1. Nima hisobiga qushlarning patlari yogʻlanib turadi
Download 132.5 Kb.
|
qushlar-sinfi-boʻyicha-test
http://nambiolog.zn.uz https://t.me/nambiolog https://t.me/biolog_group Qushlar sinfi 1.Nima hisobiga qushlarning patlari yogʻlanib turadi ? a) teridagi bezlar hisobiga b) teridagi yogʻ zahiralari hisobiga c) patining oʻzidagi yogʻ hisobiga d) quymuch bezi hisobiga 2.Xordalilar tipining qaysi sinfga mansub vakillaridan ichki urugʻlanish boʻladi? 1.akula 2.timsox 3.ilon 4.baqa 5.kaptar 6.triton a) 1, 2, 4 b) 2, 3, 5 c) 3, 4, 6 d) 4, 5, 6 3. Yovvoyi oʻrdaklarning qishlash joyini aniqlang 1. Osiyonong shimoli 2.Markaziy amerika 3.Markaziy Afrika 4.Osiyoning janubi 5.Shimoliy Afrika 6.Oʻzbekiston janubi 7.Janubi-Sharqiy Osiyo 8.Shimoliy Amerika a) 4, 6, 7, 8 b) 1, 3, 6, 7 c) 3, 5, 7, 8 d) 2, 4, 5, 6 4. Arxeopteriks qaysi belgilari bilan sudralib yuruvchi hayvonlarga oʻxshash? a) orqa oyoqlarining ilik suyakka oʻxshashligi b) patlari borligi va umumiy koʻrinishi c) dum umurtqalari, jagʻi va tishlarning boʻlishi d) muskul sistemasining yaxshi rivojlanganligi, qon aylanishi 5. Qushlarda havo xaltachalari qaerda joylashgan? a) ichki organlar orasidagi boʻsh joylarda b) oʻpkada c) ikkala oʻpka orasida d) qorin boʻshligʻida 6. “Tanasining orqasi koʻkimtir –qora, qorin tomoni oq, peshona va boʻyni qizgʻish-qoʻngʻir” bu belgilar qaysi qush uchun xos? a) hakka b) zagʻcha c) qaldirgʻoch d) chumchuq 7. Qushlarning ichagi qaysi a’zoga ochiladi? a) anal teshigi b) kloaka c) toʻgʻri ichak d) siydik pufagi 8. Qushlardan qaysi biri yerda yaxshi yura olmaydi, koʻproq uchadi? a) musicha b) qargʻa c) qaldirgʻoch d) oqqush 9. Qushlarning qaysi muskullarini qisqarishi xisobiga koʻkrak qafasining xajmi kengayadi, nafas oladi? a) koʻkrak b) qorin c) qovurgʻalararo d) diafragma 10. Miyacha qaysi hayvonlarda yaxshi rivojlangan? 1.baqa 2.baliq 3.triton 4.qush a) 1, 2 b) 2, 3 c) 2, 4 d) 1, 4 11. Kaptarning yurak tuzilishini aniqlang. a) boʻlmacha, qorincha b) oʻng, chap boʻlmacha, qorincha c) oʻng, chap boʻlmacha, oʻng, chap qorincha d) boʻlmacha, chap, oʻng qorincha 12. Dasht choʻlda yashaydigan qushlarga hos belgilarni aniqlang. 1.oyoqlari baquvvat 2.boʻyni uzun 3.oyoqlari kalta 4.oyoqlari uzun 5.oyoqlari nozik 6.boʻyni kalta a) 1, 2, 3 b) 1, 2, 4 c) 2, 3, 5 d) 1, 3, 5 13. Goʻng qargʻalarga xos xususiyatni aniqlang? 1. zogʻchalar bilan galalar hosil qiladi 2.tunash uchun baland daraxtlarga qoʻnadi 3.bizning oʻlkalarda qishlaydi 4.chugʻurchuqlar bilan galalar hosil qiladi; 5.baland binolarda tunaydi a) 1, 2, 3 b) 4, 2, 5 c) 4, 5, 3 d) 1, 4, 5 14. Nima uchun qushlar tez- tez oziqlanadi va hayotining asosiy qismini oziq axtarish bilan oʻtkazadi? a) tuxum qoʻyish, joʻja ochish uchun b) tana haroratini saqlash, uchishga energiya hosil qilish uchun c) uchish uchun energiya toʻplash, tuxum qoʻyish uchun d) tuxumida zapas moddani koʻpaytirish uchun 15. Qushlar bosh miyasining qaysi qismida burmalar koʻp boʻladi? a) uzunchoq b) oʻrta c) miyacha d) miya koʻprigi 16. Nima uchun qushlar uzoq vaqt uchganda ham boʻgʻilib qolmaydi? a) oʻpka bilan bogʻlangan havo pufaklarining borligi b) tana haroratining doimiy boʻlishi c) uchish vaqtida gaz almashinuvining intensivligi oʻpkada havo almashnuvi d) energiya va moddalar almashinuvining intensivligi 17. Goʻng qargʻa, zogʻcha, qorayaloq qaysi qushlar guruhiga mansub? a) oʻtroq b) koʻchmanchi c) oʻchib oʻtuvchi d) uchib ketuvchi 18. Quyidagi qushlardan qaysilarida quymich bezi kuchli rivojlangan? 1.tuvaloq 2.oʻrdak 3.lochin 4.oqqush 5.burgut 6.turna 7.gaga a) 2, 4, 7 b) 3, 5, 6 c) 1, 2, 6 d) 3, 4, 1 19. Qushlarni qadimgi ajdodini koʻrsating. a) arxioptirikis b) protavtis c) stegasefal d) yirtqich tishli kaltakesak 20. Qaysi qushlarning joʻjasi zaif boʻlib tanasi yalangʻoch holda tuxumdan chiqadi? a) yirtqich qushlar b) suv qushlari c) pingvin va tuya qushlar d) gʻozsimonlar 21.Yapaloqqushlar turkumi vakillariga tegishli boʻlgan belgilarni koʻrsatining? 1.barmogʻi 4 ta boʻlib 2 ta oldinga 2 ta orqaga qaragan 2.shovqinsiz uchadi, juda yaxshi eshitadi 3.koʻzlari keng ochiladigan koʻz qorachiqlariga ega 4.oyoq va boʻyinlari uzun 5.havoda baqland uchib, oʻlja qidiradi 6.tirnoqlari kuchsiz rivojlangan 7.tumshuqlari qayrilgan barmoqlarida oʻtkir tirnoqlar boʻladi 8.meva va donlarni yeb zarar yetkazadi 9.uyasining balandligi 2 metrga yetadi 10.tungi qush hisoblanadi a) 2,3,7,10 b) 1.2.5.6 c) 1,3,7,10 d) 3,4,7,10 22. Qush uchganda eng koʻp ogʻirlik qaysi suyakka tushadi? a) panja b) toʻsh c) toʻsh-toji d) koʻkrak-tirgak 23. Yoʻrgʻa tuvaloqqa xos xususiyatlarni aniqlang. 1.tuxumlarni urgʻochi va erkagi navbat bilan bosib yotadi 2.tuxumlarini faqat urgʻochisi bosadi 3. joʻjalari hamma narsani yeyaveradi 4. joʻjalari asosan hashorotlar bilan oziqlanadi 5.haf tugʻilganda urgʻochi tuvaloq oʻzini yaralanganga soladi 6. ovlash man qilingan 7. ovlash man qilinmagan a) 1.2.5.7 b) 2.4.5.6 c) 2.3.5.7 d) 1.3.5.6 24. Shartli reflekslar tez va oson hosil boʻladigan qushlar toʻgʻri joylashtirilgan qatorni belgilang. a) qargʻa, mayna, qorayaloq, toʻti b) qargʻa, qaldirgʻoch, chittak, musicha c) qargʻa, toʻti, tuvaloq, uy chumchugʻi d) qargʻa, qorayaloq, qizilishton, oqbagʻir 25. Musicha yil davomida necha marta joʻja ochadi? a) 3 marta b) 4 marta c) 5 marta d) 2 marta 26. Quydagi qushlarning qaysi biri oʻljasini havoda tutadi, uchib ketayotib suv ichadi? a) qaldirgʻoch b) turna c) koʻk gʻoz d) churrak 27. Quydagi harakterli belgilarning qaysi biri tasqara uchun tegishli? 1.baqalar bilan oziqlanadi 2. hayvonlarning murdasi bilan oziqlanadi 3. tirnoqlari kuchli rivojlangan 4. tirik hayvonlarga hujum qila olmaydi 5. yirik hayvonlarga hujum qiladi 6. tirnoqlari kuchsiz rivojlangan 7. boshining ustida quloqqa oʻxshagan 2 toʻp pati bor 8. yerda besoʻnaqay qadam tashlaydi a) 1,3,7,8 b) 2,4,6,8 c) 3,4,7,8 d) 2,3,4,7 28. Qush tuxumining tuzilishi toʻgʻri berilgan qatorni aniqlang. 1. pochoq 2. pochoq osti pardasi 3. havo kamerasi 4. oqsil 5.lipid qavat 6. oqsil ipcha 7. sariqlik pardasi 8. embrion 9. sariqlik 10. embrion murtak a) 1,2,3,4,6.7.8 b) 1.2.3.7.8.9.10 c) 1.2.3.4.5.7.10 d) 1.2.3.4.6.7.9.10 29. Tuyaqushlarning ucha olmaslik sababi nimadan iborat? 1. gavdasi ogʻir 2. qanotlari yelpigʻich hosil qilgan 3. qanotlari kuchli rivojlangan 4. patlari zich yelpig;ich hosil qilmaydi 5. toʻsh suyagi choʻqmorni hosil qilmaydi 6. koʻkrak muskullari yahshi rivojlangan a) 1, 2, 3 b) 2, 4, 6 c) 3, 5, 6 d) 1, 4, 5 30.Tuxum, goʻsht maqsadida boqiladigan tovuq zotlari berilgan qatorni toping. 1. rus oq tovugʻi 2. niyugempshir 3. kornuel 4. rodayland 5.plimutrok 6. zagorsk 7. lekgorn a) 3,5,6 b) 2,4,6 c) 1,5,7 d) 2,3,6 31. Qaysi qushlar ayrim soʻzlarni takrorlash mumkin 1 chittak 2. qargʻa 3. chugʻurchuq 4. mayna 5. kaptar 6. tovuq 7. toʻti a) 1, 3, 7 b) 2, 6, 7 c) 2, 4, 7 d) 3, 5, 7 32. Qushlar shoxga qoʻnganda barmoqlari siqilib shoxni mahkam ushlab turishi nimaga bogʻliq ? a) oyoq muskullarining qisqarishiga b) barmoq muskularining qisqarishiga c) oyoqdagi paylarni tortilishiga d) katta koʻkrak muskullarini tortilishiga 33.Oʻtiroq qushlar berilgan qatorni belgilang. 1. zogʻcha 2. koʻk kaptar 3. olaqargʻa 4. mayna 5.qorayaloq 6.kaklik 7. gʻoz 8. oʻrdak 9. bulbul a) 1, 3, 5 b) 2, 4, 6 c) 1, 6, 9 e) 2, 5 34. Qushlar ovqat hazm qilish sistemasining qaysi qismida ozuqasi maydalanadi? a) jigʻildonida b) bezli oshqozonda c) muskulli oshqozonda d) qiziloʻngachda 35. Qushlarni qanotlarini koʻtarilishida be’vosita ishtirok etuvchi muskullarni belgilang. a) koʻkrak muskullari b) qovurgʻa muskullari c) qovurgʻa oʻsiq muskullari d) oʻmrov osti muskullari 36.Yovvoyi oʻrdak bundan nemcha ming yil oldin xonakilashtirilgan? a) 2000 yil b) 3000 yil c) 3500 yil d) 4000 yil 37. Bizdagi bulbullar qayerda qishlaydi? a) Tropik Afrika b) Shimoliy Hindiston c) Janubiy-Sharqi Osioda d) Afrika va Hindistonda 38. Qushlarning qanotlarini tushirishda yordam beruvchi muskullar birikkan suyak a) yelka, umrov b) toʻsh, bilak c) toj toji, yelka d) toʻj toji, koʻkrak tirgak 39. Qushlardagi koʻkrak muskullarining asosiy vazifasini koʻrsating. a) qanotlarni koʻtarish b) qanotlarni tushirish c) koʻkrak qafasini kengaytirish d) koʻkrak qafasini kengaytirish 39. Bizda yashaydigan yirtqich qushlarning eng yirigi a) lochin b) burgut c) tasqara d) kalxat 40. Tuxum hujayrasi eng katta boʻlgan hayvonni koʻrsating a) fil b) kit c) baliq d) tuyaqush 41. Gʻozsimonlar turkumiga kiradigan qushlarni belgilang a) qur, kaptar b) turgʻay, bedana c) tuvaloq, oʻrdak d) oqqush, oʻrdak 42. Qaysi hayvonda quymich bezi yaxshi rivojlangan ? a) suvda ham quruqda yashovchilar b) baliqlarda c) sudralib yuruvchilarda d) qushlarda 43.Goʻngqargʻa va chittakning farqi (a) va oʻxshashligini (b) belgilang. a) chumchuqsimonlar turkumiga kiradi b) kosasimon uya quradi c) jufti bir mavsum saqlanadi d) zogʻchalar bilan birga gala hosil qiladi e) yil fasllariga qarab koʻchib yuradi A) a) a,c b) b.d.e B) a) b,d b) a,c C) a) b,d,e b) a,c D) a) b,d,e b) a,b,c 44. Qushlardagi qaysi qobiliyat boshqa hayvonlarga nisbatan yaxshi rivojlangan? a) eshitish b) hid bilish c) tovushni ajrata olish d) masofani chamalash 45. Qushlarning sezgi organlaridan qaysi biri sust rivojlangan a) eshitish b) koʻrish c) hid bilish d) barchasi 46. Qushlarning mavsumiy uchib ketishi nima ta’sirida paydo boʻlgan? a) koʻpayish instinkti b) mavsumning oʻzgarib turishi c) kun qisqarishi d) kun uzayishi 47. Qushlarda havo haltachalari, nafas olishdan tashqari, yana qanday vazifani bajaradi? a) qon aylanishi yaxshilab turadi b) tana haroratining yuqori boʻlishini taminlaydi c) oʻpkani traxeya bilan bogʻlab turadi d) tanasini qizib ketishdan saqlab turadi 48. Imperator pingvini necha gradus tempiraturada joʻja ochadi? a) 15-20 b) 60-70 c) -15-20 d) -60-70 49. Qaysi qushda shartli reflekslar tez va oson hosil boʻladi? a) qorayaloqda b) qizilishtonda c) kaklikda d) tuvaloqda 50. Qushlarning xatti-xarakatlari bosh miyaning qaysi qismiga bogʻliqligini aniqlang. a) miyacha b) uzunchoq miya c) oraliq d) oldingi yarimsharlar 51. Yirtqich qushlar uchun hos belgini aniqlang. 1.tirnoqlari uchi ilmoqqa oʻxshash qayrilgan uzun 2.tumshugʻi uzun 3.tumshugʻining uchi pastga qayrilgan 4.tirnoqlari kalta, tutoq 5.tirnoqlari uzun, oʻtkir 6.tumshugʻi qisqa, baquvvat 7.barmoqlari soni kam a) 1, 6, 7, 2 b) 1, 3, 5, 6 c) 2, 3, 4, 7 d) 1, 2, 5, 7 52. Qushdagi qanot kamari necha juft suyaklar vaqaysi suyaklardan tashkil topgan? a) 3 juft; koʻkrak tirgak, umrov, yelka b) 3 juft; koʻkrak tirgak, umrov, kurak c) 2 juft; koʻkrak tirgak, kurak d) 2 juft; kurak, umrov 53. Ilik suyagi faqat qushlar uchun hos boʻlib u ....... hosil boʻlgan. a) tovon suyagining oʻzgarishidan b) beshinchi barmoq suyagining oʻzgarishidan c) kichik boldir suyagining oʻzgarishidan d) bir necha mayda suyakning birikishidan 54. Uchayotgan kaptarning yuragi minutiga necha marotaba qisqaradi a) 150 marta b) 400 marta c) 450 marta d) 550 marta 55. Jigʻildon qushlarda qanday vazifani bajaradi? a) oziqni namlash va yumshatish b) oziqqa mexanik ishlov berish c) oziqqa ovqat hazm qilish shirasi bilan ishlov berish d) oziqni saqlash 56. Yapaloq qushlar tukumiga kiruvchi qushlarni belgilang. a) ukki, oqqush, qumay b) yapaloq qush, qizilishton, chil c) boyoʻgʻli, ukki, yapaloq qush d) qumay, oʻrdak, oqqush 57. Jish bola ochadigan yoki uya quradigan qushlar guruhini aniqlang. 1.burgut 2.oʻrdak 3.qaldirgʻoch 4.gʻoz 5.qarqur 6.chil 7.qizilishton 8. tasqara 9.qur a) 1,3,7,8 b) 1,2,7,8 c) 2,4,5,9 d) 1,2,3,4 58. Qushlarning issiq qonli hayvon boʻlishiga nima sabab boʻladi ? a) ovqat hazm qilish organlarining tuzilishi b) qon aylanish organlarining tuzilishi c) moddalar almashinuvining jadalligi d) nafas olish organlarining tuzilishi 59. Qushlar yerga qoʻngand tanaga beriladigon zarban kamaytirishg qaysi suyak yordam beradi? a) qanot suyaklari b) kil suyagi c) son suyagi d) ilik suyagi 60. Uya qurmaydigan qushlarni aniqlang? a) oʻrdak, kakku b) qayra, kakku c) kakku, qur d) bulduruq, qayra 61. Uya quradigan va jish bola ochadigan qushlar guruhini aniqlang a) qirgʻovul, bedana b) qaldirgʻoch, musicha c) oʻrdak, gʻoz d) kaklik, tuvaloq 62. Qushlarning oyoq skeleti qaysi suyaklardan iborat boʻladi? 1.son 2.boldir 3.bilak 4.tirsak 5.ilik 6.barmoq 7.chanoq 8.yelka 9.tovon a) 1,2,5,6 b) 1,2,3,6 c) 1,3,4,9 d) 1,7,5,6 63. Qushlar bosh miyasining qaysi qismlari yaxshi rivojlangan? 1.katta yarimsharlar 2.oʻrta miya 3.uzunchoq miya 4.miyacha 5.oraliq miya a) 1, 2 b) 2, 3 c) 1, 4 d) 1, 5 64. Qaysi qushlar joyi issiq, oziq yetarli boʻlishiga qaramasdan erta uchib ketadi? a) oʻrdak, gʻoz b) oʻrdak, turna c) laylak, qargʻa d) bulbul, zargʻaldoq 65. Egarsimon umurtqalar qushlar tanasining qaysi qismida boʻladi? a) dum b) koʻkrak c) dumgʻaza d) boʻyin 66. Chumchuqsimonlar turkumining eng yirik turlari qaysi qatorda toʻgʻri keltirilgan? a) goʻngqargʻa, zagʻcha b) chittak, olaqargʻa c) qirgʻovul, kaklik d) chittak, chugʻurchuq 67. Qushning orqa oyoq kamari umurtqa pogʻonasining qaysi boʻlimlari bilan qoʻshilib oʻsadi? 1.koʻkrak 2.bel 3.boʻyin 4.dumgʻaza 5.dum umutqalarining barchasi 6. 2-va 3-dum umurtqasi 7.1-dum umutqasi 8.koʻkrak umurtqasining oxirgi qismi a) 1, 2, 3 b) 3, 4, 5 c) 6, 8, 7 d) 2, 4, 7 68. Uchib ketuvchi qushlar guruhini aniqlang. 1.bulbul 2.qorayaloq 3.zargʻldoq 4.mayna 5.chittak 6.bedana 7.qaldirgʻoch 8.qoraqush a) 1, 7, 8 b) 7, 5, 3 c) 4, 5, 6 d) 7, 1, 3 69. Chumchuqsimonlar turkumiga mansub boʻlmagan qushlar guruhini aniqlang 1.chugʻurchuq 2.qizilishton 3.chittak 4.miqqiy 5.gʻoz 6.qur 7.xakka 8.chil a) 1, 8, 6 b) 2, 4, 8 c) 1, 3, 7 d) 7, 6, 5 70. Qaysi yovvoyi qushlar sanoat maqsadida va sport usulda ovlanadi? 1.oqqush 2.kulrang turna 3.gʻoz 4.kaklik 5.qargʻa 6.zargʻaldoq 7.qirgʻovul 8.kaptar 9.oʻrdak a) 1,2,8,6 b) 2,3,7,1 c) 3,7,9,5 d) 9,7,3,4 71. Sovuqqa chidamli va quruqlikda vertikal holatda yuradigan qushlar? a) oqqushlar b) tuyaqushlar c) gʻozlar d) pingvinlar 72.Qushlarni guruhini aniqlang. 1.koʻchmanchi 3.oʻtroq 4.uchub keluvchi a.kaklik b.zagʻcha c.turna d.bulbul a) 1-b 2-a 3-d b) 1-b 2-d 3-c c) 1-a 2-b 3-d d) 1-c 2-d 3-a 73. Qaysi qushlarning erkagi va urgʻochisi bir xil rangda boʻladi? a) gʻozlar b) oʻrdaklar c) bulduruqlar d) tuyaqushlar 74. Nima uchun qushlarning skeleti sudralib yuruvchilarnikiga nisbatan mustaxkamroq boʻladi? a) suyaklari qoʻshilib oʻsganligi uchun b) suyaklari yassi boʻlgani uchun c) suyaklari havo bilan toʻlgan d) suyaklari yengil va yassi boʻlgani uchun 75. Quyda berilgan qushlar qaysi turkumlarga mansub? 1.churrak 2.nandu 3.sesarka 4.musicha a.kaptarsimonlar b.tovuqsimonlar c.tuyaqushlar d.gʻozsimonlar a) 1-a 2-c 3-b 4-d b) 1-b 2-a 3-c 4-d c) 1-d 2-c 3-b 4-a d) 1-b 2-d 3-c 4-a 76. Beradigan maxsulotlariga koʻra xozirgi tovuq zotlari qanday zotlarga boʻlinadi va ularga mansub tovuq zotlarini belgilang. 1.tuxum 2.goʻsht 3.goʻsht-tuxum 4.manzarali a.pervomaysk b.lektorn c.plimutok d.feniks a) 1-a 2-c 4-d b) 1-d 3-a 2-6 c) 1-b 2-c 3-a d) 1-c 3-a 4-6 77. Qushlar qanday xolatda bir minutda necha marta nafas oladi va yuragi uradi? 1.tinch turganda 2.uchayotganda a.165 b.26 c.400 d.550 a) 1-a,b 2-c,d b) 1-b,a 2-c,d c) 1-c,d 2-a,b d) 1-b,d 2-c,a 78. Toʻrt kamerali yurakka ega boʻlgan hayvonni koʻrsating a) baqa b) kaltakesak c) gekkon d) qorayaloq 79. Qushlar yuragining ishlashi... bogʻliq. a) moddalar alamashinuviga b) ularning oziqlanish usuliga c) ularning yurak tuzulishi bilan d) ularni harakatlanishi bilan 80. Qaysi qushlar janubiy-Markaziy Osiyoda qishlaydi? 1.Evropa laylaklar 2.yovvoyi oʻrdak 3.koʻk gʻoz 4. qora kalhat a) 1.2.3.4 b) 1.2.3 c) 2.3 d) 3 81. Yevroʻpa laylaklarining qishlash joyini aniqlang. a) Afrika va Xindiston b) Shimoliy Xindiston c) Afrikaning shimoli d) Janubiy- Sharqiy tropik Afrika 82. Qaysi qush tanasining uzunligi 1,5 metrga qanotlarini yozganda kengligi 3 metrga yetadi? a) tasqara b) miqqiy c) lochin d) kalxat 83.Tuxum- goʻsht yoʻnalishidagi tovuq zotlarini koʻrsating? 1.lekgorn 2.pevomaysk 3.zagorsk 4.kornuel a) 1, 2 b) 2, 4 c) 3, 4 d) 2, 3 84. Quyda berilgan qushlardan Oʻrta Osiyo xududida uchraydigan kunduzgi yirtqichlarni belgilang. a.qora kalxat b.miqqiy c.boyqush d.boyoʻgʻli e.joʻrchi f.qarchigʻay j.ukki a) a,b,d,j b) a,b,d,e c) a,g,e,j d) a,b,f,e 85.Yirtqich qushlar toʻgʻri koʻrsatilgan qatorni aniqlang? 1.miqqiy 2.oq bagʻir 3.joʻrji 4.chugʻurchyq 5.qarchigʻay 6.tuvaloq 7.tasqara a) 2,3,6,7 b) 2,3,5,7 c) 1,4,5,6 d) 1,3,5,7 86. Oʻrta Osiyo hududida yashaydigan laylaklarning qishlash joyini aniqlang? a) Tropik Afrika b) Janubiy Hindiston c) Shimoliy Hindiston d) Afrika 87. Qaysi qushlar oʻtroq qushlar guruhiga kiradi? a) zogʻcha, olaqargʻa b) oqqush, turna c) chittak, chumchuq d) turna, laylak 88. Oziq tanqis boʻladigan qish yoki erta bahorda oʻziq gʻamlab qoʻygan ozuqasini topib yeydigan qushni aniqlang. a) qirgʻovul b) chugʻurchuq c) chittak d) olaqargʻa 89. “Erkaklarning tanasi qora, faqat qanot va dumida oq patlari boʻlganidan qorongʻuda sezilmaydi va qumni tumshugʻi bilan kovlab uya yasaydi”. Bu xususiyat qaysi qushlarning erkaklari uchun hos? a) nandu b) soʻfiturgʻaylar c) Afrika tuyaqushi d) yirtqich, tungi qushlar 90. Ikki oylik joʻjalrning ogʻirligi 2,6 kl keladi, ularning ayniqsa Pekin, Ukraina, Moskva zotlari maxsus koʻpaytiriladi. Bu qaysi parranda uchun hos xususiyatlar? a) xonaki, tovuq b) tovuslar c) gʻozlar d) xonaki oʻrdak 91. Qushlarning sudralib yuruvchilardan farq qiluvchi belgisi… a) bir marta olingan havodan ikki marta nafas olishi b) tanasida muguz tangachalarining boʻlishi c) terisida bezklarning deyarli boʻlmasligi d) tuxumlarining sariqlikka boyligi 92. Churrak, suqsunlar qaysi tyrkumga mansub? a) laylaksimonlar b) gʻozsimonlar c) chumchuqsimonlar d) tovuqsimonlar 93. Qaysi qushlarning joʻjasi zaif boʻlib, tanasi yalangʻoch holda tuxumdan chiqadi? a) suv qushlari b) yirtqich qushlar c) tovuqsimonlar d) pingving va tuyaqushlar 94. Quyda berilgan qushlar qaysi turkumga mansub? 1.suqsun 2.emu 3.qirgʻovul 4.turgʻay a) chumchuqsimonlar b) tovuqsimonlar v) tuyaqushlar g) gʻozsimonlar a) 1-b 2-a 3-v 4-g b) 1-a 2-v 3-b 4-g c) 1-b 2-g 3-v 4-a d) 1-g 2-v 3-b 4-a 95. Yirtqich qushlarni ularga mos keladigan xususiyatlar bilan juftlab belgilang I.ukki II.tasqara III.boyoʻgʻli IV.kalxat 1.yapaloq qushlar ichida eng yirigi 2.yapaloq qushlar ichida nisbatan kichigi 3.soatlab qanot qoqmay ucha oladi 4.havoda baland uchib oʻlja ajratadi a) I-2 II-3 III-1 IV-4 b) I-1 II-3 III-2 IV-4 c) I-4 II-3 III-2 IV-1 d) I-1 II-2 III-3 IV-4 96. Suv burguti suv ostida pastlab uchib nima tutadi? a) baqa b) baliq c) mollyuska d) kalmar 97. Chumchuqsimonlar turkumining erkak qushlari qaysi xususiyatlari bilan ajralib turadi? 1.yirikligi 2. maydaligi 3.rangdorligi 4.boshida toj patlarining boʻlishi 5.boʻyning uzunligi 6. sayroqiligi a) 2,3,4,6 b) 1,3,4,6 c) 1,2,3,4,5,6 d) 1,3,4,5 98. Qushlarning sudralib yuruvchilarga oʻxshashlik belgilarini ajrating 1.miyachasi kuchli rivojlangan 2.qon aylanish murakkab 3.terisida bezlari deyarli boʻlmaydi 4.patlari terisi muguzli 5.tuxumida sariqligi koʻp 6.tana harorati doimiy 7.embrionning tuzilishi 8.bir marta olgan havosi bilan ikki marta nafas olish a) 3,5,7 b) 1,2,6,8 c) 3,4,5,7 d) 2,4,5,6 99. Qushlarning gavdasi qanday qismlardan iborat ? a) bosh, gavda, dum, oyoq b) bosh, boyin, tana, dum c) bosh, boʻyin, tana, oyoq d) bosh, tana, dum, oyoq 100. Xonakilashtirilgan parrandalar orasida eng yirigi qaysi? a) tovuq b) gʻoz c) oʻrdak d) kurka 101. Tirnoqlari kuchsiz rivojlangan, lekin tumshugʻi oʻtkir, qayrilgan qushni belgilang. a) lochin b) boyoʻgʻli c) tasqara d) qizilishton a) zagʻizgʻon, bulbul, kaptar 102. Uchib ketuvchi qushlarni belgilang? b) zargʻaldoq, laylak, qaldirgʻoch c) xakka, tuvaloq, qirgʻovul d) qumri, toʻti, bulbul 103. Qushlarning patlarini joylashishiga qarab xilarga ajrating? 1. kontur qoplagʻich 2. qoqish 3. boshqarish. a. qanotlar b. dum c. tana yuzasidagi patlar a) 1-b 2-c 3-a b) 1-c 2-a 3-b c) 1-c 2-b 3-a d) 1-a 2-c 3-b. 104. Qushlarning axlatida…. kabi kimyoviy moddalar uchraydi? a) N2 , F b) N2 , S c) N2 , C d) N2 , P. 105. Kuyka qushlarning qaysi turkumiga kiradi? a) tovuqsimonlar b) chumchuqsimonlar c) gʻozsimonlar d) tuvaloqlar 106. Qaysi qushlar uzoq yillar juft hosil qilib yashaydi? a) qarqaralar b) oʻrdaklar c) churraklar d) suqsunlar 107. Qushlar uchun xos boʻlgan tugʻma instinktni belgilang a) oldingi miyaning rivojlanishi b) uchib ketish va uchib kelish c) ilik suyagining boʻlishi d) ayrimlarining gapira olishi 108. Kuyka qayerlarda uchraydi? a) vohalarda b) oʻrmonlarda c) toʻqaylarda d) choʻllarda 109. Yovvoyi oʻrdakning erkagining rangini aniqlang a) boshi toʻq yashil, boʻyni qizil b) boshi toq yashil, dumi oqish c) tumshugʻi qizgʻish, boʻyni oq d) tumshugʻi qizgʻish, dumi oqish 110. Pingvinlar qayerlarda tarqalgan? 1. Antarktida 2. Tinch okeanining ayrim orollari 3. Avstraliya 4. Janubiy Amerika sohillari 5. Afrika sohillar 6. Yevropa qirgʻoqlari a) 1, 2, 3 b) 1, 2, 3, 4, 5 c) 1, 2, 4 d) 1, 2, 6, 3 111. Qaysi qushni ayri dumidan oson tanib olish mumkin? a) qarchigʻay b) joʻrchi c) kalxat d) tasqara 112. Gaganing nimasidan sanoatda foydalaniladi? a) uyasidaggi shoxlardan b) soʻlagi aralashgan loydan c) axlatidan d) uyasiga toʻshagan paridan 113. Choʻl qushlari tuxumini qayerga qoʻyadi? a) daraxtlar kovagiga b) saksovullar tagidagi parlar ustiga c) qamishlar ustiga d) tuproqdagi chuqurchaga 114. Choʻl va sohil qushlariga oʻxshash belgilarni aniqlang? a) oyoqlari va boʻyni kalta b) oyoqlari va boʻyni uzun c) oyoqlari va tumshugʻi uzun d) oyoqlari uzun boʻyni kalta 115. Ikki boʻlmala oshqozonga ega boʻlgan hayvonilarni koʻrsating? 1.eshakqurt 2.biy 3.falanga 4.langust 5.tuvoloq 6.kaptar a) 2, 3, 4, 6 b) 1, 4, 5, 6 c) 5, 6 d) 1, 2, 3 116. Kunduzgi yirtqich qushlar turkumiga kiruvchi qushlar guruhini belgilang. a) kalxat, qarchigʻay, miqqiy b) hakka, oʻrdak, oqqush, burgut c) ukki, oqqush, hakka, burgut d) yapaloqqush, qizilishton, chil http://nambiolog.zn.uz https://t.me/nambiolog https://t.me/biolog_group Download 132.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling