1. Omborlar, ular to‘g‘risida tushunchalar va ularning logistikadagi o‘rni
Download 46.5 Kb.
|
Vaqtinchalik va doimiy omborxonalar turlari, tuzilishi va o`lchamlari
Vaqtinchalik va doimiy omborxonalar turlari, tuzilishi va o`lchamlari Reja:
1.Omborlar, ular to‘g‘risida tushunchalar 2.Omborlarning turlari 3. Ularning logistikadagi o‘rni 1.Omborlar, ular to‘g‘risida tushunchalar va ularning logistikadagi o‘rni Ishlab-chiqarish jarayonlarini loyihalash, xom-ashyo, yarim tayyor va tayyor mahsu-lotlarni logistik zanjirining u yoki bu bo‘g‘inida biror vaqtga jamlab turish sha-roitida, optimal yechimga ega bo‘ladi. Umumiy loyiha, jamlash joyida yukni nima qi-lish kerakligini ko‘rsatib beradi. Balki, kelib tushgan yuk birliklarini qayta shakllantirib, tovarlarni qayta qadoqlab, biror vaqt saqlab, keyinchalik yangi yuk birliklarini shakllantirib, lozim bo‘lgan vaqtda iste’molchiga yetkazib berish talab qilinishi mumkin. Aynan shu maqsadda logistik tizimlarda omborlar tashkil etila-di. Omborlar – bu kelib tushgan tovarlarni qabul qilish, joylashtirish va saqlash, ularni iste’molga tayyorlash va iste’molchiga uzatish uchun mo‘ljallangan binolar, inshooatlar va turli xildagi uskunalar majmuidir. Mahsulot ishlab-chiqaruvchiga xom-ashyo va birlamchi materiallarning omborlari lozim bo‘ladi. Ularning yordamida ishlab-chiqarish jarayonining uzluksizligi ta’-minlanadi. Tayyor mahsulot omborlari sotuv uzluksizligini ta’minlovchi zaxira-larni saqlab turishga imkon beradilar. Savdo omborlarida tayyor mahsulotlar jam-lanib o‘z iste’molchisini kutib turadilar. To‘g‘ri tashkil etilgan logistik tizimni, omborlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Logistikada ombor faqatgina logistik jarayon ko‘rsatkichlarini yaxshilash mum-kin bo‘lgan holdagina ishlatiladi. Shunday qilib, omborning asosiy roli bu moddiy oqimni optimallashtirish uchun sharoit yaratishdir. Logistika, ombor ichidagi jarayonlarni to‘g‘ri tashkil etilishini, hamda texnik, texnologik va boshqa jarayonlarni iqtisodiy muhit jarayonlari bilan bog‘liqligini ta’minlashni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘yadi. Logistikada omborlarni tovar xarakati tizimining unsurlari sifatida, va shu bilan birga, mustaqil tizim sifatida ko‘radilar. Bunga muvofiq masalalarning ik-kita guruhini ajratadilar: tovar xarakati tizimini loyihalashda, omborlar bilan bog‘liq bo‘lgan masala-lar; omborlar bo‘yicha, mustaqil tizim sifatidagi, masalalar. Download 46.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling