12-mavzu: MUVAFFAQIYATGA ERISHISHNING PSIXOLOGIK
ASPEKTLARI
REJA
1. Muvaffaqiyatga erishishning qonin-qoidalari.
2. Shaxsning shakllanishida pulning ta‘siri va uni tutgan o‘rni.
3. Pulni rejalashtirish, jamg‘arish psixologiyasi va investitsion faoliyat
psixologiyasi
XOLLAND METODIKASI
(kasb tanlash bo‘yicha)
Ushbu metodika asosida amerikalik psixolog olim YA.Xolland taklifi
bo‘yicha odamlar va ko‘pchilik kasblarni shartli ravishda 6 guruhga bo‘lish
mumkin (realistik, ijtimoiy, konvensial (shartli), tadbirkor, artistik tiplar). Bu
metodika asosida yuqorida qayd qilingan tiplarni qay biri qay darajada shaxsda
namoyon bo‘lishini aniqlash mumkin. Kasblarning xususiyati shundaki, shaxs
psixologiyasida qaysi bir yo‘nalish ko‘proq shakllangan bґlsa, shu kasb o‘ziga
ko‘proq jalb qiladi.
Metodikani o‘tkazish tartibi:
Metodika savolnomasini o‘quvchilarga berishdan oldin, ularga quyidagi
ko‘rsatma beriladi: «Quyidagi juft-juft taklif etilgan - kasblardan o‘zingiz uchun
har bir juftdan bittasini tanlang va «a» yoki «b» grafalar yonida «+» yoki «— »
belgisini qo‘ying.