1. Oila ma’naviyat qo‘rg‘oni
Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat
Download 1.86 Mb. Pdf ko'rish
|
1pWoPs1PnvavGlH7HokTp44nNsEo7C0Vdl570N5Y
Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat
va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega. (O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 63-modda). Barcha muqaddas kitoblarning mohiyatida bir narsa – ezgulik mujassam. Yaxshilik – inson hayotining mazmuni. Inson xarakterini, tabiati va dunyoqarashini, qo‘yingki, insonligini belgilaydigan ma’naviy mezon va qarashlar – yaxshilik, ezgulik, olijanoblik, mehr-oqibat, or- nomus, uyat-andisha kabi tushunchalar borki, ularning poydevori avvalo oilada shakllanadi, oilada qaror topadi. Insonni oiladan ayri tasavvur etib bo‘lmaganidek, oilasiz jamiyatni ham tasavvur etish mumkin emas. Oila farzandlarni tarbiyalash, odamlarning ma’naviy va jismoniy kamolotiga xizmat qilish, ularni yagona maqsad sari birlashtirish, iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlash vazifalari uchun ham mas’uldir. “Bu yorug‘ dunyoda hayot bor ekan, oila bor. Oila bor ekan, farzand deb atalmish bebaho ne’mat bor. Farzand bor ekan, odamzot hamisha ezgu orzu va intilishlar bilan yashaydi”, deb yozadi Prezidentimiz Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida. O‘zaro suhbatlarda “farzandlarni deb yashab yuribmizku”, degan gapni ko‘p ishlatamiz. Biz shunday xalqmizki, farzandimiz ko‘z ochgan kundan to o‘zimiz ko‘z yumgunga qadar bolam, deymiz. Qon- qonimizga singib ketgan bu xususiyat jamiyatimizning ham bosh maqsadiga aylangan. Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda, bugun qilayotgan ishlarimizning barchasi farzandlarimizning baxtu saodati, ularning yorug‘ kelajagi uchun amalga oshirilmoqda. Odobli, bilimdon va aqlli, mehnatsevar, iymon-e’tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning eng katta boyligidir. Yoshlarimizni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, ma’naviyat qo‘rg‘oni bo‘lmish oilani mustahkamlash barchamizning burchimizdir. 2. Oiladagi shaxslarning bir – biri va oila a`zolari orasida buzilishlarni ko`rinishi. Oiladagi kelishmovchiliklarning asosiy sabablari: qaynona - kelin munosabatlarining kelishmovchiligidir. Ma`lumki, bir-biriga aynan o`xshash mos ikki odamning bo`lishi mumkin emas, chunki shaxs va uning individualligi takrorlanmasdir.Shunday ekan ikki va undan ortiq shaxsdan yashkil topgan oila va 2-3 karra takrorlanmasdir. Bir oila uchun me`yorida bo`lgan shaxslararo munosabatlar tizimi, ikkinchi bir oilaga mutlaqo to`g`ri kelmasligi yoki biror bir oila uchun u qadar axmiyatga ega bo`lmagan nizo va uning sabablari boshqa oila a`zolarining o`zaro munosabatlarida jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Oilada yuzaga kelishi extimoli bo`lgan nizo- janjallarning sabablarini aniqlash va ularning oldini olish masalalarini ijobiy hal qilish uchun birinchi navbatda ularni kimlar orasida yuz berayotganligini farqlab olish maqsadga muvofiqdir. Oilaviy nizolar kimlar ishterok etayotganligiga ko`ra ularning quydagicha asosiy turlaga ajratish mumkin: Er-xotin o`rtasidagi niszolar Qaynona kelin o`rtasidagi nizolar Qaynona-kiyov o`rtasidagi nizolar Ovsinlar o`rtasidagi nizolar Ota-onalar va farzadlar o`rtasidagi nizolar Er Xotin Oiladagi o`zaro munosabatlar va muloqot Qarama – qarshiliklarning yuzaga kelishi Nizoli vaziyat |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling