7. Ona tili ta’lim tizimining qaysi bosqichlarida o‘rgatiladi?
A) faqat boshlang‘ich ta’lim va o‘rta maktabda
B) faqat maktabgacha tarbiya, boshlang‘ich ta’limda
C) faqat o‘rta maktab, kollej va oliy o‘quv yurtlarida
D) maktabgacha tarbiya, boshlang‘ich ta’lim, o‘rta maktab, kollej va oliy o‘quv yurtlarida
8. Ona tili o‘qitish metodikasining asosiy bo‘limlari izchil va to‘liq berilgan javobni toping.
A) Savod o‘rgatish metodikasi, o‘qish metodikasi, grammatika va imlo metodikasi, o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini o‘stirish metodikasi
B) Savod o‘rgatish metodikasi, sinfda o‘qish metodikasi, sinfdan tashqari o‘qish metodikasi, fonetika
C) so‘z yasalishi, grammatika va imlo metodikasi
D) o‘qish metodikasi, o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini o‘stirish metodikasi
9. Ona tili o‘qitish metodikasi bog‘liq bo‘lgan fanlarni toping.
A) Pedagogika, didaktika
B) psixologiya, falsafa, tilshunoslik
C) Pedagogika-psixologiya, umumiy pedagogika, psixolingvistika, didaktika, adabiyotshunoslik
D) kimyo, fiziologiya, matematika
10. Ona tili o‘qitish metodikasiga ilmiy asos bo‘ladigan fanlar:
A) Fonetika, leksika, so‘z yasalishi, morfologiya
B) falsafa, sintaksis, grafika, orfografiya
C) Fonetika va fonologiya, leksika, frazeologiya, so‘z yasalishi va etimologiya, morfologiya va sintaksis, uslubiyat, orfoepiya, orfografiya, grafika, adabiyotshunoslik
D) fiziologiya, sintaksis, biologiya
11. Ona tili metodikasi fanida nazariy tekshirish metodi nimalarga tatbiq etiladi?
A) Yangi dastur va darsliklarning muvofiqligini tekshirishg
B) Dasturning qay darajada foydaliligini aniqlash uchun
C) darslikning umumiy hajmini hisobga olish
D) izlanishning asosiy yo‘nalishini belgilash, masala tarixini o‘rganish, o‘zaro bog‘lik fanlarning tekshirish metodlarini o‘rganish, amaliy yo‘l bilan olingan materiallarni analiz qilish va umumlashtirish uchun
Do'stlaringiz bilan baham: |