1. O’qituvchining metoik ishlarining maqsad, vazifalari va turlari


Download 24.76 Kb.
Sana08.05.2023
Hajmi24.76 Kb.
#1445618
Bog'liq
bmi


1.O’qituvchining metoik ishlarining maqsad, vazifalari va turlari. Metoik ishlarining maqsadi-o’rta maxsus, Texnologiya ta’limi tizimida o‘quv tarbiyaviy jarayonni takomillashtirish,bo’lgusi mutaxassislarni etuk, barkamol, raqobatbardosh qilib tayyorlash maqsadida o’qituvchilarning bilim, amaliy ko’nikma va malakalarini hamda mahoratlarini oshirish. Metodik ishlarning asosiy vazifalari: o’quv muassasidagi o’qituvchilar, ishlab chiqarish ustalari, injener-pedagoglarning pedagogik malakasini g’oyaviysiyosiy darajasini, kasbiy mahoratini oshirish; o’quvchilarga ta’lim-tarbiya berishning yangi zamonaviy usullarini o’quv jarayoniga qo’llash; o’quv jarayoniga ilg’or pedagogik va ishlab chiqarish tajribalarini qo’llash, umumlashtirish, tanishish va boshqalar. O’quv muassasalarida amalga oshiriladigan uslubiy ishlar ikki turga bo’linadi: jamoaviy va shaxsiy. Jamoaviy metodik ishlarni o’quv muassasalaridagi: pedagogik kengash uslubiy komissiyalar, ilg’or pedagogik va amaliy tajribalar manbai, muammoli seminarlar, ilmiy-amaliy konferentsiyalar (anjumanlar), pedagogik o’qishlar orqali amalga oshiriladi. Shaxsiy metodik ishlarga o’quv muassasalardagi har bir o’qituvchiga injener-pedagog, ustalarning o’z malakalarini oshirish ustida olib borilayotgan tinimsiz mehnati tushuniladi. Uslubiy ishlar asosan dars berishda o’quv jarayonini takomillashtirish, unga yangi usul va vositalarni qo’llashni amalga oshirishni mo’ljallangandir. O’quv muassasidagi keng qirrali va xilma-xil uslubiy ishlarni o’quv muassasidagi o’quv ishlari bo’yicha direktor muovini tashkillashtiradi. Ya`ni, o’quv muassasi bo’yicha uslubiy ishlar rejasini tuzadi, ammo umumiy rahbarlikni direktor olib boradi. Pedagogning mahoratini uning tinimsiz ishlash, maqsadga yo’naltirilgan tizimli ijodiy mehnatining natijasidir. SHuning uchun ham o’qituvchi agarda o’z ustida ishlab bormasa, uning o’qituvchilik xususiyati yo’qolib boradi. Bu bo’lmasligi uchun, ya`ni u har doim o’z fani mutaxassisligi bo’yicha maxsus va pedagogik bilimlarini oshirib borishi kerak. Agarda, u o’zining tajribasi bilan cheklanib qolsa ham bo’lmaydi.Pedagogik mahoratini oshirib borishning majburiy xarakteridan biri, o’z pedagogik faoliyatiga ijodiy yondashishga va yangilikka intilib borishi kerak.Pedagoglarning o’quv tarbiyaviy jarayonidagi faoliyat va pedagogik mahoratini oshishi ko’p jihatdan u ishlaydigan muhitga, jamoasining shakllanganligiga ham bog’liq. Texnologiya ta’limi tizimida o’qituvchilarning malakasini oshirish turlariga: malaka oshirish kurslari va o’z ustida mustaqil (shaxsiy) ishlash kiradi. Bular o’z navbatida uzviy bog’langan.O’rta maxsus, Texnologiya ta’limi o’quv muassasalarida o’quv tarbiyaviy jarayonni takomillashtirishni ko’p jihatdan 2 o’qituvchilarning, injener-pedagoglarning o’z ustida mustaqil ishlab o’zlarining malakalarini oshirib borish bilan bog’liqdir. Shuning uchun ham ta’lim muassasalarida faoliyat ko’rsatayotgan har bir xodimdan o’z ustida mutaqil ishlash ish rejasi bo’lishini talab qilinadi. Bu ish rejasi quyidagi bo’limlardan iborat bo’lishi qabul qilingan: I. Siyosiy-g’oyaviy darajasini oshirib, siyosiy adabiyotlar, muammoli seminarlarda faol qatnashish, kuzatishlarda qatnashish. II. Pedagogik malakani oshirish, fanlar bo’yicha ilmiy-amaliy, uslubiy adabiyotlarni o’qish, dokladlar yozish, ochiq darslar o’tkazish. III. Pedagogik bilim va uslubiy tayyorgarligini oshirish. IV. Ma`naviyat va nafosat ko’rsatkichlarini shakllantirish. Mustaqil o’z ustida ishlash va metodik ishlar asosan ham yuqoridagi to’rt bo’limdan iborat bo’ladi.Mustaqil ishlash orqali o’z malakasini oshirishni yana boshqa turlaridan biriga seminarlarga, pedagogik o’qishlarga, konferentsiyalarda o’z ilmiy natijalari, amaliy ish tajribasiga tayyorgarlik ko’rish xisoblanadi. 2.Shaxsiy metodik ishlar, jamoaviy metodik ishlar va ta’limi muassasalarining o’quv metodik xonasi ishini tashkil qilish. Shaxsiy metodik ishlarga o’quv muassasalardagi har bir o’qituvchiga injener-pedagog, ustalarning o’z malakalarini oshirish ustida olib borilayotgan tinimsiz mehnati tushuniladi. Uslubiy ishlar asosan dars berishda o’quv jarayonini takomillashtirish, unga yangi usul va vositalarni qo’llashni amalga oshirishni mo’ljallangandir. O’quv muassasidagi keng qirrali va xilma-xil uslubiy ishlarni o’quv muassasidagi o’quv ishlari bo’yicha direktor muovini tashkillashtiradi. Ya`ni, o’quv muassasi bo’yicha uslubiy ishlar rejasini tuzadi, ammo umumiy rahbarlikni direktor olib boradi. O’qituvchilarning shaxsiy (mustaqil) metodik ishlari va uning mazmuni. Texnologiya ta’limi tizimida o’qituvchilarning malakasini oshirish turlariga: malaka oshirish kurslari va o’z ustida mustaqil (shaxsiy) ishlash kiradi. Bular o’z navbatida uzviy bog’langan.O’rta maxsus, Texnologiya ta’limi o’quv muassasalarida o’quv tarbiyaviy jarayonni takomillashtirishni ko’p jihatdan o’qituvchilarning, injener-pedagoglarning o’z ustida mustaqil ishlab o’zlarining malakalarini oshirib borish bilan bog’liqdir. Shuning uchun ham ta’lim muassasalarida faoliyat ko’rsatayotgan har bir xodimdan o’z ustida mutaqil ishlash ish rejasi bo’lishini talab qilinadi. Bu ish rejasi quyidagi bo’limlardan iborat bo’lishi qabul qilingan: V. Siyosiy-g’oyaviy darajasini oshirib, siyosiy adabiyotlar, muammoli seminarlarda faol qatnashish, kuzatishlarda qatnashish. VI. Pedagogik malakani oshirish, fanlar bo’yicha ilmiy-amaliy, uslubiy adabiyotlarni o’qish, dokladlar yozish, ochiq darslar o’tkazish. VII. Pedagogik bilim va uslubiy tayyorgarligini oshirish. VIII.Ma`naviyat va nafosat ko’rsatkichlarini shakllantirish. Mustaqil o’z ustida ishlash va metodik ishlar asosan ham yuqoridagi to’rt bo’limdan iborat bo’ladi.Mustaqil ishlash orqali o’z malakasini oshirishni yana 3 boshqa turlaridan biriga seminarlarga, pedagogik o’qishlarga, konferentsiyalarda o’z ilmiy natijalari, amaliy ish tajribasiga tayyorgarlik ko’rish xisoblanadi. Jamoaviy metodik ishlar. Pedagogik kengash. Pedagogik kengash o’quv muassasining asosiy organi bo’lib, u o’quv muassasidagi asosiy masalalarni muhokama etish, xulosalar qabul qilish uchun tuzilgan bo’lib, «Pedagogik kengash haqidagi nizom» asosida faoliyat ko’rsatadi, va yillik plan asosida ish yuritadi. Pedagogik kengash ish rejasida asosan quyidagi masalalar yoritiladi va amalga oshiriladi: o’quv muassasasi pedagog jamosining o’tgan davrda bajarilgan ishlar natijasi va oldinda turgan vazifalar; uslubiy ishlar rejasi va xodimlarning malakasini oshirish, ustalarning tarbiyaviy ish rejasi, yarim yillik, yillik imtihon natijalari; ta`til vaqtlarida o’quvchilar bilan sport ishlarini tashkil etish; biblioteka holati; ishlab chiqarish amaliyoti natijalari va boshqa ko’p masalalar pedagogik kengash ishida yil mobaynida tasdiqlanadi va har oyda bir marta o’tkaziladi. Pedagogik kengash ish rejasidagi har bir masala bo’yicha ma`sul xodim tayinlanadi va u bu masalani kengashga tayyorlaydi, kerak bo’lsa, bu masalani tayyorlashga boshqalarni ham jalb qilishi mumkin.Pedagogik kengash qarorini rais-direktor va kotib qo’l qo’yib tasdiqlaydi. Kengash qarorining bajarilishini direktor va uning o’quv ishlari bo’yicha muovini nazorat qilib boradi.Pedagogik kengash xujjatlari: ish rejasi, bayonnomalar, ma`ruzalar va qarorlar direktor muovinida saqlanadi. Pedagogik kengash muassasasining o’quv jarayoni va uslubiy ishlarini muhokama etib qaror qabul qiluvchi. Pedagogik kengash a`zolari: muassasasi direktori (rais); uning muovinlari, o’quv bo’lim mudiri, uslubiy komissiya raislari va yetakchi muhandis-pedagoglar, katta ustalar, kasaba birlashmasi va yoshlar ittifoqi raislari, ilmiy tadqiqot instituti va ishlab chiqarish korxonasidan yetakchi mutaxassislar. Bu tarkibdagi kengash a`zolari ko’riladigan masalalarni, ya`ni o’quv-tarbiyaviy jarayon masalalarni, o’quv ishlab chiqarish jarayoni hamda uslubiy ishlarga oid muammolarni hal qiladi va tavsiyalar qabul qiladi.Pedagogik kengashning asosiy uslubiy funksiyasi o’quv muassassida uslubiy ishlarni takomillashtirish bo’yicha asoslangan tavsiyalar qabul qilish, kasbiy malakalarini oshirish ish rejalarini tasdiqlash va hokazolar. Pedagogik kengash o’z faoliyatini ilm o’quv muassasasining uslubiy ishlar ish rejasi asosida amalga oshiradi.Pedagogik kengashning hamma a’zolari o’quvtarbiyaviy jarayonga, uslubiy ishlarga oid masalalarni uning ish rejasiga taklif etishi mumkin.Pedagogik kengashning qarori o’quv muassasasi direktori tomonidan tasdiqlangandan so’ng kuchga kiradi va qarorni hamma bajarishi shart. Metod komissiyalar-o’quv muassasasida fanlar, ya’ni bir-biriga yaqin fanlar bo’yicha eng kamida beshta muhandis-pedagog va usta bo’lgan taqdirda tuzilishi mumkin, ba`zi hollarda chilangarlik, metallarga ishlov berish mutaxassislari bo’yicha ham tuzilishi mumkin. Agarda o’quv muassasasida bitta fandan 3 dan ortiq muhandis-pedagoglar bo’lsa fan bo’yicha ham tuzilishi mumkin. Masalan: materialshunoslik, matematika, fizika va boshqalar. Uslubiy komissiya raislari eng tajribali o’qituvchi, ustalardan shakllanadi.Metod komissiyalar o’z fanlari, maxsus fanlari bo’yicha o’quv jarayonini tashkil qilish, yangiliklarni dars jarayonida tadbiq etish, o’qitish, uslubiy vositalarini 4 takomillashtirish, nazariyani amaliyot bilan bog’lash, fanlarning ketma-ket o’tilishini belgilash, o’quv uslubiy materiallarni muhokama qilish va boshqalar bilan shug’ullanadi.Fanga oid muammolarni uslubiy komissiyalar hal qiladi. Ya`ni ular: o’quv muassasalarini o’rganish, takomillashtirish, ishlab chiqarish ro’yxati va mahsulotlar ishlab chiqarish texnologik xujjatlari; nazorat ishlari mazmunini tahlil etish, o’quvchilarning o’zlashtirishini tahlil etish, muhokama etish; ilg’or pedagogik, ishlab chiqarish tajribalarini o’quv jarayoniga tadbiq etish, texnik vositalardan samaradorlik bilan foydalanish va boshqalarni amalga oshiradi. Metod komissiyalar o’z ishlarini istiqbolli tematik va ish rejalari asosida amalga oshiradi va bu rejalarda asosiy masalalar bo’lib quyidagilarni rejalashtirish zarur: yangi o’quv yiliga tayyorgarlik, imtihonlarga tayyorgarlik, o’quvchilar malakasini oshirish, metodik ko’rsatmalar ishlab chiqish, ma`ruzalar mavzularini aniqlash, referatlar tematikasini belgilash, tashkiliy tadbirlar, ochiq darslar, ta’lim, o’zaro darslar kirish va boshqalar.Metod komissiyaning asosiy vazifasi o’quvtarbiyaviy jarayonni takomillashtirish, o’qituvchilarga, injener-pedagoglarga, ustalarga amaliy-uslubiy yordam berishdir. O’quv muassasida uslubiy komissiyalar, tayyorlov yo’nalishlari, fanlar bo’yicha va amaliyotlar bo’yicha tashkil qilinishi mumkin. Uslubiy komissiya tarkibi va soni pedagogik kengash tavsiyasiga ko’ra direktor buyrug’i bilan tayinlanadi. Uslubiy komissiya tarkibiga malakali o’qituvchilar, ustalar kiradi.O’rta maxsus Texnologiya ta’limi va o’quv muassasalarida fanlar bo’yicha uslubiy komissiya tuziladi: fizika va elektrotexnika; ximiya va biologiya; o’zbek va rus tili; tarix va boshqalar, umumkasbiy fanlar, maxsus fanlar, ishlab chiqarish ta’limi va boshqalar. Ba`zi hollarda uslubiy komissiyalar tuzishi mumkin fanlarni guruhlashtirish bo’yicha, misol uchun, tabiiy fanlar: fizika, ximiya, biologiya; gumanitar fanlar, maxsus fanlar va hokazo. Uslubiy komissiyalar o’z fanlari, sikl fanlari bo’yicha o’quv jarayonini tashkil qilish, yangiliklarni dars jarayonida tadbiq etish, o’qitish uslub, vositalarini takomillashtirish, nazariyani amaliyot bilan bog’lash, fanlarning ketma-ketlikda o’tishini belgilash, o’quv uslubiy materialini muhokama qilish va o’quv dasturini o’rganish, takomillashtirish, ishlab chiqarish ishlar ro’yxati va ishlab chiqarish texnologik xujjatlar hamda nazorat ishlari mazmunini tahlil etish, texnik vositalardan samaradorli foydalanish va boshqa muammolar bilan shug’ullanadi. Metodik kengashlar-bu jamoaviy uslubiy ish turi bo’libina qolmay balki alohida muammolarni hal etishni o’z ichiga oladi (pedagogik, uslubiy).Metodik kengashlarning-instruktsiyali, axborotli va xisobotli turlari mavjud. Ilmiy-amaliy konferensiyalar - o’qituvchilar tomonidan va boshqa mutaxassislarni jalb qilgan holda o’quv tarbiyaviy jarayonni takomillashtirishga mo’ljallangan mavzu bo’yicha qilingan nazariy va amaliy ishlar natijasining muhokamasi, qaror, tavsiyalar qabul qilish. Pedagogik o’qishlar - ilg’or pedagogik tajribalarni aniqlash, umumlashtirish va tadbiq etish maqsadida o’tkaziladi hamda o’quv tarbiya jarayonini takomillashtirishga oid masalalarni muhokama qiladi.Pedagogik o’qishlar tashkil qilishda o’quv muassasalarida ko’rgazmalar tashkil qilish 5 maqsadga muvofiqdir. Didaktik vositalar o’quv uslubiy qo’llanmalar o’quvchi ish rejalaridan namunalar, darslar rejasi, konspekti, uslubiy qo’llanmalar va boshqalar. Pedagogik o’qish jarayonida tashkiliy ko’lamda eng yaxshi ma`ruza tanlab olib uni tuman, viloyat pedagogik o’qishlarga tavsiya etiladi va chop etishga tavsiya etiladi.Ilg’or pedagogik tajriba-asosan o’quv muassasasi muhandispedagoglarining pedagogik mahoratini oshirishga qaratilgan bo’ladi. Bu ilg’or pedagogik tajribalar o’quv muassasasida va yana boshqa joyda o’rganilishi va oshirilishi mumkin. Muammoli seminarlar- bu seminarlarning asosiy vazifasi ba`zi muammolarni chuqurroq o’rganish bo’lib, bunda muhandis-pedagoglar, ustalar ma`ruzalar o’qishadi va muhokama qilinadi. Ta’limi muassasalarining o’quv metodik xonasining asosiy vazifalari: Ilg’or pedagogik tajribaning targ’ib qilinishini tashkil etish; Umumta’lim, jumladan Texnologiya fani o’qituvchilariga pedagogik mahorat va o’quvtarbiyaviy faoliyat sifatini oshirishda yordam ko’rsatish; O’quv-tarbiyaviy va metodik ishlar masalalari bo’yicha materiallar; to’plash va ularni tartibga solish; Kasb-hunar kollejida ilmiy-pedagogik axborotlar to’plash. O’quv metodika xonasining faoliyat mazmunini quyidagilar tashkil qiladi: Umumta’lim maktablari o’qituvchilarining o’zaro pedagogik tajriba almashishi bo’yicha seminarlar tashkil etish; Pedagogik va boshqa mavzularda ma`ruzalar tashkil etish; Metodik ko’rgazmalar tashkil etish; Pedagogik mashg’ulotlar tashkil etish; Umumta’lim maktablarida pedagogik o’qishlar tashkil etish; Umumta’lim, maxsus fanlar va amaliy kajumladan Texnologiya fani o’qituvchilari uchun pedagogik maslaxatlar tashkil etish; Pedagogik yangiliklar bo’yicha konferentsiyalar tashkil etish; Umumta’lim maktablarida muayyan mavzular bo’yicha metodik ishlar yakuniga bag’ishlangan konferensiyalar tashkil etish; Umumta’lim maktablari xodimlarining pedagogik mehnat fidoiylari bilan uchrashuvlar tashkil etish. O’quv metodik xonasi quyidagilar bilan jihozlansa maqsadga muvofiq bo’ladi: Namunaviy hamda ishchi o’quv rejalar va dasturlar; Rejalashtirish, hisobga olish va xisobot xujjatlarining namunalari; O’quv xonasi, laboratoriya va ustaxonalarni jihozlash me’yorlari, kataloglar, ro’yxatlar, pasport; Me’yoriy va yo’riqli xujjatlar: nizomlar, ko’rsatmalar, yo’riqnomalar va hokazo; Kasblar bo’yicha o’quv-ishlab chiqarish ishlari ro’yxati; Ilmiy pedagogik adabiyotlar, pedagogik jurnallar, gazetalar va boshqa davriy nashrlar; Metodik ishlanmalar, o’qituvchilarning ma’ruzalar matnlari; Yo’riqlar va texnologik xaritalar to’plami; Texnologiya fani bo’yicha test topshiriqlari to’plami; Umumta’lim maktablari ilmiy va o’quv metodik tashkilotlarining metodik tavsiyalari; Ta’limning «faol» shakllari va metodlaridan foydalanish bo’yicha materiallar; Darsliklar, o’quv va metodik qo’llanmalar, ma`lumotnomalar. 3.Uzluksiz metodik xizmat va uning ta’lim muassasalaridagi metodik ishlar tizimini boshqarishdagi o’rni. Ta’lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiya jarayoni jumladam metodik ishlsrning samaradorligi ko‘p jihatdan metodik xizmat ko‘rsatish tizimining izchil yo‘lga qo‘yilishiga bog‘liq. Bu jarayonda metodistning, xususan, ular orqali amalga 6 oshiriladigan metodik xizmat ko‘rsatish tizimining o‘ziga xos o‘rni, mas’uliyati bor. Uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatishdan maqsad ta’lim muassasalariga metodik xizmatni tashkil etish va muvofiqlashtirib borish, ularni metodik adabiyotlar bilan ta’minlanish ahvolini o‘rganish va tahlil qilish, takliflar tayyorlash, ilg‘or texnologiyalarini dars jarayonida qo‘llayotgan pedagoglarning ish tajribalarini o‘rganish, ommalashtirish hamda ta’lim-tarbiya sifatsamaradorligini oshirish yo‘nalishidagi metodik tadbirlarni tashkil etish, metodik yordam ko‘rsatishni belgilab berishdir. Uzluksiz metodik xizmatning asosiy maksadi-Ta’lim tizimidagi muassasalar pedagoglarini kasbiy mahoratini oshirish, bilimlarini oshirish uchun takliflarini asoslash, monitoring o‘tkazish, natijalarini tahlil qilish va muammolarni bartaraf etish,metodik maxsulotlar bilan ta’minlash, amaliy-metodik yordam ko‘rsatish ta’lim mazmunini takomillashtirish va samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan ilmiy-amaliy anjumanlar, o‘quv seminarlari, ijodiy uchrashuvlar tashkil etish, ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish va ommalashtirish hamda ularni boshqarish. 2002 yil 8 iyulda «Uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 109-sonli buyrug‘i qabul qilindi. Mazkur buyruq bilan Respublika ta’lim muassasalariga uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha 9 ta Nizom qabul qilinib, metodik xizmat ko‘rsatishning markazlashgan, tizimiga asos solindi Ushbu Nizomolar takomillashtirilib, XTV 2009 yil 11 sentyabrda 253-sonli buyruq bilan tasdiqlandi va amaliyotga joriy etildi.Bugungu kunda ushbu tizim Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tizimda uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish ishlarini yanada rivojlantirish to‘g‘risida 2020 yil 13 avgustda qabul qilindi 183-son buyruq asosida faoliyat yuritadi. Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tizimda uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish ishlarini yanada rivojlantirish to‘g‘risida 2020 yil 13 avgust sanasi bilan 183-son buyruq qabul qilindi. Unga ko‘ra, 2020-2021 o‘quv yilidan: -xalq ta’limi tizimidagi 9 ta uslubiy organlardan samarasiz bo‘lgan 4 ta uslubiy organlar faoliyati yakunlandi; -umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi fan yo‘nalishlari bo‘yicha metodbirlashmalarning hujjatlari soni 6 tadan 3 taga qisqartirildi; - fan metodistlarining amaldagi 24 ta me’yoriy hujjatlari 6 taga tushirildi; - o‘rta ta’lim maktablarida o‘tkaziladigan fan oyliklari va o‘qituvchilarning metod kunlari qayta ko‘rib chiqilib, belgilandi; -umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilariga uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish tartibi belgilandi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi uslubiy-boshqaruv organlar soni 3 tadan 2 taga kamaytirildi. Endilikda, 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faqatgina fan metodbirlashmalari va pedagogika kengashi faoliyat ko‘rsatadi. Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab, umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi fanlar bo‘yicha metodbirlashma hujjatlari soni 6 tadan 3 ta etib belgilandi. Bular: yillik ish reja; yig‘ilish bayonnomasi; yillik hisoboti. 7 Xalq ta’limi tizimidagi faoliyat uyritayotgan uslubiy organlar- Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining metodika birlashmalari, Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining pedagogic kengashi, tuman xalq ta’limi bo’limu xuzuridagi Metodik kengash, hududiy xalq ta’limi boshqarmalaei xuzuridagi O'quv-metodik kengash,Respublika ta’lim markazi huzuridagi ilmiy-metodik kengashlari rahbarlari, kengash a’zolari va metodistlari Ta’lim muassasalarida metodik ishlar tizimini boshqarishqaradi va ularning ishlarini muvaffiqlashtirib boradilar.

MTMda bolalar hayotini tashkil etish


Fiziologiya, gigiena, psixologiya, pedagogika sohasida olib borilgan ilmiy- tadqiqotlar natijasida MTMda kichkintoylar hayotini tashkil etishning quyidagi printsiplari yuzaga keldi:
Наг bir yosh guruxda bolalarni jamoachilik ruhda tarbiyalash va har bir bolaning har tomonlama rivojlanishini ta'minlaydigan bir xil shart-sharoitlar yaratish.Bolalarni yosh guruxlariga taqsimlashda har bir guruhga faqat bir xil yoshdagi bolalarni tanlash va shunga qarab ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish.Bolalarning har xil faoliyat bilan shug'ullanishlari va bir-birlari bilan muloqotga kirisha olishlari uchun zarur bo’lgan moddiy muhitni yaratish. Buning uchun guruh xonasi va maydonchani gigienik. pedagogik, estetik talablar darajasida kerakli asbob- anjomlar bilan ta' minlash.Bolalarning yoshiga mos kun tartibiga rioya qilish va uning barqarorligini ta-minlash.Bolalar shaxsini shakllantiradigan faoliyat turlarini (uyin. rnehnat, ta'lim) tashkil etish va bu faoliyatlar uchun kun tartibidan ma' lum vakt ajratish.
Bolalarning har xil faoliyatlarini ilmiy asoslangan printsiplar asosida almashtirib borish MTMning har xil yosh guruhlarida bolalar hayotini tug’ri tashkil etish
2. Bolalarningfaoliyatida ta'lim-tarbiya vazifalarni amalga oshirish va rahbarlik qilish
Bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta'minlashga qaratilgan pedagogik jarayon murakkab va rang-barangdir.
Tarbiya masalalari ta'lim-tarbiya ishining tashkiliy shakllari, bolalar faoliyatining har xil turlari: mashg’ulotlarda ta'lim berish orqali, ijodiy va qoidali o’yinlar, bolalarning mustaqil faoliyatlari, ularning o’z mehnati va kattalar mehnati bilan tanishtirish orqali, o’z-o’ziga xizmat kilish sayrlar o’tkazish gigienik tadbirlar orqali amalga oshiriladi.
Ta'lim-tarbiya ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish MTMsidagi pedagogik jarayonni, har bir faoliyat turini to’g’ri tashkil etishga bog’liq.
MTMsining pedagogik jarayonida ta'lim muhim ahamiyat kasb etadi va u kundalik hayotda, o’yinda, mehnatda, mashg’ulotlar orqali amalga oshiriladi. Mashg’ulotda ta'lim va tarbiya vazifalari xal etiladi. Bolalar tevarak-atrofdagi hayot va tabiat bilan tanishish, nutqni o’stirish va savod o’rganish, matematika, jismoniy madaniyat, tasviriy faoliyat, musiqa bo’yicha eng oddiy tasavvur va bilimlarni, malaka va ko’nikmalar sistemasini egallab oladilar. Bolalar egallab olishlari kerak bo’lgan bilim, malaka va ko’nikmalar MTM dasturida belgilab berilgan bo’lib, u bolalarning umumiy rivojlanishida va ularni maktab ta'limiga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Mashg’ulotlarda ta'lim berish didaktika printsiplari asosida bolalarning yosh va o’ziga xos xususivatlarini e'tiborga olib ma lum izchillikda olib boriladi, mazmuni sekin-asta murakkablashtirib boriladi. Natijada u rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi xususiyatga ega bo’ladi.Dasturda har bir yosb guruhida xafta davomida o’tkaziladigan mashg’ulotlar soni va har bir mashg’ulot qancha davom etishi belgilab qo’yilgan. Tarbiyachi mana shunga asoslanib, o’zining xaftalik mashg’ulotlar jadvalini tuzib oladi, bu ta'limning hamma bo’limlari bo’yicha belgilangan ta'lim-tarbiya ishlarini to’g’ri taqsimlash va bir xilda amalga oshirishga imkon yaratadi. Mashg’ulotlar jadvalini tuzishda quyidagi talablarga rioya qilish kerak:Dasturning hamma bo’limlari bo’yicha mashg’ulotlarni haftaga teng taqsimlash.Xaftaning birinchi va oxirgi kuniga osonroq mashg’ulotlar qo’yiladi.Xaftaning seshanba, chorshanba va payshanba kunlarida bolalardagi aqliy faoliyat tezlashadi, shuning uchun bu kunlarga murakkabroq ishlar rejalashtiriladi.Kun davomida birinchi bo’lib bolalardan aqliy zo’r berishni ko’proq talab etadigan, kam harakatli mashg’ulotlar rejalashtiriladi (tevarak-atrofdagi hayot va tabiat bilan tanishtirish, ona tili, matematika). Ikkinchi mashg'ulotga engilroqlari: tasviriy faoliyat, jismoniy tarbiya, musiqa mashg’uloti va shunga o’xshashlar rejalashtiriladi.Kun davomida mashg’ulotlar quyidagicha tartibda almashtirib boriladi: matematika va jismoniy tarbiya, ona tili va tasviriy faoliyat va hokazo.Mashg’ulotlarni bunday taqsimlash bolalarning dastur materialini engilroq o’zlashtirib olishiga imkon yaratadi. O’yin bolalarning muhim faoliyati hisoblanadi. U bolalarning jismoniy va ruhiy rivojlanishida, shaxs sifatida shakllanishida va bolalar jamoasining tashkil topishida muhim ahamiyat kasb etadi. O’yin bolaga quvonch bag’ishlaydi, ijobiy his va keehinmalarini, hayotdan olgan taassurotlarini aks ettiradi. O’yin mazmuni bola shaxsining shakllanishiga muhim ta'sir ko’rsatadi, shuning uchun kattalar bolalar o’yiniga rahbarlik qilayotib, ularda tevarak-atrofdan olayotgan taassurotlari ijobiy tomonini aks ettirish xohishini uyg’otishlari kerak. Bolalarning mustaqil faoliyati ular uchun dam olish soati hisoblanadi, ammo ish bilan bir vaqtda bolalarning o’z-o’zini tashkil eta bilish qobiliyati o’sishiga, xulk, madaniyati irodaviy sifatlarining tarbiyalanishiga, jamoa munosabatlarining shakllanishiga yordam beradi. U har xil faoliyatlarda bolalardagi o’ziga xos ijodkorlikning rivojlanishiga keng imkoniyat yaratadi. SHuning uchun bolalarning mustaqil faoliyatiga ham tarbiyachining rahbarlik qilishi taqozo etiladi: chunki xohlagan ishi bilan shug’ullanishiga imkon yaratish, kerakli material va asbob- uskunalar bilan ta'minlashda yordam berishda, tarbiyachining maslahati lozim buladi.
Kun davomida sistemali ravishda mehnat faoliyati tashkil etilib, bolalar kattalarning mehnati bilan tanishtirib boriladi. Bu ish mashg’ulotlarda, ekskursiyalarda, maqsadli sayrlarda, bolalarning kattalar bilan birgalikdagi mehnatida amalga oshiriladi. Bunda bolalarning asosiy e'tibori mehnatning insonlar uchun foydasiga, uning xilma-xilligiga, ahloqiy munosabatlariga qaratiladi.
Bolalarning ovkatlanishga, mashg’ulotga tayyorlanishlari, tabiat burchagida navbatchilik vazifasini bajarishlari, ularda topshirikqa nisbatan javobgarlik hissini rivojlantiradi, shu bilan birga ijtimoiy his va munosabatlarni shakllantiradi.
166
Navbatchilik ikkinchi kichik guruxda yilning ikkinchi yarmidan boshlanadi va hamma yosh guruhlarida davom etadi. Katta guruh bolalarining qo'l mehnati, tabiatdagi mehnati, xo’jalik-maishiy mehnatlari har kuni ertalabki soatda ertalabki va kechki sayrda sistemali ravishda tashkil etib boriladi. Haftasiga bir marta butun guruh ishtirokida bolalarning jamoa mehnati tashkil etiladi, mashg’ulotlarda qo’l mehnatining yangi turi o’rgatiladi. Mehnat jarayonida bolalarning mehnat qilish malaka va ko’nikmalari takomillashadi, kuzatuvchanligi rivojlanadi, qiziqishlari ortadi, mehnatsevarlik, javobgarlik, burch hissi kabi axloqiy sifatlari shakllanib boradi.
Bolalarning mehnat faoliyatini ularning jismoniy va aqliy faolligini o’stiradigan qilib tashkil etilishi kerak. Buning uchun ularni hamma kerakli materiallar va mehnat qurollari bilan ta'minlash lozim. O’z-o’ziga xizmat bolalar mehnatini tashkil etish shakllaridan biri hisoblanadi.
Kichkina guruhdan boshlab bolalar mustaqil kiyinish va echinishga o’rgatiladi. Katta guruh bolalari o’zlarini har doim batartib (tashqi ko’rinishi, sochi, kiyimlari, oyoq kiyimi) tutishlari kerak. Ular o’yinchoklarni, kitoblarni, ish qurollarini o’yin va mashg’ulotdan key in joy-joy iga yig’ishtirib qo’yadilar.
Har kuni ertalabki mashg’ulotdan keyin, kunduzi uyqu, kechki nonushtadan keyin sayr uyushtiriladi. Sayrda ijodiy o’yinning hamma turlari, bolalarga tanish va yangi qoidali, o’yinlar tashkil etiladi. Bolalarning o’yin, mehnat, mustaqil faoliyatlariga rahbarlik qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Tarbiyachi bolalarning xilma-xil mustaqil faoliyatlari uchun shart-sharoit yaratadi: kerakli material, asbob-anjomlar, o’yinchoqlar bilan ta'minlaydi,
maydonchada, guruh xonasida o’yin uchun joy tayyorlaydi.
O’yin va mashg’ulotlar o’tkaziladigan joy gigienik jihatdan talabga javob berishi (yorug’, ozoda, yaxshi shamollatilgan, nam latta bilan pollari artilgan, havo temperaturasi normal bo’lishi) kerak.
Sayrda tabiatni, kattalar faoliyatini, ijtimoiy hayot voqealarini kuzatish imkoni yaratiladi sayr boshlanishida bolalarning mustaqil xatti-harakat qilishlari: yugurish, o’tirish, gaplashish va tomosha qilish uchun sharoit mavjud bo’ladi. Keyin harakatli o’yinlar, bolalarning mustaqil faoliyatlari, mehnat, kuzatish. turli-tuman ijodiy o’yinlar tashkil etiladi.
MTMda bolalar turmushini tashkil etishga katta e'tibor beriladi. Har bir yosh guruhida tashkil etilgan kun tartibi bolalarning uyquga, ovqatlanishga, faol mehnat qilishga bo’lgan ialabini to’la qondirishi, bolalaida ijobiy hissiy kayfiyatni saqlash, bolalar va kattalar o’rtasida to’g’ri munosabat o’rnatish uchun kerakli shart-sharoit yaratilishi kerak.
Amalga oshiriladigan tadbirlarda tarbiyachi bolalarda madaniy-gigienik malakalarni: ijtimoiy xulqni, xatti-harakatlar madaniyatini tarbiyalab boradi.Bolaning sog’lom bulib, to’g’ri rivojlanishi uchun tinch va chuqur, kerakli uyqu muhim ahamiyatga ega.Tarbiyachi guruh xonasida bolalarni uyquga yotqizgandan keyin xonaning shamollatilgan bo’lishini, tinchlikni ta'minlaydi. Bolalarning uyg’onganlarini sekin- astalik bilan turg’azish kerak.
Download 24.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling