1. O‘zbek adabiy tili va uning tarixiy bosqichlari. O‘zbek adabiy tili haqida


So’zning o’z va ko’chma ma’nolari


Download 336.21 Kb.
bet74/94
Sana08.03.2023
Hajmi336.21 Kb.
#1253836
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   94
Bog'liq
Ona tili ma\'ruza1

So’zning o’z va ko’chma ma’nolari
Ko`p ma’noli so`zlarda 2 xil ma’no farqlanadi: 1) bosh (asl, asosiy ma’no,o`z) ma’no; 2) yasama (ko`chma) ma’no. Bosh ma’no so`zning nutqdan tashqarida ifodalagan ma’nosi bo`lib, u boshqa ma’nolarning kelib chiqishiga asos bo`ladi. Ko’chma ma’nolar nutq tarkibida boshqa so’zlar bilan bog’langanda namoyon bo’ladi. Nutq tarkibidan ajratilganda esa to’g’ri ma’nosi asosiy ma’no bo’lib qoladi. Ko’chma ma’no bosh ma’noning taraqqiyoti bilan yuzaga keladi. Masalan, og`iz so`zining bosh ma’nosi insonning tana a’zosi, g`orning og`zi, qopning og`zik’chma ma’no.
Mashq. 1. Berilgan so’zlarni ikki ustunga bo’lib ko’chiring.
Ko’p ma’noli Bir ma’noli
(polisemantik) (monosemantik)
Atlas, xosiyat, kompyuter, xurmo, xunuk, parcha, xoreografiya, patir, pasta, patnis, g’ildirak, g’isht, g’oz, g’uncha, gazeta, grammatika, urg’u, dunyo, tilxat, paxta, soya, shaxs, olmosh, doya, qoshiq, qoya, xat, qo’y, davlat, qo’shni, marketing, vertolyot, tirnoq, maqol, uy, tom, kirish, so’z, undalma, yuvg’ich, dars, haykal, topishmoq, aruz, tish, til…
2. Avval bir ma’noli, keyin esa ko’p ma’noli so’zlarni ko’chiring. Ko’p ma’noli so’zlarning har bir ma’nosi asosida gap tuzing.
Kitob, qo’l, geografiya, geometriya, oyoq, maktab, tom, bo’g’in, o’tmas, dasturxon, oshxona, non, iflos, og’iz.
14- mavzu: Metafora va uning uslubiyati. Metonimiya va uning uslubiyati. Sinekdoxa, vazifadoshlik va ularning uslubiyati

Ma’no taraqqiyoti qonunlariga ma’no ko`chishi, ma’no kengayishi, ma’no torayishi hodisalari kiradi.


So`z ma’nosining ko`chishi besh xil bo`lib, ular quyidagilar: 1) metafora; 2) metonimiya; 3) sinekdoxa; 4) kinoya; 5) vazifadoshlik yo`li bilan ko`chish.
Metafora (grekcha metaphora – «ko`chirma») narsa va hodisalar orasidagi o`xshashlik asosida ulardan birining ifodasi bo`lgan so`zni ikkinchisini ifodalash uchun qo`llashdir, metaforada shakliy o`xshashlik: belgi-xususiyat, harakat-holat nazarda tutiladi. Shu tufayli ot, sifat va fe’l turkumlarida metafora yo`li bilan ko`chish hodisasi mavjud. Masalan, tish, yengil, pasaydi so`zlarining ma’nosini kuzating: Tish: 1) odamning tishi (bosh ma’no); 2) arraning tishi (ko’chma ma’no). Yengil: 1) yengil eshik (bosh ma’no); 2) yengil ta’zim (ko’chma ma’no). Pasaydi: 1) samolyot pasaydi (bosh ma’no); 2) bilimi pasaydi (ko’chma ma’no).
Metaforaga quyidagilar asos bo`ladi:
1) odamning tana a’zolari nomlari: bet, yuz, burun, quloq, ko`z, lab, tish,yelka, oyoq, og`iz kabi;
2) kiyimlar va ularning biror qismini nomlari: etak, yoqa kabi;
3) hayvon, parranda va hasharotlarning biror a’zosining nomi: qanot, dum, tumshuq;
4) o`simlik va uning bir qismi nomi: tomir, ildiz;
5) qurol nomi: nayza, pichoq;
6) turli belgi, harakat nomlari bo`lgan so`zlar: baland, past, olmoq, chaqmoq kabi.
Inson ismlaridan Yoqutoy, Asalxon, Bobur, Gilosxon, Charos, Ozoda, Oyxon, Lochinoy, Burgutbek, Bo’riboy, Yo’lbars, Qoplonbek, Gulnora, Feruza kabi larda ham metafora usuli bilan ma’no ko’chgan.
Metonimiya – grekcha metanymia “qayta nomlash” demakdir. Narsa va hodisalar o’rtasida makon va zamondagi aloqadorlik asosida birining nomini ikkinchisiga ko’chishi metonimiya hisoblanadi. Metonimiyada aloqadorlik o`rin va vaqt jihatdan bo`ladi. Unda bir predmet bilan ikkinchi predmet orasida doimiy real aloqa mavjud bo`ladi.
Metonimiya asosida ko’chma ma’no hosil qilish fikrimizni lo’nda, ifodali, ta’sirchan bayon qilishning bir yo’li sanaladi. Ko’pincha inson ismlaridagi Ramazon, Jumaboy, Hayitvoy, Ro’zajon kabilar da ham ana shunday ma’no ko’chish usuli mavjud. Quyidagi gaplardagi so`zlarning ma’no munosabatini kuzating:
“Rossiya”ga qanday borsam bo’ladi? (Bekatdagi yo’lovchining murojaati)
Ichak-chavog’im tugadi, endi kalla sotaman. (Qassobning gapidan)
Mabodo “Besh bolali yigitcha” kelmadimi? (Kitobxonning sotuvchiga bergan savolidan)
Navbatim sumka ko’targan “jinsi”dan keyin. (Xaridorning javobi)
Navoiyni kechadan beri ko’tarib yuribman”. (O’quvchining nutqidan)
Sinekdoxa- grekcha synecdoche “birgalikda anglash” so’zidan olingan bo’lib, narsa yoki shaxs qismini nomini aytish bilan o`zini (butunni) yoki narsaning nomini aytish bilan uning qismini tushunishga asoslangan ma’no ko`chish hodisasidir. Masalan: Besh qo`l barobar emas (butun nomi bilan qismni anglash). Dunyoda o`zimizdan qoladigan tuyog`imiz... (A.Qodiriy)
Sinekdoxa qism nomini butunni ifodalash uchun (oqsoqol, oqsoch, jigar, tirnoq, tomir), kiyim nomini odam yoki boshqa biror tirik mavjudotni ifodalash uchun (qizilishton), qurol nomini shu qurolni ishlatadigan kishini ifodalash uchun (nayza, qilich, tig`, ketmon – «jangchi» ma’nosida), hayvonlarning biror a’zosi nomini o`sha hayvonni ifodalash uchun (bosh, tuyoq), meva nomini shu mevani beradigan daraxtni anglatish uchun (yong`oq, olma, nok, uzum) qo`llash yoki, aksincha, butun nomini qismni anglatish uchun (qo`l so`zini «barmoq» ma’nosida) qo`llash kabi miqdor munosabatlariga asoslanadi.
Quyidagi misollardagi sinekdoxa yo’li bilan ko’chgan ma’noni izohlang
1. Olma archayotib qo’lini kesib olmoq.
2. Yig’ilishga mo’ylovni chaqirb kelmoq.
3. G’ildirakni yurgizmoq.
4. Cho’loqqa achinish.
5. Sajda aylar zohid ul mehrob aro, Men qilurman sajda egma qoshima.
6. Olmaguli - gul emas, taqsam chakkamda turmas .
Kinoya – so`zlarning aks ma’noda qo`llash hodisasi. Bunday ko`chishlar yozuvda qo`shtirnoqqa olinadi. Masalan: Shunaqa «do`stlar»ning kamroq bo`lgani ma’qul.
Vazifadoshlik asosida ma’no ko`chishi. Narsa va hodisalar o’rtasidagi vazifaviy bir xillik asosida birining nomi orqali ikkinchisining ifodalanishi vazifadoshlik asosida ma’no ko’chish deyiladi. Ma’noning bunday ko`chishi metaforadagi kabi o`xshashlikka asoslanadi. Leksik metaforada predmetning sezgi organlariga ta’sir qiladigan material tomoniga – rangi, shakli, harakati kabi belgilariga asoslanadi. Vazifadoshlik asosida ma’no ko`chishida predmetning hayotda bajaradigan vazifasi nazarda tutiladi. Masalan, o`q, siyoh, qalam kabi so`zlarning ma’nolaridagi ko`chish ular dastlab ifodalagan tushunchalar bilan hozirgilari orasida bajaradigan vazifa jihatdan o`xshashlikka asoslangan.
Ilgari parranda patidan yoki qamishdan yasalgan yozuv qurolini qalam deb ataganlar. Grafitli yozuv quroli paydo bo`lgandan so`ng, uni karandash qalam deb, keyin esa to`g`ridan to`g`ri qalam deb atay berganlar.
O`q - yoy o`qi; o`q - miltiq o`qi (bular shakl jihatdan emas, balki vazifasi jihatdan o`xshashdir.
Siyoh so`zi tojik tilida «qora» degan ma’noni bildiradi. Yozuv quroli sifatida ishlatilgan suyuqlik qora rangda bo`lgani uchun siyoh deb nomlangan. Hozirgi kunda yozuv uchun qo`llanadigan turli rangdagi suyuqliklar (qizil, ko`k, yashil) ham vazifasining o`xshashligi asosida siyoh deb atalmoqda: qizil siyoh (asl ma’nosi qizil qora), ko`k siyoh (asl ma’nosi ko`k qora). Vazifadoshlik asosida vujudga kelgan so’zlarni bilish, ularni ilgari qanday shakldagi narsalarni ifodalaganligini anglash tilimiz imkoniyatlarining naqadar boy ekanligini his etishga yordam beradi.
Quyidagi gaplardagi vazifadoshlik asosidagi ma’no ko’chishini izohlang.
Ko’chalarni chiroqlar yop-yorug’ qilib turibdi. Chiroq piligini pasaytirdi.
Metafora va metonimiya mahsuldor ko`chish yo`li, sinekdoxa, kinoya, vazifadoshlik asosida ma’no ko`chishi esa kammahsul hodisalardir.

Download 336.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling