1. O‘zbek adabiy tili va uning tarixiy bosqichlari. O‘zbek adabiy tili haqida
Download 336.21 Kb.
|
Ona tili ma\'ruza1
1 - variant
1. 1. terim (ot) 2. olma (fe`l) 3. gapirma(fe`l) 4. olma (ot,) 5. qaynatma (sifat) 6. tortma(ot). Berilganlarning qaysilarida urg`u so`z yasovchiga tushadi? A. 1.2.4.5 B. 2.3.4 C. 1.3.5.6 D. 3.4.5.6 2. Berilgan so’zlarni tegishli guruhlarga ajrating. 1) sassiqpopishak; 2) sovuqqonlik; 3) bilimdonlik; 4) sachratqi; 5) ko’paytma; 6) tinchitmoq. a) 2 morfemadan iborat so’z b) 3 morfemadan iborat so’z s) 4 morfemadan iborat so’z d) 5 morfemadan iborat so’z A. 1-a, 2.4.5- b, 3-d, 6-s B. 1-a, 4.5-b, 3-d, 6-s C. 1.4-b, 2.3.5-s , 6-d D. 1.4-a, 2.5-b, 3.6-s 3.Faqat yasama so’zlarni belgilang. A. giyohlarni, birinchi, kuzda B. dorishunos, adolatli, bog’bon C. ajratildi, bag’riga, mehnatdan D. topilgan, mevazor, sezgir 4. -choq, -loq, -ingiz, -dan, -ning, -gani qo’shimchalarini ajrating. A. -choq, -loq- so’z yasovchi; -dan, -ning - sintaktik shakl hosil qiluvchi, -gani - lug’aviy shakl B. -choq, -loq - shakldosh qo’shimchalar bo’lib, so’z yasovchi hamda lug’aviy shakl hosil qiluvchi; -dan, -ning -sintaktik shakl hosil qiluvchi; -gani -lug’aviy shakl C. barchasi lug’aviy shakl hosil qiluvchi D. barchasi so’z yasovchi hamda lug’aviy shakl hosil qiluvchi 5. -imtir, -tadan, -guncha, -lar qo’shimchalari vazifasiga ko’ra qanday qo’shimchalar? A. So’z yasovchiB. Lug’aviy shakl C. Sintaktik shaklD. So’z yasovchi hamda lug’aviy shakl hosil qiluvchi 6.Asos+so’z yasovchi tarkibli so’zni belgilang. A. Ovoragarchilik, mo’lchilik B. Ipakchilikdan, siyohdoni D. Oshpazlarga, kitobxonlardan D. Kutubxonaga, yigitcha 7. Narsa oti yasovchi qo’shimchalar qaysi so’z turkumlaridan ot yasaydi? A. Fe’l, ot, sifatB. Fe’l, taqlid, sifat C. Fe’l, ot, taqlid, sifat D. Fe’l, ot, taqlid 8. Ushbu gapdagi yasama so’zni belgilang. Boyliging ko’p bo’lmasa ham, biliming ko’p bo’lsin. A. 2 B. 1 C. 3 D. 4 9. Suvchi va suvga so’zlaridagi qo’shimchalarning vazifalaridagi farqni izohlang. A. Suvchi - -chi so’z yasovchi, suvga - sintaktik shakl yasovchi B. -chi -so’z yasovchi, -ga -lug’aviy shakl C. -ga - so’z yasovchi, -chi - lug’aviy shakl D. Har ikkalasi so’z yasovchilar 10. Asosdosh so’zlarni belgilang. A. Ko’ngilli, ko’ngilsiz, ko’ngilchan B. Ko’nglim, ko’ngling, ko’ngli C. Ko’ngillari, ko’nglingiz, ko’ngil D. Ko’nglini, ko’nglidan, ko’ngilni 11. Qaysi so’z tarkibida ikkita so’z yasovchi qo’shimcha mavjud? A. ShildiroqB. Suvoqchilik C. QavariqroqD. A va B 12. -la qo’shimchasi qanday so’zlarga qo’shilganda shakl yasovchi vazifasida bo’ladi? A. Taqlid so’zlargaB. Olmoshlarga C. Fe’llargaD. Sifatlarga 13. -la qo’shimchasi qaysi so’zga qo’shilganda shakl yasovchi vazifasida bo’ladi? A. Dod B. sen S. oq D.sava 14. Qaysi qatordagi gaplar tarkibida shakldosh qo’shimchalar ishtirok etgan? A. Barcha javoblarda shakldosh qo’shimchalar ishtirok etgan B. Qiziga siyohdon sotib oldi. Bilimdon va tadbirkor yoshlar vatanimizning kelajagi sanaladi. C. Ilm kelinchakka o’xshaydi: u xilvat va pinhoniylikni yoqtiradi. Dangasa , erinchak odamlar ilm yo’lida hech vaqt muvaffaqiyat qozonolmaydi. D. Ilmsizlik -illatlarning uyasi. Barvaqt turishga odatlansangiz, Baraka topasiz. 15. Andishali muloqot- ulug’lik belgisi. Ushbu gapdagi qo’shimchalarni izohlang. A. 2 ta so’z yasovchi, 1 ta sintaktik shakl hosil qiluvchi B. 2 ta so’z yasovchi C. 1 ta so’z yasovchi, 1 ta sintaktik shakl hosil qiluvchi D. 1 ta sintaktik shakl hosil qiluvchi 16. Vafo yo’q yerda hayo yashamaydi. Ushbu gapda nechta so’z yasovchi qo’shimcha mavjud? A. 1 ta B. 2 ta C. So’z yasovchi qo’shimcha yo’q D. 4 ta 17. Andishasizlikning hosili- hijolat. Ushbu gapdagi qo’shimchalar tarkibini aniqlang. A. 2 ta so’z yasovchi, 2 ta sintaktik shakl hosil qiluvchi B. 3 ta so’z yasovchi C. 4 ta so’z yasovchi D. 1 ta so’z yasovchi, 2 ta sintaktik shakl hosil qiluvchi 18. Majburan qilingan yaxshilikning qimmati yo’q. Ushbu gapda nechta yasama so’z mavjud? A. 2 ta B. 3 ta C. 1 ta D. Yasama so’z mavjud emas 19. Saodat soatini soatsozga sozlatdi. Ushbu gapda qanday so’z yasovchi qo’shimchalar mavjud? A. Ot yasovchi va fe’l yasovchi B. Faqat ot yasovchi C. Faqat fe’l yasovchi D. Sifat, ot, fe’l yasovchi 20. Ikkita tovush o’zgarishiga uchragan so’z qatnashgan gapni belgilang. A. Kuz kelishi bilan daraxtlarning barglari sarg’ayib, oltin rangini ola boshladi B. Jo’jani kuzda sanaydilar C. Yer kabi dumaloq, o’zi esa o’yinchoq D. Sanab sanog’iga yetolmayapman 21. Qaysi qatordagi yasama so’zda so’z yasovchi shakl yasovchidan so’ng joylashgan? A. Yig’loqi B. Ko’paymoq C. Bo’zarmoq D. O’chirg’ich 22. Qalbaki do’st ochiq dushmandan yomon. Ushbu gapda nechta so’z yasovchi qo’shimcha ishtirok etgan? A. 1 ta B. 2 ta C. 3 ta D. So’z yasovchi berilmagan 23. Asos+so’z yasovchi+so’z yasovchi qo’shimcha shaklidagi so’zlar qatorini toping. A. Qizarmoq, pasaymoq, yig’loqi B. Pishloq, sayramoq, ko’paymoq C. Yashar, tinchi, gapir D. Elchilik, o’ynoqi, qiynoq 24. Davr qiynoqlari o’tkinchi- hali hamma narsa oldinda. Ushbu gapda birgina nutq tovushidan iborat qo’shimchalar miqdorini aniqlang. A. 1 ta B. 3 ta C. 2 ta D. 4 ta 25. Qaysi qatordagi ravishdosh tarkibida so’z yasovchi qo’shimcha mavjud? A. Sanab, aytib, yopib B. Ho’plab, ishlab, foydalanib C. Chiqmoq, atamoq, to’plamoq D. Aytish, quyuv, qarov 26. Qaysi qatordagi gapda so’z yasovchi qo’shimcha qatnashmagan? A. Asadbek ana shu anglamaganlardan biri edi B. Haq do’stlaring ko’ngillarini aslo ranjitma C. Yo yaxshi gaplardan gapir, yo sukut saqla D. Olimning yonidan ayrilma 27. Faxrlanishga so’zidagi qo’shimchalarning to’g’ri izohini toping. A. 1 ta so’z yasovchi, 1 ta lug’aviy shakl yasovchi, 1 ta sintaktik shakl yasovchi B. 1 ta sintaktik shakl yasovchi, 2 ta lug’aviy shakl yasovchi C. 3 ta lug’aviy shakl yasovchi D. 2 ta sintaktik shakl yasovchi, 1 ta so’z yasovchi 28. Kompozitsiya usuli bilan yasalgan so’zlar qatorini belgilang. A. Bir yo’la ,mo’ynado’z, tokzor B. Kamunum, do’stlari, sog’lomlashtirish C. Borib kelmoq, sakkizoyoq, sheryurak D. Biokimyo, muomalalarimizni, tindirmoq 29. Qaysi qatorda kompozitsiya usuli bilan yasalgan so’z mavjud? A. Daraxt ildizi bilan kuchli, inson- do’stlari bilan. B. Xushyorlik - mustahkam qo’rg’on C. U choyxona yonidan o’tib borarkan , ichkaridan taralayotgan kuy tovushlarini eshitib, to’xtab qoldi D. Choyxonachi patnisda non bilan qand -qurs kabobpaz kabob olib keldi 30. Kompozitsiya usuli bilan yasalgan qo’shma otlarni belgilang. A. Oqqush, har yerda , sheryurak, shirinso’z B. Sakkizoyoq, oltingugurt, kinoyulduz C. Kamsuv, bilaguzuk, achchiqtosh D. Tumanlararo, tekintomoq, tillaqo’ng’iz 31. Kompozitsiya usuli bilan yasalgan qo’shma sifatlarni belgilang. A. Olachipor, shirinso’z, havorang B. Achchiqtosh, ikkiyoqlama, sakkizoyoq C. Tillaqo’ng’iz, oltingugurt, tumanlararo D. Biryo’la, umumxalq, bodomqovoq 32. Kompozitsiya usuli bilan yasalgan qo’shma ravishlarni belgilang. A. Qo’qqisdan, kirib chiqmoq, biokimyo C. Ikkiyoqlama, kamunum, kamsuv D. Olibsotar, kechagina, bir necha D. Har yerda, biryo’la, birzumda 33. Kompozitsiya usuli bilan yasalgan qo’shma fe’llarni belgilang. A. Oldi-berdi, yozdi-oldi, suhbatlashib turmoq B. Gupullamoq, yaqinlashmadi, gapirganda C. Obod aylamoq, borib kelmoq, sarson etmoq D. Silab qo’ydi, sirg’alib ketadi, yog’a boshladi 34. Qaysi qatorda yasama otlar berilgan? A. Gulnoraxon, bolaginamB. Gazetxon, g’azalxon C. To’plam , kitobim D. Xo’randa, ishbilarmon 35. Inson butun bir olam, faqat unda asosiy tuyg’u olijanoblik bo’lsa bas. Ushbu gapda qaysi so’z turkumiga oid yasama so’z berilgan? A. Sifat, ot B. Ot, sifat, fe’l C. Ot, sifat, ravish D. Faqat sifat 36. Quyidagi gapdagi qo’shimchalar turi va miqdorini toping. Vatan tuyg’usi - bu ozod xalqning munosib farzandi, mustaqil mamlakatning fidoyi fuqarosi bo’lmoqqa intilish tuyg’usidir. A. 3 ta so’z yasovchi, 2 ta lug’aviy shakl yasovchi, 8 ta sintaktik shakl yasovchi B. 1 ta so’z yasovchi, 1 ta lug’aviy shakl yasovchi, 6 ta sintaktik shakl yasovchi C. 2 ta so’z yasovchi, 2 ta lug’aviy shakl yasovchi, 7 ta sintaktik sahkl yasovchi D. 2 ta so’z yasovchi, 2 ta lug’aviy shakl yasovchi, 8 ta sintaktik shakl yasovchi Download 336.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling