1. Nuqta bilan tugaydigan satr berilgan. Satrda nechta so’z borligini hisoblab chiqing.
2. Ingliz matnidan iborat satr berilgan. b harfi bilan boshlanuvchi so’zlar sonini toping.
3. Satr berilgan. Unda r, k, t harflari qanchaligini hisoblab chiqing.
4. Satr berilgan. Unda *(yulduzcha), ;(nuqta vergul), :(ikki nuqta) belgilari sonini hisoblab chiqing.
5. Matndan iborat satr berilgan. Eng qisqa va eng uzun so’z uzunliklarini toping.
6. Orasida ikki nuqtasi bo‗lgan belgili satr berilgan. Ungacha bo’lgan belgilar qanchaligini aniqlang.
7. Nuqta bilan tugaydigan, matndan tashkil topgan satr berilgan. Uchta harfdan iborat so’zni ekranga chiqaring.
8. Berilgan satrdagi barcha na qismiy satrni nad qismiy satr bilan almashtirng.
9. Satr berilgan. Unda abc qismiy satr necha marta uchrashini aniqlang.
10. Satr berilgan. Uning oxirgi so’zidagi k harfi miqdorini hisoblab chiqing.
11. Satr berilgan. Unda har xil belgilar necha marta uchrashini hisoblab chiqing. Ularni ekranga chiqaring.
Do'stlaringiz bilan baham: |