1. O’zbеkiston insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o’choqlaridan biri


Zahriddin Muhammad Boburning Movarounnahr еrlarini birlashtirish uchun harakati. Uning davlat arbobi, olim sifatida jahon tarixidagi o’rni


Download 0.65 Mb.
bet35/83
Sana24.01.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1117940
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   83
Bog'liq
Tarix

37. Zahriddin Muhammad Boburning Movarounnahr еrlarini birlashtirish uchun harakati. Uning davlat arbobi, olim sifatida jahon tarixidagi o’rni. Xuroson hukmdori Shohrux 1447yili vafot etgach, toju taxt uchun kurash avjiga chiqdi. 1469-yilda Amir Temurning ikkinchi o’g’li Umarshayxning nabirasi Sulton Husayn Boyqaro Xuroson taxtini egalladi.Salkam 40 yil hukmronlik qilgan Sulton Husayn Boyqaro davrida ham mamlakatda to’la osoyishtalik o’rnatilmagan bo’lsada, Xuroson davlatining xo’jalik va madaniy hayoti ancha yuksak darajada rivojlandi. 1506-yilda Sulton Husayn Boyqaro vafot etdi. Shundan keyin mamlakatda qo’shni hokimiyatchilik vujudga keldi. Marhum sultonning ikki o’g’li (Badiuzzamon va Muzaffar Husayn) bir vaqtda hukmdor deb e'lon qilindi. Bu hol shusiz ham og’ir kunlarni boshidan kechirayotgan Xuroson davlatini to’la parokandalikka olib keldi.Mirzo Ulug’bek vafotidan keyin, Movarounnahrda ham toju taxt uchun ayovsiz kurash boshlanib ketdi. XVI asr bo’sag’asida Temuriylar davlati taxti uchun kurash maydoniga Zahiriddin Muhammad Bobur chiqdi. Bobur Mirzo Amir Temurning uchinchi o’g’li Mironshohning chevarasi edi. U 1483yilning 14fevralida Andijon shahrida tug’ilgan. Bolalik va yoshlik yillari Andijon va Axsi shaharlarida o’tgan. U otasi Umarshayx Mirzo saroyida o’z davriga yarasha barcha zarur bilimlarni egallagan.Umarshayx Mirzo 1494yilda baxtsiz hodisa tufayli halok bo’lgach, hokimiyat 11 yoshli Bobur Mirzo qo’liga o’tdi. Bobur yosh bo’lganligi uchun davlat ishlarini ishonchli beklardan Hojiqozi va o’qimishli, oqila onasi Qutlug’nigorxonim yordamida boshqarardi. Bobur Mirzoning siyosat maydoniga chiqishi Temuriylar saltanatida harbiy siyosiy vaziyat nihoyatda og’irlashgan sharoitga to’g’ri keldi. Bu holat Farg’onadagi siyosiy vaziyatda ham o’z ifodasini topdi. Chunonchi, 1494-yili Bobur Mirzoning amakisi Sulton Ahmad Mirzo Farg’ona ustiga, oradan ko’p vaqt o’tmay Bobur Mirzoning tog’asi-Toshkent hukmdori Sulton Mahmudxon Farg’ona ustiga yurish boshlaydi va Axsi qo’rg’onini qamal qiladi. Biroq har ikkovi ham ortga qaytadi. Bobur Mirzo ham barcha taxt da’vogarlariga o’xshab ulug’ bobosi Amir Temur saltanatining markazi Samarqand taxtini egallash ishtiyoqi bilan yonar edi. Bu maqsadda u Samarqandga uch bor: 1496-yilning 17-iyunida,1497-yilning may oyida va Bobur 1511yil kuzida shoh Ismoil yordamida Samarqandni uchinchi marta qo’lga kiritdi. Biroq shoh Ismoilning boahqa mazhabdan ekanligi va Shayboniylarni bosqini tufayli Bobur Movarounnahrdan tamoman umidini uzib, Kobulga qaytadi u yerni 1526yilga qadar idora qildi. So’ngra Kobulni ikkinchi o’g’li Komron Mirzoga qoldirib, o’zi Hindiston sari yurish boshladi. Bobur 1526yilning 21aprelida Dehli hukmdori Ibrohim Lo’diy qo’shinlarini tor mor keltirdi. Bu g’alaba natijasida Bobur Shimoliy Hindistonni egalladi. 1526yilning 27 aprelida Dehli shahrida podshoh Bobur nomiga xutba o’qildi. Shu tariqa Hindistonda-boburiylar sulolasiga asos solindi.Bobur Hindistondagi mayda mustaqil rojalarni birlashtirdi va markazlashgan yirik saltanatni barpo etdi. Bu saltanat 332 yil (1526-1858yillar), ya'ni Hindistonni Buyuk Britaniya to’liq bosib olguniga qadar hukm surdi. Bobur h 1530 yil 47 yoshida vafot etdi. Uni Agra shahrida, Jamna daryosi yonidagi „Bog’i Orom"ga dafn etdilar. Bobur davlat arbobi, ajoyib olim, turkiy nazmda asarlar bitgan Alisher Navoiydan keyin turadigan tengi yo’q shoir, yirik bastakor edi. Bobur bilimga chanqoq buyuk davlat arbobi bo’lganligi uchun ham bilim olishga intilganlarga hamisha otalarcha g’amxo’rlik qilgan. Bobur shoh o’zining „Boburnoma" hamda „Mubayyin", “Turkiy devon" kabi asarlari bilan mashhur ijodkor hamdir. „Boburnoma" asari Movarounnahr, Xuroson va Hindiston tarixini to’g’ri aks ettirgan asardir. Bobur shoh davlat ishlarini yuritishda adolat bilan yo’l tutgan. Turli dinga mansub xalqlarning diniy e’tiqodini, urf-odatlarini kamsitmagan. Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan „Bobur" („Sher") laqabini oladi. U ajoyib suvori, suzuvchi, qilichboz, kamonboz edi. Uning vujudida sarkardalarga xos dovyuraklik, serg’ayratlik, epchillik mujassam edi. Bobur o’limga tik qarash, o’ziga va o’z taqdiriga ishonish kabi fazilatlarga ega bo’lgan. Bu fazilatlar esa Boburga kishilarni doimo o’z orqasidan ergashtirish imkonini bergan. Bobur nafaqat buyuk davlat arbobi, mohir sarkarda, shoir, bastakor, balki yirik tarixchi olim hamdir. Uning nomini abadiylikka muhrlagan asar „Boburnoma"dir. Bu asar-Movarounnahr, Afg’oniston, Hindiston va Eron xalqlari tarixi, geografiyasi haqida juda qimmatli ma’lumotlar beradi. Asar 1493- 1529 yillar oralig’ida bo’lib o’tgan tarixiy voqealar haqida hikoya qiladi. Asarda ba'zi temuriyzoda hukmdorlarning birgalashib umumiy dushmanga qarshi kurashish o’rniga o’z dushmanlari bilan o’z manfaatlari yo’lida kelishishga qilgan harakatlari tanqid qilinadi. Uning „Mubayyin" asarida o’sha zamon soliq tizimi, soliq yig’ishning qonun qoidalari bayon etilgan. O’zbekiston Respublikasi hukumatining qarori bilan 1993yili Bobur tavalludining 510-yilligi keng miqyosda nishonlandi.Andijonda Bobur haykali o’rnatildi, ramziy qabr maqbarasi qurildi. „Bobur milliy bog’i", „Bobur va jahon adabiyoti" nomli muzey tashkil etildi.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling