1. O‘zbek adabiy tili va uning tarixiy bosqichlari. O‘zbek adabiy tili haqida
Download 336.21 Kb.
|
Ona tili ma\'ruza1
- Bu sahifa navigatsiya:
- So’z yasalishiga oid mashqlar
Kompozitsiya usuli - sintaktik usul, so’zlarni bir-biriga qo’shish usuli, asos+asos= qo’shma so’z: qo’lqop, belbog’.
Asos+ asos+ asos: gul/toji/xo’roz; Sifat+sifat: olaqizil; Ot +ot: qo’larra; Fe’l +fe’l: sotib olmoq Ot+fe’l: taklif qilmoq Ot+fe’l: tashrif buyurmoq qo’shma fe’l Ot+fe’l: ogoh aylamoq Sifat+fe’l: yaxshi bo’lmoq Taqlid+fe’l: chirs etmoq Shu yerda - qo’shma ravish; Shirinsuxan - qo’shma sifat; Markaziy Osiyo - qo’shma ot; Har gal - qo’shma ravish. So’z yasalishiga oid mashqlar: 1. Hikmatli gaplarni o’qing, so’zlardagi yasalish hodisalarini aniqlab, ularni izohlang. Hayo va andisha haqida Andishali odam yaxshilik doyasidir. Hayo bilan andisha - qo’sh ziynat. Andisha – yaxshilik yo’liga poyandoz. Andisha – kelajak yo’llarini munavvar etuvchi mash’ala. Hayosiz o’zining uyalmasligi bilan do’stini uyaltiradi. Andishali odam iffatli bo’ladi. Andishali muloqot – ulug’lik belgisi. Odamning hayo va andishasi – uning ko’rkidir. Vafo yo’q yerda hayo yashamaydi. Uyalish - insoniylikdan. O’rinsiz uyalib, maqsadni ro’yobga chiqara olmaslik – noshudlikdir. Uyat – boshni yerga egadi. Andishasizlikning hosili – xijolat. 2. Matnni o’qing. Yasama so’zlarni aniqlang, ularning yasalish holatlarini izohlang. Mening bolalik yillarim Farg’ona vodiysining Yaypan, Nursuq, Qudash, Buvayda, Tolliq, Olqor, Yulg’unzor, Oqqo’rg’on degan qishloqlarida o’tgan. O’ttizinchi yillarning o’rtalarida, bolaligimni o’ylaganimda chalakam-chatti tush ko’rganday bo’lar edim: dumli yulduz chiqqan edi; Babar degan yigitni otqorovul miltiq bilan otganda o’lmagan edi, shunda otqorovul odamlarga yuzlanib: “Yopiray, bunaqa battol o’g’rini birinchi marta ko’ryapman, men unga o’q uzibman-u, kiprik qoqmadi-ya! “ – degan edi. Zehnimda shunga o’xshash qalqib yurgan xotiralardan tashqari, qalqimasdan toshdek cho’kib yotgan xotiralar hali hisobsiz ekanidan uzoq vaqt bexabar ekanman. Bundan meni Anton Pavlovich Chexov domla xabardor qildilar. Bundan o’ttiz yil burun men u kishining 22 tomlik to’plamini qo’limdan qo’ymay o’qib chiqdim. Shunda alomat bir hodisa yuz berdi: shu bilan muhtaram ustod menga go’yo muborak ko’zoynaklarini berdilar-u: “Ma, buni taqib, o’z xalqingning o’tmishiga nazar sol!” dedilar. 3. So’zlarni qo’shish orqali yasalgan leksik birliklarni aniqlang, ularga tavsif bering. Ammamning eri mo’ynado’z-kosib. Bola-chaqalari bo’lmaganidan, uylari biznikiga o’xshash to’s-to’polon emas- yig’inchoqli, innaykeyin, bularning uyi salkam ajoyibxona. Unda dunyodagi hamma narsa bor. Ovga kirishadigan sohibchangal qushlardan: qarchig’ay, miqqiy, qirg’iy; urishadigan qushlardan: dakan xo’roz, oddiy xo’roz, amirxon xo’roz, kaklik, bedana; sayraydiganlardan: qumri, sa’va, bulbul, mayna va boshqalar. Ularning uyidagi gullarning-ku son-sanog’i yo’q… Gulbahor, gulra’no, gulsapsar, gulhamishabahor, qalampirgul, namozshomgul, sambitgul, atirgul, kartoshkagul, qashqargul- ishqilib sanab tugatib bo’lmaydi. Pochcham bilan ammam bu gul, bu hayvonotlarning har bittasini nuridiydalaridek parvarish qiladilar. 4. Kompozitsion usul bilan yasalgan so’zlarni namunadagidek ko’chirib yozing. Qo’shma otlar: oqqush… Qo’shma ravishlar: har yerda… Qo’shma sifatlar: sheryurak… Qo’shma fe’llar: borib kelmoq… Bilaguzuk, olachipor, tamom bo’lmoq, shirinso’z, achchiqtosh, sakkizoyoq, bodomqovoq, oltingugurt, t illaqo’ng’iz, e’lon qilmoq, kamunum, obod aylamoq, olib kelmoq, sarson etmoq, tumanlararo, biryo’la, umumxalq, bir zumda, kinonigoh, sadarayhon, o’zibo’larchilik, tekintomoq, ikkiyoqlama, ta’zim aylamoq, kinoyulduz, olibsotar, g’ayrat qilmoq, kirib chiqmoq, havorang, oshpichoq, kamsuv, biokimyo, umumshahar. Download 336.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling