1. O‘zbek adabiy tili va uning tarixiy bosqichlari. O‘zbek adabiy tili haqida


Download 336.21 Kb.
bet64/94
Sana08.03.2023
Hajmi336.21 Kb.
#1253836
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   94
Bog'liq
Ona tili ma\'ruza1

Qo’shimchalar ma’nodoshligi
Qo’shimchalarda shakldoshlikdan tashqari ma’nodoshlik hodisasi ham uchraydi. Ba’zan ma’lum bir so’z yasash ma’nosini ifodalash uchun birdan ortiq qo’shimchalardan foydalanishga to’g’ri keladi. Masalan, -li qo’shimchasi o’rniga -kor, -dor, bo-, ba-, ser- qo’shimchalarini qo’llash mumkin:
Itoatli - itoatkor
Shirali - shirador
Savlatli - basavlat
Sutli - sersut
Obro’li - boobro’
Shuningdek, -chi o’rnida, -shunos, -kash, -kor; -siz o’rnida esa be-, no- old qo’shimchalarni qo’llash kuzatiladi.
Adabiyotchi -adabiyotshunos
Aravachi - aravakash
G’allachi - g’allakor
Hayosiz - behayo
O’rinsiz -noo’rin
Hamma holatlarda ham yuqoridagicha ma’nodoshlik yuzaga kelavermaydi. Masalan, nodavlat tashkilotlari deyish o’rniga bedavlat tashkilotlari deyilsa, uslubiy g’alizlik yuzaga keladi.
Demak, qo’shimchalardagi ma’nodoshlik nutqning muayyan davrdagi me’yorlari asosida yuzaga keladigan til hodisasi sanaladi.
Mashq. Ma’nodosh qo’shimchalarni topib, izohlang.
Ulamolar suhbatida bo’l, sof niyatli kishilarga talpin. Bilimli kishi kerakli so’zni so’zlaydi, keraksiz so’zni ko’mib tashlaydi. Ilmsiz inson - mevasiz daraxt. Mevali daraxtga tosh otadilar. Obro’li, izzattalab bo’lishni istasang ilm o’rgan. Bilimsiz kishilarni ko’ngli xurofotga moyil bo’ladi. Sabrli odam uzoq yashaydi, sabrsiz odam o’z boshiga falokat keltiradi. Uning otasi mahallaning tag-tugli, baobro’ odamlaridan edi. El g’amiga dardkash bo’lgan inson hech qachon hayotda qoqilmaydi. Dardchil yuraklarga sevinchlar yog’di.
Qo’shimchalarda zid ma’nolilik
Nutqni ravon, ta’sirchan, emotsional-ekspressiv jihatdan bo’yoqdor bo’lib chiqishida zid ma’noli qo’shimchalardan foydalanishning ahamiyati katta. Masalan, -li qo’shimchasi -siz, be- no- qo’shimchalariga nisbatan qarama-qarshi qo’yiladi. Aqlli -aqlsiz, iboli -beibo, o’rinli - noo’rin kabi.
Bunday qo’shimchalar, asosan, sifat so’z turkumida ishlatiladi. Ser- qo’shimchasi be- qo’shimchasiga, ba-qo’shimchasi -siz qo’shimchasiga, bo- qo’shimchasi -siz va be- qo’shimchalariga, -dor qo’shimchasi -siz va be- qo’shimchalariga nisbatan zid ma’nolidir.
Bunday qo’shimchalarni ikki guruhga bolish mumkin: biror belgi-xususiyatga, shakl-shamoyilga yoki rang-tusga egalikni bildiruvchi qo’shimchalar (-li, bo-, ser-, ba-, -dor); shunday belgiga ega emaslikni ifodalovchi qo’shimchalar (-siz, be-, no-).
Masalan:
Badavlat -davlatsiz
Shirador -beshira, shirasiz
Sero’t - o’tsiz
Baobro’ -beobro’, obro’siz
Ko’ngilli - ko’ngilsiz
Qo’shimchalar shakldoshligi, ma’nodoshligi va zid ma’noliligi nutqni ko’rkam qiladi, tilning ifoda imkoniyatlarini kengaytiradi, uning uslubiy jihatdan rang-barang bo’lishini ta’minlaydi, ta’sirchanligini oshiradi.

Download 336.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling