1. Nazariy qism


“Kokpatas” koni rudalarini GMZ-3 sharoitida flotatsiya usulida boyitish texnologiyasi


Download 0.58 Mb.
bet8/12
Sana17.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1526957
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
oltin

1.6. “Kokpatas” koni rudalarini GMZ-3 sharoitida flotatsiya usulida boyitish texnologiyasi
Sulfid bilan bog’langan oltinli ruda mayin yanchishni talab qiladi; Dastlab ruda 1 bosqichli maydalanadi va yanchishga jo’natiladi. Yanchish jarayoni 2 bosqichda amalga oshirilib, 1- bosqich yanchish suvli muhitda ishlovchi o’ziyanchar tegirmonlarda amalga oshiriladi. 2- bosqich yanchishda esa markazdan bo’shatiluvchi sharli tegirmonlar qo’llaniladi. Ular mayin sliv olish uchun (80% - 0.074mkm) qo’llaniladi. Oltin zarrachalari sulfid bilan birikkan bo’lib siannidda erimaydi va yaxshi sorbsiyalanmaydi, shuning uchun avval sulfidlar ajratib olinadi va oksidlantirilib so’ngra sianlab sorbsiyalashga jo’natiladi. Shu sababdan sulfidli rudalarni boyitishda flotatsiya usulida boyitishdan foydalanamiz.
Rudadan oltinni maksimal darajada ajratib olishni ta'minlash maqsadida bir nechta flotatsiya sxemalari ko‘rildi.
Ruda tarkibidagi yengil yanchiluvchan komponentlar tarkibidagi oltinni sikllararo flotatsiyada ajratib olish orqali yuqori ajralishga erishilsa bo‘ladi. Sikllararo flotatsiyaning chiqindisi ikkinchi bosqich yanchish jarayonida yanchilib, o‘ta mayin o‘lchamdagi oltin zarralari yuzasi ochilgandan so‘ng asosiy flotatsiyada boyitilib, boyitma tarkibidagi oltin miqdori talab darajasiga yetkazilishi uchun ikki marta kayta tozalash flotatsiyasi o‘tkaziladi. Birinchi va ikkinchi kayta tozalash flotatsiyasi chikindilaridagi oltinning miqdori mos holda tonnasiga 2 va 8 gramni tashkil qildi.
Sxema bo‘yicha oltinning boyitmaga ajralishi 79,3 % ni tashkil etdi.
Nazorat flotapiyalari boyitmalari va birinchi qayga tozalash flotatsiyasi chiqindisi asosiy flotatsiya sikliga qaytariladi. Nazorat flotatsiyasi chiqindisi tarkibidagi oltinning miqdori 0,6 g/t ni tashkil qildi. Uni quyultirib sianlashga yuborish ko‘zda tutiladi.
Shunday qilib, o‘lchami 120- 150 mm bo‘lgan sulfidli ruda sharli tegirmonga beriladi va yanchilgan maxsulot klassifikatsiyaga yuboriladi. Klassifikatsiya qumi tegirmonga qaytariladi, sliv esa, Q:S = 1,5:1 va 50% 74 mkm sinfdagi maxsulot sikllararo flotatsiyaga yuboriladi.
Klassifikatsiyaga mis kuporosi (400 g/t) ko‘shiladi, sikllararo va asosiy flotatsiyaga kaliyli butil ksantogenati (150 g/t), ko‘pik hosil qiluvchi - T-66 (80 g/t)ko‘shiladi. Asosiy flotatsiya boyitmasi qayta tozalashga, sikllararo flotatsiya boyitmasi quyultirish jarayoniga yuboriladi. Asosiy flotatsiya chiqindisi esa nazorat flotatsiyasiga. Birinchi qayta tozalash boyitmasi ikkiichi qayta tozalashga, chiqindisi nazorat flotatsiyasi boyitmasi bilan birga asosiy flotatsiyaga boradi.
Nazorat flotatsiyasi chiqindisi quyultirishdan so‘ng sianlashga yuboriladi. Ikkinchi qayta tozalash boyitmasi sikllararo flotatsiya boyitmasi bilan birga quyultirilib, keyingi jarayon bakteriyali- oksidlashga yuboriladi. Ikkinchi kayta tozalashning chikindisi birinchi qayta tozalashga yuboriladi. Nazorat flotatsiyasiga kaliyli butil ksantogenati (50 g/t), ko‘pikxosil kiluvchi -T-66 (20 g/t) ko‘shiladi.
Sianlashda oltin eritmaga o’tkaziladi, so’ngra sorbsiyali tanlab eritishga yuboriladi. Ayni vaqtda GMZ-3 sharoitida sorbsiya jarayonida sarbent sifatida aktivlangan ko’mir qo’llaniladi. Sorbsiya natijasida oltinsizlangan pulpa va to’yingan sarbent hosil bo’ladi, oltinsizlangan pulpa nazoratchi g’alvirdan o’tib sorbentlar ushlab qolinadi va qolgani zararsizlantirilib chiqindiga tashlanadi. Sarbenti esa sorbsiyaga qaytariladi. To’yingan sarbent yuvilib keying qayta ishlash jarayonlariga jo’natiladi.


Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling