1. Oshxonalar, restoranlar hamda boshqa korxonalar va ishlab chiqarishlarda oziq-ovqat tayyorlash va aholiga xizmat ko‘rsatishda band bo‘lgan xodimlar uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin


Download 104.67 Kb.
bet2/2
Sana23.12.2022
Hajmi104.67 Kb.
#1047367
1   2
Bog'liq
2461 30.05.2013

QOIDALARI
Mazkur Qoidalar “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 223-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plami, 2000-y., 7-son, 39-modda) hamda 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq oshxonalar, restoranlar hamda boshqa korxonalar va ishlab chiqarishlarda oziq-ovqat tayyorlash va aholiga xizmat ko‘rsatishda band bo‘lgan xodimlar uchun mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
I bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalar oshxonalar, restoranlar hamda boshqa korxonalar va ishlab chiqarishlarda oziq-ovqat tayyorlash va aholiga xizmat ko‘rsatuvchi barcha tashkilotlarga (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritiladi) taalluqlidir.
2. Mazkur Qoidalar binolarni va inshootlarni loyihalash, qurish va qayta qurishda, sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanish va ta’mirlashda hisobga olinishi lozim.
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari bajarilishi shartligini istisno etmaydi.
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha xavfsizlikka oid normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
II bob. Xavfsizlikka qo‘yiladigan umumiy talablar
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
5. Mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish to‘g‘risidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 273, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshiriladi.
6. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi lozim:
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha bo‘limni o‘z ichiga olgan jamoaviy shartnoma;
tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish o‘rinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish o‘rinlarini attestatsiya qilish kartalari;
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
xodimlar va muhandis-texnik xodimlarni o‘qitish, yo‘l-yo‘riq berish va bilimlarini sinovdan o‘tkazish dasturlari;
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ma’muriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
xodimlarga yong‘inga qarshi yo‘l-yo‘riq berish va yong‘in-texnikaviy minimum mashg‘ulotlarini o‘tkazish dasturi;
har bir kasb va ish turlari bo‘yicha mehnatni muhofaza qilish yo‘riqnomalari.
7. “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 223-modda) 14-moddasiga muvofiq xodimlar soni 50 nafar va undan oshadigan tashkilotlarda maxsus tayyorgarlikka ega shaxslar orasidan mehnatni muhofaza qilish xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi), 50 va undan ziyod transport vositalariga ega bo‘lgan tashkilotlarda esa bundan tashqari yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi). Xodimlar soni va transport vositalari miqdori kamroq tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmatining vazifalarini bajarish rahbarlardan birining zimmasiga yuklatiladi.
8. Mehnatni muhofaza qilish xizmati o‘z maqomiga ko‘ra tashkilotning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi va uning rahbariga bo‘ysunadi hamda tashkilotning faoliyati tugatilgan taqdirda bekor qilinadi.
9. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yo‘riqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
10. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plami, 1997-y., 6-son, 21-modda) bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
2-§. Xodimlarni o‘qitish, ularning bilimlarini sinovdan o‘tkazish va ularga yo‘l-yo‘riq berishni tashkil etish
11. Tashkilot xodimlari o‘z kasblari va ish turlari bo‘yicha belgilangan tartibda o‘qishlari, ularning bilimlari sinovdan o‘tkazilishi va ularga yo‘l-yo‘riqlar berilishi kerak.
12. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazish Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to‘g‘risidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshiriladi.
13. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalar Mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 870, 2000-yil 7-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 1-son) muvofiq ishlab chiqiladi hamda tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yo‘riqnomalar bilan ta’minlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
3-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari
14. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-78 “Tabiatni muhofaza qilish. Atmosfera. Sanoat korxonalari zararli moddalarining yo‘l qo‘yiladigan chiqarishlarini o‘rnatish qoidalari” bo‘yicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga ta’sir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari to‘g‘risida to‘liq va xolisona ma’lumotga ega bo‘lishi lozim.
15. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim o‘lchovi natijalari, shuningdek mehnat sharoitlarini attestatsiya qilish orqali belgilanishi lozim.
16. Yangi zararli moddalar paydo bo‘lishiga yoki xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari yo‘qolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar o‘zgarganda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga tashkilot rahbari tomonidan tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi lozim.
4-§. O‘ta xavfli kasblar va ishlar ro‘yxati
17. Tashkilotlar o‘ta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar ro‘yxatiga ega bo‘lishlari lozim. Ro‘yxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bug‘ va suv isitish qozonlari, yuk ko‘tarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sig‘imlar, elektr qurilmalarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlar hamda amaldagi tarmoq ro‘yxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.
18. Barcha xodimlar o‘ta xavfli ishlarni bajarish topshirig‘ini olishdan oldin, mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq olishlari va ishlarni xavfsiz bajarish usullarini o‘zlashtirishlari shart.
19. O‘ta xavfli ishlarni bajarish, faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hujjat (naryad-ruxsatnoma)ga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
20. Tashkilot rahbariyati o‘ta xavfli ishlarni rejalashtirish, tashkillashtirish va xavfsiz bajarish belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishiga javobgardir.
5-§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qo‘llash
21. Xodimlarni ishlab chiqarish muhitining xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan himoya qilish jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanish orqali ta’minlanishi lozim.
22. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari xonadagi barcha xodimlarga ta’sir qilgan taqdirda qo‘llanilishi shart va tashkilotni qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.
23. Jamoaviy himoya vositalariga quyidagilar kiradi:
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini normallashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil me’yorda saqlash va boshqalar);
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorug‘ligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorug‘likdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda qurilmalar yuzasini yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
mexanik va kimyoviy omillarning ta’siridan himoya qilish vositalari.
24. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari barcha xodimlarga ta’sir qilganda qo‘llanishi shart va tashkilotlarni qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.
25. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda yakka tartibdagi himoya vositalari qo‘llanilishi lozim. Bunday hollarda yakka tartibdagi himoya vositalarisiz xodimlarning ishga jalb qilinishi taqiqlanadi.
26. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularning qo‘llanilishi, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishi lozim.
27. Tashkilotda quyidagilar ta’minlanishi shart:
yakka tartibdagi himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi;
yakka tartibdagi himoya vositalarini qo‘llash va ulardan to‘g‘ri foydalanish ustidan doimiy nazorat amalga oshirilishi;
yakka tartibdagi himoya vositalarining samaradorligi va sozligi tekshirilishi;
xavfli va zaharli moddalar bilan ishlashda foydalanilgan yakka tartibdagi himoya vositalarining dezinfeksiya qilinishi (bir marta qo‘llaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).
28. Turli agressiv moddalar bilan ishlayotganda teri kasalliklarini oldini olish uchun profilaktik pasta va mazlardan foydalanish lozim.
29. Xodimlar Kimyo ishlab chiqarishi xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy me’yorlariga (ro‘yxat raqami 1958, 2009-yil 14-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 19-20-son, 248-modda) va Sanoat va qishloq xo‘jaligi sohasida ishlovchi umumiy kasb xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy me’yorlariga (ro‘yxat raqami 1877, 2008-yil 2-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 49-son, 486-modda) muvofiq yakka tartibda himoyalanish vositalari bilan ta’minlanishi lozim.
6-§. Kasbiy tanlov
30. Tashkilotlarda tanlov o‘tkazilishi lozim bo‘lgan kasblar va mutaxassisliklar ro‘yxati bo‘lishi lozim.
31. Xodimlar va ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli ma’lumotga ega bo‘lishlari lozim.
32. Bosim ostida ishlovchi asbob-uskunalarda, shuningdek xavfi yuqori bo‘lgan ishlarda band bo‘lgan xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan o‘tgan va tegishli guvohnomaga ega bo‘lishi shart.
33. O‘n sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati qo‘llanishi taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari ishlari ro‘yxatiga (ro‘yxat raqami 1990, 2009-yil 29-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 30-31-son, 355-modda) muvofiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar zararli va noqulay mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
34. Ayollar mehnatidan foydalanish to‘liq yoki qisman taqiqlanadigan mehnat sharoiti noqulay bo‘lgan ishlar ro‘yxatiga (ro‘yxat raqami 865, 2000-yil 5-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 1-son) muvofiq ayollar zararli va noqulay mehnat sharoitiga ega bo‘lgan ishlarga qabul qilinmaydi.
7-§. Xodimlarning salomatligini nazorat qilish
35. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 35-son, 407-modda) asosida amalga oshirilishi lozim.
36. Tashkilot rahbariyati, kasaba uyushmasi qo‘mitasi va sog‘liqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishini ta’minlashi lozim.
37. Tibbiy ko‘riklar tashkilotlarning tibbiy muassasalarida, ular mavjud bo‘lmagan hollarda davolash-profilaktika muassasalarida o‘tkazilishi lozim.
38. Xodim tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bo‘yin tovlagan yoki tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra berilgan tavsiyalarni bajarmagan taqdirda ushbu xodim ishga qo‘yilishi mumkin emas.
39. Davriy tibbiy ko‘riklar o‘z vaqtida, sifatli o‘tkazilishi va ularning natijalariga ko‘ra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklanadi.
40. Xodimlarni sog‘lig‘ining holati tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
8-§. Sanitariya va gigiyenaga qo‘yiladigan talablar
41. Tashkilot xonalari va ish hududidagi harorati, nisbiy namlik, havoning harakatlanish tezligi va boshqalar GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq bo‘lishi kerak.
42. Tashkilotning ishlab chiqarish xonalari quyidagi sanitariya qoidalariga muvofiq saqlanishi lozim:
xonalarning harorati, nisbiy namlik va havoning harakatlanish tezligi, ish joylaridagi ortiqcha issiqlik, bajarilayotgan ishning og‘irlik darajasiga ko‘ra toifasi, yil mavsumi hisobga olingan holda belgilanishi;
ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy, xomashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarining yorug‘ligi QMQ 3.01.05-98 “Tabiiy va sun’iy yoritish. Loyihalashtirish me’yorlari”ga muvofiq bo‘lishi hamda mehnat sharoitlarini yaratish uchun yetarli yorug‘lik kuchini ta’minlashi;
xonalarda yoritish asboblari chang to‘planishiga imkoniyat bermaydigan konstruksiyaga ega bo‘lishi, shuningdek singan taqdirda uning parchalari sochilib ketmasligi uchun yopiq bo‘lishi.
43. Noqulay omillar ta’siriga qarshi himoya tadbirlarini tuzishda samarali havo almashinuvi tizimini QMQ 2.04.05-97 “Isitish, ventilatsiya va konditsionerlash” talablariga muvofiq tashkil qilish lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
44. Ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy, xomashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarini gigiyenik jihatdan toza saqlash va xodimlarning shaxsiy gigiyenasiga qo‘yiladigan talablar qonunchilik hujjatlarida belgilangan qoidalarga muvofiq bo‘lishi lozim.
(44-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
9-§. Tashkilot maydonlariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
45. Tashkilot maydonlari va binolarining joylashuvi QMQ II-89-80 “Sanoat tashkilotlarining bosh plani” talablariga mos bo‘lishi kerak.
46. Tashkilotlarda transport vositalarining va piyodalarning tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
47. Transport vositalari va piyodalarning harakatlanish chizmasi tashkilotlarning kirish, chiqish, ish uchastkalari va sexlarining ko‘rinarli joylariga osib qo‘yilishi kerak.
48. Tashkilotning hududi ko‘kalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmog‘i bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
49. Yozgi mavsumda yo‘laklar va o‘tish joylariga suv sepilgan bo‘lishi kerak.
50. Qishki mavsumda yo‘laklar va o‘tish joylari qordan tozalanib, qum sepilgan hamda binolarning tomlari qordan va karnizlari esa muzlardan tozalab turilishi zarur.
51. Yo‘lovchilar uchun yo‘lak va tashkilotga kirish joyi tekis, kengligi kamida 1,5 m bo‘lib, yon tomonlari devorcha va to‘siqlarga ega bo‘lishi kerak.
52. Tashkilotlarning hududi GOST 12.4.009-83 “Obyektlarni himoyalash uchun yong‘in texnikasi. Asosiy turlari. Joylashishi va xizmat ko‘rsatilishi” talablariga mos keluvchi yong‘in o‘chirish vositalari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
53. Tashkilot hududi har kuni tozalanadigan, shuningdek dezinseksiya, dezinfeksiya va deratizatsiya qilib turiladigan axlat tashlanadigan idishlar bo‘lishi lozim.
54. Hovlidagi hojatxonalar ozoda saqlanishi, muntazam dezinfeksiya qilinishi va sutkaning qorong‘i paytida yoritilgan bo‘lishi kerak.
55. Tashkilotning hududi chegara bo‘ylab to‘silgan bo‘lishi va uning hududiga begonalarning kirishi cheklangan va nazorat ostiga olingan bo‘lishi lozim.
56. Xodimlar uchun alohida chekish joylari belgilanib, maxsus idishlar qo‘yilishi va “Chekish joyi” degan yozuv bilan jihozlanishi kerak.
10-§. Bino va inshootlarga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
57. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari QMQ 2.09.02-85 “Ishlab chiqarish binolari” talablariga, yordamchi binolar va xonalar QMQ 2.09.04-98 “Tashkilotlarning ma’muriy va maishiy binolari” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
58. Ishlab chiqarish binolarining havosidagi zararli moddalar miqdori SanQvaM 0294-11 “Ish joyidagi havodagi zararli moddalarning ruxsat etilgan miqdorining gigiyenik me’yorlari” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
59. Muntazam ishlashga mo‘ljallangan ish joylarining nam xonalarida hamda issiq o‘tkazuvchi pollarida (betonli, g‘ishtli, plitali va boshqalar) yog‘och to‘shamalar va panjaralar yotqizilgan bo‘lishi kerak.
60. Binoga transport vositalarining kirish joylari darvozalar va signal beruvchi asbob-uskunalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
61. Darvoza tavaqalari darvozaning yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar bilan mustahkam tutib turilgan bo‘lishi kerak.
62. Darvozalar balandligi foydalanilayotgan transport vositasining balandligidan kamida 0,2 m dan baland bo‘lishi kerak.
63. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda kamida ikki martadan (bahor va kuzda) tashkilot rahbari tayinlagan komissiya tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi lozim. Texnik ko‘rik xulosalari, topilgan nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar va muddati ko‘rsatilgan dalolatnomalar bilan rasmiylashtirilishi kerak.
64. Xodimlar uchun xavf tug‘diruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Xavfli hududlarda ishlash jarayonlari vaqtida halokat bartaraf etilgunga qadar to‘xtatib turilishi, shuningdek xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar xavfsiz joyga ko‘chirilishi kerak.
65. Tashkilotning ishlab chiqarish xonalari va omborxonalari yong‘indan xabar beruvchi va yong‘inni bartaraf etuvchi avtomatik qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
66. Kirish va chiqish yo‘llari turli jismlar va asbob-uskunalar bilan to‘sib qo‘yilmasligi kerak. Evakuatsiya chiqish yo‘llarining barcha eshiklari binodan chiqish yo‘nalishi bo‘yicha ochilishi lozim.
11-§. Shamollatish va isitish tizimiga qo‘yiladigan talablar
67. Shamollatish va isitish tizimi QMQ 2.04.05-97 “Isitish, shamollatish va konditsionerlash” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
68. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi lozim.
69. O‘tish joylarida joylashgan isitish jihozlari ruxsat etilgan o‘tish yo‘laklarining enini kamaytirmasligi lozim.
70. Ish joylarida havo harorati yengil jismoniy ishda 21º S, o‘rtacha og‘ir ishda 17º S va og‘ir ishda 16º S dan past bo‘lmasligi kerak.
71. Xodimlarning isinishi uchun xonalardagi harorat 22º S dan kam bo‘lmasligi kerak.
72. Isinish xonalarigacha bo‘lgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 m dan va bino tashqarisidagi ish joylaridan esa 150 m dan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
12-§. Shovqin va tebranishga qo‘yiladigan talablar
73. Ish joylarida, xonalarda va tashkilot hududida shovqin va tebranishning darajasi SanQvaM 0120-01 “Ish joylarida shovqinning yo‘l qo‘yilgan darajasining sanitariya me’yorlari”, SanQvaM 0122-01 “Ish joylarida umumiy va lokal tebranishning sanitariya me’yorlari”, GOST 12.1.003-89 “Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari” va GOST 12.1.012-90 “Tebranma. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq bo‘lishi kerak.
74. Ish joylarida shovqin va tebranish darajasi muntazam nazorat qilib turilishi kerak. Agarda u belgilangan me’yorlardan yuqori bo‘lsa, uni pasaytirish uchun quyidagi tadbirlar qo‘llanishi lozim:
detallarning zarbali harakatlarini zarbasiz harakatlarga, ilgarilama-qaytma harakatlarni aylanma harakatlarga o‘zgartirish;
shovqin chiqaruvchi agregat yoki uning ayrim qismlariga shovqinni to‘suvchi qobiqlar o‘rnatish;
agregatdan chiqayotgan aerodinamik shovqinlarga qarshi samarali tovush so‘ndirgichlar qo‘llash;
shovqinli uskunalarni (parraklar, kompressor) to‘silgan xonalarda yoki ishlab chiqarish xonalaridan tashqarida joylashtirish;
tebranishni kamaytirish uchun, uning manbalari (elektr dvigatellar, parraklar va boshqalar) poldan va binoning boshqa konstruksiyalaridan izolatsiyalangan mustaqil poydevorlarda yoki maxsus hisoblab chiqilgan amortizatorlarga o‘rnatilishi kerak.
75. Xonalarda shovqinni texnik vositalar bilan bartaraf etishning iloji bo‘lmasa, eshitish a’zolarini yakka tartibda himoya qiluvchi vositalardan va shovqinga qarshi kaskalardan foydalanish kerak.
13-§. Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimiga qo‘yiladigan talablar
76. Suv bilan ta’minlash va kanalizatsiya tizimi QMQ 2.04.01-98 “Binolarning ichki suv quvuri va kanalizatsiyasi” talablariga mos bo‘lishi kerak.
77. Tashkilotlarning ishlab chiqarish oqova suvlari tashqi kanalizatsiyaga yetib kelgunga qadar zararli moddalardan tozalanishi kerak.
78. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar o‘rnatilishi va suv quvurlari bo‘lmaganda, maxsus idishlarda qaynatilgan suv bo‘lishi lozim.
79. Ichimlik suvi O`zDSt 950-2011 “Ichimlik suvi. Gigiyenik talablar va sifatini nazorat qilish” talablariga javob berishi kerak.
80. Ichimlik suvining harorati 8 °S dan 20 °S gacha bo‘lishi kerak.
81. Tashkilot hududidagi hojatxonalar issiq suv va kanalizatsiya tizimiga ulangan bo‘lishi lozim.
82. Tashkilotda kanalizatsiya tizimi bo‘lmaganda davlat sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan holda tashkilotda yer qatlamini ifloslantirmagan holda dushxonalardan va yuz-qo‘l yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat o‘ralarining bo‘lishiga ruxsat etiladi.
14-§. Yoritishga qo‘yiladigan talablar
83. Tashkilot hududi va ishlab chiqarish xonalarini tabiiy va sun’iy yoritish QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sun’iy yoritish” talablariga mos bo‘lishi lozim.
84. Yoritish vositalari toza va soz holatda bo‘lishi kerak. Yorug‘lik tushuvchi oynalarni yilida kamida ikki marotaba tozalash lozim.
85. Yorug‘lik tushadigan deraza va eshiklarni turli predmetlar bilan to‘sib qo‘ymaslik kerak.
86. Sun’iy yoritish umumiy va birlashgan tizim orqali amalga oshiriladi. Birgina mahalliy yoritishni qo‘llash taqiqlanadi.
87. Yoritish vositalari ko‘zni qamashtirishidan saqlash uchun choralar ko‘rilgan bo‘lishi kerak.
88. Uchastka va xonalarda portlash bo‘yicha xavfli gaz va changlar konsentratsiyasi yig‘ilib qolishi ehtimoli bo‘lsa, elektr yoritish tizimi xonadan tashqarida o‘rnatilishi kerak.
89. Xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori bo‘lmagan ko‘chma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Uskunalar va inshootlar (bunkyerlar, quduqlar, bug‘lantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ning ichki sirtini yoritish uchun ishlatiladigan ko‘chma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak.
90. Ko‘chirib yuriluvchi yoritqichlar shishali himoya qopqoqlari va metall to‘r bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa ko‘chirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan kabel va elektr o‘tkazgichlar qo‘llanishi lozim.
91. Evakuatsiya yo‘laklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari bo‘lishi lozim.
92. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, o‘lchami va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalanib turilishi lozim.
93. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya iste’molchilarining ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritilishlarining sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi lozim.
15-§. Maishiy imoratlarga qo‘yiladigan talablar
94. Tashkilotlarda maishiy va ovqatlanish xonalari hamda tibbiy punktlar bo‘lishi kerak. Tashkilotlarning maishiy bino va xonalari ShNQ 2.09.04-09 “Tashkilotlarning ma’muriy va maishiy binolari” talablariga muvofiq holda tashkil etilishi lozim.
95. Kiyim almashtirish va yuvinish xonalari, ichimlik suvi ta’minoti qurilmalari, hojatxonalar va shu kabi qurilmalarning soni tashkilotning umumiy kontingent soni hisobiga olingan holda belgilanishi lozim.
96. Dushxonalar va hojatxonalardagi tarnovlar, kanallar, traplar, pissuarlar va unitazlar muntazam ravishda tozalanishi, yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi lozim.
16-§. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishga qo‘yiladigan talablar
97. Tashkilot atrof tabiiy muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarning tegishli normalardan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi lozim.
98. Tashkilotlarda ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda atrof tabiiy muhitni chiqindilar (oqova suvlar, shamollatish tizimi chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar ta’minlanishi lozim.
99. Tashkilotlarda chiqindilarni yig‘ish uchun atrofi o‘ralgan maxsus joy ajratilishi va chiqindilar uchun maxsus idishlar bilan ta’minlanishi va ushbu idishlar bo‘shatilgandan so‘ng xlorli ohak eritmasi bilan dezinfeksiya qilinishi va yuvilishi kerak.
17-§. Mehnat va dam olishga qo‘yiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
100. Xodimlarning ish vaqti, shu jumladan qisqartirilgan ish vaqti, dam olish va tanaffuslar vaqti tashkilotlar tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(100-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
III bob. Texnologik jarayonlarga qo‘yiladigan talablar
1-§. Umumiy talablar
101. Tayyorlov stollari mustahkam metalldan chidamli, yuzasi silliq va suv o‘tkazmaydigan bo‘lishi kerak
102. Stollarning balandligi 0,9 m va eni esa 0,6 m dan 1 m gacha bo‘lishi lozim.
103. Elektr (gaz) plitalarining qizdiruvchi moslamasi tarqatiluvchi tarafga qarama-qarshi joylashtirilishi lozim. Qovurish shkaflariga bemalol o‘tish uchun ish stollari qulay joylashtirilishi kerak.
104. Ishlov vannalarining burchaklari o‘tkir bo‘lmasligi, yuzasi silliq, kranlar yoki setkalar (to‘rlar) bilan ta’minlangan va suv ketuvchi teshiklarning metall probkalari bo‘lishi zarur.
105. Vannaning balandligi 0,9 m, eni 0,55 m dan 0,8 m gacha va chuqurligi 0,44 m dan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
106. Tayyorlash stollari, vannalari, shkaflari, javonlari, ichki-sex transport qurilmalari, shuningdek ishlov mebellari sanitariya-gigiyena talablariga javob berishi lozim.
107. Metall idish-tovoqlarning (qozonlar, kostryullar, qayla tayyorlovchi idishlar) foydalanishga qulay bo‘lishi uchun mustahkam bo‘lishi, tutqichlari mustahkam o‘rnatilgan va qopqoqlari yaxshi yopiladigan bo‘lishi kerak.
108. Sabzavotlarni mashinaga va vannaga yuklash uchun mo‘ljallangan idishlarning sig‘imi 10 kg dan oshmasligi kerak.
109. Oshpazlik pichoqlarining tutqichlari silliq va mustahkam o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Pichoqlar doimo charxlanib turilishi hamda pichoqlar va charxlar maxsus joylarda saqlanishi lozim. Tutqichlarida himoyalovchi moslama bo‘lmagan charxlardan foydalanish taqiqlanadi.
110. Taqsimlash taxtalari qattiq yog‘ochlardan tayyorlanishi va yuzasi silliq bo‘lishi lozim.
111. Idish-tovoqlarni yuvish va ularni ovqat qoldiqlaridan tozalash, shuningdek javonlarni tozalash uchun chyotkalar va yog‘och qirg‘ichlar bo‘lishi kerak.
112. Kartoshka tozalovchi mashinalarning harakatlanishining oldini olish maqsadida zarur ishonchli himoyalangan bo‘lishi va mashina pol sathidan balandligi 0,10 m bo‘lgan beton to‘siqlar bilan ajratilgan bo‘lishi lozim.
113. Kartoshka tozalash uchun ish joyi maxsus stol va tirsaklar tiraluvchi stul bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
114. Go‘sht va suyaklarni maydalash uchun mo‘ljallangan moslanmaning yuzasi silliq va tekis bo‘lishi lozim. Moslanmaning balandligi 0,85 m dan oshmasligi lozim.
115. Maxsus ilgichlarda osilgan go‘shtlarni yuvish uchun sovuq suv shlangalari bo‘lishi lozim. Maxsus ilgichlar shipga poldan 2 m balandlikda o‘rnatilishi kerak.
116. Muzlagan go‘sht va baliqqa muz erigandan so‘ng ishlov berish lozim.
117. Parranda go‘shtiga ishlov berishda erituvchi lampalardan foydalanmaslik kerak.
118. Sabzavot va baliqlarni vannadan olish uchun maxsus cho‘michlar bo‘lishi lozim.
119. Ovqat pishiriladigan qozonlar uchun mustahkam taglik o‘rnatilishi lozim.
120. Konserva bankalarni ochish uchun maxsus kalitlar yoki moslanmalar bo‘lishi kerak. Bankalarni pichoq yoki boshqa oshpazlik asboblari bilan ochish taqiqlanadi.
121. Omborxonalar pastki qavatlarda joylashgan hollarda yuklarni tushirish uchun lyuk qurilmasi o‘rnatilgan bo‘lishi zarur.
122. Qabul maydonining balandligi 0,70 m dan 0,90 m gacha va yon devorlari esa 0,10 m bo‘lishi lozim.
123. Omborxonalarda yuklarni ko‘taruvchi va yurgazuvchi mexanizmlar o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
124. Beton va g‘adir-budur pollarda ishlash uchun chetlari rezina bilan qoplangan zinapoyalar bo‘lishi kerak. Yog‘och va tuproq yotqizilgan pollarda ishlash uchun zinapoyalarning chetlari po‘lat nishlar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
125. Zinani mustahkamlab bo‘lmaydigan hollarda va silliq pollarda ishlaganda zinapoya boshida ishchi turishi kerak.
126. Yig‘iluvchi zinapoyalar chidamli va ishonchli mustahkamlagichlarga ega bo‘lishi zarur.
127. Zinalar o‘rniga har xil tagliklardan foydalanish taqiqlanadi.
128. Qorong‘u tushganda yuk tashilayotgan joy yetarli darajada yoritilgan bo‘lishi kerak.
129. Mashinalar yonida yoki maxsus ajratilgan joyda texnika xavfsizligi bo‘yicha ogohlantiruvchi yozuv va plakatlar osib qo‘yilishi shart.
130. Jihoz va mashinalarga xizmat ko‘rsatuvchi xodim ushbu jihoz va mashinalarning texnik xususiyatlari (ruxsat etilgan bosimi, tezligi) talablari va ulardan foydalanish va nazorat qilib turish bo‘yicha zarur qo‘llanmalar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
2-§. Yong‘in va portlashga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
131. Ishlab chiqarish jarayonlari yong‘in va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda GOST 12.1.004-91 “Yong‘in xavfsizligi. Umumiy talablari” va GOST 12.1.010-90 “Portlash xavfi. Umumiy talablari”ga va mazkur Qoidalarga muvofiq ta’minlanishi lozim.
132. Ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda yong‘inlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir bo‘lishi hamda atrof muhit uning chiqindilari (oqova suvlari, shamollatish chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar ta’minlanishi lozim.
133. Ishlab chiqarish binolari va xonalari dastlabki yong‘inni o‘chirish vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi shart.
134. Shamollatish tizimi yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan bo‘lishi kerak.
135. Yong‘in suv manbai yo‘laklari hamda yong‘inni o‘chirish vositalariga boradigan yo‘laklar doimo bo‘sh bo‘lishi kerak.
136. Portlashning oldini olish uchun mashina va agregatlarning ishqalanuvchi qismlarini qizib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
137. Aralashganda portlovchi modda hosil qilishi lozim bo‘lgan gazlarni umumiy kollektorga chiqarish taqiqlanadi.
138. Kollektordan chiqadigan suyuqlik miqdori va inersiya natijasida statik tok hosil bo‘lishini hisobga olgan holda kollektor sim orqali yerga ulanishi kerak.
139. Ishlab chiqarish binolariga (omborxona, sex, laboratoriya, uchastka va boshqa) yong‘in xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqilishi va ko‘rinadigan joyga osib qo‘yilishi lozim.
140. Sexlarda (bo‘limlarda, omborxonalarda, ustaxonalarda, laboratoriyalarda va boshqa ish uchastkalarda) yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha, shuningdek yong‘in o‘chirish anjomlarining soz holda bo‘lishiga shu bo‘linmalarning boshliqlari yoki boshliq vazifasini bajaruvchi xodimlari mas’uldir.
141. Yong‘in va portlash xavfi bo‘lgan ishlab chiqarish binolari yong‘indan xabar beruvchi va yong‘inlarni bartaraf etuvchi avtomatik qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
142. Yong‘inga qarshi suv havzalari doimo soz holatda va ichidagi suv hajmi yong‘inni o‘chirish uchun yetarli bo‘lishi kerak. Suv havzalarining ishga yaroqliligi yiliga kamida ikki marotaba, bahor va kuz mavsumlarida tekshirilishi lozim.
143. Qo‘lda yasalgan, avtomatika tizimi nosoz bo‘lgan yoki yong‘in xavfsizligi talablariga javob bermaydigan maishiy isitish asboblaridan foydalanish taqiqlanadi.
3-§. Elektr qurilmalariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
144. Tashkilotlarda elektr qurilmalarni o‘rnatish va ulardan foydalanishda Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari (ro‘yxat raqami 1383, 2004-yil 9-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 27-son, 317-modda) hamda Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari (ro‘yxat raqami 1400, 2004-yil 20-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 33-son, 379-modda) va mazkur Qoidalar talablariga rioya qilinishi kerak.
145. Elektr energiyasidan foydalanishda tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan muhandis-texnik xodimlardan elektr xo‘jaligi uchun javobgar xodim tayinlangan bo‘lishi va bu xodim elektr xavfsizligi bo‘yicha tegishli malaka guruhiga ega bo‘lishi kerak.
146. Elektr xo‘jaligi uchun mas’ul xodim kuchlanishi 1000 V va undan yuqori bo‘lgan elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatishi uchun elektr xavfsizligi bo‘yicha V malaka guruhiga, kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatish uchun esa IV malaka guruhiga ega bo‘lishi talab etiladi. Mas’ul xodim davriy ravishda va o‘rnatilgan tartibda elektr xavfsizligi bo‘yicha tashkilotda tuzilgan komissiyada bilim sinovidan o‘tishi shart.
147. Elektr toki o‘tkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va o‘lchash asboblari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi apparatlar va moslamalar yonmaydigan qilib montaj qilinishi lozim.
148. Yuqori namlik va issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda elektr yoritqichlar namlikdan va elektr dvigatellari esa suyuqlik sachrashidan himoyalangan bo‘lishi shart.
149. Taqsimlovchi qurilmalar izolatsiyasining qarshiligi va chidamliligi tekshirib turilishi lozim.
150. Ishlab chiqarish va maishiy xonalarda qo‘llanuvchi lyuminessent yoritqichlar yopiq holda, namlik va chang o‘tkazmaydigan maxsus armatura bilan qoplanishi lozim.
151. Kabellar va elektr o‘tkazgichlarning izolatsiyasi, tashqi birikmalar, elektr tokdan himoyalovchi yerga ulangan simlar, elektr dvigatellarning ishlash rejimi ko‘rikdan o‘tkazilishi va asboblar bilan o‘lchash orqali tekshirilib turilishi lozim.
152. Tok uzatilmaganligi sababli uskuna to‘xtatilgan hollarda elektr dvigatellar o‘chirilishi kerak.
153. Elektr apparatlari va agregatlarining nolga va yerga ulash simlarining butunligi kamida olti oyda bir marta tekshirilishi lozim. Tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
154. Kam quvvatli elektr lampalari va asboblarini kattaroq quvvatlilariga almashtirish tarmoq uchun yo‘l qo‘yiluvchi yuklanishni hisobga olgan holda elektr xo‘jaligi uchun mas’ul xodimning ruxsati bilan amalga oshirilishi lozim.
155. Bitta elektr shtepseliga bir nechta iste’molchilarni ulash taqiqlanadi.
156. Changlarning statik elektr razryadlaridan alangalanib ketmasligi uchun mashinalarning g‘iloflari, uning asosiy vallari va havo quvurlari yerga ulangan bo‘lishi lozim.
157. Havo quvurlarining filtrlari mayda katakli metall to‘rlar bilan o‘ralgan va yerga ulangan bo‘lishi lozim.
158. Tashkilotning barcha turdagi binolari yashin qaytargichlar o‘rnatilgan holda to‘g‘ridan to‘g‘ri yashin urishidan himoyalangan bo‘lishi lozim.
159. Yashin qaytargichlar har yili bahorda tekshirilib turilishi va nosozliklari bartaraf etilishi lozim.
160. Momaqaldiroq vaqtida elektr o‘lchashlarni amalga oshirish taqiqlanadi.
4-§. Ovqat pishirishda qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
161. Yangi loyihalangan va qayta qurilgan ovqat tayyorlash xonalaridagi qattiq yoqilg‘ilarda ishlovchi plitalar alohida yoqish xonasida o‘rnatilishi, ovqat tayyorlash xonasidan esa to‘siq bilan ajratilishi lozim.
162. Plitalar binoning yog‘ochli devorlariga tegib turmasligi kerak. Yong‘inning oldini olish uchun to‘siqlar o‘rnatilishi lozim.
163. Kerosin, benzin va boshqa yengil alangalanuvchi suyuqliklardan foydalanish taqiqlanadi.
164. Yoqilg‘ini xonadan tashqarida tayyorlash lozim.
165. Kul plita sovigandan so‘ng (yoqishdan oldin) yig‘ib olinishi kerak.
166. Qizitgich yoki plitani suv bilan sovutish taqiqlanadi.
167. Apparat ishlayotgan vaqtda qizitkich eshikchasi yopiq bo‘lishi, havo kirgizuvchi jalyuzi ochiq bo‘lishi, gazlarni chiqarib yuboruvchi shiber gazlar xonaga kirmaydigan qilib o‘rnatilishi lozim.
168. Shiber yoqilg‘isi to‘liq yonib bo‘lmagunicha ochiq saqlanishi kerak.
169. Plita 2-3 oyda kamida bir marta tozalanishi lozim.
170. Yoqilg‘i (ko‘mir va torf) uchun maxsus idish bo‘lishi kerak.
5-§. Gazda pishirishda qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
171. Soatiga 1,5 m3 va undan ko‘p gaz sarflovchi gaz apparatlari alohida isitilgan so‘ruvchi va tutun o‘tkazuvchi moslamaga ulangan bo‘lishi lozim.
172. Har bir tutun o‘tkazuvchi moslamada yopiq shiberda gaz apparatining qizitish yuzasini doimiy shamollatib turish uchun teshikli o‘chiruvchi shiber (15 mm diametrdagi beshta teshik) bo‘lishi zarur.
173. Har bir apparat oldidagi gaz yo‘lida kran bo‘lishi shart.
174. Apparatni ishga tushirishdan oldin xonani va yonuvchi kamerani shamollatish lozim.
175. Xonani shamollatish uchun so‘ruvchi ventilatsiya yoqilishi, ventilatsiya bo‘lmasa deraza darchalari va eshiklari ochilishi kerak.
176. Yonuv kamerasini shamollatish uchun eshikchasi 10 minutga ochilishi, shiberni gaz o‘tkazuvchisi bo‘lganda ochish va tutun so‘ruvchi moslamani ishga tushirish kerak.
177. Goryelkani yondiruvchi moslamadan yoqish, yondiruvchi moslamasi bo‘lmaganda ko‘tarib yuriladigan yondiruvchi moslamadan foydalanish kerak.
178. Goryelka doimo kuzatib turilishi lozim.
179. Ishlab turgan apparatlarni qarovsiz qoldirmaslik kerak.
180. Goryelka o‘chib qolganda va yondirilgan vaqtda nozozlik aniqlansa gaz yopilib, zudlik bilan gaz ustasi chaqirilishi lozim.
181. Goryelkadagi olov yonayotganda uzib qo‘ymaslik kerak.
182. Xavfsizlik avtomatikasi mutaxassis tomonidan muntazam ravishda tekshirib turilishi lozim.
183. Tartiblash avtomatikasi va xavfsizlik avtomatikasining saqlovchi klapani ishlamay qolgan taqdirda, gaz o‘chirilib, mexanik chaqirilishi lozim.
184. Gaz goryelkasi toza saqlanishi kerak.
185. Kontakt manometri va termometrining kaliti qurilmadan foydalanish bo‘yicha javobgar shaxsda saqlanishi lozim. Kontakt manometri va termometrining stryelkalarini zarur chegaraga o‘rnatish javobgar shaxs tomonidan amalga oshirilishi lozim.
186. Xavfsizlik avtomatikasi termomagnit klapani yondiruvchi sham o‘chgandan keyin 30-45 sekunddan so‘ng ishlab ketishi lozim. Termomagnit klapan ko‘rsatilgan vaqtda ishlamagan taqdirda, mutaxassis tomonidan sozlanishi zarur.
187. Gaz kommunikatsiyasi, apparatlari yoki avtomatikasida nosozliklar topilgan, shuningdek gaz hidi sezilgan taqdirda, zudlik bilan gaz ustasi chaqirilishi kerak.
188. Xonada gaz hidi sezilgan taqdirda, elektr chiroqlari, ventilyatorlar va boshqa elektr asboblarini o‘chirish va olov yoqmaslik kerak.
189. Ish tugatilgandan so‘ng goryelkaning kranlari, umumiy gaz krani va shiber apparati yopilishi lozim va tashkilotda ish tamom bo‘lgandan so‘ng esa hisoblagich yonidagi umumiy gaz krani yopilishi kerak.
6-§. Bug‘da pishirishda qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
190. Apparat ishlayotgan vaqtda par bosimi muntazam ravishda manometrdan kuzatib turilishi lozim.
191. Bug‘ o‘tkazuvchi va kondensator quvurlari izolatsiyalangan bo‘lishi shart.
192. Bug‘da pishiruvchi apparaturaning qaytish yo‘llarida kondensatsion tuvaklar bo‘lishi kerak.
193. Kondensatsion tuvaklarning ishlashi muntazam ravishda kuzatib turilishi zarur.
194. Yaroqsiz yoki saqlovchi armaturasi ishdan chiqqan apparatlarda ishlash taqiqlanadi.
7-§. Elektr isitishda qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
195. Elektr isitish apparati zavod nomi, apparat raqami, tok quvvati, pasporti, shuningdek undan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomaga ega bo‘lishi lozim.
196. Apparatlar yerga ulangan va zaminlangan bo‘lishi lozim.
197. Apparatni o‘rnatish va undan foydalanishda uning pasporti va foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomasi talablariga qat’iy amal qilish zarur.
198. Yoquvchi moslamalar ish joyi yaqinida o‘rnatilishi lozim.
199. Elektr o‘tkazgich mexanik ta’sirlardan himoyalangan bo‘lishi kerak.
200. Barcha kontaktlar mustahkam ulangan bo‘lishi kerak.
201. Elektr tokini yoqishdan oldin qobiqda suv borligi tekshirib ko‘rilishi zarur. Suv qozonning vertikal joylashgan holatida nazorat kranidan past to‘ldirilmasligi kerak.
202. Elektr pishiruvchi apparat issiqlik ishlovi berilishi zarur bo‘lgan mahsulotlar bilan to‘ldirilgandan so‘ng yoqiladi va olishdan 5-10 daqiqa oldin o‘chirilishi lozim.
203. Elektr pishirishda quyidagilar taqiqlanadi:
elektr apparatlarni tok quvvatidan o‘chirmagan holda qarovsiz qoldirish;
yoqilgan apparatlarni joyidan qo‘zg‘atish va yuvish;
elektr apparatlarga mas’ul bo‘lmagan shaxslar tomonidan sozlash va ta’mirlash.
204. Elektr pishirish apparatlariga elektr mexaniklar tomonidan texnik xizmat ko‘rsatilishi kerak.
8-§. Elektr plitalariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
205. Elektr plitaning yuzasi silliq va tekis bo‘lishi lozim. Deformatsiyalangan yuzali plitadan foydalanish taqiqlanadi.
206. Elektr plitaning bortiq va tutqichlari bo‘lishi hamda tutqichlar qizimaydigan bo‘lishi kerak.
207. Tutqichlar elektr plita bortlaridan 10 sm masofada joylashgan bo‘lishi kerak.
208. Qovurish shkaflari va qizitgich eshikchalarining tutqichlari izolatsiyalangan bo‘lishi lozim.
209. Elektr plitada ish boshlashdan oldin termoregulyator va yoqish moslamalarining sozligi tekshirilishi lozim.
210. Elektr plita konforkalarini maksimal quvvatda burash va yoqish mumkin emas.
211. Elektr plitani qattiq qizdirib yubormaslik kerak.
212. Qizdirilgan elektr plitalarning yuzasi va konforkalar suv bilan sovutilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
9-§. Qozonlar va avtoklavlarga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
213. Ovqat pishirish qozoni va avtoklavni par qopchasini to‘ldirmasdan yoqish taqiqlanadi.
214. Ovqat pishirish qozonining qopqog‘ini ochishdan oldin apparatga yuborilayotgan issiqlik kamaytirilishi lozim. Puflovchi moslamani yopib qizitgich eshikchasini ochish (ko‘mirda ishlaganda), puflovchi moslamani yopib tortuvchi shiberni oxirigacha yopmaslik (o‘tinda ishlaganda) keyin klapan-turbinkani yog‘och sterjen bilan halqasidan ko‘tarib, qozondan parni chiqarish kerak.
215. Tandirsimon qozonlarning qopqoqlari bug‘ni kanalizatsiyaga tushiruvchi moslamalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
216. Avtoklav qopqog‘i yopilayotgan vaqtda vintlarning bir tekis va zich tortilganligiga ahamiyat berilishi kerak.
217. Ishlab turgan avtoklavning qopqog‘ini ochishdan oldin apparat sekin qaynash rejimiga (tartibiga) o‘tkazilishi yoki o‘chirilishi va qopqoqdagi par o‘tkazuvchi kran ochilishi lozim.
218. Avtoklavdagi bosim nolga tushganidan keyin, vintlar qarama-qarshi tartibda to‘liq bo‘shatilgandan keyin ochilishi lozim. Vintlarni qayta burab qo‘yish bir vaqtning o‘zida amalga oshirilishi kerak.
219. Avtoklavlar qozonlarini muntazam ravishda tekshirib turilishi va ularning ishga yaroqliligi bo‘yicha dalolatnoma tuzilishi lozim.
220. Avtoklavlar tashkilot tomonidan to‘rt oyda kamida bir marta tekshirib turilishi lozim. Tekshiruv natijalari jurnalda qayd etib borilishi kerak.
10-§. Suv qaynatishda qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
221. Suv qaynatuvchi uskunani ishga tushirishdan oldin uning suv bilan to‘ldirilganligi, suvning bemalol kirishi ta’minlanganligi, klapanning yaxshi ishlashi, shuningdek issiq suvning chiqishidagi ventilning ochilganligi tekshirilishi lozim.
222. Suv qaynatuvchi moslamaga suv kelishi to‘xtab qolganda ishni zudlik bilan to‘xtatishi lozim.
223. Suv qaynatuvchi uskunadan qaynagan suvni muntazam ravishda olib turishi kerak.
224. Chelak va choynaklar kran tagidagi maxsus taglikka qo‘yilishi lozim.
225. Suv qaynatuvchi uskunalarning yaroqli holda ekanligi va mustahkam o‘rnatilgan tutqichlarga ega bo‘lishiga e’tibor berishi lozim.
226. Suv qaynatuvchi uskuna ishlayotgan vaqtda doimiy kuzatib turishi lozim.
227. Qattiq shovqin va zarblar paydo bo‘lgan taqdirda, ish zudlik bilan to‘xtatilishi va usta chaqirilishi kerak.
228. Suv qaynatishda quyidagilar taqiqlanadi:
yaroqsiz suv qaynatuvchi uskunadan foydalanish;
suv qaynatuvchi moslamaning signal trubkasini ochish;
qaynagan suvni yig‘ib olishda moslamaning kraniga chelakni ilib qo‘yish;
yaroqsiz kran (jo‘mrak) va tutqichi bo‘lmagan suv kaynatuvchi moslamalardan foydalanish.
11-§. Gazlangan ichimliklar tayyorlash va savdo qilishda qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
229. Karbonat angidridli gaz balon vertikal ravishda o‘rnatilishi hamda xomut, zanjir va boshqa vositalar yordamida mustahkam o‘rnatilishi lozim.
230. Balonning ventili yaxshi buralmasa yoki undan gaz chiqadigan bo‘lsa, balonni uskunadan o‘chirish va uni almashtirish lozim.
231. Bino ichida o‘rnatilgan gaz balon isitish radiatoridan kamida 1 m, gaz plitasidan 1,5 m, pech va boshqa isitish manbalaridan esa 5 m masofada bo‘lishi zarur.
232. Yoz mavsumida balon yorqin rangdagi mato bilan yopilishi va unga suv sepib sovutib turilishi lozim.
233. Zaxiradagi karbonat angidridli gaz balonlar salqin xonada, vertikal holatda va mahkam yopilgan holda saqlanishi kerak.
234. Karbonat angidridli va bo‘shagan balonlar ehtiyotkorlik bilan kamida ikki kishi yordamida tashilishi, yuklanishi va almashtirilishi lozim.
235. Karbonat angidridli gaz balonni qabul qilishda balon saqlovchi klapanli ochib-yopish jo‘mragi mustahkam yopilgan bo‘lishi kerak.
236. Karbonat angidridli gaz balon bilan ishlashda quyidagilar taqiqlanadi:
foydalanish muddati o‘tgan manometrli uskunada ishlash;
balonga va biriktirish gaykasiga zarba berish;
balon jo‘mragi va reduktorning karbonat angidriddan muzlashiga yo‘l qo‘yish;
balonni issiq suv yordamida isitish;
ish tugagach, karbonat angidridli gaz balonning jo‘mragini yopmagan holda qoldirish.
12-§. Saturatorli va pivo tarqatishda qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
237. Saturatorning saqlovchi klapani nazorat qilinadigan bo‘lishi va bosimi 30 GPa (3 ati) dan oshmasligi lozim.
238. Saturatordagi gaz doimiy ravishda chiqarib turilishi va belgilangan bosimdan oshib ketmasligi uchun manometr ko‘rsatkichi doimiy kuzatib turilishi lozim.
239. Saturator ishlayotgan vaqtda manometr stryelkasi ogohlantiruvchi qizil belgidan o‘tsa saqlovchi klapan ochilmasligi hamda ish darhol to‘xtatilishi va balon jo‘mragi yopilishi kerak.
240. Pivo tarqatish uskunasining baloni, reduktori hamda saqlovchi klapani nazorat qilib turilishi va bosimi 0,1 MPa (1 ati) dan oshmasligi kerak.
13-§. Savdo avtomatlariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
241. Savdo avtomatlarini mahkamlash va montaj qilish ishlab chiqaruvchi tomonidan avtomatga ilova qilingan foydalanish va tekshirish bo‘yicha yo‘riqnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
242. Avtomatning elektr ta’minoti uchun zarur bo‘lgan 220 V va 380 V kuchlanishli o‘zgaruvchan tok elektr simi yerdan yoki devordan o‘tkazilgan po‘lat gaz quvurlari ichidan o‘tkazilishi kerak.
243. Har bir avtomatning elektr ta’minoti alohida guruhlarda bo‘lingan holda elektr taxtasining har bir guruhi tegishli eruvchan kirgizma bilan ta’minlangan holda amalga oshirilishi zarur.
244. Elektr energiyasini iste’mol qiluvchi avtomat o‘rnatilgan binoda yerga ulangan temir simli zaminlash konturi bo‘lishi lozim.
245. Suv quvurining magistrali umumiy yopuvchi ventil bilan, shuningdek har bir ulangan joyida qo‘shimcha ventil bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Avtomatga quvur o‘tkazish yopiq holda (pol ostida) bo‘lishi kerak.
246. Avtomatni ko‘rikdan o‘tkazishdan oldin avtomatni elektr tarmog‘idan o‘chirilganligi tekshirilishi lozim. Mazkur ishlarni elektr tarmog‘idan uzmagan holda bajarish taqiqlanadi.
247. Bosim ostida ishlaydigan gidravlik yoki pnevmatik tizimi bo‘lgan avtomatlarda salnikni qattiq siqish va rezbali birikmalarni qalinlashtirish taqiqlanadi.
248. Qaynoq ichimliklar savdosida avtomat rezervuariga quyishdan oldin maxsus tagliklardan foydalanish lozim. Stul, quti va boshqa buyumlardan foydalanish taqiqlanadi.
249. Qaynoq ichimliklarning hajmi 10 litrdan ko‘p bo‘lmagan idish bo‘lishi lozim.
14-§. Birlamchi materiallar, yarim mahsulot va chala tayyor mahsulotlar, tayyor mahsulot va chiqindilarni saqlash va transportda tashishga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
250. Birlamchi materiallar, yarim mahsulot va chala tayyor mahsulotlar, tayyor mahsulotlarni transport vositalarida tashishda yuk tashish qoidalariga rioya qilishlari lozim.
251. Birlamchi materiallar, yarim mahsulot va chala tayyor mahsulotlar, tayyor mahsulotning hajmi mazkur ishni bajaruvchi qurilmaning pasportida ko‘rsatilgan o‘lchamlarga muvofiq bo‘lishi kerak.
252. Omborxonada ustma-ust taxlangan yoki yuk idishlari javonlar oralig‘idagi yo‘lakning eni 1,5 m dan kam bo‘lmasligi lozim.
253. Omborxonaning devorlari bo‘ylab o‘ralgan har bir javonda olti taxlamgacha bo‘lgan miqdorda xomashyo, yarim mahsulot va chala tayyor mahsulotlar, tayyor mahsulotlarni saqlash lozim.
254. Mahsulotlarni joylashtirishda oraliq masofa quyidagicha bo‘lishi lozim:
bino devoridan – 0,70 m;
isitish tizimidan – 0,20—0,50 m;
yoritish tizimidan – 0,50 m;
poldan – 0,15 – 0, 30 m.
255. Chiqindilarni inventarizatsiya qilish, shuningdek ularning turlari bo‘yicha xavflilik darajasini belgilash lozim.
256. Chiqindilarni ruxsat etilmagan joylarda saqlash, qayta ishlash va ko‘mib tashlash taqiqlanadi.
257. Tashkilotlarda chiqindilar bilan ishlashga oid yo‘riqnomalar ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim.
258. Ikkilamchi xomashyolar tashkilotga infeksiyaga qarshi dorilangan va bog‘lamlarga o‘ralgan holda qabul qilinishi kerak.
259. Ikkilamchi xomashyo bog‘lamlarini yopiq omborxonalarda yoki qattiq qoplamali soyabonli maydonlarda saqlash lozim.
260. Ochiq saqlash maydonlari atrof hududiga nisbatan 0,2 m dan kam bo‘lmagan holda baland va 0,5 m dan kam bo‘lmagan holda yonmaydigan devor bilan o‘ralgan bo‘lishi kerak.
261. Ikkilamchi xomashyo taxlamlari balandligi 5 m dan va har bir taxlam o‘lchami 0,25 x 0,15 m dan oshmasligi kerak.
262. Quti va qoplardagi yuklar omborxonada ag‘anamaydigan va surilib ketmaydigan qilib ustma-ust taxlangan bo‘lishi lozim. Qo‘lda taxlanganda uning balandligi 3 m dan, yuk ko‘tarish mexanizmi yordamida taxlanganda esa 6 m dan oshmasligi lozim. Eng yuqoridagi qop bilan ship orasidagi masofa kamida 1 m bo‘lishi lozim.
263. Chiqindilarni yig‘ish joyi sexlardan kamida 50 m uzoqlikda bo‘lishi lozim.
264. Yuk saqlanadigan omborxona va maydonchalar hududining kirish joylarida transport vositalarning harakat yo‘nalishi hamda yuklarni ortish va tushirish joylari ko‘rsatilgan sxemalar osib qo‘yilgan bo‘lishi lozim.
265. Omborxonalardagi belgilangan normadan ortiq bo‘lgan yuklarni tashish va taxlash bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ishlar mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lishi lozim.
IV bob. Asbob-uskunalarga qo‘yiladigan talablar
1-§. Umumiy talablar
266. Mashinada ishlayotganda elektrodvigatelning reduktor korobkasi va podshipniklarning ustki qismi qizib ketmasligi nazorat qilib turilishi kerak.
267. Mashina ishlayotganda tezlikni o‘zgartirishga faqat tekis tezlik regulyatorlari bo‘lgan taqdirda ruxsat beriladi, boshqa hollarda mashina to‘xtatilgandan keyin tezlikni to‘xtatish lozim. Ishlayotgan mashinalarni qarovsiz qoldirish taqiqlanadi.
268. Mashina va mexanizmlar ishlamayotganda o‘chirilgan bo‘lishi zarur.
269. Mashina to‘xtab qolganda yoki shikastlanganda harakatlantiruvchi qism zudlik bilan to‘xtatilishi kerak.
270. Mashina yo‘riqnomasida nazarda tutilmagan ishlarni bajarish taqiqlanadi.
271. Mashinani tozalash, tartibga keltirish va ta’mirlash ishlari mashina to‘liq to‘xtagandan so‘ng amalga oshirilishi lozim.
2-§. Kartoshka tozalovchi mashinalarda ishlashda qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
272. Kartoshka tozalovchi va mashinada yuklovchining voronkasiz ishlashi taqiqlanadi.
273. Mashina ishlayotganda qo‘lni ish kamerasiga tiqmaslik kerak.
274. Tiqilib qolgan kartoshkalar mashina to‘liq to‘xtatilgandan so‘ng olinishi kerak.
275. Qiruvchi diskni o‘rnatish va yechib olish uchun maxsus ilgaklar bo‘lishi lozim.
3-§. Sabzavot kesuvchi mashinalarda ishlashda qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
276. Mahsulotni bunker ichiga itarishda (kirgizishda) yog‘och itargichlar va lopatkalardan foydalanilishi lozim.
277. Mahsulot tiqilib qolgan taqdirda, harakatlanuvchi qism to‘xtatilib, yuklovchi qurilma yechiladi va tiqilgan mahsulot olib tashlanishi lozim.
278. Harakatlanuvchi qism to‘liq to‘xtamagunga qadar mashinani ochish, diskini yechish va pichoqlarini almashtirish taqiqlanadi.
279. Kolodkani o‘rnatishdan oldin pichoq va taroqlar mustahkam o‘rnatilganligi tekshirilishi lozim.
4-§. Maydalovchi mashinalarda ishlashda qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
280. Maydalovchi mashinani ishga tushirishdan oldin pichoqlarning mahkamlanganligi tekshirilishi va chiqib turgan vintlar esa burab qo‘yilishi lozim.
281. Mahsulotni yuklash o‘rnatilgan ortish bunkerida amalga oshirilishi zarur.
282. To‘siq bilan ajratilmagan mashina oldida ishlash va elektrodvigatel to‘xtamagunga qadar to‘siqni ochish taqiqlanadi.
283. Mahsulotni mashina ishlayotgan vaqtda qo‘l bilan itarish taqiqlanadi.
284. Diskni ko‘tarishdan oldin mashinaning ustki qismini mahkamlovchi boltalarning mustahkamligi tekshirilishi zarur.
285. Disk ko‘tarilganda qo‘lni uning tagiga kiritish taqiqlanadi.
5-§. Lentasimon va aylanma (diskli) arralarda ishlashda qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
286. Arra uzilib ketmasligi uchun uni ortiqcha tortmaslik, shuningdek arra tishlari zich joylashgan bo‘lishi kerak.
287. Arra harakati tepadan pastga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim.
288. Yuqori yo‘naltiruvchi arra kesiladigan mahsulot qalinligiga qarab minimal balandlikka o‘rnatilishi lozim.
289. Mashina korpusining eshigi ish vaqtida doimo yopiq holatda bo‘lishi kerak.
290. Qo‘lni arra diskidan 0,10 m uzoqlikda saqlash lozim. Bunda ko‘ylak yenglari qadalgan bo‘lishi kerak.
291. Mahsulotlar arraga ortiqcha harakatlarsiz bir tekisda berilishi lozim.
6-§. Go‘sht maydalovchi mashinalarda ishlashda qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
292. Go‘sht maydalagich korpusi reduktorning patrubkasiga mahkam o‘rnatilgan bo‘lishi zarur.
293. Barmoqlar go‘sht maydalagich og‘zidagi harakat qismlariga kirib ketmasligi uchun ortish teshiklarining diametri 45 mm bo‘lganda saqlovchi halqa o‘rnatishi lozim.
294. Yuklash teshiklariga go‘shtni itarish uchun yog‘och itargichlardan foydalanish zarur.
295. Kesuvchi asbobning shnekini ish kamerasidan olish uchun maxsus ilgichlardan foydalanish kerak.
7-§. Qiyma aralashtirgichda ishlashda qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
296. Ortish voronkasida saqlovchi to‘siq bo‘lmagan mashinada ishlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
297. Mahsulotni ish kamerasiga itarib kiritish, shuningdek mashina ishlayotgan vaqtda qiymani tushirish oynasidan qo‘l bilan olish taqiqlanadi.
8-§. Xamir qoruvchi mashinalarda ishlashda qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
298. Xamir qoruvchi to‘siq bilan ajratilmagan mashinada yoki ko‘tarilgan to‘siq bilan ishlash taqiqlanadi.
299. Mashinani ishga tushirishdan oldin almashtiriluvchi qoruvchi moslamaning platformaga mahkam o‘rnatilganligi tekshirilishi lozim.
300. Qoruvchi moslama ishlayotganda mahsulotni ortish taqiqlanadi.
9-§. Universal harakatlantiruvchi qismli mashinalarda ishlashda qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
301. Universal harakatlantiruvchi qismli mashinalarda ishlaganda quyidagilarga amal qilish lozim:
elektrodvigatelning harakatlantiruvchi qismi almashuvchi mashinaga mahkamlangandan keyin yoqilishi;
almashuvchi mashina harakatlantiruvchi qism ichida to‘liq joylashtirilishi zarur.
302. Mashinaning elektrodvigateli to‘liq to‘xtamagunga qadar harakatlantiruvchi qismidan yechilishi taqiqlanadi.
303. Harakatlantiruvchi val elektrodvigatel ishga tushirilganda reduktorning stryelkasi ko‘rsatgan yo‘nalish bo‘yicha aylanishi lozim.
304. Og‘ir almashuvchi mashinalar (kartoshka tozalovchi mashina, xamir qorgich) yig‘ilgan holda o‘rnatilishi lozim.
10-§. Xamir tayyorlash mashinalarida ishlashda qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
305. Rezervuar va ishchi organ vint bilan mustahkamlangan bo‘lishi lozim.
306. Ishchi organ rezervuar tubi va uning o‘rtasidagi tirqish 5 mm bo‘lgan holda o‘rnatilishi lozim.
307. Qayta ishlash mumkin bo‘lgan mahsulotlar mashinaga yig‘ilgandan va qo‘lda sinab ko‘rilgandan so‘ng yuklanishi lozim.
308. Mashina ishlayotganda mahsulotlarni rezervuarga qo‘shish taqiqlanadi.
309. Xamir tayyorlash mashinasini to‘xtatish yoki tezligini o‘zgartirish uchun elektrodvigatelni o‘chirish zarur.
11-§. Idish-tovoq yuvish mashinalarida ishlashda qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
310. Idish-tovoq yuvish mashinalarini ishga tushirishdan oldin elektrodvigatel bakida suv borligi tekshirilishi lozim.
311. Mashina ishlayotgan vaqtda yuvish kamerasining eshigini ochish taqiqlanadi.
312. Mashinaga issiq suv yetkazib beruvchi truboprovodlarning o‘tkazuv zichligi muntazam ravishda tekshirib turilishi zarur.
313. Mashina ishlayotgan vaqtda uning suvini to‘kish taqiqlanadi.
12-§. Nonkesgichda ishlashda qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
314. Mashinani ishga tushirishdan oldin kesuvchi moslama qo‘lda aylantirilib, yuqorigi holatdagi tutqichning mustahkamligi tekshirib ko‘rilishi zarur.
315. Nonkesgichda ishlashda quyidagilar taqiqlanadi:
non tushiruvchi moslama (karetka) harakatlanayotganda non taxlash;
nonkesgichda tugatuvchi o‘chirish moslamasisiz ishlash;
mashinani to‘xtatmay turib, tiqilib qolgan non bo‘laklarini olish.
316. Non bo‘laklarini disk pichog‘idan maxsus moslama bilan olish kerak.
317. Kesuvchi diskni charxlaganda maxsus charxlovchi asbobdan foydalanish lozim.
318. Pichoq diski stopor bilan mahkam o‘rnatilishi, disk tutqich orqali aylantirilishi va bunda stopor o‘chirilgan bo‘lishi kerak.
13-§. Kolbasa va dudlangan go‘sht kesgichda ishlashda qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
319. Kolbasa va dudlangan go‘sht kesgichda kesuvchi asbobning ustini berkitmasdan ishlash kerak.
320. Disk pichog‘ini mahsulot qoldiqlaridan tozalash uchun yog‘och qirg‘ichlar bilan tozalash va bunda mahsulot mahkam o‘rnatilishi kerak.
321. Mahsulot qo‘lda karetka orqali bir tekisda yuborilishi lozim.
V bob. Ta’mirlash ishlarini amalga oshirishga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
322. Tashkilotning ta’mirlash xizmati uskunalarning mehnat xavfsizligi standartlari, ularning texnik pasportlari, texnik yo‘riqnomalari va ishlab chiqaruvchi zavodning boshqa hujjatlarining talablariga mosligini ta’minlashi kerak.
323. Tashkilot tomonidan asbob-uskunalarning zarur texnik holatini saqlab turish uchun xizmat ko‘rsatish sifati yaxshilanishi, rejali-profilaktik ta’mirlash qat’iy bajarilishi va ta’mirlash ishlari sifatining yaxshilanishi bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi lozim.
324. Asbob-uskunalarni kapital va joriy ta’mirlash belgilangan tartibda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan ishlarni tashkil etish loyihasiga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Ishlarni tashkil etish loyihalarida ta’mirlashni o‘tkazishga javobgar shaxslar, shuningdek ta’mirlash ishlarining tartibi va xodimlarning xavfsizligini ta’minlovchi choralar ko‘rilishi lozim.
325. Ta’mirlash ishlarini o‘tkazish muddati tashkilotning bosh muhandisi tomonidan tasdiqlagan yillik rejali-ta’mirlash jadvaliga asosan belgilanadi.
326. Ta’mirlash ishlarini o‘tkazishda ishlarning bajarilishi texnologik ketma-ketlikda ko‘rsatilishi kerak. Bunda quyidagilar ko‘rsatilishi zarur:
ishlarni bajarish usullari va uslublari;
ta’mirlash uchun zarur bo‘lgan asbob-uskuna va anjomlar turlari;
ta’mirlangan mahsulotlar va ular qismlarining texnik talablarga javob berishi.
327. Ta’mirlash jihozlari va uskunalari ishlash uchun qulay joylashtirilishi, ish holatida oson o‘rnatilib, yechilishi lozim.
328. Ta’mirlash ishlari bajariladigan hudud to‘silgan va u yerda xavfsizlik belgilari o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
329. Ta’mirlashda ish joylarini, yo‘llarni, yo‘laklarni va zinapoyalarni to‘sib qo‘ymaslik kerak.
330. Quvursimon pechni ta’mirlashdan oldin uning quvurlari inert gazi va suv bug‘i bilan tozalanishi kerak.
331. Kompressorni qismlarga ajratish va ichini ochish bilan bog‘liq ta’mirlash ishlarini o‘tkazish uchun uni boshqa texnologik quvur o‘tkazgichlardan uzib qo‘yish lozim.
332. Ta’mirlash ishlari balandlikda bajarilganda, asbob-uskuna va materiallarni maydoncha chetiga qo‘yish yoki yerga tashlash taqiqlanadi.
333. Barcha ta’mirlash ishlari mas’ul xodim rahbarligi va nazorati ostida bajarilishi lozim.
334. Yoritish uchun mash’ala, gugurt, kerosinli fonarlar, shamchiroqlardan foydalanish taqiqlanadi.
335. Elektr uskunalar va jihozlar ta’mirlangandan so‘ng, tashkilot bosh mexanigi (bosh energetik), mehnat muhofazasi xizmati xodimi, kasaba uyushmasi vakili va bosh muhandis tomonidan tasdiqlangan tegishli dalolatnoma tuzilib, qabul qilingandan so‘ng ishga tushirilishi lozim.
336. Ta’mirlash ishlari tugagach, barcha keraksiz konstruksiyalar, asbob-uskunalar, materiallar va chiqindilar sexdan olib ketilishi, to‘siqlar, saqlovchi blokirovka moslamalari o‘z joyiga o‘rnatilishi kerak.
VI bob. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
337. Mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
338. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish Qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(338-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
VII bob. Yakuniy qoida
339. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi, “Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi va Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi bilan kelishilgan.
Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi B. ZAKIROV
2013-yil 8-may
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
2013-yil 8-may
Sog‘liqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2013-yil 8-may
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
2013-yil 8-may
“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi boshlig‘i A. NIMATULLAYEV
2013-yil 8-may
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘i B. GULYAMOV
2013-yil 8-may
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi Bosh direktori A. KURBONOV
2013-yil 8-may
Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi raisi A. SALIMOV
2013-yil 8-may


(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 22-son, 295-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)

Download 104.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling