1. O„zbek hujjatchiligi tarixi, uning an‟analari
Download 165.2 Kb. Pdf ko'rish
|
2-mavzu Hujjatchilik tarixi Sharq hujjatchiligi
REJA:
1.O„zbek hujjatchiligi tarixi, uning an‟analari.
1. Sharq hujjatchiligi va uning hozirgi davr hujjatchilikdagi ahamiyati. 2.Hujjat turlari. 3.O„tmishda hujjat tutish rasmiy tarixiy hujjatlarning turlari.
Ish yuritishning bevosita asosini hujjatlar tashkil qiladi.Biron-bir korxona, muassasa yoki tashkilotning faoliyatini bugungi kunda ana shu hujjatlarsiz mutlaqo tasavvur qilish mumkin emas. Mazmunan, hajman va shaklan xilma-xil bo„lgan hujjatlar katta-yukichik mehnat jamoalarining, umuman, kishilik jamiyatining uzluksiz faoliyatini tartibga solib turadi. Zero, hujjatlar kechagina paydo bo„lgan narsa emas, kishilik jamiyati shakllanishi bilanoq bu jamiyat a'zolari o„zaro munosabatlaridagi muayyan muhim holatlarni muntazam va qat'iy qayd etib borishga eshtiyoj sezganlar. Ana shu ehtiyojga javob sifatida, tabiiyki, ilk ibtidoiy hujjatlar yuzaga kelgan. Bobilning miloddan avvalgi 1792-1750-yillardagi shohi Hamurappining adolatpesha qonunlar majmuyi (kodeksi), undan ham qadimroq shoh Ur-Nammu (miloddan avvalgi 2112-2094 yillar)ning qonunlari va boshqa manbalarning mavjudligi “hujjatlar” deb ataladigan tartibot vositalarining nechog„lik olis va murakkab tarixga ega ekanligini ko„rsatadi. Albatta, kishilik jamiyatining taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarning almashina borishi aniqrog„i, kishilar o„rtasidagi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy munosabatlarning takomillasha borishi barobarida hujjatlar ham takomillashib borgan. Bugungi kunda fanga tariximizning turli davrlarida o„rxun-enasoy, sug„d, eski uyg„ur, arab va boshqa yozuvlarda bitilgan juda ko„plab hujjatlar, umuman yozma manbalar ma'lum.Sharqda X-XI asrlarda yorliq, farmon, noma, bitimlar, arznoma, qarznomalar, tilxat yoki mazmunan shunga yaqin hujjatlar nisbatan keng tarqalgan. Yorliqlar mazmunan xilma-xil bo„lgan: xabar, tavsif, farmoyish, bildirish, tasdiqlash va h.k. Bu o„rinda To„xtamishxonning 1393-yilda polyak qiroli Yagayloga yo„llagan yorlig„i, Temur Qutlug„ning 1397-yildagi yorlig„i, Boburning otasi Umarshayx Mirzoning marg„ilonlik Mir Sayid Ahmad ismli shaxsga 1469- yilda bergan yorlig„i, Toshkent hokimi Yunusxo„janing 1797-yil 2-iyunda Peterburgga-Rossiya podshosiga o„z elchilari orqali yuborgan yorlig„i va boshqalarni eslab o„tish mumkin 1 . Mazkur davr yorliqlarida o„ziga xos lisoniy qolip shakllangan, yorliqlar matn jihatidan arianaviy tarkibiy qismlarga ega Download 165.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling