1. O‘quv faninig dolzarbligi va oliy kasbiy ta`limdagi o‘rni


Download 199.06 Kb.
bet43/58
Sana03.02.2023
Hajmi199.06 Kb.
#1155956
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   58
Bog'liq
2-kurs MO`M majmua

Motivatsiya – bosqichining maqsadi o‘quvchilarni ongli ravishda darsdan ta’lim jarayoniga olib kirish, darsning maqsadi va mazmunining asosiy yo‘nalishlari bilan tanishtirishdan iborat. Dars mavzusini dolzarbllashtirish orqali o‘quvchilarni yangi mavzuga tayyorlash yangi mavzuni o‘zlashtirish uchun lozim bo‘ladigan bilimlar bazasini tekshirish, o‘quvchilar bilimidagi kamchiliklarni aniqlash. Yangi mavzuga oid muommoli vaziyatni keltirib chiqarish uchun dars mavzusi va uning maqsadi aytiladi. O‘quvchilar e’tibori turli ko‘rgazmali vositalar, sxemalar yordamida ham og‘zaki (verbal) ham ko‘rgazmali (vizual) qilib yangi mavzuning xarakterli qirralari, mavzuga doir hayotiy masala muammo sifatida o‘quvchilar e’tibori qaratiladi. Bu bosqichda aqliy hujum metodidan foydalanib o‘quvchilar muloqotga chorlash mumkin. Yangi mavzuni yoritish bosqichida darsning asosiy o‘quv materiallari bayon etiladi. Uni bayon qilishda motivatsiya bosqichida yuzaga keltirilgan vaziyatdan kelib chiqib u yoki bu uslub qo‘llaniladi. Agar motivatsiya davomida o‘quvchilarning mavzuni o‘zlashtirishga oid bilimlari yetarli emasligi aniqlansa, bu holda o‘qituvchi keyingi ta’lim jarayoniga o‘zi aralashshi, qo‘yilgan masala yechimini o‘zi namoyish qilishi lozim bo‘ladi. Agar o‘quvchilar bilimi yetarli bo‘lsa, o‘quvchilarni guruhlarga yoki juftlarga bo‘lib mustaqil ish tashkil qilinadi. O‘qituvchi bu holda o‘quvchilar guruhiga muammo yechimini topishda tashqaridan turib yo‘l-yo‘riq berib ham turish mumkin. Birlamchi mustahkamlash bosqichida dastlab o‘ituvchining o‘zi yangi nazariy materialga doir masalani namoyish usuliga ko‘ra doskada yechib ko‘rsatadi.
So‘ng esa doskada biror o‘quvchi o‘qituvchi ko‘magida ―teta-poya usuliga ko‘ra keyingi masalani yechadi. Oxirida juftlikda yoki guruhlarda ishlash usullari yordamida yangi mavzu mazmunini anglashga qaratilgan o‘quvchilar faoliyati tashkil qilinadi. Ikkilamchi mustahkamlash bosqichida yakka tartibda ishlash usuliga asosida o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilim va ko‘nikmalari o‘zlari tekshirishi va baholashi maqsadida kichik mustaqil ish tashkil qilinadi. Umumlashtirish bosqichi mustahkamlash bosqichining mantiqiy davomi bo‘lib, unda ham yuqoridagi usullar yordamida yangi ortttirilgan bilimlar jamlanadi, yangi mavzuga oid takrorlash mashqlari asosida yangi ko‘nikmalar rivojlanritiladi, ulardan keyingi darslarda foydalanish imkoniyatlari aniqlashtiriladi. Darsga yakun yasash va uyga vazifa bosqichida esa yangi bilimlar va ularning muhim qirralari yana bir bor yodga solinadi, faoliyat natijalari baholanadi hamda uyga vazifa aniqlashtiriladi. Uyga vazifani bajarish bo‘yicha tegishli maslahatlar beriladi.

Download 199.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling