1. O‘simliklar fiziologiyasi qanday jarayonlarni o‘rganadi?


Download 79.07 Kb.
bet14/25
Sana06.05.2023
Hajmi79.07 Kb.
#1434088
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
Bog'liq
1 ЯН тест Талабаларга Ўсимликлар физиологияси 18 04 2023

104. Fotosintezning C4 - yo‘li asosan qaysi bir pallali o‘simliklarda sodir bo‘ladi?
A. makkajo‘xori, oq jo‘xori, shakarqamish, tariq va sholi
B. makkajo‘xori, bug‘doy, shakarqamish, tariq va turp
C. makkajo‘xori, arpa, bug‘doy, tariq va shol
D. oq jo‘xori, arpa, bug‘doy, pomidor va kartoshka
105. C4 - o‘simliklari qanday omillarga nisbatan chidamli bo‘ladilar?
A. qurg‘oqchilikka, sovuqqa
B. kasalikka, sho‘rlikka
C. qurg‘oqchilikka, sho‘rlikka
D. zararkunandalarga, shomol ta’sirida yotmaydi
106. Ontogenezning ko‘pchilik davri juda qurg‘oqchilik sharotida o‘tadigan o‘simliklarda fotosintez C4 - yo‘li bilan borib, ular asosan kechasi (og‘izchalar ochiq vaqtda) CO2 ni yutib oladi va qanday moddani to‘playdi?
A. olma kislotasi
B. limon kislotasi
C. yantar kislota
D. oksalat kislota
107. Og‘izchalarning yopiq bo‘lishi o‘simliklarni tanasidagi qanday moddaning transpirasiya uchun sarflanishidan saqlaydi?
A. suv
B. oqsil
C. shira
D. uglevodlar
108. Yorug‘lik fotosintezning asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo‘lib, uning jadalligi va spektral tarkibi katta ahamiyatga ega. Yorug‘lik spektridagi faol (400-700 nm) nurlarining 80-85% ni barglar yutadi. Lekin shundan faqat qancha foizi fotosintez uchun sarflanadi?
A. 0,5-1,5
B. 2,5-3
C. 1,5-2
D. 1,5-4
109. Havo tarkibidagi CO2 ning miqdorini qancha foizgacha ko‘paytirish fotosintez jadalligini ham oshiradi?
A. 0,03 dan to 0,6
B. 0,01 dan to 0,03
C. 0,03 dan to 0,04
D. 0,03 dan to 0,3

110. Issiqxonalarda havo tarkibidagi CO2 ning miqdorini 0,2-0,3% ga yetkazish ayniqsa sabzavot o‘simliklariga yaxshi ta’sir etib, ularning hosildorligi necha foizgacha ko‘payishi mumkinligi aniqlangan?
A. 20-50
B. 15-20
C. 10-15
D. 30-60
111. O‘zbekiston sharoitida yoz kunlarida kuzatish mumkin. Ertalab yorug‘likning boshlanishi bilan fotosintez jarayoni ham boshlanib, soat nechalarda eng yuqori jadallikka erishadi?
A. 12-13
B. 17-19
C. 10-11
D. 6-8

Download 79.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling