1. Ochiq urug’li o’simliklar bo’limi uchun qaysi hayotiy shakl mos keladi?


Download 40.5 Kb.
Sana18.02.2023
Hajmi40.5 Kb.
#1211445
Bog'liq
ochiq urug\'li


1. Ochiq urug’li o’simliklar bo’limi uchun qaysi hayotiy shakl mos keladi?
A) Daraxtlar B) O’tlar
C) Butalar D) A va C javoblar to’g’ri

2. Archaning barglari qanday tuzilishga ega bo’ladi?


A) Juda mayda, yashil rangli, tangachasimon shaklda
B) Yirik, yashil rangli, novdada ikkitadan bo’lib joylashadi
C) Mayda, qo’ng’ir rangli, kolbachasimon shaklda
D) Uzun-uzun, yashil rangli, tangachasimon shaklda

3. Archa . . . o’sadi va u . . . o’simlik.


A) Juda sekin/bir uyli B) Juda sekin/ikki uyli
C) Juda tez/ikki uyli D) Juda tez/bir uyli

4. Archani urug’chili qubbalarining uzunligi qancha va qanday shaklda bo’ladi?


A) 0,5-1mm/sharsimon
B) 0,5-1sm/kolbachasimon
C) 0,5-1mm/kolbachasimon
D) 0,5-1sm/sharsimon

5. Urug’kurtakdagi . . . ichida esa tuhum hujayra yetishadi.


A) Urug’chi qubba B) Changchili qubba
C) Arxegoniy D) Sporangiy

6. Archaning urug’chi qubbalari urug’langandan keyin necha yilda pishadi?


A) Ikki yilda B) Ikki yoki uch yilda
C) Bir yilda D) Uch yilda

7. O’rta Osiyoda archaning nechta yovvoyi turi o’sadi?


A) 7 ta B) 3 ta C) 5 ta D) 10 ta

8. Virgin archasining vatanin qayer?


A) Shimoliy Afrika B) Janubiy Amerika
C) Janubiy Afrika D) Shimoliy Amerika

9. Quyida berilgan o’simliklardan qaysi biri tana va bargining tuzilishi bilan archaga o’xshasada, lekin yosh novdalarining o’ziga xos shoxlanishi va pishgan qubbalarining notekis choklar orqali ochilishi bilan archalardan farq qiladi?


A) Qarag’ay B) Virgin archasi
C) Sharq sauri D) Turkiston archasi

10. Yer yuzida qarag’ay turkumining qancha turi o’sadi?


A) 100 ga yaqin B) 10 dan ortiq
C) 200 ga yaqin D) 20 dan ortiq

11. Oddiy qarag’ay . . . yorug’sevar, doimo yashil daraxt. O’zbekiston sharoitida uning balandligi . . . orlig’ida bo’ladi.


A) Ikki uyli/15-25 m B) Bir uyli/10-20 m
C) Ikki uyli/10-20 m D) Bir uyli/15-25 m

12. Qarag’ayning barglari novdalarda . . . bo’lib o’rnashgan, uznligi . . . , och yashil rangli bo’ladi.


A) Qarama-qarshi/3-4 sm B) Uchtadan/8-9 sm
C) Ketma-ket/8-9 sm D) Ikkitadan/5-7 sm

13. Qarag’ayning changchili qubbalari bahor oylarida yillik novdalarning pastki qismida qanday shaklda zich to’pgul hosil qilib o’rnashadi?


A) Kallakcha shaklidagi
B) Savatcha shaklidagi
C) Boshoqsimon
D) Qalqonsimon

14. Urug’chi qubbaning o’rtasidan o’tadigan o’qqa urug’chi tangachalar birlashadi. Bu tangachalarda nechta urug’kurtak joylashadi?


A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta

15. Urug’langan tuhum hujayradan . . . , undan esa . . . hosil bo’ladi.


A) Murtak/urug’ B) Zigota/murtak
C) Zigota/urug’ D) Murtak/zigota

16. Oddiy qarag’ayning qubbalari necha yilda yetiladi va shamol ta’sirida to’kila boshlaydi?


A) Bir yilda B) Uch yilda
C) Ikki yilda D) To’rt yilda

17. Qarag’aydan qanday maqsadlarda foydalanamiz?


A) Tez o’sadigan yog’ochbop o’simlik sifatida ekiladi
B) Oliy nav qog’ozlar tayyorlashda foydalaniladi
C) Texnik spirtlar olishda ishlatiladi
D) Berilgan javoblarning barchasi to’g’ri

18. O`zbekistonda qarag`ay turkumining qancha turi o`sadi?


A) 26 B) 50 C) 100 D) 10

19. Yer yuzida ochiq urug`lilarning qancha turi bor?


A) 700 B) 660 C) 40 D) 150

20. Ochiq urug`lilar qanday ko`payadi?


A) vegetative B) urug`idan
C) jinsiy va jinssiz D) ildizpoyasidan

21. Archaga xos xususiyatlarni aniqlang?


1. 3500-4500 m gacha balandlikda o`sa oladi,
2. 2500- 3000 m gacha balandlikda o`sa oladi,
3. yer bag`irlab o`sishi ham mumkin, 4. bargi o`rtacha, 5. bargi mayda, 6. bargi tangachasimon, 7. barglari 2 tadan o`rnashgan, 8. urug`idan tez unadi, 9. urug`idan sekin unadi, 10. 2 uyli, 11. 1 uyli, 12. 20 m gacha yetadi, 13. o`zb da 10 ta turi bor, 14. changchili qubbalari 0,5-1 sm keladi,
15. changchili qubbalari 0,5-1 mm keladi
A) 2,3,5,6,7,8,10,14 B) 1,3,4,6,7,9,11,12,15
C) 1,3,5,6,9,10,12 D) 1,3,5,6,9,10,14

22. Archaning tuxum hujayrasi nimaning ichida bo`ladi?


A) urug`chili qubba B) arxegoniy
C) urug`kurtak D) changchili qubba

23. Virgin archasining vatanini aniqlang?


A) Shimoliy Afrika B) Janubiy Afrika
C) Sharqiy Afrika D) Shimoliy Amerika

24. Sharq sauri nimasi bilan archadan farq qiladi (a) va nimasi bilan o`xshaydi (b)


1. tanasining tuzilishi, 2. yosh novdalarining o`ziga xos shoxlanishi, 3. bargining tuzilishi,
4. pishgan qubbalarining notekis choklardan ochilishi, 5. urug`i qubba tangachalari ustida yetiladi, 6. hayotiy shakli
A) a-1,3; b-2,4 B) a-2,4; b-1,3
C) a-1,3,5; b-2,4,6 D) a-2,4; b-1,3,5,6

25. Oddiy qarag`ay qaysi oilaga kiradi?


A) ochiq urug`lilar B) qarag`aytoifa
C) archadoshlar D) qarag`aydoshlar
Download 40.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling