‘ziga xos alohida individual shaxs ekanligi va ularga alohida yondoshuv kerakligi bois, mutaxassislar bolalar va o‘spirinlarni quyidagi toifalarga ajratishdi: * 7–10 yoshda bolaning farqlash hissi juda faol bo‘lgani bois, unga to‘g‘ri axborotlarni berishni nazorat qilmoq lozim. Chunki shu yoshda axborotni anglash qobiliyati shakllana boshlaydi. Ushbu yoshdagi foydalanuvchilarning aksariyat qismi endigina o‘qishni o‘rgangani, qaysi saytga kirgani va qanday muammolarga duch kelishi mumkinligini oxirigacha tushunib yetmaydilar. Multfilm va rangbarangligi bilan jalb qiluvchi o‘yinlarga qiziqish bo‘lgani bois, bolalar ko‘p hollarda shu kabi axborotlarni izlashadi. Shu sababli 7–10 yoshdagi bolalarning internetdan foydalanishini otaonalar yoki kattalar tomonidan doimo nazorat qilinishi zarur. Internet tarmog‘ida tarqalayotgan va yosh avlodga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan axborotlarni filtrlash yoki zararli resurslarni cheklash maqsadga muvofiq bo‘ladi. * 10–13 yosh davri o‘ta muhim bo‘lib, bola uchun o‘tish davrining eng murakkab payti hisoblanadi. Ushbu yoshdagi bolalar ko‘p narsani tushunishga harakat qiladigan va qiziquvchan bo‘ladilar. Internet tarmog‘ida o‘yinlar va axborotlarni izlash bilan bir qatorda, ushbu yoshdagilar do‘st va tanishlar topish maqsadida ijtimoiy saytlar va chatlardan faol foydalanishadi. * 13–16 yoshdagi o‘smirlar, shaxs sifatida va jamiyatning to‘laqonli a’zosi sifatida aynan shu yoshda shakllanishi bois, faoliyat doirasining qamrovi kengligi va alohida e’tibor talab etishi bilan ajralib turadi. Bu toifadagi o‘smirlar internetdan faol foydalanadilar. Internet ular uchun ulkan axborot manbasi, tengdoshlari va do‘stlari bilan muloqot vositasi, shu jumladan, vaqtichog‘lik qilish imkoniyati hamdir. Mazkur yoshdagi eng katta muammo — bu otaonalar tomonidan «bolalarimiz ulg‘aydi» qabilida ularni to‘la nazorat qilmaslikdir. Bu yoshni yana «axborot ochligi» yoshi, deb ham atash mumkin. Bu davrda bolalar ulg‘ayib, barcha narsalar haqida ko‘proq bilishni xohlaydilar. Bugungi kunda bolalar va o‘smirlarlarning internet tarmog‘idan foydalanish vaqtini tartibga soluvchi norma ishlab chiqilmagan. Mutaxasissislarning fikrlari birbiridan farq qiladi. Aksariyat ruhshunoslar, shifokorlar va pedagoglarning fikricha, internet tarmog‘idan foydalanish vaqti quyidagicha taqsimlanishi lozim: 7 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar — kuniga 1 soat 10 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lgan bolalar — kuniga 1,5 soat 13 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar — kuniga 2 soat Internet makonida uchraydigan xavfxatar, tahdidlar va tahlikalar haqida so‘z yuritilgani oqibatida, o‘quvchida internetning zararli va buzg‘unchi vosita ekanligi haqida noto‘g‘ri tasavvur uyg‘onishi ehtimoli ham mavjud. Aslida esa, unday emas. Internetda juda ko‘p foydali, ma’rifiy va qiziqarli axborotlar mavjud bo‘lib, ulardan to‘g‘ri va samarali foydalangan shaxsda turli sohalar bo‘yicha bilimi oshib boradi. Shu bilan bir qatorda, yosh foydalanuvchilarda Internetmadaniyatni shakllantirish va rivojlantirish o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi. Internet madaniyati har qanday manba va mazmundagi axborotni iste’mol qilish, o‘zlashtirish va uzatishni nazarda tutadi. Internet madaniyati — bu internet tarmog‘idagi ijtimoiy ongga salbiy ta’sir etuvchi, jumladan, amaldagi davlat tuzumiga qarshi qaratilgan noxolis xarakterdagi, diniyekstremistik, terroristik, hayosizlik, shafqatsizlik va boshqa mazmundagi axborotlardan foydalanishning ongli ravishda, cheklanilishi demakdir. Internet madaniyatining zamirida muloqotga nisbatan umumqabul qilingan axloqiy talablar, shuningdek, har bir insonning betakrorligi va qadrqimmatining bevosita tan olinishi mujassam bo‘lgan. Internet madaniyatini bilmaslik foydalanuvchi tomonidan internet va ijtimoiy «anonim» tarmoqlarda cheklanmagan miqdorda muloqot foydalanuvchilar bilan tekshirilmagan va tasdiqlanmagan axborotlar almashinuviga qilishiga, olib kelishi mumkin. Bunday tendentsiya foydalanuvchilarning internet olamida ommalashayotgan kiberjinoyatchilik, kiberbulling ta’siriga tushib qolishlariga sabab bo‘lishi ham mumkin. Xulosa qilib aytganda, global tarmoqning chegara bilmasligi foydali axborotlar bilan bir qatorda, o‘sib kelayotgan yosh avlodning ma’naviy tarbiyasiga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan nosog‘lom mazmundagi axborotlarning ham tarqalishining oldini olish hozirgi kunning dolzarb masalasidir. Download 352.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling