1. O’quv jarayonida tabiatshunoslik tushunchalarini shakllantirish
Download 35.5 Kb.
|
1 2
Bog'liqBoshlang’ich sinf o’quvchilarida tabiatshunoslikka doir tasavvur
Tabiatshunoslik tushunchalarini samarali o’zlashtirilishini ta'minlovchi metodik sharoitlar.
O’quv materialini o’quvchilar tomonidan puxta o’zlashtirmaslik hollari ham mavjud. Buning sababi shundaki, ularning bilimlari tasavvurlar darajasida qolgan. Darsda bir mavzu bo’yicha shakllantirilgan tushun-chalar keyinchalik rivojlantirilmaydi va boshqa tushunchalar bilan bog’lanmaydi. Tushunchalarni rivojlantirishning zarur sharoiti tizimdir. Jumladan, tabiatshunoslik tushunchalarining hosil bo’lishi muayyan metodik sharoitlarda amalga oshadi. Tabiatshunoslik tushunchalari bevosita qabul qilish-kuzatishlarga asoslanib, o’iganilayotgan narsa yoki hodisa to’g’risida aniq va ravshan tasavvur hosil qilingan sharoitda to’g’ri bo’lishi mumkin. Tushunchani birlamchi tarzda hosil bo’lishida obyektlar va ko’rgazmali materialning har xil turlari Gadvallar, sxemalar, suratlar va hokazolar) katta ahamiyatga egadir. O’quvchilar tafakkurini rivqjlantirmasdan, ularni fikrlash ishiga jalb qilmasdan turib tushunchalarning o’zlashtirilishiga erishish mumkin emas. o’quvchilarning fikrlash faoliyatini rag’batlantirish uchun o’qituvchi mavzu va darsni boshlab, ular oldiga muammolar qo’yadi. o’quv materialini bayon qila borib, o’quvchilarni sabab va oqibatlarni, tabiat hodisalari o’rtasidagi bog’lanishlarni aniqlashga jalb qilishga harakat qiladi. Jonajon o’lkaning tabiati mavzusi misol bo’lib xizmat qilishi mumkin, unda har xil o’simliklar hayotining tuproq, suv, oziq moddalar va boshqa omillarga bog’liqligi (3- sinf), o’simlik va hayvonlar hayotining tabiiy sharoitlarga bog’liqligi (4-sinf) ko’rsatilgan. Tabiatshunoslik tushunchalarining o’zlashtirilishida predmetlararo (nutqni rivojlantirish, o’qish, matematika, ona tili, musiqa, ashula, mehnat, rasm olish bilan) aloqa o’rnatish muhim rol o’ynaydi. Predmetlararo aloqadan muntazam, uzluksiz foydalanish bolalarni ilgari olingan bilimlarini hayotda qo’llashga, o’quv faoliyatlarining barcha turlarida mantiqiy bog’lanish o’rnatishga o’rgatadi. O’quvchilarni faol fikrlashlarini tarbiyalashda o’qituvchining savollari katta rol o’ynaydi. Tabiatshunoslik darslarida darslik matnini tiklashda (esga olishda) tahlilni, sintezni, umum-lashtirishni talab qiluvchi savollar berish kerak. Javobda sintezni, talab qiluvchi, tushunchalarni kengaytiruvchi savollar alohida ahamiyat kasb etadi. Bunga quyidagi savollar misol bo’lishi mumkin: cho’lda yashovchi hayvonlarning qaysi moslanishlari ularga qmg’oqchilikka va jazirama issiqqa chidashga yordam beradi? Dasht va cho'l tabiatining o’xshashligi nimada? Nima uchun tundrada katta daraxtlar o’smaydi? va hokazolar. Tushunchalarni rivojlantiruvchi savollar majmuasi tabiiy narsalarni jadvaldagi ularning tasviri bilan taqqoslashni, sxemalar chizishni, doskada ularni rasm va gerbariylar bilan uzviylashtirishni o’z ichiga oladi. Masalan, 3- sinfda quyidagilar shunday savollardan bo’lishi mumkin: chigit ekilgandan keyin unda qanday jarayon boradi? Qish vaqtida daraxt bilan butani bir-biridan qanday ajratish mumkin? Yerda hamma tomonlarga harakat qilganda ham janubga boradigan joy bormi? (Xarita yoki globusdan ko’rsating). Tabiatda suv aylanishining sxematik tasvirini bering. O’quvchilar jadvaldan foydalanib, o’simlik va hayvonlarning tashqi xususiyatlarini taqqoslaydilar, ular har xil tabiiy sharoitlarda yashashga qanday moslanganliklarini hikoya qiladi. Tushuntirish jarayonida o’qituvchi o’quvchilaming o’z ijodiy daftarlariga ko’chirib olishlari uchun doskaga oddiy sxemalarni chizishi mumkin. o’quvchilarga uyda sxemalar chizishni taklif qilish ham mumkin, kelgusi darsda esa chizilgan sxemalar birgalikda aniqlanadi va to’ldiriladi. Shunga o’xshash ishlar o’qituvchi tomonidan oldindan ilib qo’yilgan jadvallarni to’ldirish bo’yicha ham o’tkaziladi. Jadvallar taqqoslash va umumlashtirish uchun sinfda (umumlashtiruvchi darslarda) hamda uyda to’ldirilishi mumkin. Solishtirma jadvallar sinfdagi amaliy ishlarda tirik tabiat burchagida hamda maktab o’quv-tajriba maydonchasida tajribalar o’tkazishda qo’llaniladi. O’qituvchi tushunchalar tarkibini bilib, ularni tashkil qiluvchi elementlar bo’yicha o’quvchilar bilimini obyektiv baholashi mumkin. Tushunchalarni o’zlashtirilishining qadrini bilish o’qituvchiga o’qitishning borishini fahmlashga, bilimni o’zlash-tirish jarayoniga to’g’ri rahbarlik qilishga yordam beradi. Tushunchalarni ajratib o’qituvchi tegishli metodik uslublarni tanlaydi va qo’llaydi (savollarni takrorlash tizimini puxta tuzadi, eng samarali ko’rgazmali qurollarni aniqlaydi). Tabiiy material bilan ish olib borilganda taqqoslashga, tafakkurning rivojlanuvchi mantiqiga alohida ahamiyat beriladi. Bu uslubning muhimligini hisobga olib, uni kengroq qarab chiqishga to’g’ri keladi. Taqqoslash - narsa va hodisalar o’rtasidagi o’xshashlik va tafovut belgilarini aniqlash demakdir. Taqqoslash - aqlning tahliliy ishi. Taqqoslash jarayoni murakkab, o’z ichiga sintez, umumlashtirish va xulosani oladi. o’quvchilar narsalarning belgilarini ajrata olsalar, muhimni uncha muhim bo’lmagandan farq qilsalar, bu sintez, umumlashtirish va xulosali taqqoslash bo’lishi mumkin, chunki bunda faqat muhim belgilar bo’yicha taqqoslash mumkin bo’ladi. Mashqni ikki narsa yoki hodisani taqqoslash bilan boshlamoq zarur. Keyin uch, to’rt va hatto undan ko’proq obyektlarni taq-qoslash mumkin bo’ladi. Taqqoslashni bir-biriga qarama-qarshi jihatlarni qo’yishdan boshlash qulay (qum sochiluvchan, loy esa yopishqoq). Bolalar asta-sekin faqat farq qiladigan belgilarni emas, balki o’xshashlarini ham ajrata boshlaydilar, hodisa va narsalarning eng muhim belgilarini aniqlaydilar. Kuzatish va suhbatlar taqqoslash uchun materialdir. Taq-qoslashga kirishishdan oldin ularni qanday bilib borish kerakligini ko’rsatish kerak. Suhbat jarayoni shu ma'noda juda qulay. Chunonchi, 3- sinfda “O'simlik va hayvonot olami” mavzusini o’rganishda tabiatdagi kuzatishlardan keyin ushbu savollar bo’yicha suhbat o’tkazish mumkin: sen yashayotgan joyda qaysi o’simliklar ariq bo’ylaridagi nam tuproqda, qaysilari ariqdan uzoqda - quruq tuproqda o’sadi? o’simlklar va hayvonlar hayotidagi o’zgarishlar jonsiz tabiatdagi qaysi o’zgarishlar bilan bog’liq? Nima uchun kuz oylarida havoning harorati o’zgaradi? Suvda o’sayotgan qamish quruqda o’sayotganlaridan tashqi ko’rinishi bo’yicha nima bilan farq qiladi? Qurbaqa va baqaning tuxumlarida qanday farq bor? Maktab maydonidagi gulzorda o’suvchi o’simliklarni poyasi, barglari, gullari, mevalari bo’yicha taqqoslashni taklif qilish mumkin. Taqqoslash asta-sekin mustaqil hikoya belgilarini kasb etib boradi. Taqqoslash yordamida o’qituvchi o’quvchilar bevosita kuzatmagan, yaqqol ko’rmagan, qabul qilish vositasida sezgilari sezmagan hodisalar o’rtasidagi bog’lanishlarni ochib berishi mumkin. Tahlil butunni belgilangan qismlarga ajratish, maxsus belgilarga bo’lish, o’xshash narsalarda tafovutni ajrata bilishdir. Masalan, hamma g’alla o’simliklarining ildizi, poyasi, guli va mevasi bo’ladi. Ammo bu belgilarning o’xshashligida, masalan, bug’doy va makkajo’xorida farqlar ham bor. Sintez bog’lanishlar o’rnatish, umumlashtirish va xulosa chiqarishdir (g’alla o’simliklarining ildizlari ko’pgina ingichka ildizchalardan iborat; poyasi kovak - poxolcho’p; bargi ensiz va uzun; mevasi - don). Fikrlash natijasida ilgari ko’rilmagan yangi bog’lanishlarni o’rnatsa bo’ladi. Tafakkur jarayonida o’quvchi fikr yuritadi, tahlil qiladi, zarur bog’lanishlarni aniqlaydi, unga berilgan aniq vazifaga mos keladigan yechim uslublarini fikran tanlaydi va qo’llaydi. o’qituvchi bolalarning har xil tushunchalardan foydalanishlarida, mantiqiy tafakkurning ayrim operatsiyalari jarayonida fikr yuritganlarida bu xatolarni osonlik bilan payqaydi. Foydalanilgan adabiyot: 1. “Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o’quv dasturi”, Toshkent 2017-y. 2. M.I. Nuriddinova “Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi”, Toshkent-2005 y. 3. A. Bahramov, Sh. Sharipova “Tabiatshunoslik” (3-sinflar uchun darslik), Toshkent- 2016 y. Internet saytlar: 4. www.ziyonet.uz 5. www.edu.uz 6. www.pedagog.uz http://fayllar.org Download 35.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling