1. O‘zbek adabiy tili va uning tarixiy bosqichlari. O‘zbek adabiy tili haqida
So’zlarning tuzilishiga ko’ra turlari
Download 336.21 Kb.
|
Ona tili ma\'ruza1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Juft so’zlar
So’zlarning tuzilishiga ko’ra turlari
So’zlar tuzilishiga ko’ra to’rtta turga bo’linadi: 1. Sodda so’zlar; 2. Qo’shma so’zlar; 3. Juft so’zlar; 4. Takroriy so’zlar. Sodda so’zlar: faqat bir o’zakdan tashkil topgan so’zlar sodda so’zlar hisoblanadi. Masalan: bordi, kelishdi, bolalarga, paxtachilik, jangari, birinchi, mevazor kabi. Qo’shma so’zlar: ikki va undan ortiq o’zaklardan tashkil topgan so’zlar qo’shma so’zlar deyiladi. Masalan: baqaterak, qo’lqop, gultojixo’roz, imzo chekmoq kabi. Qo’shma so’zlar tilning tarixiy taraqqiyoti davomida aslida ikki va undan ortiq so’zlarning birikuvidan tashkil topgan, lekin hozirgi o’zbek tili nuqtayi nazaridan bu birikuv o’z kuchini yo’qotib bir so’zga aylanib qolgan bo’ladi. Shuning uchun qo’shma so’z tarkibida alohida so’z bo’lib ko’ringan qismlar (tosh-baqa, gul-toji-xo’roz, safsar-gul) hozirgi o’zbek tilida so’zlik xususiyatini yo’qotgan, bir so’z tarkibidagi ma’noli qism (morfema)lar sanaladi. Qo’shma so’zlar bitta so’z bo’lganidan , ularning qismlari orasiga boshqa ma’noli qismni kiritib bo’lmaydi. Masalan, kungaboqar so’zining kunga qismidagi -ga ni boshqa kelishiklar bilan almashtirib bo’lmaydi. Shuningdek, bu qism egalik, ko’plik shakllarini ham olmaydi. Ana shu xususiyati bilan so’z birikmasidan va sodda so’zning ko’makchi fe’lli shaklidan farq qiladi. Solishtiring: uxlab chiqdi- uxlamay chiqdi; kunga qaradi- kun qaradi (so’z birikmasi). Qo’shma so’zlar qismlari birikib bitta so’zning tarkibiga aylangani uchun ular ko’pincha sodda so’zlar bilan sinonimik munosabatda bo’ladi. Masalan, o’sal qilmoq- uyaltirmoq, qo’l qo’ymoq- imzolamoq, bayon qilmoq- so’zlamoq; hamxona- xonadosh, kamchiqim- pishiq va boshqalar. Juft so’zlar ikki so’zni yonma-yon qo’shish yo’li bilan hosil qilingan so’zlar sanaladi. Masalan, opa-singil, erta-indin, oldi-qochdi va boshqalar. Bunday so’zlar ko’pincha yangi ma’noga ega bo’ladi va sodda so’zlar bilan sinonimik munosabatda bo’ladi: qishin-yozin - doimo, erta-kech - hamisha, bugun-erta -yaqinda. Yoki umumlashtirish ma’nosini ifodalaydi: idish-tovoq (ro’zg’or buyumlari), qalam-daftar (o’quv quroli), ko’ylak-lozim (sarupo) kabi. Juft so’zlar doimo ikki qismdan iborat bo’ladi. Bu qismlar zid ma’noli so’zlardan (masalan, uzun-qisqa, kun-tun), o’zaro yaqin ma’noli so’zlardan (ota-ona, osh-ovqat, daftar-qalam) tashkil topadi. Sodda so’zlar bilan sinonim bo’lgan juft so’zlarda tasviriylik, ta’kid ma’nosi kuchliroq bo’ladi. Masalan, erta-kech tinim bilmaydi jumlasi doimo tinmaydi jumlasiga nisbatan tasviriyliroq, ta’sirchanroqdir. Download 336.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling