1. O‘zbek adabiy tili va uning tarixiy bosqichlari. O‘zbek adabiy tili haqida
Shakldosh qo’shimchalar bo’yicha test topshirig’i
Download 336.21 Kb.
|
Ona tili ma\'ruza1
Shakldosh qo’shimchalar bo’yicha test topshirig’i
1. Qaysi misollarda so’z yasovchi qo’shimcha shakl yasovchi qo’shimcha bilan omonimlik hosil qilgan? 1.o’roq, qo’rqoq 2.tepki, kechki 3.gapirma, Burma 4.yuzlab, haftalab. A. 3, 4 B. 1, 2, 3, 4 C. 1 , 2 D. 1 , 3, 4 2. 1.o’yinchoq - erinchoq; 2.toychoq -maqtanchoq; 3.chaqin- qishin -yozin; 4.qizcha -erkakcha so’zlarida omonimlik qanday qo’shimchalar asosida hosil bo’lyapti? A. 1, 3 so’z yasovchi orasida; 2, 4 lug’aviy shakl hosil qiluvchi hamda so’z yasovchi orasida B. Hammasi so’z yasovchilar orasida C. Hammasi lug’aviy shakl hosil qiluvchilar orasida D. 1 , 4 so’z yasovchi; 2. 3 lug’aviy shakl hosil qiluvchi 3. -cha, -xon, -lab qo’shimchalarining qaysi biri ham so’z yasovchi, ham shakl yasovchi shakldosh qo’shimcha vazifasini bajarishi mumkin? A. -cha, -xon B. -ch, -lab C. -cha, -xon, -lab D. -lab 4. -chak, -ar, -oq qo’shimchalarining qaysi biri ham so’z yasovchi, ham shakl hosil qiluvchi shakldosh qo’shimcha vazifasini bajarishi mumkin? A. -chak, -ar B. –oq C. -chak, -oq D. -ar 5. -in, -choq, -ma, -ay qo’shimchalarining qaysi biri ham so’z yasovchi, ham shakl yasovchi shakldosh qo’shimcha vazifasini bajarishi mumkin? A. hammasi B. -in, -choq C. -ma, -ay D. -in, -ma, -choq 6. Qaysi qatorda sintaktik shakl yasovchi qo’shimchalar o’zaro shakldoshlik hosil qilgan? A. Kelinchak –kuyunchakB. Bog’lam –onam C. Bolang - ko’rding D. Dildoraxon - g’azalxon 7. 1.jizza - ko’tara; 2.kuldon-guldon; 3.uyingiz -ochingiz; 4.paxtakor -fusunkor; 5.ukamiz -onamiz; 6.to’lg’oq -toyg’oq berilgan juftliklarning qaysi birida ot va sifat yasovchi shakldosh qo’shimchalar ishtirok etgan? A. 1 , 4, 6 B. 2 , 3, 4, 5 C. 4, 6 D. Hammasida omonim qo’shimchalar ishtirok etgan 8. Supurgi- yozgi, sezgi- kuzgi. Ushbu so’zlar tarkibidagi -gi qo’shimchasi ma’no hamda vazifasiga ko’ra qanday qo’shimcha? A. Ot yasovchi va sifat yasovchi B. Ot yasovchi va lug’aviy shakl hosil qiluvchi C. So’z yasovchi va sintaktik shakl hosil qiluvchi D. Ot yasovchi va ravish yasovchi 9. Qaysi qatorda sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha orasida omonimlik (shakldoshlik) munosabati yuzaga kelgan? A. Ukang – bording B. Ko’kish -ko’rish C. Toyg’oq -to’lg’oq D. Kitobim -bilim 10. Qaysi qatorda lug’aviy va so’z yasovchi qo’shimcha orasida omonimlik (shakldoshlik) munosabari yuzaga kelgan? A. To’plam –boylik B. Minglab –haftalab C. Chorvador – puldor D. Otam -onam 11. So’z yasovchi va lug’aviy shakl yasovchi qo’shimchalar shakldosh (omonim) qo’llangan qatorni toping. A. Gulla –quvla B. Erkin –keskin C. To’zon –shodon D. Sarg’ish -solish 12. 1.terim; 2.bilim; 3.kitobim; 4.ko’zim. Ushbu so’zlar tarkibidagi qo’shimchalardan qaysilaridan omonim qo’shimchalar juftligi hosil qilish mumkin? A. Terim -kitobim, bilim -ko’zim B. Terim -bilim, ko’zim -kitobim C. Bilim -ko’zim, kitobim -ko’zim D. Terim -ko’zim, ko’zim -kitobim 13. Omonim qo’shimcha qo’shilganda tovush o’zgarishiga uchraydigan so’zlar qatorini belgilang. A. Susay -boray, angla –quvla B. Qo’rqoq -o’roq, chidam -to’plam C. Oqish -sarg’ish, kitobxon –otaxon D. Qalamdon -bilimdon, jo’shqin -toshqin 14. Omonim qo’shimcha qo’shilganda tovush o’zgarishi bo’ladigan so’zlar qatorini belgilang. 1.ata; 2.sana; 3.sarg’ay; 4.terim; 5.kelinchak; 6.supurgi. A. 1 , 2, 3 B. 3 , 4, 5 C. 2 , 3 D. hammasida tovush o’zgarishi bo’ladi 15. So’z yasovchi va lug’aviy shakl yasovchi qo’shimchalar shakldosh qo’llangan qatorni belgilang. A. Toshqin- jo’shqin- bosqin B. Chiziq -siniq- tiniq C. Erkakcha -kitobcha -o’zbekcha D. Chirik -elak -tilak 16. -li qo’shimchasi bilan ma’nodoshlik hosil qilishi mumkin bo’lgan qo’shimchani belgilang. 1.-kor; 2.-dor; 3.-bo; 4.ba-; 5.ser-; 6.no-. A. 1 , 2, 5 B. hammasi C. 3 , 4 D. 1 , 2, 3, 4, 5 17. -chi qo’shimchasi bilan ma’nodoshlik hosil qilishi mumkin bo’lgan qo’shimchani belgilang. 1.-shunos; 2.-kash; 3.-kor; 4.-siz; 5.be-; 6.no-. A. 1 , 2, 3 B. 1 , 2 C. 1 , 2, 4, 5, 6 D. 1 18. Qaysi qatorda ot va fe’l yasovchi omonim (shakldosh) qo’shimchalar berilgan? A. Yo’liq, chiziq B. gapirma ,burma C. qatlama, bo’g’ma D. do’sti, bo’yi 19. Berilgan misollarning qaysi birida ot va sifat yasovchi qo’shimchalar orasida shakldoshlik (omonimlik) hodisasi yuz bermagan? A. Guldon-bilimdon, chiziq-siniq B. Tiniq -yopiq, yumshoq- suvoq C. Yopishqoq -botqoq, chirik –elak D. Iliq -yaltiroq, yig’iq -o’siq 20. Qaysi qatorda shaxs oti yasovchi qo’shimcha bilan sifat yasovchi omonimlik hosil qilgan? A. Zargar –ishvagar B. Yoshlik –sirdaryolik C. Tepki- dastlabki D. Bosqin -sotqin 21. Shaxs oti va sifat yasovchi omonim qo’shimchani belgilang. A. -kor, -gar B. -chak, -choq C. -lik, -k D. -qin, -xon 22. Qaysi qatordagi so’zlar tarkibidagi qo’shimchalar o’zaro shakldosh (omonim) qo’shimchalar hisoblanmaydi? A. Ishla, savala B. erkin, yashirin C. kelinchak, kuyunchak D. aytasiz, so’zsiz 23. Turli vazifada kelgan bir xil qo’shimchalar yordamida hosil bo’lgan qatorni belgilang. A. Ekin, sog’in, kiyin B. Ishla, uxla, so’zla C. Puldor, sabrli, basavlat D. Yedir, yegiz, aqlli 24. So’z yasovchi qo’shimcha bilan sintaktik shakl hosil qiluvchi orasidagi shakldoshlik (omonimlik) qaysi qatordagi so’zda kuzatiladi? A. Tinim, ko’zim B. O’tloq, bo’taloq C. Kitobing, bording D. Sarg’ish, yozish 25. So’z yasovchi va shakl yasovchi xususiyatga ega bo’lgan qo’shimchalar qatorini toping. A. -ga, -da, -ni B. -a, -in, -ir C. -liq, -ala, -tir D. -sh, -n, -ov 26. -ma, -sa, -moq qo’shimchalarining qaysilari so’z yasovchi vazifasini bajarishi mumkin? A. -sa, -moq B. -ma C. -ma, -sa, -moq D. -ma, -moq 27. So’z tarkibidagi -ma qo’shimchasiga urg’u tushsa, u qanday vazifa bajarishi mumkin? A. Sifat va ot yasovchi B. Ot yasovchi C. Ot va fe’l yasovchi D. Fe’lning bo’lishsizlik shaklini yasovchi 28. Qaysi so’z tarkibida -moq shakldosh (omonim) qo’shimcha sifatida ishlatilgan? A. Bormoq B. solmoq C. yashamoq D. chaqmoq 29. Qaysi qatordagi so’zlarda shakldoshlik (omonimlik) so’z yasovchi bilan shakl yasovchi qo’shimchalar doirasida kuzatiladi? A. Qoray, so’ray B. Bilim, bichim C. Ekin, qo’shin D. Chiqit, ko’chat 30. Qaysi qatordagi qo’shimchalar ot, sifat, fe’l yasovchi qo’shimchalar hisoblanadi? A. -i, -im B. -m, -oq C. -q, -ma D. -ik, -a 31. -la qo’shimchasi vazifasiga ko’ra qanday qo’shimcha? A. Faqat fe’l yasovchi B. Ot va fe’l yasovchi C. Fe’l yasovchi va shakl yasovchi D. Ot va shakl yasovchi 32. 1.chiziq- tiniq; 2.bosqin-sotqin; 3.yutuq-quruq; 4.qirg’in-so’lg’in; 5.chirik-ko’rik;6.istak-tilak. Ushbu berilganlardan qaysilarida qo’shimchalar omonimlik hosil qilgan? A. 1 , 2, 3, 4, 5 B. 1 , 2, 3, 4 C. 3 , 5, 6 D. 1 , 2, 4 33. -ik qanday qo’shimcha? A. Ot va sifat yasovchi B. Sifat yasovchi C. Ot yasovchi D. Ot, sifat, fe’l yasovchi 34. Qaysi qatorda qo’shimchalar omonim sanaladi? A. Kuyunchak-iymanchak B. Qisqacha-hozircha C. Bo’ychan-uyatchan D. Tugunchak-erinchak 35. Turli vazifada kelgan shakldosh qo’shimchalar yordamida hosil bo’lgan so’zlar qatorini belgilang. A. Tiqin, yig’in, chaqinB. To’lin, erkin, yashirin C. Yig’in, ko’rin, erkin D. To’kin, yashirin, erkin 36. -loq qo’shimchasi … A. Faqat so’z yasovchi B. Lug’aviy shakl hosil qiluvchi C. So’z yasovchi va lug’aviy shakl yasovchi D. So’z yasovchi, ot, sifat yasovchi Download 336.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling