1 oraliq nazorat savollari
Download 25.14 Kb.
|
1-oraliq nazorat savollari (1)
1 - ORALIQ NAZORAT SAVOLLARI. Falsafaning tadqiqot ob’ekti va predmetini ta’riflab bering. Dialektika ta’limoti va uning muqobillarini tushuntirib bering. Dunyoqarashning mohiyati, uning intellektual, emotsional va ruhiy asoslarini tushuntiring. Qonun tushunchasi va qonunlarning turlari haqida ma’lumot bering. Dunyoqarashning tarixiy shakllariga izoh bering. Falsafa fanida dialektikaning asosiy qonunlarini ta’riflang. Falsafaning jamiyat hayotidagi roli va asosiy funksiyalari qanday? Miqdor va sifat o‘zgarishlarining o‘zaro o‘tish qonunining mohiyatini tushuntiring. Qadimgi SHarq mamlakatlarida ilk falsafiy fikrlarning vujudga kelishi va rivojlanishini tushuntiring. Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi (dialektik ziddiyatlilik) qonunining mohiyati qanday? Antik YUnoniston va Rim falsafasi rivojining asosiy bosqichlari va o‘ziga xos xususiyatlarini izohlang. Inkorni inkor (rivojlanishda vorislik va davomlilik) qonunining mohiyati nimada? O‘rta asrlar G‘arb va SHarq falsafasi rivojlanishining umumiy va o‘ziga xos belgilari nimada? Kategoriya tushunchasi va ularning turlarini qanday ta’riflaysiz? Markaziy Osiyoda falsafiy fikrlar rivojlanishining asosiy bosqichlari va xususiyatlarini tushuntiring. Falsafa kategoriyalarining tasnifini izohlab bering. YAngi davr falsafasidagi asosiy muammolar haqida ma’lumot bering. Inson borlig‘i va uning o‘ziga xos xususiyatlarini qanday tushunasiz? Eng yangi davr (XX – XXI asr) falsafasini qanday yo‘nalishlarda tahlil qilamiz? Falsafada ong va ruhiyat muammosi qanday ma’noga ega? Borliq – falsafaning predmeti va kategoriyasi ekanligini tushuntiring. Ontologiya nima? Ongning strukturasi va funksiyalarini tushuntiring. Borliq shakllari haqida ma’lumot bering. Falsafada ong va ongsizlik muammosi xususida qanday qarashlar mavjud? Olamning paydo bo‘lishi va evolyusiyasini qanday tushuntirasiz? Bilishning mazmun va mohiyatini izohlab bering. Falsafada borliq va substansiya muammosi qanday ma’noga ega? Inson bilishining asosiy shakllari, bosqichlari va darajalarini qanday tushunasiz? Materiya kategoriyasi va uning falsafiy mohiyati qanday? Xissiy darajadagi bilim va uning shakllarini tushuntiring. Materiya shakllarining turli-tumanligi va materiyaning tashkil topish darajalari to‘g‘risida hozirgi zamon fan ma’lumotlari qanday? Tafakkur va uning asosiy shakllarini tushuntiring. Makon va vaqt – borliqning mavjudlik shakllari. Falsafada makon va vaqt kategoriyalari talqini, ularning umumiy va o‘ziga xos xossalari qanday? Empirik bilim va uning shakllarini tushuntiring. Harakat – borliqning yashash usuli. Harakat va rivojlanish tushunchalarini, harakatning tiplari va shakllarini qanday izohlaysiz? Nazariy bilim va uning shakllarini tushuntiring. Naturfalsafa nima? Falsafada tabiat tushunchasining mohiyatini ta’riflang. Ilmiy bilishning empirik va nazariy darajalarini, ularning usullarini tushuntiring. Ijtimoiy rivojlanish va geografik muhitning o‘zaro aloqadorligi qanday? Falsafada haqiqat tushunchasi, haqiqatning asosiy shakllari haqida ma’lumot bering. Ekologiya muammosining falsafiy ma’nosini qanday tushunasiz? Ekologiya, ijtimoiy ekologiya, koevolyusiya tushunchalarini ta’riflang. Amaliyot tushunchasini ta’riflang. Haqiqatni bilishda amaliyotning o‘rni qanday? Jamiyatning axborotlashuvi konsepsiyasi va uning ahamiyatini tushuntiring. SHarq Uyg‘onish davri va falsafasining o‘ziga xos muhim jihatlarini qanday izohlaysiz? Qadimgi Markaziy Osiyoda falsafiy qarashlar. Zardushtiylik va “Avesto”da qanday falsafiy g‘oyalar o‘z ifodasini topgan? Bilish va amaliyotning o‘zaro nisbati qanday? Amaliyotning tarkibiy qismlarini bayon qiling. So‘fizm (tasavvuf) falsafasi va uning asosiy g‘oyalari to‘g‘risida ma’lumot bering. Germenevtika nima? Tushunish va tushuntirish haqidagi falsafiy konsepsiyaning mohiyatini tushuntiring. Falsafa fanining predmeti va uning umumnazariy sohalarini bayon qiling. Bilish faoliyat turi sifatida qanday ma’noga ega? Bilishda sub’ekt va ob’ektning o‘zaro aloqasini tushuntiring. YAngi davr falsafasining shakllanishi va rivojlanishida ijtimoiy-siyosiy sharoit va uning o‘ziga xos xususiyatlari qanday? Qonun tushunchasini ta’riflang va falsafa qonunlarining asosiy shakllarini bayon qiling. Antik yunon falsafasi va uning asosiy maktab va mutafakkirlari haqida ma’lumot bering. Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi (dialektik ziddiyatlilik) qonunining mohiyatini tushuntiring. XX asr G‘arb falsafasi rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari va ta’limotlari haqida ma’lumot bering. Miqdor va sifat o‘zgarishlarining o‘zaro o‘tish qonunining ma’nosi qanday? Qadimgi Hindiston va Xitoy falsafasi haqida ma’lumot bering. Inkorni inkor (rivojlanishda vorislik va davomlilik) qonunining mohiyati qanday? Falsafaning asosiy masalalari va falsafiy bilimning tuzilishini bayon qiling. Falsafa kategoriyalarining tasnifini tushuntiring. Download 25.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling