1. Oltoy tillarining turkiy tillar grammatik tizimidagi ifodasi


Download 13.4 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi13.4 Kb.
#1406447
Bog'liq
7 variant.Davlatmurotova Madina

7 variant



1.Oltoy tillarining turkiy tillar grammatik tizimidagi ifodasi.
Turkiy tillar orasida Oltoy tili qadimgi bobo til boʻlganligi haqida nazariya mavjud.Bunga bir qancha sabablar ham bor.Aynan Oltoy tilida juda koʻplab turkiy tillar uchun umumiy mushtarak jihat namoyon boʻladi. Oltoy tillari qarindoshligiga oid fikrlar quyidagicha umumlashtirilgan:
1. Turkiy- mo'g'ul-tungus-m anchjur tillaridagi aloqadorlik morfologiyaning barcha bo'limlarida kuzatiladi: masalan, -(i)d ko‘plik qo'shimchasi: torin (ot)- torid (otlar), valyaqip (shahar) — valyad(shaharlar); noxor (o'rtoq) - noxod (o'rtoqlar); tuyal (buzoq)- tuyad(buzoqlar) va h.k.
2. Aniq morfologik o'xshashliklar tahlili turk-m o'g'ul-tungus-manchjur tillariga xos qadimiy shakllarni tiklash imkonini beradi. Tillardagi parallellik morfologik elementlarning bir tildan ikkinchi tilga o'tishi natijasida yuzaga kelgan.
3.Tillarning chatishuvi va o ‘zaro aloqasida uch nuqtayi nazar farqlanadi. Birinchi qarash tarafdorlari (A.Shleyxer. M.Myuller, qisman A.Meye) bir til tizimining bir qancha tizimlardan iborat ekanligini istisno qilgan holda, tillar chatishuvini inkor etadilar. Ikkinchi qarash tarafdorlari (G.Shuxardt, V.Pizani, Dj. Bonfante va boshqalar) uchun tillar chatishuvi hech qanday to'siq bilmaydigan doimiy va keng ko'lamli jarayon. Uchinchi qarash tarafdorlari (I.V.Boduen-de-Kurtene, V.A. Bogoroditskiy, L.V.Sherba, B.Y. Vladimirsov, A.Rosetti) nisbatan asosli fikrga ega bo'lib, tillar chatishuviga geografik, madaniy yaqinlik, savdo aloqalari, qabila va xalqlarning munosabati asosida yuzaga keladigan real tarixiy hodisa deb qarashadi. Shu bilan birga, ularning fikricha, chatishuv qaysi darajada bo'lmasin, chatishgan til asosidagi qadimiy tilni ajratish mumkin bo'ladi.Tillarning chatishuvi haqida gap ketganda faqat leksikadagina emas, balki fonetika, morfologiya, sintaksis sohalaridagi bir tomonlama yoki o'zaro ta’sir ham nazarda tutiladi.Affiksal morfemalar o'zak morfemaga birikish xususiyatiga ko‘ra muayyan tilning o‘ziga xos jihatlarini namoyon qiladi. 0 ‘zak va affiksal morfemalarning tabiatiga ko‘ra tillar asosan agglyutinativ, flektiv, polisintetik, am orf tillarga bo'linadi deyiladi.
Turkiy tillarning sintaktik tizimi ham eng qadimgi oltoy bobo til xususiyatlarini namoyon qiladi. Buni o'zbek va koreys tili gap qurilishidagi bo'laklarning o'rni va munosabatini qiyoslash asosida ham kuzatish mumkin.Koreys tili ham oltoy tillari oilasiga mansub bo'lib, o'zbek va koreys tili grammatikasidagi o'xshashliklar turkiy tillar va koreys tili o'rtasidagi eng qadimgi yaqinlik ildizlarini ko'rsatib turadi. Chunki asosiy xabar kesimda mujassamlangan bo'ladi. Gapdagi boshqa barcha bo'lak olib tashlansa ham, mazkur xabar saqlanadi. Lekin kesim olib tashlanib, boshqa bo'lak saqlansa, xabar yo'qoladi. Gap bo'lagi uning kesimini aniqlashdan boshlanadi. Gap bo'lagining turi odatda bir-biriga nisbatan olinadi: hoi va ega kesimga nisbatan, aniqlovchi aniqlanmishga nisbatan, to'ldiruvchi to'ldirilm ishga nisbatan. LImuman, qolgan barcha bo'laklar kesimga bevosita yoki bilvosita bog'lanadi. Shuning uchun kesim gapning grammatik markazi deyiladi. Koreys tilida ham kesim gap bo'laklarini belgilaydigan qism bo'lgani uchun gap markazi hisoblanadi. Gap bo'lagini ajratishda asosiy belgi - ular orasidagi sintaktik aloqa.
2.Turkiy tillarda qoshma gap. Qoshma gap turlari.
Qoʻshma gap — tuzilishiga koʻra sodda gapga oʻxshash ikki va undan ortiq predikativ birlikning intonatsiya va mazmun jihatidan bir butunlik hosil etishi bilan yuzaga keluvchi gap; gapning struktural jihatdan alohida bir turi. Qoʻshma gap tuzilishi va qurilish materialiga koʻra sodda gapdan farq qiladi. Sodda gapning qurilish materiali soʻz yoki soʻz birikmalari boʻlsa. Qoʻshma gapning qurilish materiali sodda gaplardir. Sodda gap bitta predikativ asosdan, qoʻshma gap esa ikki va undan ortiq predika-tiv asosdan tashkil topadi. Bir qancha turkiy tillarda, jumladan. oʻzbek tilida, qoʻshma gaplar qanday mazmun munosabatlarini ifodalashi, grammatik belgilari, tuzilishi va intonatsiyasiga koʻra 3 asosiy turga boʻlinadi: bogʻ-lovchisiz qoʻshma gap; bogʻlangan qoʻshma gap; ergashgan qoʻshma gap
Tarkibidagi predikativ birliklar oʻzaro bogʻlovchi yoki bogʻlovchi vazifasidagi soʻz yordamida emas, balki boshqa vositalar yordamida birikkan Q. g. lar bogʻlovchisiz qoʻshma gap hisoblanib, bunday qoʻshma gaplarda ohang muhim rol oʻynaydi. Bogʻlovchisiz qoʻshma gaplar aksar hollarda bogʻlangan va ergashgan qoʻshma gaplar bilan oʻxshash, munosabatdoshday koʻrin-sada, ular ana shu turdagi gaplarning bogʻlovchisiz varianti emas, balki qoʻshma gaplarning alohida turi hisoblanadi: „Saodatxon eshikni ochib yubordi, uyga muzday kuz havosi kirdi“ (S.Zunnunova). „Sultonmurod oʻzini chetga olishga tirishdi, xalq toʻlqini uni surib ketdi“ (Oybek).
Tarkibidagi predikativ birliklar oʻzaro teng bogʻlov-chilar yordamida birikkan (teng aloqali) qoʻshma gaplar bogʻlangan qoʻshma gap deyilib, uning tarkibiy qismlari shaklan mustaqil koʻrinsa-da, maz-munan va tuzilish jihatdan bir butunlikni tashkil etadi. Mas: „Bahor keldi va gullar ochildi“. „Dil-afroʻz chindan ham oʻzgargan. Ammo oʻktam kulgusi, quralai koʻzlarining kibrona boqishi oʻsha-oʻsha edi“ (Oʻ.Hoshimov).
Tarkibidagi predikativ birliklar (sodda gaplar) bosh va ergash holatida boʻlib, yaʼni bosh va ergash gaplardan tuzilib. ergashtiruvchi bogʻlovchilar, bir qancha feʼl shakllari, yuklama va koʻmakchilar, nisbiy soʻzlar va tobelanish ohangi yordamida birikib, biri ikkinchisini aniqlash, toʻldirish kabi vazifalarni bajaradigan qoʻshma gap turi erga sh gan qoʻshma gap yoki ergash g a p l i qoʻshma gap deyiladi. Mas: „Bir kuni koʻchada ketayotsam, Umri bir bosh uzum koʻtarib kelyapti“ (A.Qahhor) gapida-gi, „bir kuni koʻchada ketayotsam“ qismi ergash gap boʻlib, u bosh gapdagi (Umri bir bosh uzum koʻtarib kelyapti) ishharakatning amalga oshish payti (vaqti)ni aniqlab, uni toʻldirmoqda, predikatdagi shaklga koʻra tobe holatda turibdi. Demak, bosh gap ergashgan qoʻshma gap tarkibidagi hokim kom-ponent, yaʼni ergash gap tomonidan oʻzi yoki biror boʻlagi aniqlanadigan, ergash gap tobe boʻladigan gapdir. Mas.: „Qaysi kishi ertalab shunday mashq qilsa, u dardga chalinmaydi“ gapi ega ergash gapli qoʻshma gap boʻlib, undagi „udardga chalinmaydi“ qismi bosh gap hisoblanib, bosh gapning egasi ergash gap orqali izohlanmoqda.
3.Turkiy tillarda soz birikmasi
Grammatikaning bir bo‘limi sanalgan sintaksis so‘zlarning birikishi, so‘z birikmalari va gaplarning munosabatga kirishuvi, so‘z birikmalari va gaplarning tiplarini o‘rganadi.
So‘z birikmasiga, boshqa tillardagi kabi, muayyan va to‘g‘ri ta’rifni rus tilining akademgrammatikasidan ham topish mumkin. Unda so‘z birikmasi deb ikki yoki undan ortiq so‘zning grammatik birligidan tashkil topgan, mustaqil so‘z turkumlariga taalluqli bo‘lgan, qandaydir yagona ma’noni ifodalaydigan, tushuncha yoki tasavvurni ifodalaydigan birlikka aytiladi.
So‘z birikmasi–gap uchun muhim qurilish materiali bo‘lib, ular sifat jihatdan gapdan ajralib turadi, sababi so‘z birikmasi predikativlikdan mahrum va tilning kommunikativ tizimiga kirmaydi.
Istalgan so‘z birikmasi tobe va hokim bo‘lak yoki boshqacha aytganda, «aniqlovchi» va «aniqlanmish»dan iborat bo‘ladi. Predikativ so‘z birikmasi bilan nopredikativ so‘z birikmasi orasida (aniqlovchi+aniqlanmish) izosemantizm (bir xil ma’nolilik) kuzatiladi: o‘r.qoz. kelgen kisi (kelgan kishi) va kisi kelgen (kishi kelgan). Ushbu holatda izosemantizm shundan iboratki, birinchi va ikkinchi misolda belgi yuzaga chiqadi. Ammo predikativ birikmada bu belgi qo‘shimcha tavsiflar (shaxs, son, vaqt, payt kabilar)ning ko‘pligi sababli ancha zaiflashgan.
So‘z birikmalarining tarkibi uning shakllantiruvchi asosi sanalgan bitta mustaqil so‘z atrofida uyushishi bilan xarakterlanadi. So‘z birikmalarining konstruktiv (asos bo‘lak oladigan) xususiyati, uning grammatik va leksik ma’nosi, eng asosiysi, uning bosh bo‘lagi va bog‘liq bo‘laklar bilan sintaktik munosabati xarakteri orqali aniqlanadi.
Bunday sintaktik birliklar bo‘laklari orasidagi grammatik munosabat, yuqorida ta’kidlanganidek, predikativlikdan mahrum qilingan, turkiy tillarda mavjud bo‘lgan sintaktik aloqalar–bitishuv, moslashuv, boshqaruv bo‘yicha shakllanadi.
3. Aniqlovchili so‘z birikmalari. Bunday so‘z birikmalarining o‘ziga xos xususiyatlari bor. Aniqlovchili so‘z birikmalari, ko‘pincha, quyidagicha shakllanadi:
I. Bosh bo‘lagi–ot, tobe bo‘lagi son orqali. Ular quyidagicha:
1.Miqdor sonlar: ozarb. besh gї:z (besh qiz), olt. eki tün (ikki tun), boshq. ёs ёy (3 uy), tat. qїrїq a°wil (40 ovul), tur. elli gemi (50 ta kema).
So‘z birikmasining bu tipini, to‘la ma’noda, bobotil davriga oid deb hisoblash mumkin, sababi barcha turkiy tillar, ularning leksik farqlariga qaramasdan, sonlarning bir xil tizimiga ega.
Aniqlovchili birikmali–miqdor son+ot tipidagisining komponentlari orasiga maxsus izohlovchi so‘zlar–numerativlarni kiritish mumkin: ozarb. bir parcha chöräk (bir parcha non). Bunday tipning yuzaga kelishi barcha turkiy tillarda bir xildir. Bu ushbu modelning bobotil davriga xosligiga asos bo‘la oladi. Muayyan numerativlarga keladigan bo‘lsak, hozirgi turkiy tillarda ular bir-biridan ancha farqlanadi:
a) numerativ+affiks (-lїq): qirg‘. tört jїldїk sog‘ush (to‘rt yillik urush), tat. ёsh yäshläk qїz (uch yoshlik qiz), o‘zb. to‘qqiz yillik maktab (to‘qqiz yillik maktab);
b) numerativ+-lї affiksi: qoz. tört-bes eyli avїl (4–5 uyli ovul).
Ko‘rib chiqilgan modellardagi so‘z birikmalari “son+numerativ+ot” shaklida vujudga kelgan. Bu yerdagi numerativga -lїq, -lї affiksi birikkan bo‘lib, u umumturkiy, shuningdek, bobotil davriga borib taqalashi mumkin.
2. Tartib sonlar: ozarb. ikinji yer (2-o‘rin), boshq. birinsi jїl (1-yil), tuv. birgi teve (1-tuya), tuv. ikkimhi uyїx (2-oy), yoq. tördus at (4-ot) kabi.
3. Mavhum ma’noli miqdor son: tat. bir nichä adїm (bir necha qadam), o‘zb. bir necha kun kabi.
Ushbu model turkiy tillarda doimo uchraydi. Mavhum miqdorni ifodalash usuli har xilligi bilan farqlansa ham, bobotilga borib taqalishi mumkin.
II. Hokim so‘z–ot, tobe–olmosh. Ular quyidagicha:
1. Egalik olmoshlari: tat. onїñ a°tasї (uning otasi), q.qalp. meniñ atїm, no‘g‘. onїñ sözi, turkm. meniñ ishim, olt. onїñ bichigi (uning xati va hokazo).
Ushbu tipdagi so‘z birikmasining keng tarqalganligini bobotilning keyingi davriga taqash mumkin. Qaratqich kelishigi vujudga kelgunga qadar, ushbu tipning boshqa modellari mavjud bo‘lgan bo‘lishi mumkin: ozarb. bizim at (bizning ot) yoki yoq. min at (mening otim).
2. Ko‘rsatish olmoshlari: qoz. osї qїz (o‘sha qiz), o‘zb. o‘sha kuni, chuv. pu til (bu joy), tur. bu yalї (bu qirg‘oq), ozarb. bu keja (bu kecha) va hokazo.
So‘z birikmasining bu tipini bobotil davriga tegishli deyish mumkin.
3. Aniqlovchi–olmosh: xak. pray (hamma), chuv. xam, tur. bütün, tuv. tödü va hokazo. Ushbu modelning ancha keng tarqalganligi bobotil davriga oidligiga shubha tug‘diradi.
III. Bosh bo‘lak–ot, tobe–sifat. Ular:
1.Yasama sifatlar (shakllarsiz): ozarb. mavi kök (zangori osmon), tat. a°q a°t (oq ot), qoz. kök orman, shor. a:r shanaq (og‘ir chana), olt. dash ulus (yosh xalq), chuv. xura laja (qora ot) va hokazo. Ushbu model barcha turkiy tillarda uchraydi.
Sifat+ot aniqlovchili so‘z birikmasi modeliga komponentlari orasiga bir so‘zini kiritish mumkin. Bunda uning ajratuvchi urg‘u roli bo‘lishi, shubhasiz: o‘zb. uzun bir maktub.
2. Nisbiy sifatlar (morfologik ko‘rsatkichlari bilan):
a) aniqlovchili so‘z birikmasi -lї:g‘//-li:g‘ li nisbiy sifatlar bilan. -lїg‘li aniqlovchili so‘z birikmalari tipi tuva, xakas, shor va tofalar tillarida saqlangan: tuv. ta:ralїg‘ shöl (bug‘doy dalasi), xak. nanmїrlїg‘ kün (yomg‘irli kun), shor. qanattїg‘ qush (qanotli qush) va hokazo. Sifatlarning ushbu affiksi qadimgi turkiy tillarda ham uchraydi. U bobotil davriga taqalishi ham mumkin. Uning asosida birgalik kelishigi qo‘shimchasi -lї:g‘//-li:g‘ yotadi;
b) -lї li nisbiy sifat bilan aniqlovchili so‘z birikmasi (fonetik variantlari–dї, -tї, -nї ...) bo‘lib, turli xarakter belgilari–mavjudlik, egalilik, mo‘ljal, ehtimol kabi ma’nolarni ifodalaydi. Bu model turkiy tillarda keng tarqalgan: ozarb. tärävatli yapraglar (tarovatli yoproqlar), q.qalp. baxїtlї semyabiz (bizning baxtli oilamiz), turkm. og‘lanlї öy (o‘g‘illi uy), chuv. chaplї shїv (katta daryo), tat. qїmlї tufraq (qumli tuproq), olt. su:lu qar (suvli qor), o‘zb. kuchli ot, tur. saqallї ihtiyar (soqolli chol), q.balq. bilimli adam va hokazo;
-lї//-li li nisbiy sifat affiksi<-lїg‘//-lig‘ bo‘lib, -lїq//-lik oraliq darajasi orqali vujudga kelgan: qoz. ayїldїq sovet (ovul kengashi), turkm. otluk meydan, tat. kёnlik a°zїq (kunduzi ratsion) va hokazo. Keyinchalik, oxiri -q//-k tushib qolishi kuzatiladi: o‘r.tur. sarї-lїg‘//-lїq affiksini bobotil davriga taqash mumkin. Sababi uning shu davrda mavjudligini manbalar tasdiqlaydi;
d) -sїz li nisbiy sifat bilan kelgan aniqlovchili so‘z birikmalari. Unda chiqish asosi bilan ifodalanadigan ma’no mavjud bo‘lmaydi: qirg‘. sansїz mülk, chuv. viyzїr laja (kuchsiz ot), o‘zb. savodsiz odam, tat. susiz dala va hokazo.
Model umumturkiy xarakterga ega. -sїz//-siz affiksli sifat bobotil davriga taqalishi mumkin;
e) muayyan vaqt qism yoki o‘ringa egalikni anglatadigan -kili nisbiy sifat bilan kelgan aniqlovchili so‘z birikmasi. Bunda, odatda, affiks o‘rin kelishigi shakliga birikadi: boshq. bїndag‘ї urindar (bu yerdagi o‘rinlar), tat. diñizdagi utrawlar (dengizdagi orollar), ozarb. bag‘dakї ev (bog‘dagi uy), tur. dolaptaki kitaplar (shkafdagi kitoblar) va hokazo.

Oqituvchi: Q.Ro’ziyev
Download 13.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling