1. Narxning iqtisodiy mohiyati va turlari Narx bozor kategoriyasi


Download 70.21 Kb.
bet5/10
Sana04.02.2023
Hajmi70.21 Kb.
#1158742
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Korxona maxsulotlariga narxni shakllanishi reja

3. Asoslanishi nuqtai-nazaridan:
- bazis narxi – haridor va sotuvchi o’rtasidagi muzokaralar vositasida o’rnatilib, muayyan miqdor va sifatdagi (sortdagi) mahsulotlarni ma’lum bir muddatlarda yetkazib berish stlaridan kelib chiqib belgilanadi. Unga binoan, haqiqatda yetkazib berilgan mahsulot miqdori, sifati (sorti) va muddatlari stnomada belgilanganidan farqlansa, bazis narxiga nisbatan ma’lum bir chegirma yoki ustamalar ko’zda tutilishi mumkin;
- haqiqiy narx – bazis narxga nisbatan turli ustama yoki chegirmalar qo’llanilgandan keyingi haqiqiy bitim narxi;
- ma’lumot beradigan narxlar – kataloglar, jurnallar, gazetalar, bukletlar, preyskurantlar va boshqa savdo xabarnomalarida cho’ etiladigan hamda mutaxassislar tomonidan shu turdagi tovarlarga narx belgilashda mo’ljal bo’lib xizmat qiladigan narxlarni anglatadi;
- preyskurant narxlari – ma’lumot beradigan narx turlaridan biri bo’lib, ishlab chiqaruvchi korxonaning yoki sotuvchi firmaning preyskurantlarida aks ettiriladi;
- taqqoslama narxlar – bir necha yillar davomida mahsulot ishlab chiqarish va sotish dinamikasini aniqlash hamda ularni taqqoslama holda solishtirish maqsadida qo’llaniladi (davlat tomonidan statistik hisobot shakllari uchun o’rnatiladi).
4. Amal qilish muddati bo’yicha:
- doimiy (qat’iy) narxlar – mahsulotni yetkazib berish stnomasi amal qiladigan davr mobaynida o’zgarmaydi;
- joriy narxlar – aynan mahsulot sotilayotgan davrda amal qilayotgan narxlar darajasini ifodalaydi va bozor konpyukturasiga qarab o’zgarib turishi mumkin;
- mavsumiy narxlar – yilning ma’lum bir davri uchun o’rnatiladigan narxlar darajasi (masalan, qishloq xo’jaligi mahsulotlariga yilning turli mavsumlarida turlicha narx o’rnatiladi);
- o’zgaruvchi narxlar – bozordagi talab va taklif muvozanati hamda inflyatsiya darajasidan kelib chiqib o’sib yoki kamayib borish xususiyatga ega. Bunda sotuvchi va haridor kelishuviga asosan bazis narxi o’rnatilib, turli omillar ta’sirida narxda yuz berishi mumkin bo’lgan o’zgarishlar stnomada kelishib olinadi.

Download 70.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling