1-oraliq nazorat topshirig’I: davlat (hudud)ning investitsiya muhitini baholash topshiriq shartlari
Download 19.84 Kb.
|
yaponiya 1 topshiriq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mehnat salohiyati;
- Ishlab chiqarish salohiyati;
- Iste’mol salohiyati;
- Innovatsion salohiyat;
- Moliyaviy salohiyat.
1-ORALIQ NAZORAT TOPSHIRIG’I: DAVLAT (HUDUD)NING INVESTITSIYA MUHITINI BAHOLASH Topshiriq shartlari: Har bir talaba o’ziga ajratilgan davlatning investitsiya salohiyatini o’rganadi: Tabiiy resurs salohiyati; Yapon orollari yoyi g'arbiy Tinch okean geosinklinal mintaqasi tarkibiga kiradi. Fossa-Magna kundalang siniklar zonasi Yaponiya hududini tuzilishi jihatidan o'zaro farq qiluvchi ikki bo'lakka bo'lib turadi. Xokkaydo oroli va Xonsyu orolining shimoliy qismi paleozoy-mezozoy qatlamlaridan tuzilgan. Yaponiya hududi kuchli seysmik zonada joylashgan (1855,1891 1897 va 1923 yillarda falokatli zilzilalar bo'lgan). Yaponiyadagi 150 ta vulkandan 40 tachasi so'nmagan. Vulkanli rayonlarda mineral va termal buloqlar ko'p. Foydali qazilmalardan ko'mir, temir rudasi, oltingugurt, marganes, qo'rg'oshin, rux, mis rudalari, neft, xromit, oltin, kumush va simob konlari bor. Mehnat salohiyati; Qishloq xo'jaligining ixtisoslashuvi jihatidan Yaponiya boshqa rivojlangan kapitalistik mamlakatlardan ancha farq qiladi. Bu mamlakat dehqonchilik mamlakati: dehqonchilik mahsulotining qiymati chorvachilik mahsulotining qiymatidan ikki barobar ortiq. Biroq chorvachilik (ayniqsa, shahar atrofida sut chorvachiligi tez rivojlanmoqda). Intensiv dehqonchilik yuqori hosil beradi. Har yili olinadigan hosil garchi ekin maydoni o'zgarmagan bo'lsada, keyingi yillarda ancha oshdi. Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi yuqori darajada mexanizasiyalashgan. Shu bilan birga Yaponiya sanoati tabiiy sharoitning o'ziga xos xususiyatini hisobga olib, maxsus kichik hajmli mashinalar («Kichik mexanizasiya») ishlab chiqarmoqda. Yaponiyaning asosiy ekini - sholi. Sholi barcha ekin maydonining yarmidan ortig'ini band qilgan. Sholi hamma yerda asosan sugoriladigan yerlarda, biroq tovar mahsulotining katta qismi Xonsyu orolining markaziy hamda janubiy rayonlarida yetishtiriladi. Xonsyuning shimolida va Xokkaydoda bo'g'doy, javdar va arpa eqiladi, biroq yetishtiriladigan don mamlakat ehtiyojini qondira olmaydi. Shaharlar atrofida sabzavot va mevalar yetishtiriladi. Texnika ekinlari - qand lavlagi, soya, tamaki, choy ham katta ahamiyatga ega. Ishlab chiqarish salohiyati; Yaponiyaning yokilgi xom ashyo bazasi juda cheklangan. Ko'mir resursi mamlakat ehtiyojining yarmiga yaqinini ta'minlaydi, kokslanuvchi yaxshi ko'mir juda oz. Yaponiya bir yilda kazib oladigan neft AQSHda yarim kunda kazib chiqariladi, temir va marganes rudalari kam, boksit va ko'pgina boshqa mineral xom ashyolar butunlay yo'q Energiyaning 4/5 qismi chetdan keltiriladigan xom ashyodan ishlab chiqarilishiga qaramay, mamlakatda yuqori darajada rivojlangan energetika xo'jaligi bor. Chetdan keltiriladigan neft asosida neftni qayta ishlovchi va neft-kimyosi sanoati o'sib chiqdi. Bu sanoat korxonalari Xonsyu va Kyusyu orollarining urbanizasiyalashgan polosasidagi shaharlarda joylashgan. Elektr energiyasi ishlab chiqarish tez o'smoqda. Yaqin vaqtlargacha elektr energiyasining asosiy qismini Xonsyu orolidagi tog' daryolariga qurilgan ko'pdan-ko'p GESlar berar edi. Keyingi vaqtlarda sharqiy sohildagi shaharlarda chetdan keltiriladigan yoqilg'i bilan ishlaydigan qudratli IESlar qurildi. Hozir ham bu stansiyalar Yaponiyada ishlab chiqariladigan elektr energiyasining deyarli 4/5 qismini bermoqda. AESlari tobora katta ahamiyat kasb etmoqda. Yaponiya og'ir sanoatining yetakchi tarmog'i mashinasozlik. Transport mashinasozligi, stanoksozlik, elektrotexnika buyumlari, elektron mashinalar, tibbiyot apparaturalari hamda to'qimachilik va oziq-ovqat sanoatlari uchun jihozlar ishlab chiqarish, ayniqsa, keng rivojlangan Iste’mol salohiyati; Chorvachilik rivojlanmagan, chunki yaponlar go‘sht va sut mahsulotlarini kam iste’mol qiladilar. So'nggi paytlarda yapon dietasining tuzilishi o'zgardi, bu esa chorvachilik mahsulotlariga bo'lgan talabning oshishiga olib keladi. Chorvachilik jadal rivojlanmoqda. Goʻsht yetishtirish 4 million tonnaga yaqin, sut esa 8 million tonnani tashkil etadi. Yaponiyada chorvachilikning o'ziga xos xususiyati o'ziga xos ozuqa bazasining etishmasligidir. Oziq-ovqatning muhim qismi import qilinadi. O'z ishlab chiqarishi chorvachilik ozuqa ehtiyojlarining 1/3 qismidan ko'p bo'lmagan qismini ta'minlaydi. Yaponiya qishloq xo'jaligi mamlakatni faqat 3/4 qismini oziq-ovqat bilan ta'minlaydi. Yaponiya dengiz mahsulotlari ishlab chiqarish bo'yicha dunyoda birinchi o'rinda turadi. Bu okean, dengiz va qirg'oqbo'yi baliqchilikni muvozanatli boshqarish, chuchuk suvlarda intensiv baliq etishtirish tufayli mumkin bo'ldi. Yaponiyada okean va dengiz baliq ovlash 8 million tonna darajasida saqlanadi.Sohilda baliq ovlash yiliga 2 million tonna baliq beradi. 200 ming tonnadan ortiq. har yili ichki suvlarda baliq yetishtirishdan olinadi. Innovatsion salohiyat; Yaponiya — innovatsiyalar sohasida ancha ilgarilab ketganini 32 ta kompaniyasi Top-100 ga kirganidan ham bilsa bo‘ladi. Robototexnika, axborot texnologiyalari va boshqa ko‘plab sohalarda yaponlarga yetadigani yo‘q. Hech mubolag‘asiz «yapon» so‘zining o‘zi «innovatsiyalar» sinonimiga aylandi. Moliyaviy salohiyat. Eksport va import amaliyotlari o‘rtasidagi farqni ko‘rsatuvchi tashqi savdo saldosi 4,69 trillion iyen (43,4 milliard dollar)ni tashkil etgan. Yaponiyaning AQShga nisbatan profitsiti 8,2 foizga qisqarib, 6,63 trln iyen (61,3 milliard dollar)dan iborat bo‘lgan. Eksport 3,5 foizga qisqarib, 71,52 trillion iyen (662,2 milliard dollar) bo‘lgan. Import 10,2 foizga yoki 61,52 trillion iyen (569,6 milliard dollar)gacha qisqargan. Profitsitning asosiy sabablaridan biri sifatida iyen kursining mustahkamlanishi ko‘rsatilmoqda. Download 19.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling