1. Ob-havo gigiyenasining ahamiyati


Download 14.89 Kb.
Sana08.05.2023
Hajmi14.89 Kb.
#1444074

1. Ob-havo gigiyenasining ahamiyati.
Havo eng muhim faktor bо‘lib, usiz inson organizmi о‘z hayotiy funksiyalarni uzoq vaqt saqlab qololmaydi. Havo nafas olish uchun juda zarur va issiqlik almashinuvida qatnashadi. Shu bilan birga atmosfera organizmga bir qadar ta’sir etishi mumkin bо‘lgan elektrik kuchlar va har-xil radiatsiyalar harakati maydoni bо‘lib xizmat qiladi.
Inson kerakli paytda tashqi muhitning organizmga zararli ta’sirini yо‘qotuvchi yoki pasaytiruvchi maxsus sog‘lomlashtirish choralarini qо‘llash orqali har-xil atmosfera sharoitlarida yashashga va ishlashga qodirdir. Bunga atmosfera sharoitlarining sanitariya holatini yaxshilash va organizmning zararli faktorlarga qarshiligini oshirish, masalan, salqinlatish bilan erishiladi. Qator hollarda havoning о‘zidan shifobaxsh, chiniqtiruvchi faktor sifatida foydalaniladi. Bizga ma`lumki atmosfera havosida bo`lib turadigan tabiiy xodisalarni o`rganish bilan meteorologiya shug’ullanadi.
O`zbekiston Respublikasida meteorologik stantsiyalarning barchasi kunning ma`lum bir soatlarida havo temperaturasi va namligi darajasini kuzatib boradi, havo xarakatining tezligi bilan yo`nalishini, shuningdek, atmosfera bosimi miqdorini aniqlab, o`lchab turadi. Kuzatishlardan olingan yig’ma ma`lumotlar sinoptik kartalar tuzish, ob-havoni oldindan aytish uchun asos bo`ladi.
Ob-havo deb atmosfera havosida ro`y berayotgan muayyan vaqt va muayyan joyda tabiiy xodisalarning ahvoliga aytiladi. Ob-havo bir vaqtning o`zida ham bir-biridan xatto kichik masoffada joylashgan turli punktlarda xar xil bo`lishi mumkin.

Ob-havoning odam organizmiga ta`siri tufayli mavsumli kasalliklar yuzaga kelishi mumkin. Yilning issiq paytlari me`da-ichak kasalliklarining ko`payishi bilan, sovuq davrlari esa shamollashga aloqador kasalliklarning ko`payishi bilan ta`riflanadi. Ayniqsa, bu holatlar ob-havo birdan sovub yoki isib ketgan paytlarda yuzaga keladi. Chunki bunda organizm bunday shart-sharoitlarga moslashishga ulgira olmaydi.2
Download 14.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling