1. O’zbеkiston insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o’choqlaridan biri


Buyuk ipak yo’li: shakllanishi va rivojlanish bosqichlari


Download 0.65 Mb.
bet12/83
Sana24.01.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1117940
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   83
Bog'liq
Tarix

13. Buyuk ipak yo’li: shakllanishi va rivojlanish bosqichlari. Milodiy XVI asrga qadar Sharq bilan G’arb xalqlari o’rtasidagi tarixiy-madaniy va savdo munosabatlarini taraqqiyotida qadimgi dunyoda mashhur boigan Buyuk Ipak yo’li muhim o’rin tutgan edi. Bu yoi miloddan avvalgi II asrda vujudga kelgan va "Buyuk meridianal yo’l" deb atalgan. Bu yo’lga "Ipak yo’li" degan nom 1877- yilda nemis geografi RRixtgofen tomonidan berilgan. Buyuk Ipak yo’li tashkil topmasdan avval O’rta Osiyo va Qadimgi Sharq hududida savdo va madaniy ayirboshlash uchun turli tuman yo’llar mavjud bo’lgan. Eng qadimgi yo’llardan biri miloddan avvalgi 3-2 mingyillikda vujudga kelgan "La'l yo’li'"dir. U Pomir tog’laridan boshlanib, Eron va Old Osiyo hamda Misr orqali o’tgan. Pomirdan olinadigan yarim nodir la’l toshi (lojuvard) Qadimgi Sharq mamlakatlari zargarlari tomonidan yuksak baholangan. Badaxshon la’li ishlatilgan buyumlar Misr fir'avnlari maqbaralaridan ham topilgan. Boshqa bir karvon yo’li Eron ahamoniylari sulolasining yoii bo’lib, "Shoh yo’li" deb atalgan. U miloddan avvalgi VI-IV asrlarda Kichik Osiyo shaharlarini, o’rtayer dengizi bo’yidagi Efes, Sard shaharlarini Eron poytaxtlaridan biri- Suza bilan bog’lab turgan. Buyuk Ipak yoii 12 ming kilometrcha uzunlikda bo’lgan. Buyuk Ipak yoii Sariq dengiz sohilidan 0'rtayer dengizi sohiligacha cho’zilgan. Bu yo’lda Sian, Dunxuan, Yorkent, Samarqand, Buxoro, Termiz, Marv va boshqa bir qancha qadimiy shaharlar joylashgan edi.So’g'diyonadan Xitoyga jun gazlama, gilam, zeb-ziynat buyumlari va qimmatbaho toshlar olib borilgan; Baqtriyadan tuyalar, Farg'onadan zotli otlar, Badaxshondan la'l; Hindistondan o’rta Osiyoga ip-gazlama va paxta chigiti ortilgan karvonlar kelgan; Xitoydan guruch keltirilgan; o’rta Osiyodan Xitoyga uzum, yong'oq, anor va boshqa dehqonchilik mahsulotlari tashilgan. Xitoy imperatori U-dining elchisi Chjan Syunning imperatoriga ne-ne mashaqqat evaziga Farg’ona oti va bedasini olib keladi. Chjan Syan yurgan yo’l bo’ylab miloddan avvalgi II—I asrlarda Xitoy mamlakatini Markaziy va G’arbiy Osiyo bilan bog’lovchi jahon ahamiyatiga ega Buyuk Ipak yo’li deb ataluvchi karvon yo’li o’tadigan bo’ldi. Farg'ona vodiysida Ipak yo’li ikki tarmoqqa bo’lingan. Birinchisi o’zgandan Axsi shahri, Qamchiq dovoni orqali (yozda) lloq vohasi va Toshkentga kelgan. Ikkinchisi janubiy tarmoq bo’lib, O’zgan, O’sh, Quva, Margilon, Qo’qon orqali Xo’jand, Samarqand, Buxoroga o’tgan. Bu yo’lning tarixi davlatlarning madaniy aloqalar va savdo ayirboshlash tarixi hisoblanadi. O’rta Osiyo xalqlari Buyuk Ipak yo’li tufayli Sharq va G’arb mamlakatlari iqtisodiyoti va madaniyati bilan oshno bo’lganlar. G’arb mamlakatlari xalqlari esa O’rta Osiyo xalqlarining yuqori darajada rivojlangan madaniyatini o’zlari uchun kashf qildilar. O’zbekiston aholisi Xitoy shoyisini qadrlasa, Xitoyda So’g'diyona gilamlari, jun gazlamalari, hunardmandchilik buyumlariga talab katta bo’lgan.O’rta Osiyo bu yo’lning asosiy yo’nalishlari kesib o’tadigan markazida joylashgan. Bu yerga turlli mamlakatlardan savdogarlar, hunarmandlar, olimlar va musiqachilar tashrif buyurar edilar. Tarixiy jarayonda karvon yo‘llari asosiy o‘rin tutgan, jumladan Buyuk Ipak yo‘li qadimgi va o‘rta asrlarda Xitoy, Hindiston, O‘rta Osiyo, O‘rta va Yaqin Sharq, O‘rta yer dengizini birlashtirgan. Buyuk Ipak yo‘lining tiklanishi nafaqat Markaziy Osiyo, balki butun dunyo uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Buyuk Ipak yo‘lining insoniyat taraqqiyoti tarixidagi ahamiyatini hisobga olib, xalqaro YUNESKO tashkiloti 1987 yilda “Ipak Yo‘li” dasturini qabul qildi. Dasturning asosiy g‘oyasi asrlar davomida urushlar bilan birga, xalqlar va davlatlar o‘rtasida o‘zaro munosabatlarning qanday kechganini ko‘rsatish edi. Bu jarayonning bosh ko‘rsatkichlari bo‘lib Buyuk Ipak yo‘li orqali amalga oshiriluvchi savdo-sotiq aloqalari va madaniy almashinuvlar xizmat qilgan. Buyuk Ipak yo‘li Osiyo va Yevropa xalqlari iqtisodiy va siyosiy hayotida muhim ahamiyat kasb etgan. U xalqlarning ham savdo, ham madaniy sohada o‘zaro hamkorlik aloqalarini olib boruvchi, Sharq va G‘arb o‘rtasidagi o‘ziga xos ko‘prik vazifasini o‘tagan. Xuddi shuning uchun ham hozirgi davrda Buyuk Ipak yo‘li an’analarini tiklash dolzarb masalaga aylandi. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, bu jarayonni amalga oshirishda bizning respublikamiz bir qancha ishlarni amalga oshirmoqda. 1993 yilning mayida Bryusselda Yevropa komissiyasi tomonidan Markaziy Osiyo, Kavkaz hamda Yevropa Ittifoqi davlatlari vakillarining uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuvdan maqsad- jahon iqtisodiyotiga yangi mustaqil davlatlar, Markaziy Osiyo va Kavkaz davlatlarini jalb qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish edi. Bu masala, avvalo, transport va kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan. Bryussel uchrashuvida TRASEKA Yevropa – Kavkaz – Osiyo transport yo‘lagini tashkil etish masalasi ko‘rib chiqildi. Bu uchrashuv Buyuk Ipak yo‘lini tiklash sari qo‘yilgan birinchi qadam bo‘ldi. Unda Markaziy Osiyo davlatlari va iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (EKO) davlatlarining hukumatlararo shartnomasi tuzildi. Shartnomaga asosan, Pekin bilan Istambulni birlashtiruvchi, Transosiyo magistralining asosiy qismi bo‘lgan Tadjan-Saraxs-Mashhad temir yo‘l tarmog‘i qurilishi amalga oshiriladi. 1996 yilda Saraxsda Markaziy Osiyo va Eron temir yo‘l magistralining birlashuvi bu maqsadda qo‘yilgan muhim qadam bo‘ldi. Bu transport yo‘lagining ochilishi bilan O‘zbekiston Sharqda Osiyo, Tinch okeani, undan Yevropa bilan tashqi savdo aloqalarini kengaytirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.



Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling