1. Орол денгизининг қуриб бориш сабабларини кўрсатинг! Орол денгизининг ҳозирги ҳолати қандай?


Download 14.54 Kb.
Sana05.11.2020
Hajmi14.54 Kb.
#141285
Bog'liq
Orol dengizi


Savollar

1. Орол денгизининг қуриб бориш сабабларини кўрсатинг!

2. Орол денгизининг ҳозирги ҳолати қандай?

3. Орол денгизини сақлаб қолиш юзасидан олиб борилаётган чора-тадбирларни айтиб ўтинг.

4. Орол денгизини сақлаб қолиш юзасидан ҳалқаро ташкилотларнинг амалий ишларини айтинг.

5. Орол денгизи ва унинг атрофидаги ижтимоий-экологик вазият қандай?

6. Орол денгизи қуриган қисмининг табиий шароити тўғрисида нималарни биласиз?

7. Оролденгизиниинқирозиданқутилишнинг қандай йўлларини белгилаш мумкин?

8. Оролбўйи аҳолисини ичимлик суви, тиббий хизматлар билан таминланиши қандай?

9. Оролбўйидаги вазиятни ўсимлик ва ҳайвонот дўнёсига таъсирини тушунтиринг?

10. Оролденгизи қуришиданкелибчиқадиган экологик сабоқларга нималарни айтиш мумкин?

11.Республикадаги табиий ёдгорликлар уларнинг аҳамияти.

12Манзарали ўсимликларнинг кўкаламзорлаштириш ишларидаги ўрни.

13. Ботаника боғи унинг ўсимликлар дунёсини муҳофаза қилишдаги роли.

14. Экотуризмнинг шаклланиши ва унинг ривожланишида олиб борилаётган ишлар.

1. Orol – Er yuzidagi dengiz va okeanlar bilan bog'lanmagan eng ulkan ko'l, ya'ni suv xavzalaridan biridir. Eldoshimiz Аbu Rayxon Beruniyning yozishicha: “Turon zaminidagi eng katta Qora va Qizilqum saxrolari qachonlardir, baxri ummon ostida bo'lgan”. Buning isboti shuki, o'tgan million yillar davomida turli geologik jarayonlar oqibatida, baxri ummon (okean, - K.N.) suvlari shimoliy-g'arbiy tomonlari chekinib, Hazor (Kaspiy) dengizi, so'ngra esa Orol ko'li paydo bo'lgan. O'sha davrda Orol dengizi Tuyamo'yin darasidan Sulton Uvays tog'i, Shimoliy Qoraqum va Ustyurt xududlarini egallab turgan. Boshqacha qilib aytganda, hozirgi Xorazm vohasi 15-170 ming yillar avval, “Katta ko'llar o'lkasi” (Sho'rko'l), Go'vik, Аbul, Korpz, Mizon, Okchaxon, Sariqamish va b.) dan iborat bo'lgan. Buni Uch o'jok, Ustyurt va Orolni o'rab turgan qoya tepalik va qirg'oqdagi suv qoldirgan geomorfologik chiziq izlari ham isbotlab turibdi.

2. 1960-1965 yillarga qarganada, Orol dengizining suv sathi 22 metrga pastlashdi, egallab turgan suv maydoni 3,8 martaga kichraydi. 1960 yillarda Orol dengizidagi suv hajmi 1064 km3 bo'lgan bo'lsa, hozirgi paytda suv hajmi bor-yo'g'i 115 km3 ga tushdi. Suvdagi tuz miqdori ko'payib bir metrida 80-280 grammgacha etdi. Bir paytlar katta hudud suv bilan to'la bo'lganda g'arbiy-shimoliy tomonlardan kelayotgan sovuq havoni o'z maydonida isitib respublikaga o'tkazar edi. Bugun ana shunday shimol maydonidan mahrum bo'lindi. Qish paytlari Orol dengizi hududidan chiqadigan bug'lar shimol va g'arbdan keladigan sovuq havo bilan aralashib haroratni bir necha 0S ga isitar edi. Bugun Orolning 5,5 mln gektardan ziyod (bir vaqtlar zilol suvlar to'lib turgan) maydoni qum va tuzlar qancha joylarga zarar keltirmoqda. Orolning qurigan, suvsiz qolgan tubi 5,5 mln gektar. Respublikaning 30 mln aholisini oziq-ovqat bilan ta'minlash uchun foydalaniladigan sug'oriladigan erlar hajmi 4,3 mln gektardan ziyodroqdir. 5,5 mln gektardan ziyod Orolning qurigan tubidan bugun chang va tuzlar uchib yotmoqda, bularni taqqoslash juda qiyin.

3. O'zbekiston Respublikasi tomonidan xilma-xillikni saqlash, ko'chib yuruvchi yovvoyi hayvonlar turlarini muhofaza qilish bo'yicha Konvensiya, xavfli chiqindilarni chegaralar orqali o'tish va ularni yo'q qilish bo'yicha nazorat haqidagi Bazel' Konvensiyasi, ozon qatlamini muhofaza qilish haqidagi Vena Konvensiyasi va ozon qatlamini buzuvchi moddalar haqida protokol va unga tuzatishlar, yo'qolib borayotgan yovvoyi flora va fauna turlari bilan xalqaro savdo qilish haqidagi Konvensiya bo'yicha belgilangan majburiyatlarini bajarmoqda. Jumladan, BMT ning Taraqqiyot Dasturi (PROON) bilan hamkorlikda va GEF ishtirokida bioxilma-xillikni muhofaza qilish va suvli-botqoq joylarda ularni qo'llash maqsadida aniqlash ishlari olib borilmoqda. Undan tashqari respublikamizda noyob jonivorlarni saqlab qolish bo'yicha katta loyihalar (xalqaro tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari ishtirokida) amalga oshirilmoqda. Qoraqalpog'iston Respublikasi qishloq va suv xo'jaligi vazirligi bilan Germaniyaning O'zbekistondagi texnik hamkorlik jamiyatining loyihasi asosida Orolning qurigan tubida 2000-2006 yillarda 8000 ga yaqin maydonda saksovulzor barpo etish ishlari 30450 ga qilib bajarildi.

4. Orol mintaqasida ekologik muhitni yaxshilash maqsadida Global ekologik fondi loyihasining 200-2008 yillarda mo'ljallangan loyihasi asosida 10000 ga yaqin maydonda saksovulzor barpo etish belgilangan bo'lib, hozirgi kunda esa ushbu loyiha asosida 17211 ga yaqin maydonda

saksovulzor barpo etish ishlari amalga oshirildi.

Respublikasining o'rmon xo'jaliklari tomonidan Orolni qurigan tubida 2005 yilda 20678 ga, 2006 yilda 14962 ga, 2007 yilda esa 16000 ga maydonda saksovulzorlar barpo etildi.

Tabiatimizni asrash uni muhofaza qilish, tabiatdan oqilona foydalanish va jamiyatda ekologik madaniyat va ekologik ongni rivojlantirish nafaqat tabiatni muhofaza qilish organlari ishi, balki shu zaminda yashayotgan har bir insonning burchidir.

Orol dengizi xavfining oldini olish uchun shu kungacha yagona ilmiy, huquqiy, moliyaviy va texnologik baza ishlab chiqilmagan. Orol atrofidagi axoli dengizning qurib borishidan ruxiy, moddiy, ma'naviy, iqtisodiy va ekologik jixatlardan azoblanmoqda.

5. O’rta Osiyoda yangi yerlarning o’zlashtirilishi, Amudaryo va Sirdaryo suvlarini sug’orishga ishlatishdan oqimning keskin kamayishi, suv va suv resurslaridan oqilona foydalanmaslik sababli yer sharidagi yirik suv havzalaridan birining qurib borishiga sharoit yaratildi va uning taqdirini hal qilib qo’ydi. So’ngra oltmish yil ichida Orol dengizi maydoni besh barobardan ko’proq qisqardi, suv hajimi esa o’n martaga kamaydi va minerallashuvi shuncha miqdorda oshib ketdi. Dengizning qurib borishi natijasida nafaqat Orolbo’yi hududida oldingi gidromorfik sharoitda rivojlangan tabiat komplekslari hozirda avtomorf sharoitda rivojlanib, katta maydonlarda cho’llanish jarayoni sodir bo’lmoqda va tabiiy geografik sharoitning o’zgarishiga, ijtimoiy ekologik vaziyatning og’irlashishiga olib kelmoqda.

6. Sudoche ko’lining tiklanishi, Orol bo’yi ekologik vaziyatini sog’lomlashtirish bo’yicha kompleks ishlarni amalga oshirishga turtki berdi. Jumladan, “Uzgidromeliovodxoz” “Amudaryo deltasida kichik mahalliy suv havzalarini qurish bo’yicha texnik-iqtisodiy asoslash” loyihasini tuzdi. Bu loyiha Amudaryo deltasida yangi ob’ektlar qurishni o’z ichiga oladi. Bu loyihani amalga oshirish Orol dengizi qirg’oq zonasida har xil kattalikdagi suv havzalarini yaratishni ko’zdi tutadi. Undan keyingi zona saksovul va butalar ekilgan fitimelioratsiya zonasi.Bu “Yashil himoya zona”lari va boshqariladigan kichik suv havzalari –Vetlandlar va madaniy landshaftlar cho’llanish jarayonining oldini olish, mikroiqlim yaratish va imkoniyati boricha Amudaryo deltasida tabiiy resurslarni tiklash va chang-tuz bo’ronlarining kuchini kamaytirish, ko’p harakatdagi qumlarni to’xtatish uchun yaratiladi.

Hozirgi vaqtda Qoraqalpog’istonda 3 ta suv havzalari tashkil etilgan, qaysikim ular yuqorida aytilganidek, mahalliy tabiiy sharoitini yaxshilashda, o’ziga xos mikroiqlimni hosil qilishda muhim rol o’ynaydi.

7. Mutaxasislarning fikriga ko'ra, suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni ta'minlashda avvalam bor suv resurslaridan, ayniqsa aholi o'rtasida ichimlik suvidan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan tushuntirishlar olib borishda keng jamoatchilikni jalb etish, targ'ibot va tashviqot ishlarini yanada jonlantirish lozim. Shuningdek, mintaqada mavjud suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishda Markaziy Osiyo mamlakatlari o'zaro hamkorlikdagi maqsadga yo'naltirilgan ekologik siyosat va ilmiy, huquqiy, moliyaviy hamda texnologik bazasini mukammal rivojlantirishlari zarur bo'ldi.

8. Orol bo'yidagi aholiga amaliy yordam ko'rsatish, qo'shimcha ish joylarini ko'paytirish, ularni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qo'llab quvvatlash, hududlarni tuz va chang-to'zonlardan himoya qilish maqsadida Orol dengizining qurigan tubida saksovul, cherkez va boshqa o'simliklarni ekish o'simlik va hayvonot olamini tiklash, gidrotexnik inshootlarning barqaror ishlashini ta'minlash, baliqchilikni tiklash va dengiz qirg'oqlari bo'yida lokal' suv havzalari barpo etish borasidagi loyihalarni amalga oshirilishiga to'la-to'kis erishish.

9. Orol dengizining qurishi natijasida mahsuldorligi yiliga 45 ming tonnagacha ovlangan baliqchilik sanoati, tub aholining doimiy hayot manbai bo'lgan ovchilik va mo'ynachilik sohalari inqirozga uchradi.Аmudaryo quyi qismidagi o'simlik dunyosi siyraklashdi, ba'zi o'simlik turlari umuman yo'qolib ketdi, yoki yo'q bo'lish arafasiga kelib qoldi. Daryo qirg'oqbo'yi to'qayzorlari qisqarib ketdi, bu esa o'z navbatida hayvonot dunyosiga ham salbiy ta'sir o'tkazmoqda.

Noyob va kamayib borayotgan hayvon va o'simlik turlarini saqlash maqsadida 2006 yilda nashr etilgan Qizil kitobida o'simliklarning 305 turi (1983 yilda 163 turni, 2003 yilgi nashrda 301 tur) va hayvonlarning 184 turi (1984 yil 63 tur, 2003 yilgi nashrda 184 tur) kiritilgan.

10. Аkademik F.N.Rusanov nomidagi Botanika bog'i 1922yilda tashkil etilgan. Umumiy maydoni 8 ga O'rta Osiyo Davlat Universitetiga tegishli bo'lgan. 1944 yildan Fanlar Аkademiyasi tasaruffida. 1953 yilda yangi 80 getarlik maydonga ko'chirilgan. 1968 yildan ilmiy-tadqiqot instituti maqomida ish yuritadi. 5-ta laboratoriyaga ega: boshqa erlik dendroflora iqlimlashtirishi , mahalliy flora iqlimlashtirishi va noyob, yo'qolib borayotgan o'simliklarni muhofaza qilish, gulli dekorativ assortimentlar iqlimlashtirishi, tibbiyot va sanoat botanikasi. 6000 dan ortiq o'simlik turlari mavjud. Botanika bog'ining asosiy bo'lagi dendropark hisoblanadi. Dendrofloraning to'plami 2500 turni, shu jumladan 170 nina bargli, 2200 o'tli turlardan iborat.

Botanika bog'i tomonidan florani iqlimlashtirish ham O'zbekiston ham boshqa mintaqalar bo'yicha yuqori darajada ilmiy tajriba to'plangan. Markaziy Osiyo hududidan introduksion tadqiqot uchun 41 oilaga mansub 2000 o'simlik turi jalb etilgan.

O'simliklar flogeniyasini o'rganish bo'yicha ilmiy ishlar olib borilgan va olib borilmoqda. So'nggi 20 yil mobaynida izchil ravishda shifobaxsh o'simliklar o'rganilib kelingan (ham mahalliy, ham boshqa erlarda o'sadigan) Markaziy Osiyoning endemi, noyob va yo'qolib borayotgan o'simlik turlariga alohida e'tibor berilmoqda.

11. Davlat tabiat yodgorliklari juda oz bo'lib (o'rtacha 35 km2) muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarning barcha maydonining 0,1 % ini tashkil etib, tabiatni muhofaza qilish, o'rmon bo'yicha Davlat Qo'mitalari va boshqalarga bo'ysunadi.

Respublikamiz hududlarida bir nechta tabiiy yodgorliklar tashkil etilgan.

Buxoro viloyatida «Vardanzi» tabiat yodgorligi 1997 yilda 320 gektar maydonda bu erdagi o'ziga xossaksovulzorlarni va hayvonot dunyosini hamda ushbu hududda joylashgan XXV-XVI asr-ga taalluqli shahzoda Shopur saroyini saqlab qolish va muhofaza etish maqsadida tashkil etilgan.

Namangan viloyatida muhofaza etiladigan hududlarni tashkil etish orqali atrof muhitni asl holida asrab-avaylashga ham alohida e'tibor qaratilayotir. Jumladan, 1991 yilda cho'lekotizimini va Oqqum cho'li qumlari qoldiqlarini saqlab qolish maqsadida Mingbuloq tabiiy yodgorligi tashkil etilgan. Shuningdek 1994 yilda vujudga kelgan Chust tabiiy yodgorligi faoliyati esa cho'ldagi tabiiy majmualarni, sudralib yuruvchilarning ushbu hududiga xoslarni saqlab qolishgayo'naltirilgandir. Ushbu tabiiy yodgorlik hududida daraxtlarning 5 turi, 24 turdagi butalar, 10 xil yarimbutalar, 98 xildagi ko'p yillik o'simliklar, 160 xildagi boshqao'simliklar o'sadi. Bu erda oq va qora saksovulni, qandimni, cherkez, cho'l uzumi, astragal va boshqa o'simliklarni uchratishingiz mumkin.

12. Manzarali o'simliklar. Respublikamizda o'zining go'zal tabiati bilan asrlar davomida o'zining asl tabiiy manzarasini saqlab kelayotgan shahar, qishloq va tog'- adirlar juda ko'plab topiladi. Samarqand shahriningo'zida ko'p sonli tabiatga mos o'simliklar bilan keltirilgan takrorlanmas turli hil daraxtlar o'sib rivojlanmoqda. Shuningdek Toshkent shahrida 220 xildan ortiq manzarali daraxt va butalar o'smoqda. Bugungi kunda baland daraxtlardan – zarang, eman, qayrag'och, chinor, terak, kashtan, katal'pa, gledichiya, akasiya, qarag'ay; gullovchi butalardan -forzisiya, nastarin, yapon noki, suriya atirguli, bagryanik, Vangutta spireyasi, deysiya, buddleya; ekzotik floradan - o'tkir bargi zarang, Аmerika shumtoli, yapon saforasi, shamshod, sarv kabi o'nlab turlari poytaxtimizning ko'rkiga-ko'rk qo'shib turibdi. O'zlarining bizga etkazib berayotgan kislorodi bilan qimmatbaho hisoblanadi.

13. Botanika bog'lari ularning tashkil etilishi va ahamiyati. Аkademik F.N.Rusanov nomidagi Botanika bog'i 1922 yilda tashkil etilgan. Umumiy maydoni 8 ga O'rta Osiyo Davlat Universitetiga tegishli bo'lgan. 1944 yildan Fanlar Аkademiyasi tasaruffida. 1953 yilda yangi 80 getarlik maydonga ko'chirilgan. 1968 yildan ilmiy-tadqiqot instituti maqomida ish yuritadi. 5-ta laboratoriyaga ega: boshqa erlik dendroflora iqlimlashtirishi , mahalliy flora iqlimlashtirishi va noyob, yo'qolib borayotgan o'simliklarni muhofaza qilish, gulli dekorativ assortimentlar iqlimlashtirishi, tibbiyot va sanoat botanikasi. 6000 dan ortiq o'simlik turlari mavjud. Botanika bog'ining asosiy bo'lagi dendropark hisoblanadi. Dendrofloraning to'plami 2500 turni, shu jumladan 170 nina bargli, 2200 o'tli turlardan iborat.

Botanika bog'i tomonidan florani iqlimlashtirish ham O'zbekiston ham boshqa mintaqalar bo'yicha yuqori darajada ilmiy tajriba to'plangan. Markaziy Osiyo hududidan introduksion tadqiqot uchun 41 oilaga mansub 2000 o'simlik turi jalb etilgan.



14. O'zbekiston o'zining bir-biridan keskin farqqiluvchi tabiiy xilma-xilligi qorli purviqor tog'lari, sersuv daryolariyu poyonsiz cho'l-dashtlari bilan kishini maftun etuvchi jannatmakon diyordir. Uning asosiy hududini Turon tekisliklari egallagan.

O'zbekistonning dengiz sathidan hisoblaganda eng yuqori nuqtasi – Xisor tog' tizmasidagi Xazrati Sulton (4643 metr) tog' cho'qqisi, eng pastlikdagi nuqtasi (dengiz sathidan12 metr pastlikda) - Markaziy Qizilqumdagi Mingbuloq botig'idir. O'zbekiston tabiatining kishini hayratga soladigan tomoni shundaki, Olloh nazari tushgan ushbu diyorda agar vaqt jihatdan ulgursangiz bir kunning o'zida yilning to'rtfaslini ko'rishingiz mumkin. Misol uchun, sentyabrning uzundan-uzoq quyoshli kunlaridapoyonsiz tekisliklarda yozning jaziramasiga duch kelasiz, tongda va kechki paytlari kuzning salqin shabadasi yuzingizni silaydi, tog' yonbag'irlari va soyliklarda bahor tarovati qalbingizga bir olam orom bag'ishlaydi, baland tog' cho'qqilariga chiqsangiz, qishning qorli-muzli damlari sizni «iliq» kutib oladi. Аna shunday betakror tabiatli diyordauzoq o'tmishda jahon sivilizasiyasining dastlabki o'choqlari vujudga kelgan desak, aslomubolag'a bo'lmaydi. O'zbekiston hududidagi Buyuk ipak yo'lida joylashgan butun dunyogamashhur qadim shaharlar «Sharq uyg'onish davri»ning timsoli sifatida fan, madaniyat,san'at, me'morchilik va hunarmandchilik gullab-yashnagan markazlar hisoblangan. Shuninguchun ham bugun mamlakatimizning betakror tarixiy va tabiiy yodgorliklariga butun dunyoda qiziqish tobora ortib bormoqda. Аyni paytda respublikada umumiy maydoni 2 million gektardan ziyod 11 ta muhofaza etiladigan tabiiy hudud mavjud. Ularning 8 tasi davlat qo'riqxonalari maqomiga ega bo'lib, ular qum-barxanli yo'llardan tortib, gullab-yashnagan vohalarni, daryolar bo'yidagi to'qayzorlardan tortib tog'li vodiylarni qamrab olgan. Qo'riqxonalarning 3 tasi tog' va tog'oldi hududlarida, 2 tasi daryolar bo'yida, qolgan 3 tasi esa cho'l hududlarida joylashgan. Shuningdek, O'zbekistonda ikkita Davlat Milliy bog'i, ikkita tabiiy pitomnik, jumladan «Jayron» ekomarkazi, bi nechta tabiiy yodgorliklar faoliyat ko'rsatmoqda.O'zbekistonning jonli tabiati o'zining biri-biridan ajoyib va g'aroyib ko'rinishlari, rang-barang tabiiy manzaralari, o'simlik va hayvonot dunyosi, yilning mutloq ko'pchilik kunlarida quyosh zarrin nurlarini sochib turishi va qulay iqlimi,biri-birini takrorlamaydigan o'ziga xos maftunkorligi – ko'plab qorlar, muzliklar va ko'llar mavjudpurviqor tog'lar, poyonsizcho'llar, mamlakatimiz xalqlariningo'ta boy madaniy merosi, mazali milliy taomlari, ajoyib yodgorliklar Har yili O'zbekistonga yuz minglab sayyohlarni jalb etayotir
Download 14.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling