1. O‘zbek adabiy tili va uning tarixiy bosqichlari. O‘zbek adabiy tili haqida


Mashq. Qo’shimchalarga xos bo’lgan xususiyatni aniqlang


Download 336.21 Kb.
bet65/94
Sana08.03.2023
Hajmi336.21 Kb.
#1253836
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   94
Bog'liq
Ona tili ma\'ruza1

Mashq. Qo’shimchalarga xos bo’lgan xususiyatni aniqlang.
Odobni beodobdan o’rgan. Bemaza qovunning urug’I ko’p. do’stsiz boshim- tuzsiz oshim. Aqlsiz do’stdan aqlli dushman afzal. Serdaraxt qishloqni suv olmas. Oriyatsiz odamdan qoch. Sababsiz kulgi - yomon tarbiya natijasidir. Mevasiz shox osmonga tirmashur, mevali shox yerga engashur.
12-mavzu: So’z yasalishi

Tilning lug’at tarkibi doimo o’zgarishda, rivojlanishdadir.


Ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalarda paydo bo’lgan yangi-yangi tushunchalarni nomlash ehtiyoji tufayli tilda yangi so’zlar paydo bo’ladi.
Yangi so’zlar ikki xil yo’l bilan vujudga keladi: 1. Har bir tilning o’z ichki imkoniyati asosida. 2. Boshqa tillardan so’z olish asosida.
Har bir tilning ichki imkoniyati asosida yangi so’zlarning hosil qilinishida shu tilda oldin mavjud bo’lgan so’zga qo’shimcha qo’shish usuli katta ahamiyatga ega. Masalan, kompyuter hayotimizga kirib kelishi munosabati bilan uning nomi ingliz tilidan to’g’ridan to’g’ri olingan. Endi “kompyuter bilan ishlovchi shaxs” tushunchasini ifodalash ehtiyojini qondirish uchun kompyuter so’ziga o’zbek tilida oldindan “ma’lum mashg’ulot bilan shug’ullanuvchi shaxs” ma’nosini ifodalovchi -chi qo’shimchasidan foydalanildi. Kompyuterchi “kompyuter bilan shug’ullanuvchi shaxs” ma’nosini bildirdi.
Tilda oldin mavjud bo’lgan so’zga ma’lum yasovchi vositalar qo’shish bilan yangi so’z hosil qilinishiga so’z yasalishi hodisasi, shunday hodisani o’rganadigan tilshunoslik bo’limiga esa so’z yasalishi deyiladi.
Demak, so’z yasalishi atamasi ikki ma’noda: a) so’z yasalishi hodisasi ma’nosida va b) so’z yasalishi hodisasini o’rganuvchi tilshunoslik bo’limi ma’nosida qo’llaniladi.
So’z yasalishining tuzilishi1.Ter, terim, terimchi. 2. Tara, taroq, taroqchi so’zlariga e’tibor bersangiz, shuni sezasizki, birinchi guruhdagi so’zlarning hammasida ter so’zi takrorlanadi, ikkinchi guruhdagilarida esa tara qismi hammasi uchun umumiy sanaladi.
Ko’rinadiki, so’z yasalishi hodisasi o’zining ichki tuzilishiga ega bo’ladi va ikkita tarkibiy qismni o’z ichiga oladi:a) yasashga asos qism; b) yasovchi vosita. Yasashga asos qism bilan yasovchi vosita birgalikda yasalmani tashkil qiladi. Masalan, yuqorida keltirilgan terim so’zida ter qismi yasashga asos, -im qismi yasovchi vosita, ikkala qismning qo’shilishidan hosil bo’lgan hosila esa - terim yasalma hisoblanadi. Terimchi so’zida esa terim yasashga asos qism, -chi yasovchi vosita, terimchi esa yasalma sanaladi.
So’zning yasalish tuzilishi bilan morfemik tuzilishi bir-biridan farqlanadi. So’zning ma’noli qismlarga bo’linishi uning morfemik tuzilishi sanaladi.
So’zda nechta ma’noli qism bo’lsa, uning morfemik tuzilishi shuncha qismga ajraladi. Masalan, terimchi uchta ma’noli qismdan tashkil topgan: ter-im-chi. Terimchilar so’zi esa to’rtta ma’noli qismdan iborat: ter-im-chi-lar. Ter-imchilarga so’zi beshta ma’noli qismdan iborat: shuning uchun u morfemik tuzilishga ko’ra besh qismga bo’linadi: ter-im-chi-lar-ga.
Ko’rinadiki, so’zning morfemik tuzilishi yasovchi qo’shimchalarni ham, sintaktik shakl yasovchi, qo’shimchalarni ham o’z ichiga oladi. So’zning morfemik tuzilishini belgilashda ma’noli qismlarning so’z yasovchi yoki sintaktik shakl yasovchi, ekanligining ahamiyati bo’lmaydi. Qanday ma’noli qismlardan - morfemalardan iborat ekanligi e’tiborga olinadi.
So’zning yasalish tuzilishi esa faqat yasovchilarnigina o’z ichiga oladi. So’z o’zgartiruvchi qo’shimchalar so’z yasalishi tuzilishiga kirmaydi.
So’z yasalishi tuzilishi doimo ikkita tarkibiy qismni - yasashga asos va yasovchi vositani o’z ichiga oladi. Agar so’zda birdan ortiq yasovchi qo’shimchalar ishtirok etsa, eng oxirgisi yasovchi vosita sanaladi, oldingilari esa yasashga asos qism tarkibiga kiradi. Masalan, taroqchi so’zida -chi yasovchi vosita, taroq yasashga asos, taroqchi yasalma, taroq so’zida esa -q yasovchi vosita, tara yasashga asos, taroq yasalma hisoblanadi.
Shuni ta’kidlash kerakki, so’z yasalishi tuzilishida yasashga asos qism bilan yasalma o’rtasida mazmuniy bog’liqlik, mazmuniy davomiylik bo’ladi. Yasalmada yasashga asos davom etadi. Masalan, tepki so’zida yasalma bo’lib, -ki yasovchi vositasida tep so’zidan yasalgan. Tepki yasashga asos qism ma’nosini davom ettiradi: 1.Tepki uchun xoslangan moslama (otish qurolida). 2.Tepki zarbasi (tepki yedi).

Download 336.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling