70. Etalonlarning qanday turlari mavjud?
a) Davlat etaloni, birlamchi etalon, maxsus etalon, ik-kilamchi etalon, nusxa etalon, guvoh etaloni, taqqoslash etaloni, ishchi etalon
b) Davlat etaloni, maxsus etalon, ikkilamchi etalon
c) Davlan etaloni, birlamchi etalon, ishchi etalon
d) Nusxa etalon, taqqoslash etaloni
71. O‘lchash vositasiga ….. kiradi
a) kattaliklar o‘lchovlari, o‘lchash o‘zgartkichlari, o‘lchash asboblari, qurilmalar, o‘lchash sistemalari
b) o‘lchovlar majmui, o‘lchash o‘zgartkichlari va asboblari bog‘lanish kanallari bilan o‘zaro bog‘langan
c) toshlar, o‘lchash rezistori, normal element va boshqalar
d) termopara, tenzodatchik, induktiv o‘lchovlar;
72. ......................– metrologik tavsiflari Me’yorlangan (MTM), o‘lchami (belgilangan xatolik chegarasi) ma’lum vaqt oraliida o‘zgarmas deb qabul qilinadigan, kattalikning o‘lchov birligini qayta tiklaydigan va (yoki) saqlaydigan, o‘lchashlar uchun mo‘ljallangan texnik vosita
a) o‘lchash vositasi
b) etalon
c) o‘lchov birligi
d) kattalik
73. Qaysi standart xalqaro toifaga mansub?
a) ISO 9001
b) GOST 16263-73
c) O‘z.RST 8.010-93
d) TSH 17.17
74. “Standart” so‘zi qanday ma’noni bildiradi?
a) inglizcha “Standart” so‘zidan olinib, me’yor, o‘lchash, andoza degan ma’nolarini bildiradi va me’yoriy hujjat nomi bilan yuritiladi
b) takror qo‘llaniladigan qoidalar, umumiy qonun, tavsiflar, talablar ma’nosini bildiradi.
c) me’yoriy hujjat degan ma’noni bildiradi.
d) eng maqbul darajada tartiblashtirilgan texnikaviy shart
75. “Me’yoriy hujjat” atamasining to‘ri ta’rifini ko‘rsating?
a) “Me’yoriy hujjat” atamasi standartlar, texnikaviy shartlar, shuningdek umumiy ko‘rsatmalar, yo‘riqnomalar va qoidalar tushunchasini o‘z ichiga oladi.
b) mahsulotni biron bir texnikaviy shart yoki qoidaga muvofiqligini bildiruvchi hujjat.
c) maxsulotni sifat ko‘rsatkich to‘g‘risidagi me’yoriy hujjat
d) standartlashtirish idoralari tomonidan belgilangan hujjat
Do'stlaringiz bilan baham: |