1. Operatsion sistema tushunchasi Operatsion sistemaning asosiy vazifasi Foydalanuvchi interfeyslari tushunchasi


Download 24.76 Kb.
Sana03.01.2023
Hajmi24.76 Kb.
#1076492
Bog'liq
WINDOWS OPERATSION TIZIMNING ODDIY VA SERVER SISTEMALARINI KOMPYUTERGA O\'RNATISH


WINDOWS OPERATSION TIZIMNING ODDIY VA SERVER SISTEMALARINI KOMPYUTERGA O'RNATISH
Reja:
1. Operatsion sistema tushunchasi
2. Operatsion sistemaning asosiy vazifasi
3. Foydalanuvchi interfeyslari tushunchasi
Operatsion sistema-kompyuter ishga tushirilishi bilan yuklanuvchi shunday bir dasturki, bu dastur foydalanuvchiga EXM bilan muloqot kilish vositasi bo‘lib xizmat kiladi, uning barcha kurilmalari ishini boshqarish imkonini beradi. Operatsion sistema yordamida tezkor xotiradan foydalanish, disklardagi axborotlarni o‘qish yoki axborotlarni disklarga yirish, amaliy dasturlarni ishga tushirish va shu kabi turli ishlarni amalga oshirish mumkin. Operatsion sistemaga extiyoj borligining asosiy sababi- undagi dasturlarsiz bu kabi ishlarni bajarish uchun quyi boskichdagi yuzlab yoki minglab elementar amallarni bajarishga to‘gri keladi.
Operatsion sistemaning asosiy vazifasi-foydalanuvchini uning bajarishi va umuman bilishi xam kerak bo‘lmagan ana shu zerikarli xamda juda murakkab ishlardan xolis etish, kompyuter bilan muloqot qilishda qulayliklar yaratishdir. Bundan tashqari, operatsion sistema fayllarni ko‘chirish yoki bosmaga chiqarish, kerakli dasturlarni tezkor xotiraga yuklab ishga tushirish va boshqaruvni ularga uzatish, operativ xotirani dastur ishi so‘ngida bo‘shatib, boshqaruvni yana o‘ziga olish kabi ishlarni xam bajaradi.
MS DOSning buyruqlarini EXMga kiritish ko‘p mehnat, vaqt va kuch talab qilishi sababli MS DOS buyruqlaridan oson va samarali DOS qatlamlari yaratilgan bo‘lib, ularga misol tariqasida Norton commander, Microsoft Windows, PS Tools Deluxe,Far va boshqalarni keltirish mumkin.
Obyektning belgilanishi-obyekt nomi va nishoni. WINDOWS ekrani elementlari; ishchi stoli, masalalar paneli,“Ishga tushirish” paneli.
Ishchi stoli-bu ekranning asosiy qismi, unda fayl va papkalar kabi muxim obyektlar joylashgan.
“Mening kompyuterim”, “Tarmoqlar aro boglanish”, “Savatcha”, “Internet”, “Portfel” ish stolidagi asosiy obyektlar bilan tanishib chiqamiz. Masalan: “Mening kompyuterim”-tashqi xotira qurilmasi bilan ishlash (disk va diskyurituvchilar bilan) xamda kompyuter parametrlarini sozlash imkonini beradi.
“Tarmoqlar aro bog‘lanish”-bu lokal xisoblash tarmog‘iga ulangan kompyuterlar bilan ishlash, shu bilan birga o‘zaro axborot uzatishga ko‘maklashadi.
“Savatcha”- o‘chirilgan obyektlarni saqlash uchun maxsus papka.
Kontekst menyu-belgilangan obyekt ustida bajarilishi mumkin bo‘lgan xarakatlar ro‘yxati.Xar qanday obyektning kontekst menyusini chaqirish uchun klaviatura maxsus tugmachasi yoki “sichqoncha”ning o‘ng tugmasini bosish kifoya.Ishchi stolini kontekst menyusini chaqirish “sichqoncha”ning o‘ng tugmasini stol tekisligida xarakatlantirmok bilan amalga oshiriladi.
“Bosh” menyusini chaqirish uchun “sichqoncha”ni chap tugmasi bosiladi yoki klaviaturadagi maxsus tugmalardan foydalaniladi.“Bosh” menyu quyidagi elementlardan tashkil topadi:
-dasturlar menyusi-kompyuterdagi dasturlarni bir zumda ishga tushirishga xizmat qiladi;
-xujjatlar menyusi-xujjatlar ruyxatini saqlash;
-sozlash menyusi-sistema, printer, masalalar paneli parametrlarini sozlaydi;
-izlash menyusi-fayl va papkalar, lokal tarmoqdagi kompyuterlarni qidirish;
-ma’lumotlar menyusi-WINDOWS 95 operatsion sistemasining ma’lumotlar sistemasini chaqirish;
-bajarish menyusi-buyruqlar satri bilan dasturni ishga tushirish yoki papkani ochish;
-ishni yakunlash menyusi-kompyuterni o‘chirish yoki qayta yuklash.

Ma’lumotlar sistemasini ochish uchun “Bosh” menyudan ma’lumotlar buyrugi tanlanib, “sichqoncha”ning chap tugmasini bosish bilan amalga oshiriladi.Ma’lumotlar sistemasi oynasida uchta zakladka (xatcho‘p) mavjud.


1-probel-“Bo‘limlar” (ma’lumotlar sistemasidagi bo‘limlar ruyxatini ko‘rish). Bo‘limlarni ochish, tanlangan mavzu bo‘yicha axborotlarni ko‘rish.
2-probel-“Mazmuni bo‘yicha” (ma’lumotlar sistemasidagi maqolalar ro‘yxatini alfavit tartibida chi=arish).
3-probel-“Izlash” (kerakli maqolani so‘z bilan qidirish).

-Kaskadlar-ishchi stolidagi ketma-ket o‘rnatilgan oynalar;


-yuqoridan pastga -ishchi stolidagi ustma- ust o‘rnatilgan oynalar;
-o‘ngdan-chapga -ishchi stolidagi chapdan o‘ngga o‘rnatilgan oyna.
Oynalarni tiklash uchun masalalar panelida “sichqoncha”ning o‘ng tugmasini bosish kerak.“Xossalar” menyusi ikki xatcho‘pdan iborat: a)masalalar paneli parametrlari;
b) “Bosh” menyu.
Windows operatsion tizimi haqida tushuncha WINDOWS 10
2015-yilning 25-iyulida yangi talqin Windows 10 sotuvga chiqarildi. U barcha platformalar – serverladan tortib, mobil telefonlar uchun yagona tizimga aylandi. O‘zgartirilgan elementlar orasida shaxsiy kompyuterlar uchun «Pusk» menyusi va tugmasining qaytishini alohida ta‘kidlab o‘tish mumkin. Windows 7 va Windows 8 operatsion tizim foydalanuvchilari yangi talqinga bepul ―apgreyd‖ ga ega bo‘lishdi, yangi nusxa 119 dan 199 AQSh dollari qiymatida edi. Ilk 2,5 oy mobaynida yangi tizim 110 milliondan ortiq kompyuterlarda o‘rnatildi, operatsion tizim bozoridagi ulushi 2015-yil noyabr oyi holatiga ko‘ra, 7,94 foizni tashkil etmoqda.
Windows operatsion tizimi kompyuterga o‘rnatish Sizlar bilan Windows 10 operatsion tizimini o‘rnatishni ko‘rib chiqamiz.
Hozir sizlarga ko‘rsatiladigan usulda nafaqat Windows 10, Win 7, 8 , 8.1 operatsion tizimlar ham shunday uslubda o‘rnatiladi.
Windows OT larni asosan o‘rnatuvchi disk yoki fleshkani o‘rnatish uchun tayyorlab o‘rnatish mumkun. Ikkala holatda ham Windows kerakligicha o‘rnatiladi. Biz hozir Windows 10 OT ni ―Ustonovichnыy disk‖ orqali o‘rnatishni ko‘rib chiqamiz.
Dastlab, operatsion tizim diskini kompyuterga qo‘yib, shu diskdan yuklanishni ―BIOS‖ dan ko‘rsatib o‘tamiz, ya‘ni kompyuter yonganda dastlab shu disk ishlasin. Agar bu ishni bajara olmasangiz, diskni kompyuterga qo‘yib, uni yoqing, odatda avtomatik holatda disk o‘qiladi (ko‘p hollarda).
Ekranga quyida oyna chiqadi, istalgan biror tugmani bosish talab qilinadi. Biror tugmani bosib kompyuterni disk orqali yuklanishini tasdiqlaymiz. Kompyuter avtomatik tarzda disk yurituvchidagi ―Ustonovichnыy disk‖ ni o‘qishni boshlaydi.
―Ustanovka Windows‖ oynasidan, ―Ustanovit‖ tugmasini bosamiz.
Windows 10 operatsion tizim pullik dasturiy mahsulot bo‘lganligi sababli, ―Ustanovka Windows‖ oynasida, Windows 10 operatsion tizimi uchun sotib olingan kalitni kiritishni so‘ramoqda. Kerakli kalitni kiritamiz va ―Dalee‖ tugmasini bosamiz. (Eslatma! Windows 10 OT kalitni kiritmaguncha ishga tushmaydi, Lekin ayrim kreklangan versiyalarida kalit so‘ramaydi, lekin aktivatsiya so‘raydi).
―Ustanovka Windows‖ oynasidan, Windows 10 operatsion tizimining dasturiy ta‘minotidan foydalanish haqida litsenziya shartlari bilan tanishib chiqishimiz mumkun. Biz litsenziya shartlariga rozilik birdirish uchun ―Ya prinimaya usloviya litsenzii‖ oldiga bayroqcha (galichka) belgisini qo‘yib, litsenziya shartlariga rozi bo‘lganligimizni bildirgan holda ―Dalee‖ tugmasini bosamiz.
―Ustanovka Windows‖ oynasida, ―Vыberite tip ustanovka‖ ikki ko‘rinishda bo‘ladi. 1 – ―Obnovlenie: ustanovka Windows s soxraneniem faylov, parametrov i prilojeniy – (Yangilash: avvaldan o‘rnatilgan Windows 10 operatsion tizim fayllar, sozlamalar va ilovalarni saqlab qolgan holda o‘rnatish). 2 – ―Vыborochnaya: tolko ustanovka Windows (dlya opыtnыx polzovateley) – (Maxsus tanlov asosida: Windows 10 operatsion tizimini malakali foydalanuvchi uchun o‘rnatish)‖ agar sizning kompyuteringizda avval (amalda ishlab turgan operatsion tizim) Windows 10 operatsion tizimi o‘rnatilmagan bo‘lsa, 2 – bandni tanlaysiz, aks holda bo‘lsa, 1 – bandni tanlaysiz. O‘rnatilish to‘liq va boshidan amalga oshirilishi kerakli uchun, biz 2 – bandni tanlaymiz.
―Ustanovka Windows‖ oynasida, kompyuterimiz qattiq diskida mavjud bo‘lingan mantiqiy hamda tizimli disklar paydo bo‘ladi. Ko‘pgina kompyuterlarda 2 ta razdel disk paydo bo‘ladi (yangi sotiv olingan kompyuterlarda 1 ta razdel bo‘ladi). Biz o‘zimizga kerakli diskni tanlaymiz va ―Formatirovat‖ bandini bosamiz ( C diskni adashtirib yubormaslik kerak. Aks holda ma‘lumotlarimiz o‘chib ketishi mumkun) so‘ng, ―Dalee‖ tugmasini bosamiz.
―Ustanovka Windows‖ oynasida, ―Windows‖ ni o‘rnatilish jarayoni 5 qadamda amalga oshiriladi:
―Kopirovanie faylov Windows – (Windows fayllarini nusxalash)‖;
―Podgotovka faylov dlya ustanovki – (O‘rnatish uchun fayllarni tayyorlash)‖;
―Ustanovka komponentov – (Komponentlarni o‘rnatish)‖;
―Ustanovka obnovleniy – (Yangi tizimni o‘rnatish)‖;
―Zavershenie – (O‘rnatishni yakunlash)‖. O‘rnatilish tugaganidan so‘ng, kompyuter qayta yuklanadi va sozlash ishlari boshlanadi.
―Sozdat uchѐtnuyu zapis dlya dannogo kompyutera‖ oynasida, kompyuter foydalanuvchisi nomi va kompyuter nomi kiritilish so‘raladi. Foydalanuvchi nomi va parol, parolni qaytadan kiritish, parolni yodga soladigan so‘z yoki gap kiritilish talab qilinadi, bandlar to‘ldirilgandan so‘ng, ―Dalee‖ tugmasini bosamiz.
Shundan so‘ng, Windows 10 operatsion tizimini o‘rnatish oxirgi bosqich jarayoni boshlanadi. Bir necha minut o‘z interfeys sozlanmalarini o‘rnatadi.
O‘rnatilish yakuniga yetdi. Windows 10 operatsion tizimi ishchi stoli avtomatik tarzda ishga tushadi. Bemolol unga qo‘shimcha dasturlar o‘rnatib undan foydalanishingiz mumkun.
Download 24.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling