1. O’zbеkiston insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o’choqlaridan biri
Mustaqillik sharoitida O’zbеkiston parlamеnti. Oliy Majlisning tuzilishi, vazifalari va faoliyati
Download 0.65 Mb.
|
Tarix
63. Mustaqillik sharoitida O’zbеkiston parlamеnti. Oliy Majlisning tuzilishi, vazifalari va faoliyati. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida davlat hokimiyati oliy organlarining tuzilishi, hokimiyatlarning bo’linish tamoyili keltirilgan. O’zbekistonda davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi hokimiyat, ijro etuvchi hokimiyat va sud hokimiyatiga bo’linishi qonunlashtirilgan. Uch hokimiyatdan har biri mustaqil faoliyat yuritadi.Oliy Majlisi qonun chiqaruvchi hokimiyat hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 76-moddasida: «O'zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Oliy davlat vakillik organi bo’lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi» deyilgan. Bu vazifani bajaruvchi vakillik oiganlarini parlament deb ham yuritiladi. O’zbekistonda esa 120 deputat va 100 senat a'zosidan iborat. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi faoliyat ko’rsatadi.1994-yil 22-sentabrda bo’lib o’tgan mamlakat Oliy Kengashining 12-chaqiriq XVI-sessiyasida «0'zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi to'g’risida»gi Konstitutsiyaviy Qonun qabul qilindi.
O'zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi to'g’risidagi Konstitutsiyaviy Qonunida Konstitutsiyaning 76-moddasi mazmuni yanada rivojlantirildi. Oliy Majlis o’z vakolatiga berilgan har qanday masalani muhokamaga qabul qilish huquqiga ega ekanligi ta'kidlandi. Konstitutsiyaning 77-moddasida O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi hududiy saylov okruglari bo’yicha ko’p partiyalilik asosida besh yil muddatga saylanishi ko’rsatilgan. o’zbekiston Respublikasining 25 yoshga yetgan har bir fuqarosi Oliy Majlisga saylanish huquqiga ega.Oliy Majlis faoliyatini zamon talablari asosida tashkil qilishga yo’naltirilgan mana shu tadbirlarning barchasi Parlament ishini yanada rejali, tashkiliy jihatdan puxta uyushtirish imkonini berdi. Shuningdek, sessiyalarning kun tartibini Oliy Majlis Rayosati majlislarida oldindan muhokama qilish, sessiyalarga tayyoigarlik ko’rish va ularni o’tkazish bo’yicha deputatlar ishchi guruhlarini tashkil etish, qo’mitalar va komissiyalar faoliyatini yanada aniqroq uyg’unlashtirish ham qonunlarni ishlab chiqish ishining sifatini oshirishga xizmat qildi.2000-yil 11-fevral kuni Oliy Majlisning ikkinchi chaqiriq birinchi sessiyasi o’z ishini boshladi. Yangi saylangan o’zbekiston Respublikasi ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisi o’zbekistonda qonun ustuvor bo’lgan huquqiy demokratik jamiyat qurish uchun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqur-lashtirishga qaratilgan yaratuvchilik faoliyatini olib bormoqda.Oliy Majlis 1995—2003-yillarda 200 dan ortiq qonun va 300 dan ortiq qaror qabul qildi. Oliy Majlis iqtisodiy islohotlarni huquqiy asoslar bilan ta'minlashga alohida e'tibor berdi. Jumladan, Oliy Majlis tomonidan «Kichik va xnsusiy tadbirkorlikni rivojlantirish to'g’risida», «Konsessiyalar to'g'risida», Erkin iqtisodiy» zonalar, «Aksionerlik jamiyatlari hamda aksionerlar huquqlarini himoya qilish to'g’risida» qonunlarning, shuningdek, «Ayrim korxonalar va mol-mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning ba'zi masalalari to'g’risida»gi qarorning qabul qilinishi iqtisodiy islohotlarni huquqiy jihatdan ta'minlash yo’lidagi jiddiy tadbir bo’ldi. Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan qonun va qarorlar: Mulkni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish ko’lamini kengaytirdi. Bu jarayonga amalda iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va sohalariga qarashli o’rta va kichik korxonalami ham kiritishni tezlashtirdi. Monopol ishlab chiqarish va xo’jalik tizimlarini maydalashtirish uchun, raqobatli bozor muhitini yaratish uchun huquqiy shart-sharoitlarni vujudga keltirdi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling