50-modda. Prokuratura organlari xodimlarining moddiy va ijtimoiy ta’minoti
Oldingi tahrirga qarang.
Prokuratura organlari xodimlarining ish haqi mansab maoshidan, darajali unvonlar (harbiy unvonlar), ko‘p yillik xizmat uchun to‘lanadigan ustama haqlardan hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa to‘lovlardan iborat bo‘ladi.
(50-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 9-iyuldagi 343-sonli “Sudlar, prokuratura va adliya organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish to‘g‘risida”gi qaroriga qarang.
Darajali unvonlarga (harbiy unvonlarga) ega bo‘lgan prokuratura organlarining xodimlari belgilangan me’yorlar bo‘yicha bepul xizmat kiyimi bilan ta’minlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Prokuratura organlari xodimlariga davomiyligi o‘ttiz kalendar kundan iborat haq to‘lanadigan yillik ta’til beriladi. O‘n yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan prokuratura organlari xodimlariga davomiyligi besh kalendar kun, o‘n besh yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lganlarga davomiyligi o‘n kalendar kun, yigirma yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lganlarga esa davomiyligi o‘n besh kalendar kun qo‘shimcha ta’til beriladi.
(50-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-noyabrdagi O‘RQ-583-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2019-y., 03/19/583/4016-son)
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.01.00.00 Umumiy qoidalar;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.07.00 Prokuratura organlarining tashkiliy tuzilmasi va faoliyatiga oid boshqa masalalar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Prokuratura]
Do'stlaringiz bilan baham: |