1. Nima sababdan Turkistonda paxtaga o‘zgarmas narx joriy etilgan edi?
A) monopoliyani oldini olish uchun B) xalq norozligi ko‘paygani va qo‘zg‘olon bo‘lishi mumkinligi sabab
C) favqulotta holat e'lon qilinganligi sabab D) yer egaligi munosabatlari izdan chiqganligi sabab
2. Guloyimning otasi qiziga qanday yerlarni tortiq qiladi?
A) Sarkub yerlarini B) Muyeli yerlarini C) Karki yerlarini D) Turkiston yeri
3. Qoraqalpoq adabiy yozuvchilaridanqaysi birlarining yoshi o‘rtasidagi farq 11 yil bo‘lgan?
A) Ajiniyoz va Oybit Eshon B) Kunxo‘ja va Ajiniyoz
C) Otash Oltinboy va Xo‘janiyoz D) Otash Oltinboy va Kunxo‘ja
4. XX asrda Umar, Sariboy, Qulmurot, Sodiqlar nimani davom ettirishgan?
A) Qoraqalpoqlar erkinlik uchun kurashini B) Demokratik an'analarni
C) Milliy janrda yozuvchilikni D) Baxshichilik va dostonchilikni
5. Berdaqning otasini ismi A) Zevar B) Qarg‘aboy C) Arslonqul D) Xo‘janiyoz
6. Yoqubbek qo‘mondon bo‘lgan qal'aga qancha askar bostirib kirgan?A) 6000 B) 5000 C) 3000 D) 1000
7."Moziyg‘a qaytib ish ko‘rish xayrlik, deydilar. Shunga ko‘ra, mavzuni moziydan, yaqin o‘tmish kunlardan, tariximizning eng kirlik, qora kunlari bo‘lgan keyingi "xon zamonlari"dan belgiladim" deb asarida keltirgan shaxs qaysi xon davrida yashagan? A) Abdulhamid davrida B) Amir Olimxon davrida C) Sayid Olimxon davrida D) Amir Muzaffar davrida
8. 1-"Shuhrat" gazetasiga asos solgan shaxs va 2-"Yer yuzi" darsligini yaratgan shaxs qachon tug‘ilgan?
A) 1878-yilda va 1879-yilda B) 1879-yilda va 1875-yilda C) 1878-yilda va 1878-yilda D) 1879-yilda va 1880-yilda
9. Buxoro amirligida eng so‘nggi amir taxtdan ketgan vaqtda Germaniyada qanday voqea ro‘y berdi?
A) sanoatda burjualashuv B) konstitutsiya vujudga kelgan C) sanoat to‘ntarishi D) yangi industrial davlat yuzaga kelgan
Do'stlaringiz bilan baham: |