1. O‘zbek adabiy tili va uning tarixiy bosqichlari. O‘zbek adabiy tili haqida
Download 336.21 Kb.
|
Ona tili ma\'ruza1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. a) quyidagi so’zlarning o’z va ko’chma ma’noda qo’llanishini ko’rsatuvchi gaplar tuzing; b) ular o’rtasidagi ma’no tafovutiga e’tibor bering.
- 15- mavzu: Atama va atamasunoslik. Atamashunoslik muammolari. O`zbek tili leksikasining rivojlanishi va boyish manbalari Atamalar
- kasbiy atama
Topshiriqlar:
1. Gaplarni ko’chiring. Nuqtalar o’rniga qavs ichidagi zarur so’zlarni qo’ying. Ma’nosini izohlang. Ma’no ko’chish turini ayting. 1. Farzandlari yo’q, haligacha … zor ular. 2. Yo’ldoshboy soy … pastga tomon qiyalab yurdi. 3. Eshitgan … nima deydi. 4. Ishning … bilishini qarang-a. (tirnoqqa, quloq, ko’zini, yoqasidan). 2. a) quyidagi so’zlarning o’z va ko’chma ma’noda qo’llanishini ko’rsatuvchi gaplar tuzing; b) ular o’rtasidagi ma’no tafovutiga e’tibor bering. Qosh, maktab, ko’z, bel, bosh, yer, etak, quloq, oyoq… 3. Quyidagi gaplardagi ko’chma ma’no turini aniqlang. 1.Talabalik - oltin davrim.2. Eski buloqning ko’zi ochildi. 3. O’n qo’li o’n hunar.4. Qo’lingni bigiz qilma. 5.Adashgan it kabi Furqat , qayon borgum bilolmasman.
7. Ovqat qilayotib, qo’limni kesib oldim. 8. Bedilni o’qir edim. 9. Samovarda osh yedik. 10. Navoiyni qo’lga oldim.11. Daryoni yoqasida bir o’tinchi boredi. 12. Eshikka kiring, aka, choy-poy ichib keting. 13. Tuyog’imiz ko’paysa ko’paydiki, kamaygani yo’q. 14. Gunohi ne edi, bu tilla boshning, Gunohi ne edi porloq quyoshning. 15- mavzu: Atama va atamasunoslik. Atamashunoslik muammolari. O`zbek tili leksikasining rivojlanishi va boyish manbalari Atamalar Ma’lum bir fan yoki kasb-hunar doirasida aniq bir ma’noni ifodalash uchun qo’llanadigan so’zlarga atama deyiladi. Atamalar qo’llanishiga ko’ra ilmiy atamalar va kasbiy atamalarga bo’linadi. Ma’lum bir fan doirasida qo’llanadigan atamalar ilmiy atamalar hisoblanadi. Atamalar ikki yo’l bilan hosil bo’ladi. 1. Umumxalq tilidagi so’zlardan ma’nosini maxsuslashtirish orqali hosil qilinadi. Natijada bunday so’zlar umumxalq tilida bir ma’noni, fan tilida esa boshqa ma’noni bildiradi. Masalan: ot, ildiz, hol, fe’l. 2. Boshqa tillardan ilmiy tushuncha uchun atama olish orqali. Bular faqat shu fan sohasidagina ishlatilib, umumxalq tilida ishlatilmaydi. Masalan: kasr, musbat, manfiy. Ma’lum kasb-hunar doirasida aniq bir ma’noni ifodalash uchun qo’llaniladigan so’zlarga kasbiy atama deyiladi. Atamalarni tartibga solish har bir tilda katta ahamiyatga ega. Shuning uchun atamalarni yaratish tamoyillari va ularni tartibga solish muammolari bilan shug’ullanuvchi tilshunoslikning maxsus bo’limi borki, bunday bo’lim atamashunoslik (terminologiya) deyiladi. Atamashunoslikning o’rganish birligi atamalardir. Har bir fan, kasb-hunar tarmog’i atamalarsiz ish ko’ra olmaydi. Shuning uchun atamashunoslik muammolari faqat tilshunoslikninggina muammosi bo’lib qolmay, u barcha fan va kasb-hunarning ham asosiy masalalaridandir. Shuning uchun ham Vazirlar Mahkamasi qoshida barcha fan, kasb-hunar sohalarida atamalarni tartibga solish muammosi bilan shug’ullanuvchi atamashunoslik qo’mitasi faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Atamalarni mumkin qadar milliylashtirish, tilimizning ichki imkoniyatlaridan atamalar yaratishda unumli foydalanish (kichik korxona, jamoa xo’jaligi, tadbirkor, qo’shma korxona), shu bilan birga iqtisodiy-siyosiy, ilmiy-texnik taraqqiyotimizga doir yangi tushunchalarni ifodalovchi chet tilidan kirib kelgan atamalarni ham zarur hollarda qabul qilish (kompyuter, fermer, dizayn) hozirgi atamashunosligimizning bosh tamoyili sanaladi. Shuning uchun ham xalq o’rtasida keng iste’molda bo’lgan radio (ovoznigor emas), aeroport (tayyoragoh emas), institut (oliygoh emas), avtobus (ko’pkursi emas), telefon (durovoz emas), samolyot (uchoq emas) kabi atamalar tilimizda saqlab qolindi. Ma’lum fan yoki kasb-hunar sohasidagi muayyan bir tushunchani aniq ifodalash uchun ma’nosi maxsuslashtirilgan so’z yoki so’z birikmalariga atama (termin) deyiladi. Download 336.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling