1. O`rta umumta'lim maktablarida matematika o’qitishning


Download 73 Kb.
Sana23.01.2020
Hajmi73 Kb.

MATEMATIKA O'QITISH METODIKASI PREDMETI VA FAN SIFATIDA SHAKLLANISH TARIX

REJA:
1.O`rta umumta'lim maktablarida matematika o’qitishning

maqsadi

2.Matematika o’qitish metodikasining boshqa fanlar bilan

aloqasi.

3.Ta'limni isloh qilinishi.
Materaatika so’zi qadimgi grekcha - mathema so’zidan olingan bo’lib, uning ma'nosi «fanlami bilish» demakdir. Matematika fanining o’rganadigan narsasi (ob'ekti) materiyadagi mayjud narsa-larning fazoviy formalari va ular orasidagi tniqdoriy munosabatlardan iborat. Hozlrgi davrda matematika fani shartli ravishda ikkiga ajraladi.

1) elementar matematika, 2) oliy matematika.



Elementar matematika ham mustaqil mazmunga ega bo’lgah fen bo’lib, u oliy matematikaning turli tarmoqlaridan, ya'ni nazariy arifinetikadan, sonlar nazariyasidan, oliy algebradan, matematik analizdan va geometriyaning mantiqiy kursidan olingan elementar ma'himotlar asosiga qurilgandir.

Oliy matematika fani esa real olamnmg fazoviy formalari va ular oraskiagi miqdoriy munosabatlami to’la hanlda chuqur aks ettiruvchi matematik qonuniyatterni topish bilan shu qo’llanadi.

Elementar matematika fani maktab matematika kursining aso-sini tasbkil qiladi. Maktab matematika kursininng maqsadi o’quvchilariga ulaming psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ipatermtik bilimlar sistemasi ma'lum usulda (metodika) orqali o’quv-chilarga etkaziladi. (Metodika so’zi grekcha so’z bo’lib, «yo'l» degan ma'noni beradi). Matematika metodikasi pedagogika va didaktika fanining asosiy bo’limlaridan biri bo’lib, jamiyatimiz taraqqiyoti darajasida ta'lim maqsadlariga mos keluvchi matematikani o’qitish, o’rganjsh qonuniyatlarini o’rganadigan mustaqil fandir. Matematika metodikasi taMim jarayoni bilan bog’liq bo’lgan quyidagi uch savolga javob beradi:

Lnima uchun matematikani o’rganish kerak?

2. Matematikadan nimaiami o’rganish kerak?

3. Matematikani qanday o’rganish kerak?

Matematika metodikasi haqidagi tushuncha birinchi bo’lib shveysariyalik pedagog - matematigi Gieestalotsining 1803 yilda yozgan «Sonni ko’rgazmalio’rganlsh>> asarida bayon qilingan. XVII asrning birinchi yarmidan boshlab matematika o’qitish metodikasiga doir masalalar bilart fus olimlaridan akademik S.E.Gurev (I760-I8I3), XVIII asrning birinchi va ikkinchi yarmidan esa N.I.Lobachevskiy (1792-1856), I.N.Ulyanov (I83I-I886). L.N.Tolstoy (I828-I9IO) va atoqli metodist-matematik SXShoxor-Trotskiy {I853-I923),"A.N;Ostrogradskiy va boshqalar shug’ulandilar va ular matenlatika faniga ilmiy nuqtai-nazardan qarab, uning progressiv asoslarini ishlab chiqdilar. Masalan, A.N.Ostrogradskiy «Ong kuzatishdan keyin paydo bo’ladi, ong real, mavjud olamga asoslangan» deb yozgan edi. Geometriya metodikasidan materiallar (Materiali po metodike geometrii, 1884yil, 84bet.).

Keyinchalik matematika o’qitish metodikasining turli yo’nalishlari bilan N.A.Izvolskiy, V.M.Bradis, S.E.Lyapin, I.K.Andronov, N.A.Glagoleva, I.Ya.Dempman, A.N.Barsukov, S.X Novoselov, A.Ya.Xinchin, N.F.Chetveruxin, A.N.Kolmogorov, A.I.Markushevich, A.I.Fetisov va boshqalar shug’ullandilar.

1970 yildan boshlab maktab matematika kursinijtig mazmuni yangi dastur asosida o’zgartirildi, natijada uni o’qitlsh metodikasi ham ishlab chiqildi. Hozirgi dastur asosida o’qitilayotgan maktab matematika fanining metodikasi bilan professorlardan V.M.Kolyagin, J.Ikromov, R.S Cherkasov, P.M.Erdniev, N.G'aybullaev, T.To’laganov, A.Abduqodirov va boshqa metodist olimlar shug’ullanmoqdalar. Matematika o’qitish metodikasi pedagogika institutlarining III-IV kursiarida o’tiladi. U o’zining tuzilishi xususiyatiga ko’ra shartli ravishda uchga bo’linadi:

1. Matematika o’qitishning umumiy metodikasi. Bu bo’limda matematika fanining maqsadi, mazmuni, formasi, metodlari va uning vositalarining metodik sistemasi, pedagogika, psixologiya qonunlari hamda didaktik prinsiplar asosida ochlb beriladi.

2. Matematika o’qitishning maxsus metodikasi. Bu bo’limda matematika o’qitish umumiy metodikasimng qonun va qoidalarining aniq mavzu materiailariga tadbiq qiiish yo’iiari ko’rsatiladi.

3. Matematika o’qitishning aniq metodikasi.



Bu bo’lim ikki qismdan iborat:

1. Umumiy metodikaning xtisusiy masalalari;

2. Maxsus metodikaning xususiy masalalari.

Masalan, VI sinfda matematika darslarini rejalasihtirMi va uni o’tkazish metodikasi deyilsa, bu umumiy metodikanuig xususiy masalasi bo’lib hisoblanadi.

O`rta umumta'lim maktablarida matematika o’qitishning

maqsadi

O’rta maktablarda matematika o’qitishning maqsadi quyidagi uch omil bilan belgilanadi:

1. Matematika o’qitishning umunita`limiy maqsadi.

2. Matematika o’qitishning tarbiyaviy maqsaidi.

3. Matematika o’qitishning amaliy maqsadi.

- Matematika o’qitishning umumta'limiy maqsadi o’z oldiga quyidagi vazifalarni qo'yadi:

a) o’quvchilarga ma'lum bir dastur asosida matematik bilimlar berish. Bu bilimlar tizimi matematika fani to’g’risida yetarli darajada ma’lumot berish, ulami matematika faninng yuqori bo’limlarini o’rganishga tayyorlashi kerak. Bundan, tashqari dastur asosida1 o’quvchilar o’qish jarayonida olgan bilimlarining ish ishonchli ekanligini tekshira bilidiga o’rganishlari, ya'ni isbotlash va nazorat qilishning asosiy metodlarini egallashlari kerak.



b) o’quvchilarning og’zaki va yozma matematik bilimlarini tarkib toptirish.

Matematikani o’rganish o’quvchilarning o’z ona tillarida xatosiz sd'zlash, o’z fikrini aniq, ravshan va lo’nda qilib bayon eta bilish malakalarini o’zlashtirishlariga yordam berishi kerak. Bu degan so’z o’quvchilarning har bir matematik qoidani o’z ona tillarida to’g’ri gapira olishlariga erishish hamda ularni ana shu qoidaning matematik ifodasini formulalar yordamida to’g’ri yoza olish qobiliyatlarini atroflicha shakllantirish demakdir;

v) o’quvchilami matematik qonmiiyatlar asosida real haqiqat-lami bilishga o’rgatish. Bu yerda o’quvchilarga real olamda yuz

beradigan eng sodda hodisalardan tortib to murakkab hodisalargacha hammasining fazoviy formalari va ular orasidagi miqdoriy munosa-batlami tushunishga imkon beradigan hajmda bilimlar berish ko’zda tutiladi.



Bunday bilimlar berish orqali esa o’quvchilarning fazoviy tasawur qilishlari shakllanadi hamda mantiqiy tafakkur qilishlari yanada rivojlanadi.

Matematika o’qitishning tarbiyaviy maqsadi o’z oldiga quyidagilarni qo’yadi:

  1. o’quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish. Bu g’oya
    bilish nazariyasi asosida amalga oshiriladi.

  2. o’quvchilarda matematikani o’rganistiga bo’lgan qiziqish-
    larni tarbiyalash.

Bizga ma'lumki, matematika darslarida o’quvchilar o’qishning dastlabki kunlaridanoq mustaqil ravishda xulosa chiqarishga o’rganadilar. Ular awalo kuzatishlar natijasida, so’ngra esa mantiqiy tafakkur qilish natijasida xulosa chiqaradilar. Ana shu chiqarilgan xulosalar matematik qonuniyatlar bilan tasdiqlanadi.

Matematika o’qituvchisining vazifasi o’quvchilarda njustaqil mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish bilan birga ularda matematikaning qonuniyatlarini o’rganishga bo’lgan qiziqishlarini tarbiyalashdan iboratdir.

v) o’quvchilarda matematik tafakkumi va matematik madani-yatni shakllantirish. Matematika darslarida o’rganiladigan har bir matematik xulosa qafiylikni talab qiladi, bu esa o’z navbatida juda ko’p matematik tushuncha va qonuniyatlar bilan ifodalanadi. o’quvchilar ana shu qonuniyatlarni bosqichma-bosqich o’rganishlari davomida ularning mantiqiy tafakkur qilishlari rivojlanadi, mate-matik xulosa chiqarish madaniyatlari shakllanadi. o’quvchilarni biror matematik qonuniyatni ifoda qilraoqchi boigan fikrlarni simvolik tilda to’g’ri ifodalay olislilari va aksincha simvolik tilda ifoda qilingan matematik qonuniyatni o’z ona tillarida ifoda qila olishlariga o’rgatish orqali ularda matematik madaniyat shakllantiriladi.

3. Matematika o’qitishning amaliy maqsadi o’z oldiga quyidagi vazifalami qo’yadi:

  1. Matematika kursida olingan nazariy bilimlarni kundalik
    hayotda uchraydigan elementar masalalarni yechishga tadbiq qila
    olishga o’rgatish. Bunda asosan o’quvchilarda nazariy bilimlarni
    amaliyotga bog’lay olish imkoniyatlarinitarkib toptirish, ularda turli
    sonlar va matematik ifodalar ustida amallar bajarish malakalarini
    shakllantirish va ularni mustahkamlash uchun maxsus tuzilgan
    amaliy masalalarni hal qilishga o’rgatiladi.

  2. Matematikani o’qitishda texnik vosita va ko’rgazrnali
    qurollardan foydalanish malakalarini shakllantirish. Bunda o’quvchi-
    larnupg,; riiat^matika darslarida texnika vositalaridan, matematik
    ko’rigazmali qurollar, jadvallar va hisoblash vositalaridan foydalana
    olish malakalari tarkib toptiriladi.

v) o’quvchilarni mustaqil ravishda materaatik bilimlarni egallashga o’rgatish. Bunda asosan o’quvchilarni o’quv darslikla-ridan va ilmiy-ommaviy matematik kitoblardan mustaqil o’qib o’rganish malakalarini shakllantirishdan iboratdir.

Matematika o’qitish metodikasining boshqa fanlar bilan

aloqasi.

|Bizga ma'lumki, Matematika o’qitish metodikasi fani pedago-ii'lti boiimi bo’lib, u matematika fanini o’qitish bilan shug’ullanadi. Matematika o’qitish metpdikasi, matematika fanini o’qitish qonuniyatlarini o’rganish jarayonida pedagogika, mantiq, psixologiya, matematika, lingvistika va falsafa fanlari bilan uzviy aloqada bo’ladi. Boshqacha aytganda, maktabda matematikao’qitish muammolari mantiq, psixologiya, pedagogika, matematika va falsafa fanlari bilan uzviy bog’liqda hal qilinadi. Matematika o’qitish metodikasining metodologik asosi bilish nazariyasiga asoslangandir.

Matematika metodikasi fani matematik ta'limning maqsadi, mazmuni, formasi, uslubi va uning vositalarini dars jarayoniga tadbiqiy qonuniyatlarini o'rganib keladi. Matematika fani fizika. chizmachilik, kimyo va astronomiya fanlari bilan ham uzviy aloqada bo’ladi. Matematika fanining bcshqa fanlar bilan uzviy aloqasi quyidagi ikki yo'1 bilan amalga oshiriladi:

1) Matematika tizimining butunligini buzmagan holda o’qishni fanlarning dasturlarini moslashtirish.

2) Boshqa fanlarda matematika qonunlarini, formulalarini teoremalarni o’rganish bilan bog’liq bo’lgan materiallardan matematika kursida foydalanish.

Hozirgi vaqtda matematika dasturini boshqa fanlar bilan moslashtirish masalasi ancha muvaffaqqiyatli hal qilingan. Masalan, funksiyalar va ularni grafik tasvirlash haqida fizikada foydalaniladigan ba'zi malumotlani o’quvchilar VII sinfdaa boshlab o’rgana boshlaydilar. VIII sinfda beriladigan geometrik yasashlarga doir ko’p bilimlar chizmachilik fani uchun boy material bo’ladi, chizmachilikning vazifasi bu bilimlami turli chizmachilik ishlarini bajartirish yo’li bilan puxtalashdan iboratdir.

Matematika darslarida boshqa fanlardan foydalanish masalasini dasturda aniq ko’rsatish qiyin, buni o’qituvchining o’zi amalga oshiradi, ya'hi o’quv materialini rejalashtirishda va darsga tayyorla-nish vaqtida e'tiborga olishi kerak. Masalari, tenglamalarni o’rganish davrida fizik miqdorlar orasidagi bog’lanishlarni aks ettiradigan tenglamalarni, ya'ni issiqlik balansi tenglamasi, issiqlikdan chiziqli kengayish tenglamasi va shunga o’xshash tenglamalarni ham yechtjrishi tnumkin. Dasturning foiz, proporsiya va boshqa boblarini o’rganishda ximiya va fizika masalalaridan foydalanish ma'quldir (aralashmalar, quymalar va shunga o’xshashlar), masalan: 1) 20% li eritma hosil qilish uchun eritiladigan moddadan 240 g suvga qancha solish kerake 2) 5% li 400 g eritmani qaynatib, 200 g ga keltirildi. Endi eritmaning o’tkirligi qancha bo’ladi?

Qo’shni fanlarga doir materiallardan matematika darslarida foydalanish fanlararo uzviy aloqadorlikni yanada mustahkamlaydi.

Ta'limni isloh qilinishi.

o’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach maktab ta'limiga juda ham katta e'tibor berildi. Jumladan 1997 yil 29 avgust kuni o’zbekiston oliy majlisining IX sessiyasida ta'lim to’g’risidagi qonunga asoslagan kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilindi. Bu qabul qilingan qonunga ko’ra uzluksiz ta'lim tizimining faoliyati davlat ta'lim standartlari asosida, o’z ichiga quyidagi ta'lim turlarini oladi.

Maktabgacha ta'lim, boshlang’ich ta'lim, umumiy o’rta ta'lim, o’rta maxsus kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim, oliy o’quv yurtidan keyingi ta'lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta'lim.

Kadrlar tayyorlash niilliy modelining o’ziga xos xususiyati mustaqil ravishdagi to’qqiz yillik umumiy o’rta ta'lim hamda uch yillik o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limini joriy etishdan iboratdir.

Bu esa umumiy ta'lim dasturlaridan o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi dasturlarigaizcb.il o’tilishini ta'minlaydi. Umumiy ta'lim dasturlari: maktabgacha ta'lim, boshlang’ich ta'lim (I-IV sinflar), umumiy o’rta ta'lim (V-IX sinflar), o’rta maxsus va kasb-hunar ta'limini qamrab oladi.

Maktabgacha ta'lim bola sog’lom, har toraonlama kamol topib shakllanishini ta'minlaydi, unda o’qishga intilish xissini, uyg’otadi, uni muntazam bilim olishga tayyorlaydi. Maktabgacha ta'lim bola olti-etti yoshga etguncha davlat va nodavlat makgabgacha tarbiya, bolalar muassasalarida hamda oilalarda amalga oshiriladi.

Umumiy o’rta ta'litn I-IX sinflar o’qishidan iborat bo’lgan majburiy ta'limdir. Ta'limni bu turi boshlang’ich sinfhi (I-IV sinflar) qaimab oladi hamda o’quvchilarning fikrlashlari bo’yicha muntazam bilim olishlarini, o’quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarni, milliy umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma'naviy-ahloqiy fazilat-larni, mehnat ko’nikmalarini, hamda kasb tanlashni shakllantiradi. Umumiy o’rta ta'lfan tugaHanganidan keyin ta'!irn fanlari va ular bo’yicha olingan baholar ko’rsatilgan hamda davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi attestat beriladi.

O’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi umumiy o’rta ta'lim negizida o’qish muddati uch yil b6'lgaii majburiy bo’lgan uzluksiz ta'lim tizimining turidir. o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi yo’nalishi akademik litsey yoki kasb-hunar kolleji o’quvchilar tomonidan ixtiyoriy tanlanadi.

Akademik iitsey daviat ta'iim standartiariga muvofiq orta maxsus ta'lim beradi. O’quvchilami imkomyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intelektual rivojlanishi chuqur, sohalashtirilgan, kasbga yo’naltirilgari ta'lim olishini ta’minlaydi.

Kasb-hunar kolleji tegishli davlat ta'lim standartlari darajasida o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi beradi, bunda o’quvchilarning kasb hunarga moytlligi, bifim va ko’nikmalarni chuqur rivojlantirish, tanlab olgan kasb-hunar bo’yicha bir yoki bir necha ixtisosni egallash imkonini beradi.

Oliy ta'lim o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi negiziga asosla-
nadi harnda ikki bosqichga ega. .

1. Bakalavriat - mutaxassisliklar yo’nalishi bo’yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, ta'lim muddati kamida to’rt yil bo’lgan tayanch oliy ta'limdir. Bakalavrlik dasturi tugagandan so’ng bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi yakunlariga binoan kasb bo’yicha «bakalavr» darajasi beriladi.

Magistratura - aniq mutaxassislik bo’yicha fiindamental va amaliy bilim beradigan bakalavr negizidagi ta'lim muddati kariiida ikki yil bo’lgan oliy ta'limdir. Magistr darajasini beradigan davlat malaka attestatsiyasi magistrlik dasturining nihoyasidir.

Magistrlarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi, kasb-hunar faoliyati bilan shug’ullanish huquqini beradigan diplom beriladi.

Oliy o’quv yurtidan keyingi ta'limni oliy o’quv yurtlarida, ilmiy tadqiqot muassasalarida aspirantura, doktorantiira, mustaqil tadqiqotchi ko’rinishlaridagi bosqichlar asosida davom ettirish mumkin. Oliy o’quv yurtidan keyingi ta'lim bosqichlari dissertatsiya himoyasi bilan yakunlanadi. Yakuniy davlat attestatsiyalarining natijasiga ko’ra tegishli ravishda fan nomzodi va fan doktori ilmiy darajasi berilib, davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomlar beriladi.



Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash mutaxassis-liklarning kasb bilimlari va ko’nikmalarini yangilash hamda chuqur-lashtirishga qaratilgan. Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash ta'lim muassasalaridagi o’qish natijalariga ko’ra davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi guvohnoma va sertifikat topshiriladi.

Matematika boshlang‘ich ta’lim metodikasining predmeti quyidagilardan iborat:

1. Matematika o‘qitishdan ko‘zda tutilgan maqsadni asoslash (Nima uchun matematika o‘qitiladi, o‘rgatiladi).

2. Matematika o‘qitish mazmunini ilmiy ishlab chiqish (nimani o‘rgatish) bir tizimga kiltirilgan bilimlar darajasini o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos keladigan qilib qanday taqsimlansa, fan asoslarini o‘rganishda izchillik ta’minlanadi, o‘quv ishlariga o‘quv mashg‘ulotlari beradigan yuklama bartaraf qilinadi, ta’limning mazmuni o‘quvchilarning aniq bilim bilish imkoniyatlariga mos keladi.

3. O‘qitish metodlarini ilmiy ishlab chiqish (qanday o‘qitish kerak, ya’ni, o‘quvchilar hozirgi kunda zarur bo‘lgan iqtisodiy bilimlarni, malaka, ko‘nikmalarni va aqliy faoliyat qobiliyatlarini egallab olishlari uchun o‘quv ishlari metodikasi qanday bo‘lishi kerak?

4. O‘qitish vositalari – darsliklar, didaktik materiallar, ko‘rsatmali, qo‘llanmalar va o‘quv- texnik vositalaridan foydalanish (nima yordamida o‘qitish).

5. Тa’limni tashkil qilishni ilmiy ishlab chiqish. (darsni va ta’limning darsdan tashqari shakllarini qanday tashkil etish)

o‘qitish maqsadlari

o‘qitish mazmuni o‘qitish shakllari

o‘qitish metodlari

o‘qitish vositalari
O‘qitishning maqsadi, mazmuni, metodlari, vositalari va shakllari metodik jihatlarining asosiy tarkiblarida murakkab, uni o‘ziga xos grafik bilan tasvirlash mumkin.

Matematika o‘qitish metodikasi boshqa fanlar, eng avvalo, matematika fani – o‘zining tayanch fani bilan uzviy bog‘liq.

Hozirgi zamon matematikasi natural son tushunchasini asoslashda to‘plamlar nazariyasiga tayanadi.

Boshlang‘ich sinflar uchun mo‘ljallangan hozirgi zamon matematika darsligining birinchi uchun berilgan quyidagi topshiriqlarga duch kelamiz: “Rasmda nechta yuk mashinasi bo‘lsa, bir qatorda shuncha katakni bo‘ya, rasmda nechta avtobus bo‘lsa, 2-qatorda shuncha katakni bo‘ya».

Bunday topshiriqlarni bajarish bolalarni ko‘rsatilgan to‘plamlar elementlari orasida o‘zaro bir qiymatli moslik o‘rnatishga undaydi, bu esa natural son tushunchasini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.

MO‘M umumiy matematika metodikasiga bog‘liq. Umumiy matematika metodikasi tomonidan belgilangan qonuniyatlar kichik yoshdagi o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi.

Boshlang‘ich sinf MO‘M pedagogika va yangi pedagogik texnologiya fani bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, uning qonuniyatlariga tayanadi. MO‘M bilan pedagogika orasida ikki tomonlama bog‘lanish mavjud.

Bir tomondan, matematika metodikasi pedagogikaning umumiy nazariyasiga tayanadi va shu asosda shakllanadi. Bu hol matematika o‘qitish masalalarini hal etishda metodik va nazariy yaqinlashishning bir butunligini ta’minlaydi.

Ikkinchi tomondan, pedagogika umumiy qonuniyatlarini shakllantirishda xususiy metodikalar tomonidan erishilgan ma’lumotlarga tayanadi, bu uning hayotiyligi va aniqligini ta’minlaydi.

Shunday qilib, pedagogika metodikalarning aniq materialidan “oziqlanadi”, undan pedagogik umumlashtirishda foydalaniladi va o‘z navbatida metodikalarni ishlab chiqishda yo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.

Matematika metodikasi pedagogika, psixologiya va yosh psixologiyasi bilan bog‘liq. Boshlang‘ich matematika metodikasi ta’limning boshqa fan metodikalari (ona tili, tabiatshunoslik, rasm, mehnat va boshqa fanlar o‘qitish metodikasi) bilan bog‘liq.

O‘qitishda predmetlararo bog‘lanishni to‘g‘ri amalga oshirish uchun o‘qituvchi buni hisobga olishi juda muhimdir.

Ilmiy-tadqiqot metodlari – bu qonuniy bog‘lanishlarni, munosabatlarni, aloqalarni o‘rnatish va ilmiy nazariyalarni tuzish maqsadida ilmiy axborotlarni olish usullaridir.

Kuzatish, tajriba, maktab hujjatlari bilan tanishtirish, o‘quvchilar ishlarini o‘rganish, suhbat va so‘rovnomalar o‘tkazish ilmiy-pedagogik tadqiqot metodlari jumlasiga kiradi.



So‘nggi vaqtlarda matematik va kibernetik metodlardan, shuningdek, matematekinani o‘qtishda modellashtirish metodlaridan foydalanish qayd qilinmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

  1. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risidagi qonun” // Barkamol avlod - O’zbekiston taraqqiyotining poydevori.- Toshkent.: Sharq, 1997, 20-29 bet.

  2. O’zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida” gi qonun // Barkamol avlod- O’zbekiston taraqqiyotining poydevori.- Toshkent.: Sharq, 1997, 31-61 bet.

  3. Mirziyoyev SH. M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza. 2017 yil 14 yanvarь  –  Toshkent : O’zbekiston, 2017. - 104 b.

  4. Karimov I. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori.-T.: “Sharq” nashriyot - matbaa konserni. 1997.

  5. Barkamol avlod orzusi- Toshkent.: 1999, 205- b.

  6. Azizxodjayeva N.H “Pedagogik texnologiya va pedagogik maxorat”- Toshkent.: TDPU, 2003, 174 bet.

  7. Axmedov M va boshqalar Matematika 1, Toshkent.: O’zinkomsentr, 2003, 160-bet.

  8. Axmedov M va boshqalar 1-sinfda matematika darslari – Toshkent.: O’zinkomsentr, 2003, 96-bet.

  9. Ahmedov M., Ibragimov P., Abdurahmonova N., Jumayev M. E. “Birinchi sinf matematika darsligi.” – T.: ”Sharq”, 160-bet.

  10. A’zamov A. ”Yosh matematika qomusiy lug’at”- Toshkent.: Qomuslar bosh tahririyati, 1991, 478 bet.

  11. Bikbayeva N.U va boshqalar ”Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi ”- Toshkent.: O’qituvchi, 2007, 208 bet.

  12. Bikbayeva N.U va boshqalar Matematika 2 – Toshkent.: O’qituvchi, 2005, 208 bet.


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling