1. Nobel mukofoti, iqtisodiyot bo‘yicha mukofotning ta’sis etilish xususiyatlari 2


Iqtisodiy modellar bo‘yicha mukofotlanganlar


Download 78.5 Kb.
bet2/4
Sana06.04.2023
Hajmi78.5 Kb.
#1330164
1   2   3   4
Bog'liq
5-Mavzu (1)

2. Iqtisodiy modellar bo‘yicha mukofotlanganlar

1969 yil
Ushbu yili Nobel mukofotiga birdaniga ikki tadqiqotchiga berildi. Ular Norvegiyalik (Oslo universiteti xodim) Rigar Frish (1895-1973) va niderlandiyalik (Rotterdamdagi Niderlandiya iqtisodiyot markazi xodimi) YAn Tinbergan (1903-1994)lar shu mukofotga sazovor bo‘ldilar. Ularga bu mukofot olimlarning "Iqtisodiy jarayonlarni matematik tahlil etishda dinamik modellarni rivojlantirish va qo‘llash bo‘yicha tadqiqotlari uchun" berildi.


3. Nobel mukofoti laureatlari ilmiy ishlarining ahamiyati
SHu o‘rinda qiziq holatga duch kelamiz. Nimaga A.Nobel mukofoti juda muhim matematika fani uchun ta’sis etilmagan degan savol ko‘pchilikni qiziqtirishi tabiiy. Bu haqida uning "Vasiyatnoma"sida hech narsa deyilmagan bo‘lsada, ammo bu to‘g’rida ikki hil qarash mavjud. Birinchisi shuki, u go‘yo matematika faniga umuman qiziqmagan ekan. Ikkinchi taxminga ko‘ra esa Nobel sevgan mashuqa matematik olimga turmushga chiqqan va u shu sababli umuman uylanmagan.
Nobel umrining oxirida uning jamg’armasida 70 million shved kroni bo‘lgan bo‘lsa, hozirda bu jamg’arma 200 million kronaga etgan.
Sovrindorlar haqidagi ma’lumotlar A.Nobel tug’ilgan kun (21 oktyabr) atrofida e’lon qilinadi, Mukofotni topshirish esa A.Nobel vafot etgan kun (10 dekabr)da o‘tkaziladi. Nobel mukofotiga nomzodlari ko‘rsatilgan shaxslarning irqi, millati, jinsi va diniy e’tiqodidan qat’iy nazar, bu mukofotlar mazkur fan sohalarida erishilgan eng yuksak yutuqlar uchun beriladi. SHvetsiya qirollik Fanlar Akademiyasi va qirollik meditsina-xirurgiya instituti mukofotga nomzod ko‘rsatadigan shaxslarni har yili kelasi yil uchun maxfiy ravishda tanlaydi.
Nobel mukofoti 1901 yildan boshlab o‘z egalariga topshirilmoqda, faqatgina 1968 yili SHvetsiya davlat banki tashkil topganligining 300 yillik yubileyi munosabati bilan qo‘shimcha (oltinchi) iqtisodiyot fani bo‘yicha Nobel mukofoti ta’sis etildi.
Nobel mukofoti A.B.Nobel tasviri tushirilgan va tegishli yozuvi bo‘lgan oltin medaldan, diplom va miqdori 30-70 ming dollargacha bo‘lgan (yoki 2,5 million shved kronasi, bu miqdor odatda Nobel fondidagi daromadga bog’liq) mablag’dan iborat.
hozirda bu mukofot sohiblarining ro‘yxatida olti yuzga yaqin kishining nomlari bor. Agar biz bu ro‘yxatga nazar tashlaydigan bo‘lsak, unda ko‘pchilik jahonga mashhur olim va yozuvchilarning nomlarini o‘qiymiz: xususan, fizika sohasida V.Rentgen, A.Enshteyn, N.Bor, P.Dirak; kimyo sohasida E.Rezerford, I.Jolio-Kyuri, V.Jolio-Kyuri, P.Debay; fiziologiya va meditsina sohasida I.P.Pavlov, R.Kox, I.I.Mechnikov, K.Landshteyner, A.Fleming; adabiyot bo‘yicha R.Tagor, R.Rollan, B.SHou, I.A.Bunin, E.Xemenguey, P.Neruda, M.SHoloxov, A.I.Soljenitsin; tinchlik bo‘yicha F.Nansen, A.SHveyser, Martin Lyuter King, M.S.Gorbachev, Koffi Annan (Koffi Annan 2001 yil Nobel mukofoti laureati deb topildi) va xokazolarni ko‘rishimiz mumkin.
Biz quyida iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureatlari to‘g’risida qisqacha ma’lumot berib o‘tishni o‘zimizga joiz deb topdik.
YUqorida qayd etilganidek, iqtisodiyot fanidagi nazariy va amaliy yutuqlar uchun ham 1968 yil Nobel mukofoti ta’sis etilgan va u 1969 yildan boshlab berila boshlangan.
4. O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlariga o‘tishning xususiyatlari
Insoniyat XXI asrga kelib ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotining mohiyatini chuqurroq anglash bilan bir qatorda, uning asoratlariga barham berishga astoydil kirishganini namoyon etmoqda. Xususan, O'zbekiston Respublikasi uchun sobiq mustabid tuzum merosi va sohta mafkuraning oqibatlari quyidagilarda o‘z aksini topishi Respublika Prezidenti, akademik LKarimov asarlarida umumlashtirilgan:

  1. Bir yoqlama rivojlangan, mo‘rt, zaif iqtisodiyotga asoslangan markazga qaram yarim mustamlaka mamlakat.

  2. Boy mineral xomashyo resurslaridan nazoratsiz va ayovsiz foydalanishga hamda puxta yakkahokimlikka asoslangan iqtisodiy tizim.

  3. Mahalliy xomashyolami qayta ishlash quwatlarini ibtidoiy darajadaligi, ishlab chiqarishning texnologik asbob-uskuna va bo‘tlovchi qismlar, shuningdek, yoqilg‘i ta’minotida markazga qaramlik.

  4. Eng muhim oziq-ovqat mollari (un, shakar, go‘sht-so‘t mahsulotlarijva boshqa xalq iste’moli mahsulotlarining chetdan keltirilishi.

  5. Paxta xomashyosi mahsulotlarining suvtekinga tashib ketilishi, oltin, qimmatbaho va rangli metallar, strategik ahamiyatga ega materiallar jahon bozorida o‘ta xaridorgir bo‘lgan boshqa qimmatbaho mahsulotlami ishlab chiqarish va sotishdan keladigan foydaning 0‘zbekiston xazinasiga tushmasligi.

  6. Iqtisodiy o‘sish sur’atlari samaradorligi ko‘rsatkichlarining salbiy darajadaligi ortib borishi, moliya-pul tizimining butkul ishdan chiqishi.

  7. Xorijiy mamlakatlar bilan bevosita tashqi iqtisodiy aloqalarning cheklanganligi.

  8. Qishloq joylarda yashirin ishsizlik, shahar va qishloqdagi turmush darajalaridagi farqning ortib borishi.

  9. 0‘zbekiston aholisi turmush darajasi ko‘rsatkichlarining sobiq SSSRdagi eng oxirgi o‘rinlardan biriga tushib qolganligi.

  10. Ekologik muammolaming keskinlashuvi, yer-suv resurslaridan ayovsiz foydalanish, yerlar sho‘rlanishining ortishi, cho‘l zonalarining kengayishi.

Yuqorida keltirilgan xulosalami isbotlovchi dalillar jumlasiga quyidagilar kiradi:
1991-yilda yetishtirilgan paxta xomashyosining bor-yo‘g‘i 3,5% i pirovard iste'mol uchun respublikada qayta ishlangan.
1990-yilda respublikada mavjud korxonalaming 38% sobiq ittifoq, 54% sobiq ittifoq-respublika, bor-yo‘g‘i 8% korxonalar respublika mulkchiligi tasarrufida bo'lgan.
1988-yilda 4349.3 mln. ga ekin maydonlarining 125.3 ming ga maydoni (2.8%) aholining shaxsiy tomorqalarini tashkil etgan.
«1930-yilda respublika aholisining 70% ga yaqinining jami daromadi tirikchilik o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan eng quyi darajadan ham past edi. Ayni mahalda Rossiya va Ukrainada aholining 30 % ga yaqinigina shunday ahvolda kun kechirgandi».
Ma’lum sabablarga ko‘ra respublika hozirgi xalq xo‘jaligi va aholi juda qattiq ehtiyoj sezayotgan tovarlaming 65% gacha bo'lgan qismini tashqaridan keltirishga majbur edi. Yoqilg‘i, stanoklar, asbob-uskunalar, yog‘och-taxta va yog‘och materiallari to‘g‘risida gapirmasak ham bo‘ladi. Ular ham chetdan keltirilgan.
Bozorga o‘tish zaruriyati tashqi va ichki omillardan ham kelib chiqadi.

Download 78.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling