1. Neft konlarida quduq mahsulotini yig`ish tizimlari Konlarda neftni, gazni va suvni tayyorlashni texnologik jarayonlari
- rasm. Quduq mahsulotlarini yig’ish va tayyorlash tizimi
Download 43.21 Kb.
|
1-Mavzu
1.4 - rasm. Quduq mahsulotlarini yig’ish va tayyorlash tizimi: 1- mahsuldor qatlam; 2- botma (cho’kma) nasos; 3- nasos-kompressor quvurlari; 4-mustahkamlash tizmasi; 5-qazib oluvchi quduqning usti; 6-guruhli o’lchash qurilmasi; 7- shaxobchali nasos stansiyasi; 8- suvni oraliqli yig’ish qurilmasi; 9- siquv nasos stansiyasi; 10- gaz yig’uv tarmog’i; 11- magistral qvur uzatma; 12-mahsulotlarni markaziy yig’uv punkti; 13-suvni tayyorlash tuguni; 14- haydovchi bosim quvuri; 15-haydovchi quduqning mustahkamlash tizmasi; 16-nasos-kompressor quvuri; 17- paker; 18- qatlam. Qovushqoqlik emulsiyaning eng muhim texnologik tavsifi hisoblanadi. Emulsiyaning qovushqoqligi suvsiz neftni fizik-kimyoviy xossalarini (smolani, asfaltenlarni, zichlikni, qovushqoqlikni), ularni dispersligini, harorati va suvning miqdorini aniqlaydi. Neftning suvlanganligini oshishi bilan uning emulsiyaning qovushqoqligi qonuniy o’sadi. Neftning suvlanganlik ko’rsatgichi 70..75%dan yuqori bo’lganda emulsiya agregativ nobarqaror bo’ladi va fazali suv tarkibli (30..60%) emulsiyaga ajralib qolishga olib keladi hamda ularni qovushqoqligini pasaytiradi. Qovushqoqikni pasayishi emulsiyani yetarlicha tabiiy haroratini yuqori bo’lishga olib keladi va u 298..308K atrofida bo’ladi. Suvlangan neyftlarni qazib olish va yig’ishda doimiy emulsiyalarni paydo bo’lish earayoni ketadi va uning xossasi vaqt davomida to’xtovsiz o’zgarib turadi. Markaziy yig’uv punktiga to’planadigan neftni tovar kondensatsiyasini tayyorlashni kerakli parametrlarining yaxlitligi suvneft emulsiyasining chidamligiga bog’liq bo’ladi. Neft-suv emulsiyasining bardoshligi ko’pgina omillarga bog’liq bo’ladi: neft va qazib olinadigan yo’ldosh suvning fizik kimyoviy xossalariga, tabiiy barqarorlashtiruvchi emulsiyani, asfalt smola komponentlarini neftdagi tavsifiga va miqdorining tarkibiga bog’liq bo’ladi. Emulsiyaning barqarorligi haroratga, gazsizlantirish darajasiga, parafinli va aromatik ugolevodorolaning neftdagi miqdoriga va tarkibiga bog’liq bo’ladi. Konlarda oldindan suvni tashlash muhim texnologik usul bo’lib, suqliklarni qayta haydashdaga xarajatlarni kamaytiradi, neft uzatmalaridagi falokatlarni oldi olinadi va neftni markaziy yig’uv punktlarida tayyolashdagi xarajatlarni kamaytiradi. Kon markaziy yig’ish punktilan (MYP) uzoq masofada joylashganda qazib olinadigan neftning suvlanganligi oshishi va tashiladigan mahsulotning hajmini ko’payganligi quvur uzatmalarining gidravlik ish rejimini murakkablashtiradi. Neftning suvlanganligi 70%dan yuqori bo’lganda hamma suv emulsiyalangan holatda bo’lmaydi va kommunikatsiya tizimi orqali yig’ishda uch fazali gazsuyuqlik oqimi harakatlanadi. Bunda suyuqlik fazasi konsentratsiyali neft emulsiyasi va erkin suv holati ko’rinishida bo’ladi. Bunday emulsiyalar tashilganda neft uzatmalarini korroziyalanishga oib keladi. SNSlarida neft bir- yoki ikki bosqichli gazsizlantirish amalga oshiriladi. Download 43.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling