turadi. Buyrak chegarasi rentgenogrammada tekis, ravoqsimon chiziq shaklida
ko'rinadi. Chap buyrakning yuqori chegarasi XI ko'krak umurtqasi tanasining
o'rta sohasida, o'nginiki esa uning pastki chekkasi sohasida joylashadi.
O'ng buyrakning darvozasi II bel umurtqasi sohasida joylashsa, chap
buyrakniki 1—2 sm yuqorida turadi.
Rentgenogrammada buyrak ikki turda: keng va tor ko'rinishda uchraydi.
Keng turida buyrak loviyasimon shaklda bo'lib, lateral yuza katta egrilik,
medial yuzasi esa darvozaning joylashishiga mos katta botiqlik hosil qiladi. Bu
turdagi buyraklar erkaklarda va semiz odamlarda uchraydi.
Siydik yo‘li
Siydik yo'li (ureter) siydikni buyrak jomidan qovuqqa o'tkazib bemvchi
naysimon a’zo bo'lib, uzunligi 30—35 sm, kengligi o'rtacha 8 mm. Uning
bo‘shlig‘ini kengligi 3-4 mm. Siydik yo‘li qorinpardaning orqasida turadi.
Unda uch: qorin, chanoq va qovuq devori ichidagi qismi tafovut qilinadi.
Siydik yo'linig qorin qismi (pars abdominalis) katta bel mushagining
oldingi yuzasida yotadi. Uning old tomonida moyak (tuxumdon) arteriyasi va
venasi yotadi. Chanoq qismiga o'tish joyida o‘ng siydik yo'li ingichka ichak
tutqichi ildizi bilan, chapi esa sigmasimon ichak tutqichi bilan kesishadi.
Siydik yo'lining chanoq qismi (pars pelvina) o'ng tomonda o'ng ichki
yonbosh arteriyasi va venasining oldidan o'tsa, chap tomonda umumiy
yonbosh arteriya va venasining oldidan o'tadi. Kichik chanoq bo'shlig'ida
siydik yo'li ichki yonbosh arteriyasining oldida va yopqich arteriyasi hamda
venasining medial tomonida yotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |