1. Organik kimyo faniga ta’rif bering. Organik kimyo
Download 301.29 Kb. Pdf ko'rish
|
1-maruza
1. Organik kimyo faniga ta’rif bering. Organik kimyo – kimyoning katta va mustaqil bo‘limi bo‘lib, bu fan uglevodorodlar va ularning hosilalarining tuzilishi, olinish usullari, xossalari, amaliy foydalanish imkoniyatlarini o‘rganadi.
1.2 Organik kimyo fani uglerod va vodorod birikmalarini, ya’ni uglevodorodlar va
ularning xosilalarini urganadigan fandir.
Organik birikmalarning tarkibiga D. I. Mendeleyev davriy sistemasidagi boshqa elementlar ham kirishi mumkin. Organik moddalarning hammasi uglerod atomiga ega, shu sababli ular bir-biriga o`xshash va ularni sintezlash yo`llari ishlab chiqilishiga qaramasdan umumiy ≪organik ≫ nomi qullanilib kelmoqda. Anorganik va organik moddalar urtasida keskin chegara yuk. Masalan, potash va marmar karbonat kislotasining xosilalari bulib, anorganik moddalarga kiradi. Karbonat kislotasi esa tipik organik birikma metanning oksidlanishidan xosil bo`ladi. Ikkala fan chegarasida soda, uglerod ( IV) — sulfid, mochevina, uglerod oksidi va boshqa moddalar yotadi.
Organik birikmalar odamlarga qadimdan ma’lum bulib, ular o`simliklardan toza xolda etil spirtni, sirka kislotani, ba’zi bir bo`yoqlarni ajratib olishni bilganlar. Keyinchalik odamlar sovun pishirish, matolarni bo`yash jarayonini va boshqalarni o`rganganlar. Lekin ajratib olingan organik moddalar aralashma xolida bulgan. Organik moddalar faqat XVIII asrning oxiridagina sof xolda, masalan, mochevina, vino, olma va limon kislotalari olinganlar
Organik moddalarning kimyoviy tuzilish nazariyasining moxiyati quyidagilardan iborat: 1. Moddalar molekulasida atomlar bir - biri bilan ma’lum izchillikda o`z valentliklariga mos ravishda bog`langan. Atomlarning molekulalarda bir - biri bilan bog`lanish tartibi kimyoviy tuzilish deyiladi. 2. Moddalarning kimyoviy xossalari faqatgina modda molekulasi tarkibiga kiruvchi atomlarning xossalariga va miqdoriga bog`liq bo`lmasdan shu atomlarning molekulada o`zaro bog`lanish tartibiga ham bog`liq, bo`ladi, ya’ni moddalarning kimyoviy xossalari ularning tuzilishiga ham bog`liq bo`ladi. Bir xil tarkibli moddalarning tuzilishi xar xil bo`lishi izomeriya xodisasini yuzaga keltiradi. Demak molekulasining tarkibi va molekular massasi bir xil bo`lgan, lekin kimyoviy tuzilishi va xossalari xar xil bulgan moddalar izomerlar (grek- cha izos — teng, meros — qism ma’nosida) deyiladi. 3. Molekulaning reaksion qobiliyati uning tarkibiga kiruvchi atomlar yoki atomlar gruppasining o`zaro ta’siriga bog`liq. Bevosita bog`langan atomlar bir-biriga kuchli, bevosita bog`lanmaganlari esa kuchsiz ta’sir ko`rsatadi. 4. Reaksiyalarda moddalarning ayrim qismlari o`zgarganligi sababli moddaning kimyoviy xossalarini o`rganish yo`li bilan uning tuzilishini aniqlash mumkin va aksincha, tuzilishini bilgan xolda uning kimyoviy xossalarini oldindan bilish mumkin.
5. Uglerod atomi doimo to`rt valentli bo`lib, u o`zaro birikib to`g`ri va tarmoqlangan zanjirlar, xalqalar xosil qilishi, boshqa atomlar bilan birikishi mumkin. Moddani xossasini, tuzilishini aks ettiradigan m a’lum formula bilan ifodalash mumkin. Download 301.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling